logo

Yuqori o’lchamli statistika.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

22.7412109375 KB
Mavzu:   Yuqori o’lchamli statistika.
                                Reja:
1. Statistikaning mohiyati.
2. Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va 
tasnifi.
3. Analitik o’rtachalarning turlari va              
hisoblash usullari.
                
                1. Statistikaning mohiyati      Statistika so’zini biz juda ko’p eshitamiz va ishlatamiz. Lekin 
ko’pchilik bu so’z nimani anglatadi va qachon, qaerda paydo 
bo’lgan degan savollarga javob berolmaydi, hatto bu so’zni 
to’g’ri yoki noto’g’ri, o’rinli va o’rinsiz ishlatayotganini o’zi ham 
bilmaydi. Yuqorida qo’yilgan savollarga javob berish uchun, 
statistika tarixiga qisqacha sayohat qilaylik. Insonga oddiy 
hisoblarni amalga oshirish zaruriyati tug’ilganda, bu ishni ular 
qo’lidagi barmoqlari yordamida bajarganlar. Jamiyatda ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida insonlar hisob-
kitoblarni qo’l barmoqlari bilan emas, balki ayrim predmetlar 
orqali bajarishga kirishdilar. Masalan, Grek tarixchisi Gerodotni 
(eramizdan oldin 484-420 yillarda yashagan) ta’kidlashicha 
qadimiy fors podshohi Dariya o’z qo’shinlarini soni to’g’risida 
ma’lumotga ega bo’lish uchun har bir askarga bir donadan 
toshni olib kelib bir erga to’plashni buyuradi. Xuddi shunday 
ishni skiflar podshosi Ariant ham bajaradi. Ariant toshni emas, 
kamonning mis uchini to’plashni buyuradi. Keyinchalik, 
insoniyat hisob-kitoblar olib borish texnikasining yangi 
pog’onasiga o’tadi, ya’ni boshlang’ich schyotlari paydo bo’la 
boshlaydi. Ularning tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. 
Ular, avvalo Xitoyda svau-pau (suan-pan) nomlari bilan paydo 
bo’lgan, keyinchalik Yaponiyada – saroban nomi bilan. Bundan 
ikki ming yillar avval bunday schyotlar Gretsiya va Rim 
maktablarida ham qo’llanilgan. Shunday qilib, yaratilgan 
maktablarda asta-sekin hisob-kitob yuritish asarlari paydo bo’la 
boshladi. Shunday asarlardan biri “Manu qonunlari”dir. Bu 
asarda (eramizdan oldingi X asr) Hindistonning sotsial – 
iqtisodiy sharoitlari o’rganilgan. Qadimiy hind schyotlarining  boshqalarga o’xshamasligi, ularning katta sonlarga moyilligidir. 
Qadimgi hind traktati “Artxashastra” (taxminan IV-III asrlar, 
eramizgacha) o’z vaqtini iqtisodiy-texnik va siyosiy bilimlarini 
butun bir tizimini aniqlab bergan, ya’ni unda davlat xazinasi 
schyotlarini yuritish, davlat byudjetining daromadlari va 
xarajatlari sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun 
davlat organlari tomonidan bahoni barqaror darajasini o’rnatish
va boshqa masalalar keng yoritilgan. Ariabxata (V asr), 
Braxmagupta (V-VI asr), Maravira (IX asr), Bxaskara (XII asr) va 
boshqa hind olimlari hisob-matematika adabiyoti fondida ajoyib
namunalar qoldirdilar. Hisob-statistika ishlarini rivojlanishga 
katta hissa qo’shgan olimlar xitoyliklardir. Ularga Kunfutsiya 
(Kun Futszu, 551-479 y. eramizgacha), Men Tszi (372-289 y. 
eramizgacha) va boshqalarni kiritish mumkin. Eramizgacha to’rt 
minginchi yillarda yirik quldorlik davlati bo’lgan Misrda juda 
ko’p statistik ishlar amalga oshirilgan. Eramizgacha bo’lgan uch 
minginchi yillarda Misr yozuvi paydo bo’ladi. Matematika juda 
rivojlanadi. Ayrim ma’lumotlariga ko’ra, eramizdan 3500 yil 
ilgari Misrda aholi ro’yxati o’tkazilgan. O’sha davrlarda Misrda 
kasrlar va arifmetik amallar ma’lum bo’lgan. Masalan, bir, o’n, 
yuz, ming va h.k. maxsus belgilar bilan bayon qilingan. Masalan,
million raqami juda katta songa hayron bo’lib qo’lini ko’tarib 
turgan inson figurasi orqali belgilangan. Qadimgi Misrda 
geometriya va astronomiya paydo bo’ladi. Birinchi bo’lib 
kalendar va kadastr tuziladi. Yangi eraning boshlarida hisob-
matematika ishlari bilan juda ko’pchilik shug’ullana boshlaydi. 
Bu ishning territoriyasi Hind yarim orolidan Afrikaning shimoliy 
dengiz qirg’oqlari va Ispaniya janubigacha kengayadi. Bu  hududda bosqinchilik urushlaridan so’ng (VII asr), islom dini 
ustunlangan rasmiy (arab) tili zonasi paydo bo’ladi. Regionning 
ajoyib iqlimi, geografik, xo’jalik va siyosiy sharoitlari umuman 
fanning, shu jumladan statistika fanining rivojlanishiga katta 
yordam va turtki bo’ldi. Butun hududdan ilmiy asarlar to’planib,
ular arab tiliga o’girildi. Arab hisob-matematika asarlari o’ziga 
qisman antik grek mualliflarini hamda Hindiston, Xitoy, Yaqin va
O’rta Sharq mamlakatlari olimlari asarlarini birlashtira boshladi. 
Demak, xulosa qilish mumkinki, statistikaning kurtaklari ijtimoiy 
faoliyatning turi sifatida davlatlarning paydo bo’lishi bilan 
rivojlana boshlangan. Bu holat, statistikaning paydo bo’lishi 
mexanizmini to’la tushunish uchun juda muhimdir. Shuni yaxshi
anglash kerakki, qadimiy jamiyatlarda schyotlarning yoki 
uchetning ayrim elementlari mavjud bo’lgan xolos. 
Davlatlarning paydo bo’la boshlashi, ijtimoiy faoliyat sifatida 
statistikani funktsiyalari ommaviy ma’lumotlarni to’plash va 
ularni tahlil qilishni qandaydir oddiy apparatini yaratishni talab 
qila boshladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, 
statistika paydo bo’lishi boshlanayotgan vaqtni o’zida hukmron 
sinf vakillariga xizmat qilishga chorlangan edi. Endi davlat 
yig’imlarni to’plash uchun, er egalarida qancha eri borligini, 
undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun 
qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va 
boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik 
ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas.  Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan. 
      Siyosiy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt 
(1620-1674) va Uilyam Petti (1623-1687) statistika fanining 
asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo’lib ijtimoiy-
iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo’llash fikri U.Pettida 
tug’ilgan edi. K.Marks U.Pettini ulug’ va original iqtisodchi-
tekshiruvchilardan biri, siyosiy iqtisodning otasi va ma’lum bir 
darajada statistikaning ixtirochisi deb hisoblagan. U.Petti o’z 
asarlarida (“Soliqlar va yig’imlar”, 1662 y.; “Donolarga so’z”, 
1664 yil; “Siyosiy arifmetika”, 1676 yil) o’z tengdoshlarini 
qiziqtirgan sotsial va iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob-
kitoblarga suyangan holda javob berishga harakat qiladi. 
U.Pettining yaqin do’sti, fabrikant, Lord, London shahrining 
hokimi J.Graunt birinchi bo’lib o’lish to’g’risidagi ma’lumotlar 
jadvalini tuzdi. U tug’ilish masalalarini o’rgandi, birinchi bo’lib 
bolalar va qizlar tug’ilishi o’rtasidagi doimiy nisbatni ochdi 
(14/12), Angliya aholisini sonini aniqladi (6,5 mln.kishi), London 
aholisining soni 460 ming kishi, shulardan qurol olib yuradigani 
(harbiy xizmatga yaroqlilari) 81 ming kishi ekanligini aniqladi, 
aholi migratsiyasini o’rgandi. Bulardan tashqari u ommaviy 
miqdoriy hodisalarga taalluqli ayrim statistik qonuniyatlarni 
aniqladi. U.Petti va J.Graunt bajargan ishlar ilmiy statistikani 
paydo bo’lishiga poydevor bo’lib xizmat qiladi.Ular boshlagan 
ish bir qancha olimlar tomonidan davom qildirildi. Ular orasida 
G.King (1648-1712) va E.Galley (1656-1742) bajargan ishlar 
diqqatga sazovordir. G.King 1696 yilda Angliya aholisini barcha 
sotsial guruhlari bo’yicha daromadlar va xarajatlar balansini 
tuzdi, astronom E.Galley esa 1693 yilda o’lish jadvalini tuzdi.  2.Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va tasnifi.
    Raqamli va kategoriyali ma’lumotlarni jadval va diagramma 
ko`rinishida taqdim etish muhim lekin, tahlilning asosiy qismi 
emas. Asosiy qism raqamli ma’lumotlarni va ularning 
xususiyatlarini o`rganish usullari hisoblanadi. Avval umumiy 
holat uchun taqsimotning o`rtacha qiymatini (central 
tendency),variatsiyasini (variation) va shaklini (shape) aniqlash 
usulini ko`ramiz.
     So`ng ma'lumotlarni tahlil qilish usullarini, xususan umumiy 
holatni tavsiflovchi statistika usulini ko`ramiz. Ikki o`lchamli 
tahlilga o`tayotganda, ikki o`zgaruvchi orasidagi bog`lanish 
darajasini hisoblashga ko`maklashuvchi, korrelyatsiya 
koeffitsiyentini ko`ramiz. Xulosada tadqiqotchilarga halaqt 
beradigan turli to`siqlar va ahloqiy muammolar muhokama 
qilinadi.
RAQAMLI MA’LUMOTLAR HAMDA ULARNING XUSUSIYATLARINI 
O`RGANISH.
      Investitsion strategiya 31 dekabr 2001 yilgacha bo`lgan 
muddatning so`nggi besh yillikdagi fondlarning o`rtacha 
rentabelligining tahlilidan boshlanishi kerak. Bir xil risk 
darajasiga ega fondlarning rentabelligini taqqoslash maqsadga 
muvofiq. Avval risk darajasi juda yuqori bo`lgan 15 fondni 
rentabelligini o`rganamiz Ushbu fondlarning rentabelligi juda 
o`zgaruvchan, lekin boshqa fondlarning ko`rsatkichlaridan 
yuqori deb tasavvur qilsak bo`ladi. Juda yuqori ko`rsatkichli 
riskka ega bo`lgan fondlarning so`nggi besh yildagi o`rtacha 
yillik rentabelligi.           Risk tushunchasi  va tavsifi
Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar 
xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli 
tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, 
huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib 
chiqish mumkin. Riskning quyidagi ta’rifi allaqancha kengroq 
hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) 
natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va 
hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar 
mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi.
Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi 
subyektlarning maqsadga yo‘naltirilgan xattiharakatlari 
yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati. Subyekt uchun 
xavf-hatarlar – amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) 
yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida
yoki subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, 
yoki subyekt manfaatlariga ziyon yetkazilishida namoyon 
bo‘ladi.
Zarar– har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.
Manfaat– naf, foyda. Shunday qilib, risk alohida holat sifatida 
risk-menejment nuqtai-nazaridan kelib chiqib ikkita xususiyatga
ega – noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi 
natijasida yuzaga keluvchi zararlilik. Iqtisodiy nazariyada 
“risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga
oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir 
qismini yo‘qotish yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli 
(xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan. Risk omili va uning 
natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati  sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta 
mafaatlari va munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.
      Ehtimolli natijasi (riskli hodisa)bo‘yicha risklar 
quyidagilarga bo‘linadi: Haqiqiy risklar – salbiy yoki nolli 
natijani olish ehtimolligi: tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va 
tijorat risklarining bir qismi (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo). 
Spekulyativ risklar–ham ijobiy, ham salbiy natijani olish 
ehtimolligi: moliyaviy risklar. Risklarni yuzaga kelishining 
asosiy sabablaridan kelib chiqib, ular quyidagilarga bo‘linadi:
>tabiiy;
>ekologik;
>siyosiy;
>transport;
>tijorat. 3.Analitik o’rtachalarning turlari va                      
hisoblanish usullari .
      Ko'p ma'lumotni bildiradi X. = (x. 1 , x. 2 , …, x. n.), keyin 
tanlangan o'rtacha odatda o'zgaruvchining yuqoridagi 
gorizontal chiziq (x \\ sentstle (x)) bilan ko'rsatilgan), deyiladi " 
x. xususiyat bilan ").
   O'rtacha arifmetikani yunoncha harfning barcha 
kombinatsiyasini belgilash m. O'rtacha qiymat aniqlanadigan 
tasodifiy o'zgaruvchi uchun mmi probabil o'rtacha o'rtacha yoki 
tasodifiy o'zgaruvchini matematik kutish. Agar to'plam bo'lsa X. 
Preabilizm o'rtacha mek bilan tasodifiy sonlarning 
kombinatsiyasi, keyin har qanday namuna uchun x. i. Ushbu 
umumiylikdan metr \u003d e ( x. i. ) Ushbu namunaning 
matematik taxminlari mavjud.
    Amalda, m va x ¯ li (\\ drayver (x) o'rtasidagi farq - bu 
odatdagi o'zgaruvchi, chunki umuman umumiy umumiylik 
emas, balki namunani ko'rish mumkin. Shuning uchun, agar 
namuna tasodifiy ifodalangan bo'lsa (ehtimoliy nazariya nuqtai 
nazaridan), keyin x ¯ (\\ sentstang (m)) tanaffusga taqsimlash 
(probistik o'rta taqsimlash).
 Ushbu ikkala qiymat ham xuddi shu tarzda hisoblangan:
X □ (1 n i \u003d 1 n x i \u003d 1 n (x 1 +  ⋯  + x n). (\\ 
displeystle (xr (x)) \u003d (\\ frac (1) (i \u003d 1) ^ (n) x_ (i) (n)) 
(x)) (x_) (1) + \\ cdots + x_ (n)).) Agar a X. - Tasodifiy o'zgaruvchi, keyin matematik taxmin X. 
kattalikdagi takroriy o'lchovlarda o'rtacha arifmetik qiymat 
sifatida ko'rib chiqilishi mumkin X.. Bu ko'p sonli qonunning 
namoyon bo'lishi. Shuning uchun tanlangan o'rtacha noo'rin 
matematik kutishni baholash uchun ishlatiladi.                         Xulosa
Men bu tayyorlagan mustaqil ishimdan uzimga kerakli bulgan 
juda kup ma’lumotlarni oldim, bilimimga yana ozroq bo’lsada 
bilim qushildi, ya’ni vatanim O’zbekistonni yangi Statistikasi 
bilan tanishib chiqdim, bu bilan faqatgina O’zbekistonni 
statistikasi emas balki butun dunyoni statistikasini o’rganib 
chidim.            Foydlanilgan adabiyotlar;
1.  4-Statistika 2004-yil darslik.X.Shodiyev.
2. www.wikipediya.org;
3. www.orbita.uz;

Mavzu: Yuqori o’lchamli statistika. Reja: 1. Statistikaning mohiyati. 2. Markaziy tendentsiya ko’rsatkichlari va tasnifi. 3. Analitik o’rtachalarning turlari va hisoblash usullari. 1. Statistikaning mohiyati

Statistika so’zini biz juda ko’p eshitamiz va ishlatamiz. Lekin ko’pchilik bu so’z nimani anglatadi va qachon, qaerda paydo bo’lgan degan savollarga javob berolmaydi, hatto bu so’zni to’g’ri yoki noto’g’ri, o’rinli va o’rinsiz ishlatayotganini o’zi ham bilmaydi. Yuqorida qo’yilgan savollarga javob berish uchun, statistika tarixiga qisqacha sayohat qilaylik. Insonga oddiy hisoblarni amalga oshirish zaruriyati tug’ilganda, bu ishni ular qo’lidagi barmoqlari yordamida bajarganlar. Jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida insonlar hisob- kitoblarni qo’l barmoqlari bilan emas, balki ayrim predmetlar orqali bajarishga kirishdilar. Masalan, Grek tarixchisi Gerodotni (eramizdan oldin 484-420 yillarda yashagan) ta’kidlashicha qadimiy fors podshohi Dariya o’z qo’shinlarini soni to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish uchun har bir askarga bir donadan toshni olib kelib bir erga to’plashni buyuradi. Xuddi shunday ishni skiflar podshosi Ariant ham bajaradi. Ariant toshni emas, kamonning mis uchini to’plashni buyuradi. Keyinchalik, insoniyat hisob-kitoblar olib borish texnikasining yangi pog’onasiga o’tadi, ya’ni boshlang’ich schyotlari paydo bo’la boshlaydi. Ularning tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Ular, avvalo Xitoyda svau-pau (suan-pan) nomlari bilan paydo bo’lgan, keyinchalik Yaponiyada – saroban nomi bilan. Bundan ikki ming yillar avval bunday schyotlar Gretsiya va Rim maktablarida ham qo’llanilgan. Shunday qilib, yaratilgan maktablarda asta-sekin hisob-kitob yuritish asarlari paydo bo’la boshladi. Shunday asarlardan biri “Manu qonunlari”dir. Bu asarda (eramizdan oldingi X asr) Hindistonning sotsial – iqtisodiy sharoitlari o’rganilgan. Qadimiy hind schyotlarining

boshqalarga o’xshamasligi, ularning katta sonlarga moyilligidir. Qadimgi hind traktati “Artxashastra” (taxminan IV-III asrlar, eramizgacha) o’z vaqtini iqtisodiy-texnik va siyosiy bilimlarini butun bir tizimini aniqlab bergan, ya’ni unda davlat xazinasi schyotlarini yuritish, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun davlat organlari tomonidan bahoni barqaror darajasini o’rnatish va boshqa masalalar keng yoritilgan. Ariabxata (V asr), Braxmagupta (V-VI asr), Maravira (IX asr), Bxaskara (XII asr) va boshqa hind olimlari hisob-matematika adabiyoti fondida ajoyib namunalar qoldirdilar. Hisob-statistika ishlarini rivojlanishga katta hissa qo’shgan olimlar xitoyliklardir. Ularga Kunfutsiya (Kun Futszu, 551-479 y. eramizgacha), Men Tszi (372-289 y. eramizgacha) va boshqalarni kiritish mumkin. Eramizgacha to’rt minginchi yillarda yirik quldorlik davlati bo’lgan Misrda juda ko’p statistik ishlar amalga oshirilgan. Eramizgacha bo’lgan uch minginchi yillarda Misr yozuvi paydo bo’ladi. Matematika juda rivojlanadi. Ayrim ma’lumotlariga ko’ra, eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxati o’tkazilgan. O’sha davrlarda Misrda kasrlar va arifmetik amallar ma’lum bo’lgan. Masalan, bir, o’n, yuz, ming va h.k. maxsus belgilar bilan bayon qilingan. Masalan, million raqami juda katta songa hayron bo’lib qo’lini ko’tarib turgan inson figurasi orqali belgilangan. Qadimgi Misrda geometriya va astronomiya paydo bo’ladi. Birinchi bo’lib kalendar va kadastr tuziladi. Yangi eraning boshlarida hisob- matematika ishlari bilan juda ko’pchilik shug’ullana boshlaydi. Bu ishning territoriyasi Hind yarim orolidan Afrikaning shimoliy dengiz qirg’oqlari va Ispaniya janubigacha kengayadi. Bu

hududda bosqinchilik urushlaridan so’ng (VII asr), islom dini ustunlangan rasmiy (arab) tili zonasi paydo bo’ladi. Regionning ajoyib iqlimi, geografik, xo’jalik va siyosiy sharoitlari umuman fanning, shu jumladan statistika fanining rivojlanishiga katta yordam va turtki bo’ldi. Butun hududdan ilmiy asarlar to’planib, ular arab tiliga o’girildi. Arab hisob-matematika asarlari o’ziga qisman antik grek mualliflarini hamda Hindiston, Xitoy, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari olimlari asarlarini birlashtira boshladi. Demak, xulosa qilish mumkinki, statistikaning kurtaklari ijtimoiy faoliyatning turi sifatida davlatlarning paydo bo’lishi bilan rivojlana boshlangan. Bu holat, statistikaning paydo bo’lishi mexanizmini to’la tushunish uchun juda muhimdir. Shuni yaxshi anglash kerakki, qadimiy jamiyatlarda schyotlarning yoki uchetning ayrim elementlari mavjud bo’lgan xolos. Davlatlarning paydo bo’la boshlashi, ijtimoiy faoliyat sifatida statistikani funktsiyalari ommaviy ma’lumotlarni to’plash va ularni tahlil qilishni qandaydir oddiy apparatini yaratishni talab qila boshladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, statistika paydo bo’lishi boshlanayotgan vaqtni o’zida hukmron sinf vakillariga xizmat qilishga chorlangan edi. Endi davlat yig’imlarni to’plash uchun, er egalarida qancha eri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas.

Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan. Siyosiy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti (1623-1687) statistika fanining asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo’lib ijtimoiy- iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo’llash fikri U.Pettida tug’ilgan edi. K.Marks U.Pettini ulug’ va original iqtisodchi- tekshiruvchilardan biri, siyosiy iqtisodning otasi va ma’lum bir darajada statistikaning ixtirochisi deb hisoblagan. U.Petti o’z asarlarida (“Soliqlar va yig’imlar”, 1662 y.; “Donolarga so’z”, 1664 yil; “Siyosiy arifmetika”, 1676 yil) o’z tengdoshlarini qiziqtirgan sotsial va iqtisodiy savollarga miqdoriy hisob- kitoblarga suyangan holda javob berishga harakat qiladi. U.Pettining yaqin do’sti, fabrikant, Lord, London shahrining hokimi J.Graunt birinchi bo’lib o’lish to’g’risidagi ma’lumotlar jadvalini tuzdi. U tug’ilish masalalarini o’rgandi, birinchi bo’lib bolalar va qizlar tug’ilishi o’rtasidagi doimiy nisbatni ochdi (14/12), Angliya aholisini sonini aniqladi (6,5 mln.kishi), London aholisining soni 460 ming kishi, shulardan qurol olib yuradigani (harbiy xizmatga yaroqlilari) 81 ming kishi ekanligini aniqladi, aholi migratsiyasini o’rgandi. Bulardan tashqari u ommaviy miqdoriy hodisalarga taalluqli ayrim statistik qonuniyatlarni aniqladi. U.Petti va J.Graunt bajargan ishlar ilmiy statistikani paydo bo’lishiga poydevor bo’lib xizmat qiladi.Ular boshlagan ish bir qancha olimlar tomonidan davom qildirildi. Ular orasida G.King (1648-1712) va E.Galley (1656-1742) bajargan ishlar diqqatga sazovordir. G.King 1696 yilda Angliya aholisini barcha sotsial guruhlari bo’yicha daromadlar va xarajatlar balansini tuzdi, astronom E.Galley esa 1693 yilda o’lish jadvalini tuzdi.