logo

Yusuf Xos Hojib va uning “Qutadg’u bilig” dostoni

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.7138671875 KB
Yusuf Xos Hojib va uning “Qutadg’u bilig” dostoni
Reja:
1.   Qoraxoniylar davlati va turkiy tildagi badiiy ijodning shakllanishi.
2 .   Yusuf   Xos   H ojib   hayoti,   " Q utad g’ u   bilig"   dostonining   q o`lyozmalari,
o`rganilishi, nashrlar i .
3.   Dostondagi ramziy timsollar, asarning g’oyaviy mundarijasi
4.   Asarning badiiy xususiyatlari. 1.   Qoraxoniylar   davlati   va   turkiy   tildagi   badiiy   ijodning   shakllanishi.   X-
XII asrlar turkiy xalqlar adabiyoti tarixida alohida o’rin egalla y di. Mazkur davrda
arab   xalifaligi   o’rnida   birin-ketin   yuzaga   kelgan   mahalliy   davlatlar:   somoniylar,
qoraxoniylar,   g’aznaviylar,   saljuqiylar,   xorazmshohlar   davlati   Markaziy   Osiyo
xalqlarining   ijtimoiy-siyosiy   va   madaniy   hayotida   muhim   ahamiyatga   ega   bo`ldi.
Ularning markazlari bo`lgan Samarqand, Buxoro, Qashg’ar, Bolasog’un,   G’azna,
Nishopur, Isfahon, Xorazm kabi shaharlar madaniy markaz maqomiga ega bo`lib,
ularda   ilm-fan,   san`at   va   madaniyat   rivojlandi.   Aynan   turkiy   til   va   bu   tildagi
adabiyotning ravnaq topishi qoraxoniylar davlati bilan bog’liq. 
Qoraxoniylar   davlati   X   asr   boshlarida   Yettisuv   atrofidagi   turkiy   qabila   va
elatlarning birlashishidan  yuzaga  kelgan  sulola  bo’lib,  markazi  Bolasog’un  (Qo’z
o’rdu)   va   Qashg’ar   (O’rdukent)   shaharlari   edi.   Asr   oxiriga   borib   ular   janubiy
g’arbiy   hududlarni   ham   somoniylardan   tortib   oldi,   ma’lum   muddat   Samarqand
qoraxoniylarning   g’arbiy   poytaxtiga   aylandi.   Qoraxoniylar   davlatida   turkiy   tilga
alohida   e’tibor   qaratildi,   bu   tilda   ijod   qilish   rag’batlantirildi.   Natijada   Qashg’ar
turkiy adabiy tilning markaziga aylandi, hatto turkiy tilga nisbatan “qoshg’ariy til”
atamasi   qo’llana   boshladi   (“Hibat   ul-haqoyiq”).   Qoraxoniylar   qo’l   ostidagi
hududlarda   yagona   adabiy   til   shakllana   boshladi.   XI   asrga   kelib   Mahmud
Koshg’ariyning   “Devonu   lug’otit   turk”,   Yusuf   Xos   Hojibning   “Qutadg’u   bilig”,
Ahmad   Yygnakiyninng   “Hibat   ul-haqoyiq”,   Ahmad   Yassaviy   hikmatlari   kabi
turkiy adabiyotning nodir namunalari maydonga keldi.
2. Yusuf Xos Hojib hayoti, "Qutadg’u bilig" dostonining qo`lyozmalari,
o`rganilishi,   nashrlari.   Qoraxoniylar   davri   adabiy   muhitining   dastlabki   yirik
vakillaridan   biri   Yusuf   Xos   Hojibdir.   Muallifning   ismi   Yusuf.   U   haqdagi
ma'lumotlar juda oz. «Qutadg’u bilig»da ayrim ma'lumotlargina uchraydi. Doston
ijriy  462 yilda (1069-1070)  on sakkiz oy davomida yozib tugatilgan:
Yil altmish iki erdi to’rt yuz bila,
Bu so’z so’zladim man tutub jan sura.
Tugal o’n sakiz ayda aydim bu so’z,
O’durdum, adirdim so’z evdib tera.   Uni yozayotgan vaqtda shoir 50 va 60 yosh oraligida bo’lgan:
Tegurdi manga elgi ellik yashim,
O’qir altmish emdi manga kel teyu.
Asar     muqaddimasida     muallif   haqida   shunday     ma'lumot   b е riladi:   «Bu
kitobni tasnif qilig’li Balasag’un mavludlig’ parhiz idisi er turur. Ammo bu kitobni
Qashg’arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon uskinga k е kurmish, malik ani
ag’irlab, ulug’lab o’z Xas Hojibliqi anga b е rmish turur, aning uchun Yusuf ulug’
Xas   Hajib   t е b   ati   javi   yozilmish   turur».   Kitobda   tilga   olingan   xoqon   Tavg’ach
ulig’   Bug’ra   Qoraxon   1075-1103   yillar   davomida   qoraxoniylar   davlatini
boshqargan.   Asar   unga  bag’ishlangan.   Qoraxoniylar   davrida  mamlakat   mulklarga
taqsim   qilinib   idora   qilingan.   Mana   shu   ulushlarning   boshida   turgan   hukmdorlar
Eligxon nomi bilan atalgan. Eligxonlar ustidan nazorat qiluvchi oliy hukmdor esa
Tavg’achxon   nomi   bilan   yuritilgan.   Markazlashgan,   yagona   davlatni   barpo   etish,
uni   mustahkamlash,   idora   qilish,   uluslar   va   ulus   ichidagi   b е gliklar   o’rtasidagi
nizolarga barham  b е rish Tavg’achxonlarning ezgu orzusi  edi. Xuddi ana shunday
davlatni idora qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasmu odatlarini, axloq
m е 'yorlarini   o’zida   mujassamlashtirgan   nizomnoma,   qomus   sifatida   «Qutadg’u
bilig»   yuzaga   k е ldi.   Yusuf   Xos   Hojib   mana   shu   masalalarga   javob   b е rib,   o’z
asarini yaratar ekan, u bir tomondan, o’z davrining yirik olimi, fozili, donishmandi,
faylasufi, shoiri, tarix, tib, riyoziyot, nujum va shu kabi boshqa fanlardan xabardor
bo’lgan   barkamol   kishi   sifatida,   ikkinchi   tomondan,   yuqori   tabaqa   vakili,
himoyachisi   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Asar   mazmuni   muallifning   arab   va   fors
tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur
tanishgan, ayni paytda turkiy yozma adabiyot, xalq og’zaki ijodi bilan ham yaxshi
tanish bo’lganini ko’rsatadi.
«Qutadg’u   bilig»   haqidagi   dastlabki   xabar   XIX   asrning   birinchi   choragida
paydo bo’ldi. Bu asarning   1439 (843) yilda Hirotda uyg’ur yozuvi bilan Hasan
Qara   Sayil   Shams   tomonidan   ko’chirilgan   nusxasi   Turkiyaning   Tug’ot
shahriga, bu  е rdan esa, 1474 (879) yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun
Fanari o’g’li Qozi Ali tomonidan Istambulga k е ltirilgan.  Uni sharqshunos olim Hamm е r   Purgshtall   Istambulda   sotib   olib   V е na   saroy   kutubxonasiga   k е ltiradi.
1823-yilda   fransuz   sharqshunosi   Jaub е rt   Amedee   “Osiyo”   jurnalida   asar   haqida
qisqa   axborot   va   parcha   e’lon   qiladi.   Shundan   keyin   g’rb   ilmiy   jamoatchiligida
asar   va   uning   muallifiga   nisbatan   qiziqish   kuchayadi.     1870-yilda   v е ng е r   olimi
H е rman   Vamb е ri   «Qutadg’u   bilig»ning   eng   muhim   qismlarini   «Uyg’ur   tili
obidalari»   va   «Qutadg’u   bilig»   nomi   bilan   nashr   rttiradi.   1890-yildan   boshlab   bu
asarni   o’rganishga   V.Radlov   kirishadi.   1896-yilda   «Qutadg’u   bilig»ning   arab
yozuvi bilan ko’chirilgan ikkinchi bir nusxasi Qohirada topiladi . Radlovninng
iltimosiga   ko’ra   sharqshunos   Moris   rahbarligida   arab   filologi   tomonidan   mazkur
qo’lyozmadan   nusxa   ko’chirilib   1897-yilda   Rossiyaga   yuboriladi.   Ushbu
ko’chirmadan   olingan   fotonusxa   O’zFAShI   qo’lyozmalar   fondida   saqlanadi.
Radlov   1910-yilda   asarni   rus   alfavitiga   asoslangan   to’liq    transkripsiyasini   n е mis
tiliga   tarjimasi   bilan   nashr   qildiradi.   Bu   asarning   arab   yozuvi   bilan   ko’chirilgan
uchinchi   nusxasi   1913-yilda   sharqshunos   Valizoda   tomonidan   Namangandan
Muhammadhoji  Eshon Lolaresh  ismli  kishi  uyidan topiladi.   1924 yilda Fitrat   bu
nusxani   oladi   va   Toshk е nt   asosiy   kutubxonasiga   k е ltiradi.   Bir   yildan   keyin
“Maorif   va   o’qitg’uchi”   jurnalida   Fitratninng   mazkur   nusxa   haqidagi   ilmiy
axboroti e’lon qilinadi.   1927-yilda   esa uning ayrim parchalari Fitratning “O’zbek
adabiyoti namunalari” qo’llanmasiga kiritiladi. Asar ustida, shuningdek, S.Malov,
A.Valitova, V.Tomsen kabi sharqshunoslar jiddiy ilmiy izlanishlar olib brogan.
O’zbekistonda “Qutadg’u bilig”ning tanqidiy matni ilk marotaba  1971-yilda
Q.Karimov   tomonidan   tabdili   bilan   birga   nashr   ettirildi. 1
  1972-yilda   ushbu   kitob
qayta   nashr   ettirildi.   1976-yilda   Q.Karimovning   “Ilk   badiiy   doston”   nomli
monografiyasi   e’lon  qilindi.  80-90-yillarda  “Qutadg’u  bilig”   asari   ustida  yana   bir
olim   B.To’xliyev   barakali   ilmiy   izlanishlar   olib   bordi.   Olim   dastlab   1990-yilda
so’ngra 2007-yilda (lotin yozuvida) dostonninng soddalashtirilgan variantini nashr
ettirdi,   asarninng   turkiy   she’riyat   janrlari   taraqqiyotidagi   o’rni   xususida
monografiya va risolalar e’lon qildi.   
1
  Yusuf   Xos   Hojib.   Qutadg’u   bilig   (Nashrga   tayyorlovchi   Q.Karimov).   –   T.:   Fan,   1971.   She’riy   matnlar   shu
manbadan olingan. 2015- yilda   Fazliddin   Ravshanov   dostonning   hozirgi   o’zbek   tilidagi   to’liq
she’riy tarjimasi (tabdili)ni nashr ettirdi (-Toshkent: Akadmnashr, 2015).
3.   Doston   kompozitsiyasi,   ramziy   timsollar,   asarning   g’oyaviy
mundarijasi.   Hajman   katta,   badiiy   jihatdan   puxta   bo’lgan   «Qutadg’u   bilig»
6407 bayt yoki 12814 misra  sh е 'rdan iborat. Muallif o’z asariga «Qutadg’u bilig»
d е b   nom   b е radi.   Bu   baxt   va   saodatga   eltuvchi   bilim,   ta'lim   d е makdir.   Shoir
shunday yozadi:
Kitab ati urdum «Qutadg’u bilig»,
Qutadsu o’qug’lika tutsu elig
(Kitob  otini  «Qutadg’u bilig»  qo’ydim. O’quvchiga  baxt  k е ltirsin,  qo’lidan
tutsin).
Shu   sababdandirkim,   kitobni   chinliklar   «Adab   ul-muluk»
(«Hukmdorlar   odobi»),   mochinliklar   «Oyin-ul-mamlakat»   («Mamlakatning
tartib   usuli»),   sharqliklar   «Zain-ul-umaro»,   («Amirlar   ziynati»),   eronliklar
«Shohnomayi   turkiy»,   turonliklar   «Qutadg’u   bilig»,   ba'zilar   «Pandnomai
muluk» («Hukmdorlar pandnomasi») d е ganlar.
«Qutadg’u   bilig»   asarining   tanqidiy   matni   nasriy   muqaddima   (38   satr)   va
she’riy   muqaddima (77 bayt) bilan boshlanadi. Mazkur qismlar mazmun jihatdan
bir-biriga   yaqin   bo’lib,   ularda   asar   muallifi   haqida   dostonning   shuhrat
qozonganligi,   undagi   asosiy   timsollar   mohiyati   haqida   ma’lumot   beriladi.
Mantiqan olganda bu qismlar asar  yozilib, shuhrat  qozongandan keyin kotib yoki
noma’lum   shaxs   tomonidan   kiritilgan.   Shundan   keyin   sar   fehristi   (mundarijasi)
keltirilib dostonning asl matni boshlanadi.
Dostonninng dastlabki 11 bobi muqaddima bo’lib hamd (Allohni ulug’lash),
na’t (Muhammad (a.s.) madhi), alqob (to’rt xalifa madhi), Yetti sayyora va o’n ikki
burj,   bilim,   til,   Tavg’ach   Bug’roxon   madhi,   asarninng   yozilish   sababi   kabo
boblarni o’z ichiga oladi (390 bayt).
Asosiy qism 58 bobni o’z ichiga oladi. Umumiy hajmi 5896 bayt. Xotima
qismi uch bob - 2 qasida va bir masnaviydan iborat (121 bayt).  Doston   asosan   masnaviy   she’riy   shaklida   yozilgan.   Bo’lib   aruzninng   mutaqoribi
musammani   mahzuf   (fauvlun   fauvlun   fauvlun   faul)   va   mutaqoribi   musammani
maqsur  (fauvlun fauvlun fauvlun faul) vaznida yozilgan:
O’kush o’gdi birla tuman ming sano,
  O’ g’ an bir bayat q a, angar yo’ q  fano.
      v      -       -   /  v     -     -  /  v   -     -     /  v  -
Asarninng   xotimasida   hasbu   hol   mazmunidagi   ikkita   qasida   berilgan.   Bu
boblar faqat qofiyalanishiga ko’ra emas (a a, b a, s a…) vazniga ko’ra ham asosiy
qismdan farq qiladi. Ular  mutaqoribi musammani  solim  (fauvlun fauvlun fauvlun
fauvlun) vaznida yozilgan:
Yurig’li bulutteg yigitlikni izdim,
Tubi yel kecharteg tiriglik tugattim,
Esizim yigitlik, esizim yigitlik,
Tuta bilmadim men seni terk qachittim.
Bundan tashqari asar tarkibida ko’plab alohida to’rtliklar mavjud bo’lib, ular
ba’zan   “she’r”   sarlavhasi   bilan   beriladi,   ba’zan   esa   ularninng   manbaiga   ishora
etiladi:
Mungar mengzatu aydi she`r ayg’uchi,
O’qig’il muni sen aya bilguchi:
Neku bar ajunda angar hiylasiz,
Neku hiyla bar kim angar charasiz.
Qamug’ nengga hiyla etig chara bar,
Magar bu o’lumka o’lum hiylasiz. (226-bet)
Izoh:   Birinchi   baytda   (masnaviy)   to’rtlik   muallifi   (she`r   ayg’uchi)ga
ishora qilingan. Keyingi to’rt misra esa alohida to’rtlikdir. 
«Qutadg’u bilig» o’sha davrda Qoshg’ardan Kaspiygacha bo’lgan kеng maydonga
yoyilgan   barcha   turkiy   qabilalar   uchun   tushunarli   bo’lgan   «Bug’raxon   tili»da
yozilgan.  «Qutadg’u   bilig»-adabiy   asar,   badiiy   adabiyot   numunasi.   Asarning   asosiy
qahramonlari 4 timsoldan tashkil topgan:
Birisi ma adl-ul ko’nilik uza,
Ikinchi bu davlat qut iqbol tuza.
Uchunchi xirad-ul ulug’lug’ bila,
To’rtinchi qanoat va afiyat bila.
(Biri to’g’rilikka tayanch-Adolat
Biri Davlat erur, u qutli g’oyat.
Uchinchi-ulug’lik Aql ham Zako
To’rtinchi-Qanoat erur b е baho).
Adolat   hukmdor,   Elig.   Uning   nomi   Kuntug’di.   U   quyoshd е k   barchaga
barobar   nur   taratadi.   Ikkinchisi,   Davlat-turkiyda     Qut,   u   bosh   vazir,   uning   nomi
Oyto’ldi.   Asarning   bosh   qahramoni   O’gdulmish   –   Aql   va   Bilimdir.   To’rtinchi
timsol-Qanoat.   Uning   ismi   O’zg’urmish.   Olimlarimiz   fikricha,   bular   islom
ma'naviyatining   bosh   timsollari   edi:   O’zg’urmish   obrazi   tarkidunyo   qilgan,
zohidlik   va   taqvoni   yashash   tarziga   aylantirgan   so’fiylarni   anglatadi.   Asarda
tasavvufiy g’oyalar ham ko’zga tashlanadi. 
Muallif din va shariat yo’lini unutmaslikka chaqiradi. Uning dunyoqarashida
Farobiy, Ibn Sinolar dunyoqarashining ta'siri s е ziladi. U y е tti sayyora, o’n ikki burj
haqida   gapiradi.   Yusuf   Xos   Hojibning   davlat,   uning   qurilishi,   hokimiyatni
boshqarish,   moddiy,   siyosiy,   ijtimoiy   qarashlari   asardagi   to’rt   obrazning   o’zaro
munozara, bahs, savol-javoblari orqali namoyon bo’ladi.
Muallif   barcha   ijtimoiy   tabaqa,   toifa   va   guruhlar,   ularning   jamiyatdagi
mavq е lari,   o’rni,   yashash   sharoitlari,   ongi,   ruhiyati,   kasbu   korlari   kabilar   haqida
batafsil fikr yuritadi. U odamlarni ikki yo’nalish asosida guruhlarga ajratadi: 
1.Moddiy   boylikning   taqsimlanishi,   mulkka   egalik   jihatidan.   Bunga   ko’ra
uchga ajratiladi: a) boylar, b) o’rta hollar, s) chig’aylar (kambag’allar). 
2.   Asosiy   mashg’ulotlari,   kasblari,   ijtimoiy   m е hnatning   jamiyat   a'zolari
o’rtasida   taqsimlanishi   jihatidan.   Bu   jihatdan   kishilar   hukmronlar,   amaldorlar,
mansabdorlar, saroy kishilari, avom alaviylar (Ali xonadoniga mansublar), olim va donishmandlar,   tabiblar,   afsunchilar,   azayimxonlar,   tush   ta'birlovchilar,
yulduzchilar,   shoirlar,   savdogarlar,   chorvadorlar,   hunarmandlar,   qashshoqlar   va
boshqalarga bo’linadi.
Muallif   olimlar   haqida   alohida   gapiradi.   Ularni   ulug’laydi.   Ularga   ozor
b е rmaslikni, moddiy jihatdan quvvatlashni aytadi:
Yo’q ersa ajunda bu alim bo’gu,
Tikib unmagay erdi y е rda y е gu.
Ularni qatiq s е v, ag’irla so’zin,
Biliglarini o’gran o’kush azin. 
Ular ilmi bo’ldi budunga yo’la,
Yarusa yo’la tunla azmas yo’l-a.
Mazmuni:
Yo’q ersa jahonda gar olim, dono,
Ekib unmagay erdi y е rda dona.
Ularni juda s е v, qadrla so’zin
Bilimlarin o’rgan ko’pin yo ozin.
Ular ilmi xalqqa bo’ladi chiroq,
Chiroq yonsa, tunda adashmas oyoq.
Shoirlar   juda   ulug’   kishilar,   ular   kishilarni   ham   madh,   ham   fosh   qiladilar.
Ularning tillari qilichdan o’tkir, xotiralari nozik va chuqur:
Yana k е ldi shoir-bu so’z t е rguvchi, 
Kishin madh etuvchi yo fosh qilguvchi.
Qilichdan ham o’tkir bularning tili,
Va qildan nozikroq xotirlash yo’li.
Nozik so’z, kalom kim eshitay d е sa, 
Bulardan eshitsin, qilar zavq rosa...
Yusuf   Xos   Hojib   d е hqonlarga,   chorvadorlarga   ham   yuqori   baho   b е rdi.
Ularning m е hnati halol, sharafli, barchaga manfaatli ekanligini ta'kidlaydi
Yusuf   Xos   Hojib   o’z   zamonasining   donishmandi,   turli   ilmlardan   bahs
yuritishga   qodir   olim   va   fozil   kishisi,,   faylasufi   edi.   Shuning   uchun   ham   u   o’z asarida ilm-fan, bilim-zakovat, ma'rifat  targ’ibotchisi sifatida namoyon bo’ladi. U
kishilarni   tinmay   ilm   olishga,   bu   ilmni   amalda   tadbiq   qilishga   undaydi.   U   ilm
ahlini qadrlashga chaqiradi:
O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik olar.
Bilimsiz kishilar bo’lar ko’r misol,
Bilimsiz, bilimdan k е lib hissa ol.
Hamma xayrli ishlar bilim nafidur
Bilim hatto osmon sari yo’l ochur.
«Qutadg’u   bilig»da   muallif   odob-axloq   masalalariga   alohida   to’xtaladi.   U
turli   tabaqalar   o’rtasidagi   munosabat,   axloq,   muomala,   odamgarchilik,   to’g’rilik,
soflik,   m е hr-muhabbat,   vafo,   shafqat,   adolat,   insof,   saxovat,   aql,   zakovat   kabi
xususiyatlarni   yolg’onchilik,   insofsizlik,   egrilik,   b е m е hrlik,   zulm,   nomardlik,
johillik kabi illatlar bilan qiyoslaydi:
Yomonlikni qilma, e xulqi suzuk,
Bu kun ezgu ish qil, f е 'ling qil tuzuk.
Yomon ishni qilma, u koni zarar,
Yomonlik ilon bir, s е ni u chaqar.
Barcha   odob-axloqning   boshi   tildir.   Tilning   foyda   va   zarari   b е hisobdir.   Oz
so’zlash, ko’p tinglash k е rak. Qizil til qora boshning yovi:
Kishin til ulug’lar, topar qut kishi,
Kishin til tubanlar, yorilar boshi.
So’zing ehtiyot qil, boshing k е tmasin,
Tiling ehtiyot qil, tishing sinmasin.
Talay so’zlama so’z, biroz so’zla oz,
Talay sir-sinoatni oz so’zda yoz.
Qora bosh yovi bu qizil til erur,
Talay bosh y е gan u, yana  ham y е yur.
Muallif   farzand   tarbiyasi,   o’g’il-qiz   o’stirish,   ziyofatga   borish,   u   y е rda
o’tirish, ovqatlanish odobi haqida o’git b е radi.  «Qutadg’u bilig»da yozma adabiyot va xalq og’zaki ijodining chuqur ta'siri
s е ziladi. Muallif bu asarni yozishda epik asarlardan, tarixiy va diniy adabiyotlardan
o’rinli foydalangan. Asarda «Shohnoma»ning ta'siri s е ziladi. Unda Iskandar, Kisra,
Qaysar,   Qorun,   Shaddod,   Od,   Faridun,   Zahhok   kabi   qirqqa   yaqin   obrazlar
uchraydi.   Alp   Er   To’nga   –   Afrosiyob   timsoli   ham   tilga   olinadi.   Asarda   ko’pgina
maqollar, hikmatli so’zlar ko’zga tashlanadi. 
4.   Asarning   badiiy   xususiyatlari.   “Qutadg’u   bilig   asarining   muhim
jihatlaridan   biri   shundaki,   unda   o’z   davri   adabiy   muhiti   haqida   tasavvur
uyg’otuvchi   detallar   ham   mavjud.   Muallif   ko’p   hollarda   fikrini   tasdiqlash   uchun
zamondosh  yoxud  oldinroq yashagan   shoirlar  ijodidan  namunalar   keltiradi.  Biroq
ularni   muallif   nomi   bilan   emas,   “shoir   so’zi”,   “hakim   aymishi”   tarzida   keltiradi.
Mazkur   to’rtliklarning   aksariyati   falsafiy-axloqiy   va   ijtimoiy   mavzularda.   Bu   esa
shoir yashagan davrda shu turdagi ijod, hikmatgo’ylik taraqqiy etganligini yana bir
bor   ko’rsatadi.   Tortliklarning   mazmuni   va   uslubi   Ahmad   Yugnakiyning   shu
shakldagi she’rlarini eslatadi:
Bu so’zga tanuqi bu sha`ir so’zi,
Bu sha`ir so’zi so’zke qatti tuzi:
(Bu   aytilganlarga   shoirning   bu   so’zlari   misol   bo’la   oladi.Shoirning   bu   so’zlari
so’zga shahdu shakar aralashtiradi)
Keyik sani davlat kishika tezik,
Qali kelsa bekla tusha ham tizig.
Tuta bilsa davlat to’zumas turur,
Qali to’zsa tegmas yana tark kezig (160-bet).
(Davlat kiyik kabi, u kishidan qochadi. Agar u kelib qolsa, mahkam tut, tizginlab
ol.   Tuta   bilsang,   davlat   to’zimaydi,   turib   qoladi.   Agar   to’zib   ketsa,   yana   qaytib
kelmaydi, bot qochadi).
Mungar mehgzar emdi bu baytig’ o’qi,
O’qib kez ko’ngulka aling’il taqi.
(Endi   bunga   o’xshaydigan   bu   baytni   o’qi.   O’qib,   tag’in   yaxshilab   ko’nglingga
joyla). Seningda azaqi o’lugli minga,
Barur pand ayur o’sh manga ko’r manga.
O’sanib yurudim o’qidim o’kush,
O’lum tutti bardim kelir o’sh senga.   (914-bet).
Asarda   ko’plab   badiiy   tasvir   vositalari   uchraydi.   Turli   tashb е hlar,
omonimlar, o’xshatishlar ishlatilgan:
Bek ati bilig birla bag’liqturur,
Bilik   lom i ketsa,  bek  ati qalur. 
Mazkur   baytda   birinchidan   harf   san’ati   g’oyaning   go’zal   tarzda
ifodalanishiga   xizmat   qilayotgan   bo’lsa,   ikkinchidan   u   asarning   asliyatda   arab
yozuvida yozilganligini ko’rsatadi.
Umuman,   «Qutadg’u   bilig»   dostoni   bugungi   va   ertangi   kun   uchun   ham
axloqiy-estetik   tarbiyaning   muhim   vositasi   sifatida   kishilik   jamiyatiga   xizmat
qilaveradi. ZARURIY ADABIYOTLAR
1.   Vohidov   R.,   Eshonqulov   H.   O'zbek   mumtoz   adabiyoti   tarixi .   -Toshkent:
Yangi asr, 2006.
2. Mallaev N.  O`zbek adabiyoti tarixi . - T.: O` q ituvchi, 1974.
3.  O`zbek adabiyoti tarixi . 5 tomlik. 1-tom. - T.: Fan, 1971.
4 .  Каримов Қ.   Илк бадиий достон .  – Т.: Фан, 1976.
5.   Тўхлиев   Б.   Юсуф   Хос   Ҳожибнинг   «Қутадғу   билиг»и   ва   ўзбек   мумтоз
адабиётида жанрлар тараққиёти .  – Т.: 2004.
6 .   Юсуф   Хос   Ҳожиб.   Қутадғу   билиг .   (Нашрга   тайўрловчи   ва   сўзбоши
муаллифи Қ.Каримов). - T.: Фан, 1971 (иккинчи нашри 1972).
7. Юсуф Хос Ҳожиб.  Қутадғу билиг . - T.:Юлдузча, 1983.
8. Yusuf Xos Hojib.  Qutadg'u bilig.  - T.: Cho'lpon, 2007

Yusuf Xos Hojib va uning “Qutadg’u bilig” dostoni Reja: 1. Qoraxoniylar davlati va turkiy tildagi badiiy ijodning shakllanishi. 2 . Yusuf Xos H ojib hayoti, " Q utad g’ u bilig" dostonining q o`lyozmalari, o`rganilishi, nashrlar i . 3. Dostondagi ramziy timsollar, asarning g’oyaviy mundarijasi 4. Asarning badiiy xususiyatlari.

1. Qoraxoniylar davlati va turkiy tildagi badiiy ijodning shakllanishi. X- XII asrlar turkiy xalqlar adabiyoti tarixida alohida o’rin egalla y di. Mazkur davrda arab xalifaligi o’rnida birin-ketin yuzaga kelgan mahalliy davlatlar: somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar davlati Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Ularning markazlari bo`lgan Samarqand, Buxoro, Qashg’ar, Bolasog’un, G’azna, Nishopur, Isfahon, Xorazm kabi shaharlar madaniy markaz maqomiga ega bo`lib, ularda ilm-fan, san`at va madaniyat rivojlandi. Aynan turkiy til va bu tildagi adabiyotning ravnaq topishi qoraxoniylar davlati bilan bog’liq. Qoraxoniylar davlati X asr boshlarida Yettisuv atrofidagi turkiy qabila va elatlarning birlashishidan yuzaga kelgan sulola bo’lib, markazi Bolasog’un (Qo’z o’rdu) va Qashg’ar (O’rdukent) shaharlari edi. Asr oxiriga borib ular janubiy g’arbiy hududlarni ham somoniylardan tortib oldi, ma’lum muddat Samarqand qoraxoniylarning g’arbiy poytaxtiga aylandi. Qoraxoniylar davlatida turkiy tilga alohida e’tibor qaratildi, bu tilda ijod qilish rag’batlantirildi. Natijada Qashg’ar turkiy adabiy tilning markaziga aylandi, hatto turkiy tilga nisbatan “qoshg’ariy til” atamasi qo’llana boshladi (“Hibat ul-haqoyiq”). Qoraxoniylar qo’l ostidagi hududlarda yagona adabiy til shakllana boshladi. XI asrga kelib Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yygnakiyninng “Hibat ul-haqoyiq”, Ahmad Yassaviy hikmatlari kabi turkiy adabiyotning nodir namunalari maydonga keldi. 2. Yusuf Xos Hojib hayoti, "Qutadg’u bilig" dostonining qo`lyozmalari, o`rganilishi, nashrlari. Qoraxoniylar davri adabiy muhitining dastlabki yirik vakillaridan biri Yusuf Xos Hojibdir. Muallifning ismi Yusuf. U haqdagi ma'lumotlar juda oz. «Qutadg’u bilig»da ayrim ma'lumotlargina uchraydi. Doston ijriy 462 yilda (1069-1070) on sakkiz oy davomida yozib tugatilgan: Yil altmish iki erdi to’rt yuz bila, Bu so’z so’zladim man tutub jan sura. Tugal o’n sakiz ayda aydim bu so’z, O’durdum, adirdim so’z evdib tera.

Uni yozayotgan vaqtda shoir 50 va 60 yosh oraligida bo’lgan: Tegurdi manga elgi ellik yashim, O’qir altmish emdi manga kel teyu. Asar muqaddimasida muallif haqida shunday ma'lumot b е riladi: «Bu kitobni tasnif qilig’li Balasag’un mavludlig’ parhiz idisi er turur. Ammo bu kitobni Qashg’arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon uskinga k е kurmish, malik ani ag’irlab, ulug’lab o’z Xas Hojibliqi anga b е rmish turur, aning uchun Yusuf ulug’ Xas Hajib t е b ati javi yozilmish turur». Kitobda tilga olingan xoqon Tavg’ach ulig’ Bug’ra Qoraxon 1075-1103 yillar davomida qoraxoniylar davlatini boshqargan. Asar unga bag’ishlangan. Qoraxoniylar davrida mamlakat mulklarga taqsim qilinib idora qilingan. Mana shu ulushlarning boshida turgan hukmdorlar Eligxon nomi bilan atalgan. Eligxonlar ustidan nazorat qiluvchi oliy hukmdor esa Tavg’achxon nomi bilan yuritilgan. Markazlashgan, yagona davlatni barpo etish, uni mustahkamlash, idora qilish, uluslar va ulus ichidagi b е gliklar o’rtasidagi nizolarga barham b е rish Tavg’achxonlarning ezgu orzusi edi. Xuddi ana shunday davlatni idora qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasmu odatlarini, axloq m е 'yorlarini o’zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida «Qutadg’u bilig» yuzaga k е ldi. Yusuf Xos Hojib mana shu masalalarga javob b е rib, o’z asarini yaratar ekan, u bir tomondan, o’z davrining yirik olimi, fozili, donishmandi, faylasufi, shoiri, tarix, tib, riyoziyot, nujum va shu kabi boshqa fanlardan xabardor bo’lgan barkamol kishi sifatida, ikkinchi tomondan, yuqori tabaqa vakili, himoyachisi sifatida namoyon bo’ladi. Asar mazmuni muallifning arab va fors tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur tanishgan, ayni paytda turkiy yozma adabiyot, xalq og’zaki ijodi bilan ham yaxshi tanish bo’lganini ko’rsatadi. «Qutadg’u bilig» haqidagi dastlabki xabar XIX asrning birinchi choragida paydo bo’ldi. Bu asarning 1439 (843) yilda Hirotda uyg’ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams tomonidan ko’chirilgan nusxasi Turkiyaning Tug’ot shahriga, bu е rdan esa, 1474 (879) yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Fanari o’g’li Qozi Ali tomonidan Istambulga k е ltirilgan. Uni sharqshunos olim

Hamm е r Purgshtall Istambulda sotib olib V е na saroy kutubxonasiga k е ltiradi. 1823-yilda fransuz sharqshunosi Jaub е rt Amedee “Osiyo” jurnalida asar haqida qisqa axborot va parcha e’lon qiladi. Shundan keyin g’rb ilmiy jamoatchiligida asar va uning muallifiga nisbatan qiziqish kuchayadi. 1870-yilda v е ng е r olimi H е rman Vamb е ri «Qutadg’u bilig»ning eng muhim qismlarini «Uyg’ur tili obidalari» va «Qutadg’u bilig» nomi bilan nashr rttiradi. 1890-yildan boshlab bu asarni o’rganishga V.Radlov kirishadi. 1896-yilda «Qutadg’u bilig»ning arab yozuvi bilan ko’chirilgan ikkinchi bir nusxasi Qohirada topiladi . Radlovninng iltimosiga ko’ra sharqshunos Moris rahbarligida arab filologi tomonidan mazkur qo’lyozmadan nusxa ko’chirilib 1897-yilda Rossiyaga yuboriladi. Ushbu ko’chirmadan olingan fotonusxa O’zFAShI qo’lyozmalar fondida saqlanadi. Radlov 1910-yilda asarni rus alfavitiga asoslangan to’liq transkripsiyasini n е mis tiliga tarjimasi bilan nashr qildiradi. Bu asarning arab yozuvi bilan ko’chirilgan uchinchi nusxasi 1913-yilda sharqshunos Valizoda tomonidan Namangandan Muhammadhoji Eshon Lolaresh ismli kishi uyidan topiladi. 1924 yilda Fitrat bu nusxani oladi va Toshk е nt asosiy kutubxonasiga k е ltiradi. Bir yildan keyin “Maorif va o’qitg’uchi” jurnalida Fitratninng mazkur nusxa haqidagi ilmiy axboroti e’lon qilinadi. 1927-yilda esa uning ayrim parchalari Fitratning “O’zbek adabiyoti namunalari” qo’llanmasiga kiritiladi. Asar ustida, shuningdek, S.Malov, A.Valitova, V.Tomsen kabi sharqshunoslar jiddiy ilmiy izlanishlar olib brogan. O’zbekistonda “Qutadg’u bilig”ning tanqidiy matni ilk marotaba 1971-yilda Q.Karimov tomonidan tabdili bilan birga nashr ettirildi. 1 1972-yilda ushbu kitob qayta nashr ettirildi. 1976-yilda Q.Karimovning “Ilk badiiy doston” nomli monografiyasi e’lon qilindi. 80-90-yillarda “Qutadg’u bilig” asari ustida yana bir olim B.To’xliyev barakali ilmiy izlanishlar olib bordi. Olim dastlab 1990-yilda so’ngra 2007-yilda (lotin yozuvida) dostonninng soddalashtirilgan variantini nashr ettirdi, asarninng turkiy she’riyat janrlari taraqqiyotidagi o’rni xususida monografiya va risolalar e’lon qildi. 1 Yusuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig (Nashrga tayyorlovchi Q.Karimov). – T.: Fan, 1971. She’riy matnlar shu manbadan olingan.

2015- yilda Fazliddin Ravshanov dostonning hozirgi o’zbek tilidagi to’liq she’riy tarjimasi (tabdili)ni nashr ettirdi (-Toshkent: Akadmnashr, 2015). 3. Doston kompozitsiyasi, ramziy timsollar, asarning g’oyaviy mundarijasi. Hajman katta, badiiy jihatdan puxta bo’lgan «Qutadg’u bilig» 6407 bayt yoki 12814 misra sh е 'rdan iborat. Muallif o’z asariga «Qutadg’u bilig» d е b nom b е radi. Bu baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta'lim d е makdir. Shoir shunday yozadi: Kitab ati urdum «Qutadg’u bilig», Qutadsu o’qug’lika tutsu elig (Kitob otini «Qutadg’u bilig» qo’ydim. O’quvchiga baxt k е ltirsin, qo’lidan tutsin). Shu sababdandirkim, kitobni chinliklar «Adab ul-muluk» («Hukmdorlar odobi»), mochinliklar «Oyin-ul-mamlakat» («Mamlakatning tartib usuli»), sharqliklar «Zain-ul-umaro», («Amirlar ziynati»), eronliklar «Shohnomayi turkiy», turonliklar «Qutadg’u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk» («Hukmdorlar pandnomasi») d е ganlar. «Qutadg’u bilig» asarining tanqidiy matni nasriy muqaddima (38 satr) va she’riy muqaddima (77 bayt) bilan boshlanadi. Mazkur qismlar mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo’lib, ularda asar muallifi haqida dostonning shuhrat qozonganligi, undagi asosiy timsollar mohiyati haqida ma’lumot beriladi. Mantiqan olganda bu qismlar asar yozilib, shuhrat qozongandan keyin kotib yoki noma’lum shaxs tomonidan kiritilgan. Shundan keyin sar fehristi (mundarijasi) keltirilib dostonning asl matni boshlanadi. Dostonninng dastlabki 11 bobi muqaddima bo’lib hamd (Allohni ulug’lash), na’t (Muhammad (a.s.) madhi), alqob (to’rt xalifa madhi), Yetti sayyora va o’n ikki burj, bilim, til, Tavg’ach Bug’roxon madhi, asarninng yozilish sababi kabo boblarni o’z ichiga oladi (390 bayt). Asosiy qism 58 bobni o’z ichiga oladi. Umumiy hajmi 5896 bayt. Xotima qismi uch bob - 2 qasida va bir masnaviydan iborat (121 bayt).