ZARAFSHON VODIYSINING TABIIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI
KIRISH I-BOB.ZARAFSHON VODIYSINING TABIIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI. 1.1.Geografik o`rni………………………………………………………….. 1.2 Geologik tuzilishi……………………………………………………….. 1.3 Iqlimi, yer usti va yer osti suvlari........................................................ 1.4 Tuproqlari, o`simliklari va hayvonot dunyosi...................................... II-BOB. ZARAFSHON DARYOSI SUVUNI IFLOSLOVCHI MANBALAR. 2.1.Daryo suvini sanoat chiqindilari ta’sirida ifloslanishi…………………. 2.2. Daryo suvini maishiy va oqava suvlar ta’sirida ifloslanishi…………. III-BOB . ZARAFSHON DARYOSI SUVUNI EKOLOGIK HOLATI. 3.1. Zarafshon daryosining ekologik muammolari……………………….. 3.2. Zarafshon daryosi suvni ifloslanishini inson salomatligiga ta’siri…...
KIRISH Inson tabiat bilan uzviy aloqadorlikda bo`lib, uning hayotini tabiatdan, tabiiy boyliklardan ayricha tasavvur etish mumkin emas. XXI asr bo`sag`asiga kelib tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi muloqot shunchalik kuchayib ketdiki, bu fan- texnikani jadal taraqqiy etishi, aholi sonining ortishi, tabiatdan, tabiiy boyliklardan foydalanishning oshib borishi bilan xarakterlanadi. Bu esa o`z navbatida tabiatda salbiy holatlarni kelib chiqishi va oxir oqibatda ekologik muvozanatning izdan chiqishi qo`yinki ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ekologik muammolar ma`lum hududdagi regional xarakterga va keyinchalik umumbashariy ekologik muammolarga aylanib ketayotganligi sababli bu masalani hal qilish faqat bir davlat yoki region miqyosida emas, balki butun dunyo miqyosida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu masalani xalqaro hamjamiyatlar ishtirokida hal etilmasa bo`lmaydigan holatga keldi. Shundan kelib chiqib BMT rahbarligida katta xalqaro dastur bo`lmish “Inson va biosfera” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi bu masalaning qanchalik muhimligini bildiradi. 1992 - yilda Rio-de Jeneyroda BMT tomonidan atrof muhit masalalariga bag`ishlangan konferensiyada shu masala xalqaro hamjamiyat ishtiroki atrofida ko`rilib chiqildi. Xalqaro konferensiyada atrof muhit rivojlanishiga bog`liq konvensiya qabul qilindi. Unda ushbu yo`nalishni strategik ahamiyati, rejasi va shu sohada amalga oshirish lozim bo`lgan harakat, sohalar dasturi, amalga oshirilgan ishlar mazmuni bayon qilindi. Shu konvensiyani dunyoning ko`p mamlakatlar qatori O`zbekiston Respublikasi ratifikatsiya qildi va dasturni bajaruvchi davlatlar qatoridan joy oldi. Xalqaro dastur mazmuni talablaridan kelib chiqqan holda ushbu mavzuga doir O`zbekiston o`z rejasini tayyorlab, ushbu hujjatni 1998-yili ommaga tarqatdi. Ushbu hujjatni respublikamiz iqtisodiy taraqqiyotida roli katta bo`lib, kelgusida hozirgi ekologik vaziyatdan kelib chiqib, bioxilmaxillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanishni kafolotlovchi shart-sharoitlarni bilish, ularni mustahkamlash va rivojlantirish zarur. Ushbu hujjatda ko`rsatib o`tilgan barcha
rivojlanish sharoitlarini bajarish atrof muhit muhofazasi va insonlar hayot tarzini yanada yaxshilash garovidir. Geoekologik xavfni oldini olish zarur. Chunki bugun regional xarakterda bo`lgan ekologik xavf ertaga umumbashariy xarakter kasb etishi mumkin. bularni o`z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yo`llari ko`rilib chiqilishi zarur. Bu malakaviy bitiruv ishimni mavzusini nomlashda Respublikamizning eng yirik sanoat, qishloq xo`jaligi rivojlangan, aholi zich yashaydigan, qadimiy rivojlanish madaniyatiga ega bo`lgan Zarafshon vohasi geoekologik xolatiga ta`sir etuvchi omillar, vujudga kelgan va sodir bo`lishi mumkin bo`lgan geoekologik xavfni kelib chiqish sabablarini aniqlash, hamda ularni bartaraf etish yo`llarini ko`rsatish va hudud uchun barqaror rivojlanishni ta`minlovchi taklif va mulohazalarimni havola etaman. Zarafshon vohasi O`rta Osiyodagi yirik sivilizatsiya markazlaridan biridir. Bu voha tabiatiga, inson faoliyatining ta`siriga bir necha yillar bo`lgan. Aholi sonining tez o`sishi, yirik shaharlarning ko`payishi, qishloq xo`jaligida ximizatsiyaning avj olishi Zarafshon vohasida ham ekologik keskinlikni keltirib chiqarmoqda. Bugunga kelib bu ta`sir tabiiy muhitga xavf solish darajasini yoyib kelganligi ham ekologik vaziyatning buzilishi bilan izohlash mumkin. Bu malakaviy bitiruv ish mavzuini Zarafshon vohasi geoekologik xolatiga ta`sir etuvchi omillar va ro`y berayotgan va ro`y berishi mumkin bo`lgan ekologik muammolarni bartaraf etish, kelib chiqishini oldini olishga qaratdik. Bu bilan o`sib borayotgan geoekologik xavfning oldini olish va hududda barqaror rivojlanishni ta`minlashdan iborat ishlarni amalga oshirishni zaruriy yechimlarini topishga bag`ishladik. Mavzuning dolzarbligi: Zarafshon vohasida geoekologik xavfsizlikni ta`minlash va barqaror rivojlanishni yo`lga qo`yish masalasi hozirgacha to`liq o`rganilmagan. Keyingi yillarda vohada yuzaga kelgan qator geoekologik muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni chuqur ilmiy tahlil qilish masalasi kompleks hal qilinmaganligi, ushbu mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Malakaviy bitiruv ishda Zarafshon vohasining tabiiy geografik
xususiyatlarini hisobga olgan holda, geoekologik havfni vujudga keltiruvchi va ta`sir etuvchi tabiiy va antropogen omillarni chuqur ilmiy tahlil etib, barqaror rivojlanishni, geoekologik barqarorlikni ta`minlash chora–tadbirlarini belgilashdan iboratdir. Ishda vohaning asosiy suv manbai bo`lgan Zarafshon daryosining yuqori qismidan quyi qismiga borgan sari ifloslanishning oshib borishi va uning ekologik muhitga ta`siri hamda geoekologik havfni vujudga kelishida muhim omil ekanligi ko`rsatib o`tilgan. Ishning maqsadi va vazifalari: Zarafshon vohasi tabiiy geografik jihatdan o`rganish asosida voha iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqlari va o`simlik dunyosidagi o`zgarishlarni aniqlash, voha ekologik xaritasini tuzish va shu asosda geoekologik havf darajasini hududlar bo`yicha ajratish, baholash va uni bartaraf etishga qaratilgan chora – tadbirlar belgilash, ilmiy takliflar tavsiya etishdan iboratdir. Voha landshaftlarining geoekologik holatini ilmiy-tahliliy o`rgangan holda har bir komponentdagi salbiy o`zgarishlarni kelib chiqish sabablarini o`rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan maqbul yo`llarni ko`rsatish bilan geoekologik barqaror rivojlanishni ta`minlash asosiy vazifalaridir. Muammoning ishlab chiqilish darajasi: Yuqorida ko`rsatilgan maqsad va vazifalarni bajarish jarayoning ilmiy asoslariga e`tibor qaratilib, Zarafshon vohasining tabiiy geografik sharoitiga taalluqli bo`lgan quyidagi masalalari bo`yicha adabiyotlar tahlili o`tkazildi: - Zarafshon vohasining tabiiy geografik xususiyatlari; - Geografik o`rni, geologik tuzilishi, iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, tuproqlari, o`simlik va hayvonot dunyosining o`ziga xos xususiyatlari; - Vohada geoekologik xavfning yuzaga kelishida tabiiy va antropogen omillarning roli.
I.ZARAFSHON HAVZASINING TABIIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI 1.1.Geografik o`rni Zarafshon havzasi sharqdan g`arbga 770 kilometrdan ortiqroq cho`zilgan bo`lib shimoliy chegarasi Turkiston tizmasining suvayirgich chizig`i, janubiy chegarasi Xisor va Zarafshon tizmalari orqali o`tadi. Eng sharqiy nuqtasi Matchox tog` tuguniga taqaladi va eng g`arbiy qismi Dengizko`l rayoniga qadar yetadi. Havza maydonini tashkil qilgan bu rayonda O`zbekistonning 1 mln. gektardan ortiq va Tojikistonning 60 mln gektar sug`oriladigan dehqonchilik yerlari joylashgan. Qadimgi dehqonchilik rivojlangan Zarafshon vohasida 4 mln ga yaqin aholi yashaydi. Oloy tizmasi Matchox tog` tugunida uchta tizmaga ajraladi: Turkiston, Zarafshon va Hisor. Ana shu Matchox tugunidagi Zarafshon muzligidan Matchox daryosi boshlanadi va u Fandaryo bilan qo`shilgach, Zarafshon deb ataladi. Ana shundan keyin chap tomondan 57 km.dan keyin Kshtut va 88 km.dan keyin Motiandaryolar Zarafshonga qo`shiladi. Qolgan irmoqlar soylardan iborat bo`lib ko`pchiligi yozda qurib qoladi. O`zbekiston hududi Zarafshon suvining asosiy qismi sug`orishga ishlatiladi. Bu maqsadda o`rta va quyi Zarafshonda 99 yirik magistral kanalllar qurilgan. Kanallar bilan daryo suvi faqat Zarafshon suvlari emas, balki Qashqadaryo (kanali) va Jizzax viloyatlari (Tuyatortar) yerlari ham sug`oriladi. Relyef xususiyatlariga ko`ra Zarafshon havzasi uch qismga bo`linadi: 1) Yuqori Zarafshon 2) O`rta Zarafshon 3) Quyi Zarafshon Yuqori Zarafshonga daryo manbasidan ya`ni Zarafshon muzlikdan Panjakent shahriga qadar joylar kiradi. 300 km.ga cho`zilgan bu rayonda daryo baland tog`lar orasida chuqur va tor vodiy hosil qiladi. Vodiyning kengligi o`rtacha 10-15