logo

Sharq uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

146.9345703125 KB
Mavzu:   Sharq uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda
Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti .
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya
va maktab .
Reja:
1. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi.
2. Farg`oniy,   Xorazmiy,   Forobiy,   Beruniy,   Ibn   Sinolarning
umumpedagogik g`oyalari.
3. Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy,
az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy - axloqiy g`oyalar.
4. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 
5. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 
6. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
7. Abdurahmon   Jomiyning     ma’rifiy-tarbiyaviy   qarashlari.   “Tuhfat-ul-ahror”
asari 
8. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda
ilgari   surilgan   ma’naviy-axloqiy   g’oyalar.   Allomaning   maktab   va   madrasalar
rivojiga qo’shgan hissasi. 
9. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari. 
10. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 
11. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 
12. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Arab   xalifaligida   yuz   bergan   ijtimoiy-siyo   siy   o’zgarishlar   yagona   islom   dining
tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko’tarinkilik
ruhini   paydo   qildi.   Arab   xalifaligida   IX   asrda   vujudga   kelgan   uyg’onish   davri
xalifalikning Bog’dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib barcha boshqa
halqlar   madaniy   hayotiga   tarqalgan   bu   esa   u   davlatning   ham   madaniy
rivojlanishiga   zamin   tayyorlagan.   Xalifalik   yemirilishi   natijasida   tashkil   topgan
mustaqil   davlatlardagi   madaniy   rivojlanish   xalifalik   davrdagi   madaniy
rivojlanishning davomi bo’ldi. 
Uyg`onish   davri   IX   asrdan   boshlab   XV   -   XVI   asrlargacha   ayrim   uzilishlar
bilan davom etdi.
Xalifa   Xorun   ar-Rashid   (786-833)   va   uning   o`g`li   Ma’mun   davrida
Bog`dodda "Baytul  xikma" (Donishmandlik uyi)  tashkil  etildi. Bu ilm sohiblarini
to`plagan markazga aylandi.
X   asrdan   boshlab   Movaraunnahr   va   Xurosondagi   mustaqil   feodal   davlatlar   -
Tohiriylar,   Somoniylar,   Qoraxoniylar,   Faznaviylar,   saljuqiylar,   Xorazmshohlar
davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi.
Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn
Sinolar yashab ijod etdi.
X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib,
turkiy   til   shakllanib   bordi.   Xos   Xojib,   Mahmud   Qoshg`ariylar   dunyoga   mashhur
asarlar yaratdilar.
XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi
Ma’mun   o`z   saroyiga   yirik   olimlarni   yig`di.   U   tashkil   etgan   Baytul   hikmada
qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm
bilan shug`ullangan.
Saljuqiylarda   Alp   Arslon   Muhammad   hokimiyati   boshqargan   davrda   uning
vaziri  Nizom  ul  Mulk mashhur  ma’rifatparvar  sifatida  dovrug`  qozondi. U davlat
boshqaruviga   oid   "Siyosatnoma"   asarini   yozadi   (1091-1092).   1067   yilda
Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini  qurdiradi. 1074 yil  O`rta Sharq mamlakatlari
uchun kalendar taqvim yaratdi. Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:Matematika	tibbiyot	yo`nalishi	(Xorazmiy, 	Farg`oniy	, 	
Ibn	Sino, 	Jurjoniylar	asarlar	yaratganlar	).	
Ijtimoiy	-falsafiy	yo`nalish	, bunga	falsafa	, tarix	, mantiq	, 	
ruhshunoslik	, notiqlik	fanlari	kirgan	(Forobiy	, Ibn	Sino, 	
Narshaxiy	).	
Ta	’limiy	-axloqiy	yo`nalish	. Bunda	adib	va	
tarbiyashunos	olimlar	ta	’limiy	-didaktik	asarlari	misol	
bo`ladi	.	
Sharq	uyg`onish	davrida	ilm	-fan 	rivojlanishi	
3 	yo`nalishda	bo`ldi	:
3-7.chizma
Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik
g`oyalari.   Sharq   uyg`onish   davrining   mashhur   allomalaridan   biri   Ahmad   al-
Farg`oniy   bo`lib   (IX   asr),   u   Bog`doddagi   Baytul   Xikmada   mudarrislik   qildi,
riyozat,   falakkiyot,   geografiyaga   oid   asarlar   yaratdi.   Uning   mashhur   "Samoviy
harakatlar   va   yulduzlar   fanining   majmuasi   haqida   kitob"i   arab   tilida   yozilgan
dastlabki   falakkiyotga   oid   asar   bo`lgan,   yana   "Astrolyabiy   haqida   mukammal
kitob",   "Oy   yer   ustida   yoki   uning   ostida   bo`lgan   paytlardagi   vaqtlarni   o`rganish
haqida", "Yetti 
iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.
Buyuk   olim,   aljabr   fanining   otasi   Abu   Abdulloh   Muhammad   al-Xorazmiy
(783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala"
(Tenglamalar   va   qarshilantirish), "Xisob   al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al-
arz"   (Yer   surati   haqida   kitob),   "Kitob   at-tarix",   "Ustrurolob   yulduzlarining
harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan.
Xorazmiy   "Al-jabr   va   al   muqobala"   asari   bilan  matematika   faniga   asos   soldi.
Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U
hind   hisoblari,   ularning   ishlatilishi,   sonlarni   ko`paytirish,   bo`lish,   qo`shish   va
ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi. Olimning   arifmetikasi   matematika   va   sanoq   tartibi   tarixida   yangi   bir   davr
ochdi.
Abu   Nosr   Forobiy   (879-950)   mashhur   faylasuf   va   allomadir.   Uning   falsafa,
mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari
ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga
sazovor   bo`lgan.   Uning   axloq,   tarbiya,   sha’riyatga   oid   asarlari   ham   bor.
"Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar
haqida",   "Baxt   saodatga   erishuv   yo`llari   haqida",   "Fazilatli   xulqlar"   kabi   asarlari
mavjud.
Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U
kishilarni   guruhlarga   bo`lgan   va   bunda   ularning   diniy   mazxabga   emas,   balki
avvalo,   akliy   iqtidoriga,   ilm   o`rganish   va   hayotiy   tajriba   to`plash   jarayonida
orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi.
Olimning   falsafada   insonparvarlik   g`oyalari   alohida   o`rin   olgan,   har   qanday
zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni
va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi.
Forobiyning   axloqiy   qarashlari   ham   g`oyat   qimmatlidir.   U   "Fozil   shahar
aholisining   axloqiy   qarashlari",   "Ruh   madaniyati   haqida   risola"   asarlarida   inson
barkamol   bo`lishi   uchun   avvalo   axloqli   bo`lishi   zarurligini   ta’kidlaydi.   Forobiy
axloqni   2   guruhga:   ezgulik   va   yomon   sifatlarga   ajratadi.   Insonning   eng   olijanob
fazilati   baxtga   intilishdir.   Haqiqiy   baxtga   erishish   kishilardan   yuksak   axloqiy
munosabatni, hamkorlik, o`zaro yordam va ahil yashashni talab qiladi.
Farobiy   inson   kamolotga   yolg’iz   o’zi   erisha   olmaydi.   U   boshqalar   bilan   aloqada
bo’lish,   ularning   ko’maklashuvi   yoki   munosabatlariga   muhtoj   bo’ladi,   deb
hisoblaydi. 
Farobiy     ta’lim-tarbiyaning     asosiy     vazifasi " jamiyat talablariga javob berishra
oladigan   va   shu   jamiyat   uchun   xizmat   qiladigan   yetuk   insonni   tarbiyalashdan
iborat deb biladi.
Farobiy  ta’lim   va  tarbiyaga   birinchi   marta  ta’rif   berishrgan  olim sanaladi.
Ta’lim-degan   so’z   insonga   o’qitish,   tushuntirish   asosida   nazariy.   Bilim   berish; Tarbiya-nazariy   fazilatni,   ma’lum   hunarni   egallash   uchun   zarur   bo’lgan   xulq
normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. 
Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so’z halqlar va shaharliklar o’rtasida
nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi  tug’ma fazilat va
amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir». 
Ta’lim   faqat   so’z   va   o’rgatish   bilangina   bo’ladi.   Tarbiya   esa,   amaliy   ish   tajriba
bilan,   ya’ni   shu   halq,   shu   millatning   amaliy   malakalardan   iborat   bo’lgan   ish-
harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. 
Farobiy   ta’lim-tarbiyada   rag’batlantirish,   odatlantirish,   majbur   etish   metodlarini
ilgari  so’rgan.  Har   ikkala  usul   ham     pirovardida  insonni  har  tomonlama  kamolga
yetkazish maqsadini ko’zlaydi.
Xulosa   qilib   aytganda   Forobiy   pedagogik   ta’limotining   asosida   komil   topgan
insonni,   shakllantirish   insonning   o’z   mohiyati   bilan   ijtimoiyligi,   ya’ni   faqat
jamiyatda,   o’zaro   munosabatlar   jarayonida   komillika   erishadi,   degan   falsafiy
qarashi yotadi.
Qomusiy   olim   Abu   Rayxon   Muhammad   ibn   Axmad   al-Beruniy   X   asrning
ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida,   g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi
va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr)
Xorazmning   Qiyot   shahrida   dunyoga   keldi.   Berun   -   birun   so’zi   "tashqari",
shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi.
Beruniy xali  juda yosh olim  bo’lishiga qaramay, Qiyot  shaxrida 994-995 yillarda
astronomik  kuzatishlar   o’tkazgan.   Bu   kuzatishlar   uchun   o’zi   astronomik   asboblar
ixtiro   etgan.   O’sha   davrda   Xorazmda   va   Kaspiy   oldi   viloyatlarida   Qobus   ibn   --
Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar
quyoshi")   laqabi   bilan   mashhur   bo’lgan   bu   podshohga   bag’ishlab   Beruniy
"qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu
asar   Beruniy   nomini   YAqin   va   O’rta   SHarqqa   mashhur   qildi.1004   yilda   Beruniy
Ma’mun   II   ibn   Ma’mun   tomonidan   Xorazmga   chaqirib   olinadi   va   uning   yaqin
maslahatchisi bo’lib   qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi" nomli ilmiy markaz tashkil  etiladi va u yerda musulmon sharqining yirik olimlari
faoliyat ko’rsatadi.
Beruniy bir necha yil noyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va
tajribalar   olib   boradi   va   keyinchalik   ana   shu   tadqiqotlar   asosida   "Mineralogiya"
asasarini   yaratadi.   Beruniyning   yana   bir   muhim   asari   munajjimlik   san’atidan
boshlang’ich   tushunchalardir.   Bu   asarda   ham   u   bir   necha   fanlar   yuzasidan
dastlabki tushuncha, ma’lumotlar berishrgan.
Ma’lumki,   Maxmud   G’aznaviy   Xindistonga   qarshi   bosqinchilik   yurishlarini   olib
borgan. Ana yurishlarning birida Beruniy   ham G’aznaviyga hamrox bo’lib bordi.
U  sanskrit   (eski   xind   tilini)   bilganligi   xind   halqi   madaniyati,   adabiyoti   va  san’ati
bilan         yaqindan   tanishish   imkoniyatiga   ega   bo’ldi   va   bu   mehnatlari   natijasida
1030 yilda o’zining SHarq va G’arbda keng e’tirof  qilingan mashhur  "Xindiston"
asarini   yaratadi.   Kitobning   to’liq   nomi   "Kitobu   fi   taxkiki   molil   Xind   ma’kulatin
makbo’latin fil  Aqli av marzulatin", ya’ni "Xindlarning sig’adigan   sig’maydigan
ta’limot asarini aniqlash kitobi" bo’lib, o’qishga qulay bo’lishligi   uchun qisqacha
"Taxkiku   mo-mil   Xind"-(“Xindistonga   oid   tadkiqotlar"   yoki   "Xindiston")   deb
yuritiladi.
Beruniy   astranomiyaga   oid   "Al   -   qonun   al   -   Mas’udy"   ("Mas’ud   qonuni”)   nomli
yirik   asarni   shox   Mas’udga   bag’ishlaydi.   Beruniy   yana   "qimmatbaho   toshlarni
bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami" ("Mineralogiya"), "Dorivor o’simliklar
haqida kitob” asarlarini  ham  yozdi. "Mineralogiya"  sharqdagina emas,  yevropada
ham   qimmatbaho     toshlarni       ishlash   usullarini   va   ular   bilan   savdo   qilish
qonunlarni   o’rganish.   yer   osti   boyliklarini   tekshirish   haqida   ma’lumot   bersa,
"Saidona"   nomi   bilan   mashhur   bo’lgan   keyingi   asarda   SHarqdagi   dorivor
o’simliklarning   tavsifi   bayon   qilingan.   Mutafakir     ilgari   --surgan   ahloqiy
hislatlardan   yana   biri   adolatdir.   U   jamiyatda   adolat   o’rnatish   ,uni   yovuzliklardan
xalos etish uchun dono, adolatli  xukmdor   bo’lish kerak deydi. Beruniy     insonni
kamolotga       yetkazuvchi       hislatlardan       yana   biri   olijanoblik   deb   ko’rsatadi.
Olijanoblikning   mazmuni   yaxshilik   tashkil   etadi.   Bunda   olim   inson   sifatida
muamola qilishni nazarida tutadi. S h arqda "SHayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr
buyuk   mutafakkiri   Abu   Ali   ibn   Sinodir .   Ibn   Sino   ham   boshqa   zamondosh
Qomusiy   olimlar   qatori   matematika,   astronomiya,   fizika,   «kimyo,   biologiya,
tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya
sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor
oilasida   dunyoga   keladi.   Keyinroq   uning   oilasi   Buxoroga   ko’chib         o’tgach,       u
boshlang’ich   maktabda   o’qiy   boshlaydi.   Undagi tug’ma qobiliyat, o’tkir zehn,
kuchli xotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi    Abdullox xamda uning
do’stlari   bilimdon   kishilar   bo’lib,   ularning   ilmiy   munozara   o’tadigan   oilaviy
muhim   yosh   Ibn   Sinoga   ham   ta’sir   etadi.   Shu   bilan   birga   uning       bolalik       va
usmirlik     yillari       o’tgan     Buxoro       shaxri     Somoniylar   davrining   yirik   madaniy
markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab Madrasa,    kasalxona    nodir    kitoblar
saqlanadigan         kutubxona       bo’lgan.   Jahonning         turli             mamlakatlaridan
kelgan      olimlarning munozaralarida   yosh   Ibn   Sino    ham    qatnashib,    turli
fanlarga   bilimlarini   chuqurlashtirib   borgan.   U   ustozlaridan   hind   hisobi,   fiqxdan
bilim olgan.  Keyin esa  faylasuf Abu Abdullox Notiliydan falsafa mantik, xandasa
va   boshqa   fanlardan   ta’lim   oladi.   Shundan   so’ng   Ibn   Sino     o’zi   mustaqil   holda
barcha   fanlar   bilan   shug’ullana   boshlaydi.   U   Ayniqsa   tip   ilmini   chuqur   egallab
oladi,   bu   sohada   unga   ta’lim   berishgan   kishi   buxorolik   Abu     Mansur       Kamariy
bo’ldi.     Ibn     Sino     so’ngra     falsafani   o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel
falsafasini,   uning   “Metafizika"   asari   mohiyatini   buyuk   mutafakkir   Abu   Nars
Forobiyning yozgan sharxi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi.
X   asr   oxiri   -   XI   asr   boshlariga   kelib,   o’lkada   siyosiy-ijtimoiy   vaziyat
murakkablashadi.   SHu   tufayli   Ibn   Sino   Xorazmga   -   Urganchga   ko’chib   o’tadi.
Xorazmda   u   bir   qator   olimlar   bilan   hamkorlikda   Abu   Rayxon   Beruniy
boshqarayotgan   "Ma’mun   akademiyasida"   ilmiy   ish   bilan   shug’ullana   boshlaydi.
Xorazmda o’zining yirik asari  - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish
olib boradi. Abu   Ali   Ibn   Sino   kamolotga   erishishning   birinchi   mezoni   sanalgan
ma’rifatni   egallashga   dav’at   etadi.   CHunki   ilm-fan   insonga   xizmat   qilib,   tabiat
qonuniyatlarini   ochib   avlodlarga   yetkazishi   kerak.   Bu   maqsadga   yetishish   uchun
inson   kiyinchiliklardan   qo’rqmasligi   zarur,   deydi.   "Ey   birodarlar!   “Odamlarning
botiri   mushkulotdan   qo’rqmaydi.   Kamolot   hosil   qilishdan   bosh   tortgan   kishi
odamlarning eng qo’rqog’idir".
Talabaga   bilim   berish   o’qituvchining   mas’uliyatli   burchidir.   Shunga     ko’ra   Ibn
Sino   o’qituvchining   qanday   bo’lishi   kerakligi   haqida   fikr   yuritar   ekan,   shunday
yo’l-yuriklar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosik, jiddiy bo’lish;
-     berilayotgan   bilimning   talabalar     qanday   o’zlashtirib   olayotganiga   e’tibor
berishi.
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
-       talabaning       xotirasi,         bilimlarni       egallash       qobiliyati,         shaxsiy
xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda
berishi;
-  Har  bir  so’zning  bolalar  hissiyotini  uyg’otish  darajasida   bo’lishiga  erishish
zarur, deydi olim.  
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin
berilgan.   CHunki   inson   avvalo   oilada   kamolotga   yetadi.   Olim   oilada   ota-onaning
vazifasi   va   burchiga   katta   e’tibor   beradi.   Oila   munosabatlariga   to’xtalar   ekan,
ayniqsa   ota-onalarning   oilada   mehnat   sevarligi   bilan   farzandlarini   ham   kasb   va
xunarga o’rgatishi  borasida muhim  fikrlar  bayon etadi. Insonning xulqi  va ruhiga
mehnatning   ijobiy   ta’sirini   ta’kidlash   bilan   bir   qatorda   turli   kasb   egalari
xunarmand,   dexqonlar   mehnatini   ulug’laydi   va   qimorboz,   sudxo’r   kabilarni
qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir
etishini to’g’ri talqin etadi. Ibn   Sinoning   ta’lim-tarbiyaviy   qarashlarida   insonning   ham   aqliy,   ham   ahloqiy-
estetik   hamda   jismoniy   tomondan   rivojlanishi   uning   kamolga   yetishining   asosiy
mezoni sifatida talqin etiladi.
Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi 
katta xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi. 
Ibn   Sino   inson   kamolotida   aqliy,   ahloqiy,   jisomoniy   tarbiyaning   o’zaro   aloqada
amalga   oshirishning   ilmiy   ta’limotini,   usullarini   yaratib,   ta’lim-tarbiya   sohasida
o’z o’rniga ega bo’ldi.
Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-
zakovatini ulug’laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi
kerakligini tinmay targ’ib qildi.
Ibn   Sinoning   inson   kamolotida   ta’lim-tarbiyaning   ahamiyatiga   oid   qarashlarini
ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   tarkibidagina   emas,   balki   mustaqil   risolalarida   ahloqiy
masalalarni   chuqur   ilmiy-amaliy   jihatdan   ifodalagan   ,   ilm-fan   sohasida
tarbiyashunos   olim   sifatida   ham   tadkik   etish,   o’rganish   navbatdagi   vazifalardan
hisoblanadi.
Xalqimizning   ta’lim   -   tarbiyaga   oid   qarashlari   ulug`   olim,   mutafakkir
Mahmud   Qoshg`ariy   (XI   asr)ning   "Devonu   lug`atit   turk"   asarida   keng   bayon
etilgan.
Asar   1076-1077   yillarda   yozilgan   va   yoshlarga   nasihatlar   tarzida   tuzilgan
she’riy   parchalardan   iboratdir.   Devondagi   qo`shiqlarda   tabiat,   ov   va   jang
manzaralari, sevgi - muhabbat va ugit - nasihatlar uz ifodasini topgan.
She’rlarda   ilm   olishning   qadri,   bilimli   kishilarni   hurmat   qilish,
mehmondo`stlik,   xushxulqlik,   mardlik   va   jasurlikni   targ`ib   qiluvchi,   baxil,
ochko`z,   do`stga   va   xalqiga   xiyonat   kabi   salbiy   tomonlarni   qoralaydigan   she’rlar
ko`p uchraydi.
Pand - nasihatlarda asosiy o`rin ilm olishga undashga, uning foydasini targ`ib
etishga qaratilgan. Ko`plab tarbiyaviy xarakterdagi maqollar ham berilgan.           Kaykovus    412   xijriy yilda (milod     1021-1022)   tug’ilgan.   Uning avlodlari
g’ilon         qabilasidan       bo’lib,         Tabaristonda       (hozirgi       Kaspiy   dengizining
janubidagi xudud) yashaganlar.
Ammo   biz   Kaykovus   haqida   batafsil   ma’lumotlarga   ega   emasmiz.   Kaykovus   o’z
hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk "Qobusnoma" asasarini
yaratdi.   Kitobni   u   o’g’li   G’ilonshoxga   bag’ishlagan.   Bu   paytda       Kaykovus
taxminan     oltmish     yoshlarda     edi. "Qobusnoma"     SHarqda, xususan Eronning
o’zida   ham   saqlanib   kelayotgan   an’anaga   ko’ra   pand-nasixat   tarzida   yozilgan
bo’lib, mana bir necha asrlardan beri halqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy
faoliyatga   tayyorlashda,   ularni   har   tomonlama   yetuk   inson   qilib   tarbiyalashda
muhim qo’llanma bo’lib kelmokda.
"Qobusnoma"   murakkab   yo’lni   bosib   o’tdi.   SHo’ro   mafkurasi   davrida   [asarning.
insonni aqliy, ahloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati xokim sinf axlokini targ’ib qilish
deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-xunarni ulug’lovchi, bilimlarni
egallash   haqidagi   fikrlari,   diniy   qarashlari   siyosiy   nuktai   nazaridan   koralanadi.
Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb
ta’kidlanadi."Qobusnoma ”
  asariga   davr   va   shart-sharoitlar,   siyosiy   qarashlar
ta’sirida   qay   darajada   soya   tashlanmasin,   bu   asar   mashhur   xind   asari   "Kalila   va
Dimna",   Nizom   ul-Mulkning   "Siyosatnoma ”
,   Nosir   Hisravning   "Saodatnoma ”
,
YUsuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig", Maxmud Qoshg’ariyning "Devonu lugatit
turk" , "Sa’diyning "Guliston", Axmad YUgnakiyning "Xibatul xaqoyik", Alisher
Navoyining   "Maxbub   ul-kulub",   Voiz   Koshifiyning   "Ahloqiy   muxsiniy",
Davoniyning "Ahloqi Jaloli" kabi ahloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir katorda SHarq
pedagogik   fikr   taraqqiyotida   inson   kamolotini   shakllantirishda   muhim   o’rinni
egallaydi.
Kaykovusning   o’zi   ta’kidlaganidek,   butun   bir   asar   ana   shu   oxirgi   bobida   ta’rif
bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda "... barcha fikr va
tushunchalarimni  sening   uchun kitobga  yozdim  va  har  bir  ilm, ham   xunar  va  har
peshakim   bilur   edim,   hammasini   qirk   to’rt   bobda   etdim",   deyish   bilan   har   bir
yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda   kamolga   yetkazish   yo’llar   usullarini   bayon   etgan.   Kitobda   juvonmardlar
egallashi   zarur   bu,   quyidagi   yunalishlarda   ta’lim-tarbiya   berishrish   nazarda
tutilgan:
1. Kaykovus bilim olish haqida.
2. Xunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Kaykovus "Qobusnoma" asarida jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor zgan. Zero,
Kaykovusning             "Qobusnoma"       asari       XI       asrda       yuzaga       kelgan       yirik
tarbiyaviy   asardir.   Bunda   o’sha   davrga   xos   har   bir   yosh   egallashi   zarur   bo’lgan
aqliy,   ahloqiy,   jismoniy   tarbiya   bilan   bog’liq   faoliyat   turlari:     otda   yurish,
merganlik, suvda so’zish,   harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, hatotlik san’ati,
she’r   yoza   olish,   musiqiy   bilimga   ega   bo’lish,   shatranj   va   nard   uyinini   bilish
kabilar ham o’z ifodasini topgan.
Kaykovusning   katta   xizmati   shundaki,   u   yoshlarni   hayotga   tayyorlashda   xar
tomonlama   kamolga   yetkazishning   nazariy   masalalarini   amaliy   faoliyatga   tatbiqi
nuktai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, xar qanday tuzumda ham o’z
qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi.
Yusuf   Xos   Xojib   Bolasogunda   tug’ilgan,   o’z   asarini   yoshi   ellikdan   o’tganda
yozgan.   Asarning   xijriy   462   (1069   -   1070)   yozib   tugallanganligi,   uni   o’n   sakkiz
oyda,   ya’ni   461   yilning   birinchi   yarmida   boshlab   ,   462   yilning     o’rtalarida
tugatganligi, agar bu davrda Yusuf Xos Xojib 50 yoshlar atrofida bo’lsa, 410 (1019
milodiy)   yillarda   tug’ilganligi   taxmin   etiladi.   Yusuf   Xos   Xojibning   "Qutadg’u
bilig"   asari   6500   baytdan   yoki   13000   misradan   iborat.   Buyuk   mutafakkir   asarni
yozib   tugatgach,   koraxoniylar   xukmdori   Tavgachxon   (kitobda   Tavgoch   Ulug
Bugra Koraxon (Xoqon), Abo Ali Xasan binni Sulaymon Arslon Koraxon (xokon)
nomlari bilan zikr etilgan  huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur
bo’lib, uning muallifiga Xos Xojiblik unvonini beradi. "Qutadg’u bilig" asari  katta
shuhrat   qozonadi.   Shuning   uchun   ham   "Qutadg’u   bilig"   ni   chinliklar   (Xitoy)
"Adab   ul   -   muluk"       ("Xukmdorlar   odobi"),   mochinliklar       (Sharqiy   Turkiston) "Anis ul-malolik" ("Mamlakattaning tartib usuli"), eronliklar.; "Shoxnomai turkiy",
Sharq   elida   "Ziynat   ul-umaro",   ("Amirlar   ziynati"),;   turonliklar                   "Qutadg’u
bilig"       ba’zilar       esa       "Pandnomai       muluk" ("Xukmdorlar       nasixatnomasi")
deb       atagani        kitob               mukaddimasiga kiritiriladi. Mazkur asarning shuxrat
topishi bejiz emas edi. Chunki Yusuf; Xos Xojib o’z davrining yetuk mutafakkiri,
chuqur bilimli, donishmand  kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan
ham   bilsak   bo’ladi.   U   o’z   asarida   tibbiyot,   falakiyot,   tarix,   tibbiyot,   geografiya,
riyoziyot,   xandasa,   falsafa,   adabiyot,   ta’lim-tarbiya,   fikxga   oid   fikralarni   bayon
etib, faylasuf va Qomusiy olim sifatida o’zini nomoyon etdi. Chunonchi u barcha
ijtimoiy   tabaqalar   o’rtasidagi   muomala,   munosabatlarni   yoritish   Bilan
diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb-koriga oid
talablar   va   jamiyatning   ahloqiy   tamoyillarini   tarannum   etish   bilan   ta’lim-tarbiya
sohasida o’ziga xos uslubni yaratdi.
"Qutadg’u    bilig"     -      baxt     va    saodatga     eltuvchi     bilim,    ta’lim    Dega  ma’noni
bildiradi.       Demak,       asar       nomidan       ham       uning       pand-nasixatlar,   ta’lim-
tarbiyaga   oid,   Har   tomonlama   komil   insonni   tarbiyalaydigan   yetuk   didaktik   asar
ekanligi yakqol ko’rinib turibdi.
Bizning  zamonamizda  ham  "Qutadg`u  bilig" bir  qator  o`zbek  olimlari   tomonidan
tadqiq va tahlil qilingan 1
.
1
 Қўзиев И. Юсуф хос Хожибнинг "Қутадғу билиг” асарида таълим ва ахлоқ муаммоиари. “Халқ таълими”, 
2007 йил, 3-сон, 111- бетлар Birinchi   bo'lib     pro-
fessor Fitrat tomonidan
«Qutadg'u bilig» ni nashrga
tayyorlagan va tadqiq-tahlil etgan
olimlar Qayum
Karimov
1924 Namangan
nusxssidan Asarning bola -
larbop variant i To`la nashri-15 yil  
davomida tayyorlangan 3-8.chizma
Qutadg’u               bilig"ning               tadqiqotchilaridan                 biri               B.To’xliyev
ta’kidlaganidek, YUsuf Xos Xojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning
kator   belgilarini   ko’rsatib   o’tadi.     Ularning   eng   asosiysi   aloxida   shaxsning   o’z
manfaatlari,   shaxsiy   istaklari   doirasini   yorib   chikib,   Boshkalar   g’ami   bilan
yashashi,  ko’pchilik manfaati  uchun fidoyi bo’la bilishdir".Hozirgacha "Qutadg’u
bilig" ning Xirot, Koxira, Namangan nusxalari  ma’lum  bo’lib, Venaga keltirilgan
Xirot   nusxasini   Xerman   Vamberi   nashr   qildi   va   tarjimasini   berdi.1890   yilda
V.V.Radlov   Vena   nusxasining   Faksimilesini,   1891   yilda   shu   Faksimile   asosidagi
matnini   nashr   qildiradi.1896   yilda   Koxira   nusxasi   topilgandan   so’ng,   undan
ko’chirma olgach, V.Radlov  har  ikki  nusxani  qiyoslab  1910 yilda  rus  grafikasiga
asoslangan   to’liq   transkripsiyasini   nemis   tiliga   tarjimasi   bilan   nashr   ettirdi.   1913
yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda
topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
Demak, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asasarini ilmiy jihatdan
o’rganishga   juda   ko’p   olimlar   hissa   qo’shgan.   V.V.Radlov,   X.Vamberi,
S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo’lsalar   V.V.Bartolbd, E.Berishrtels,
I.V.      Stebleva,      O.A.     Valitovalar       Har       tomonlama    tadqiq etdilar.  Asarning
mukammal   nashrini   tayyorlashda   hamda   uni   tadqiq   etishda   o’zbek   olimlarining
xizmati, ayniqsa diqqatga sazovor.
Birinchi bo’lib professor  Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini  olib kutubxonaga
keltiradi   va      u   xaqda   maqola   e’lon   qiladi. "Qutadg’u bilig"ning mukammal B.To`xliyev 
tomonidan  Mutalboyev S.M Mallayev N.M
Asarni tahlil qilganlarYusuf Xos Hojibning didaktikasi Q.Karimov va 
Y.Jumaboyevlarning tomonidan har tomonlama tadqiq etilgan.  nashri o’zbek olimi K. Karimov tomonidan amalga oshirildi   va   tadqiq         etildi.
Uni   tahlil   etishda   S.M.Mo’talliboyev, N.M. Mallayevlarning ham xizmati katta
Yusuf   Xos   Xojib   X   asrning   tashkil   topgan   Koraxoniylar   xukmronligi   davrida
yashab   ijod   etdi.   Koraxoniylar   Sirdaryodan   yettisuvgacha,   Shimoli   Fargona   va
butun   Sharqiy   Turkistonda         hukmronligini   o’rnatgandan   so’ng
Movarounnaxrning   ichki   xududlariga   ham   kirib   borib,           Qoshg’ardan     tortib
Kaspiygacha   bo’lgan     keng     maydonda   o’z   davlatini   tarkib   toptirgan   edi.   Uning
markazi Qoshg’ar (Urdukent) bo’lib, shimolda  Bolasogun   (Ko’zurdu),   G’arbda
Samarkand,     markazidagi     Uzgand yirik         shaharlardan         hisoblanardi.         Har
bir         davlatda         bo’lganidek   Koraxoniylar   davlatining   ham   idora   qilish   usuli,
yurgizadigan   siyosati,   qonunlari,   tarbiya   tamoyillari   ifodalangan   komus
nizomnoma zarur edi.
Yuqorida eslatganimizdek, Yusuf  Xos Xojibning asarida inson kamoloti  masalasi
markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda
tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos bir tarzda bayon
etiladi.
Mutafakkir     kitobning   an’anaviy     boshlanmasidan   keyinrok   insonning     xaqikiy
baxti       bilimda       ekanligini       bayon       etadi.       Yana       ilm-zakovatning   ahamiyati
haqida  kator  boblarda  ham  fikr  yuritishi  bilan  birga unga alohida boblar    ham
bag’ishlangan.   Lekin   olim   faqat   ilm-ma’rifatning   ahamiyatini   ko’rsatibgina
qolmaydi,   u   bilim   va   zakovatning   amaliyotdagi   o’rnini   ham   yoritadi.Yusuf   Xos
Xojibning   biz   tahlil   etgan   mazkur   asari   insonni   har   tomonlama   kamolga
yetkazishning   barcha   masalalari   o’zining     badiiy   ifodasini   topgan   yirik   ta’limiy  -
ahloqiy   dostondir.   Olim   insonni   kamolga   yetishi   uchun   quyidagilarni   nazarda
tutadi:
1. Aqliy kamolot - bilim va zakovat, o’quvga ega bo’lish.
2. Ahloqiy kamolot.
3. Jismoniy kamolot. Yusuf   Xos   Xojib   insonning,   kamolga   yetishining   yo’l-yuriklari,   usullari,   chora-
tadbirlarini  yuksak   badiiy mahorat  bilan  yoritib  beradi.  uning uchun  ham   bu asar
o’zining ilmiy , ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini   
 shu  paytgacha saqlab kelmokda.
Abulqosim   Maxmud   ibn   Umar   Zamaxshariy   (1074-1144)   Xorazmning
Zamaxshar   qishlog`ida   tug`iladi.   U     yirik   olim,   adabiyotshunos,   shoir   va
yozuvchidir. U Urganchda so`ngra Buxoroda o`qiydi. Bog`dod, Makka va ko`plab
shaharlarda sayohatda bo`ladi. Uning asarlaridan "Al-Kashshof" (Oshkor qiluvchi),
"Chechanlik   poydevori",   "Xadisdagi   notanish   so`zlarni   o`zlashtiruvchi"   (lug`at),
"Tog`,   manzil   va   suvlar",   "Dori   -   darmon   va   tog`lar   ismlari   kitobi",   "Adabiyot
muqaddimasi",   "Hikmatli   so`zlar",   "Ugit   va   nasihatlarning   oltin   munchoqlari",
"Saxiy yoz" kabilardir  Zamaxshariyning "Al Kashshof" kitobi hozirda ham arab
mamlakatlari   diniy   dorilfununlarida   muhim   qo`llanma   sifatida   ishlatilmoqda.
Uning   "Atvoq   uz   -   zaxab   fi-l   mavoi’z   va-l-xutab"   (Ugit   va   nasihatlarning   olting
munchoqlari)   asari   tarbiyaviy   jihatdan   muhim   ahamiyatga   ega.   Unda   tarbiyaviy
xarakterdagi 100 ta maqola berilgan.
      XIV   -   XVI   asrlarda   Movarounnaxrda   ta’lim-tarbiya   va   pedagogik   fikr
taraqqiyoti
Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu
davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda
ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
XIV   asrning   50   yillarida   Amir   Temur   siyosat   maydoniga   chiqdi.
Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala
boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish
davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Temur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor,
muxandislarni   olib   keltirdi.   Samarqand   va   Hirotda   madrasalar,   kutubxonalar,
rasadxonalar   qurildi.   Tibbiyot,   riyoziyot,   falakkiyot,   geografi,   tarix,   adabiyot,
falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
Temurdan   so`ng   temuriylar   davrida   mamlakat   Movorounnahr   va   Xuroson
davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan markaziga   aylandi.Shoxizinda,   Guriamir,   Bibixonim   masjidi,   Registon   maydoni,
qator bog`lar va boshqalar barpo etildi.
Ulug`bek   zamoniga   kelib   esa   matematika,   astronomiya   fanlari   rivojlandi.
Tibbiyot,   tarix,   adabiyot   va   diniy   bilimlarga   e’tibor   berildi.   Buxoro,   Samaraqnd,
Fijduvonda madrasalar qurildi.
Bu   davrda   adabiyot   sohasida   Atoiy,   Sakkokiy,     Haydar   Xorazmiy,   Durbek,
Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
Samarqandda   Qozizoda   Rumiy,   Mansur   Koshiy,   Hirotda   esa   Navoiy,   Jomiy,
Behzod,   tarixchi   Xondamir,   hattot   Sulton   Ali   Mashhadiy   va   boshqalar   ijodi
gulladi.
Ali   Qushchi   astronomiyaga   oid   "Risolai   dar   falakkiyot"   asarini   yozib,   unda
geometrik   bilim   asoslari,   tibbiyot   fanlari   va   boshqa   sohalarga   oid   boshlang`ich
bilimlarni bayon etdi.
XV   asrda   tarix   fani   rivoj   topdi,   Hofizu   Abru   "Zubdan   tavorix"   (Tarixning
qaymog`i)   kitobi   yozib,   unda   1427   yilgacha   voqealar   bayon   etildi.   Abdurazzoq
Samarqandiy   buni   davom   ettirib,   "Ikki   saodatli   yulduzning   chiqish   joyi   va   ikki
dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus
safo"   asrini   yozgan   Mirxond,   "Xabibus   siyar"   asarini   yozgan   Xondamir
asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi.
Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr
madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqalar qurildi.
Xususiy   maktablar   yuzaga   keldi,   uyda   muallim   yollab   o`qitish   odat   tusiga
kirdi.   Shahar,   qishloq,   ovullarda   ochilgan   maktablarda   o`qitish   6   yoshdan
boshlandi. Bolalar maktabda alifbe urganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar
edilar.   O`quvchilar   maktablarda   savod   chiqargacha   madrasaga   kirib   diniy   va
dunyoviy fanlardan bilim olardilar.
Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 
Amir   Temur   Kuragon   ibn   Amir   Tarag`ay   (1336-1405).   Temur   shaxsi   masalasi
uzoq   yillar   davomida   man   qilinganligi   natijasida   nafaqat   Temur   tarixi,   balki Markaziy   Osiyoning   XIV-XV   asrlardagi   tarixi,   madaniyati   deyarli   o`rganilmay
qolgan edi. Bu haqda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozgan edi:
"Amir   Temur   nomi   tariximiz   sahifalarida   qora   buyoq   bilan   o`chirildi,
unutishga   mahkum   etildi.   Maqsad   xalkimizning(ongidan)     yuragidan   milliy   ong,
milliy g`urur  tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikka, tobelikka kundirish edi. Lekin
o`zbek   xalki   o`z   ajdodlarini,   uz   bahodirlarini   unutmadi,   hamisha   yuragida,   qalb
to`rida   saqladi".   Mustaqilligimizdan   so`ng   esa   o`z   milliy   qadriyatlarmizni,
tariximizni haqqoniy o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik.
Islom   Karimov   "Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo`q"   asarida   ham   Amir   Temur
qoldirgan katta meros haqida yozgan edi:
"Amir   Temur   kim   edi?   U   birinchi   navbatda   ulug`   bunyodkor   shaxs   edi.
Samarqanddagi  obidalar, Shaxrisabzdagi  yodgorliklarni  kim  qurdi? Turkistondagi
Yassaviy  maqbarasini  kim  tikladi? Kim  "Kuch - adolatdadir" degan olamshumul,
teran hikmatni o`z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?". Temurning
qanchalik   buyuk   zot   bo`lganligini   uning   nomiga   qo`shilgan   unvonlardan   ham
kurish   mumkin.   Uning   ismiga   "Kuragon"   (xon   kuyovi   yoki   kurkam,   toza
urug`dan),  "Sohibqiron"  (yulduz  burjlarining  baxtli  kelishi 
(qiron)da   tug`ilgan   farzand)   Iskandar,   Muhammad   payg`ambar,   Temur),
"Qutbiddin"   (zamona   peshvosi),   "Abulmansur"   (zafarmand,   g`alaba   qozonuvchi)
kabi unvonlar qo`shilib ulug`langan.
Temur din arboblari, olimlarni, ilmni va ilm ahlini hurmatlovchi shaxs bo`lgan.
Temur tuzuklarida shunday yoziladi:
"Harbir   shaharda   masjidlar,   madrasalar,   honaqalar   qurishni   buyurdim.  
Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, shariat aqidalari  va islom  dini
ilmlari:   tavsir,   hadis,   fiqhdan   dars   bersinlar   deb,   har   bir   shaharga   olimlar   va
mudarrislar tayin qildim".
Amir   Temur   odob,   axloq,iymon   -   e’tiqod,   tarbiya   sohasida   o`zi   yuksaklikka,
mukammallikka   erishgan   insonlardan   bo`lgan.   Bunga   ishonch   hosil   qilish   uchun
sohibqiron haqidagi asarlar, uning o`zi yartagan tuzuklar va ugitlarni kurish kifoya. 3-9. chizma
Turkiston   zaminini   hunarmandchilik,   ilm-fan   va   madaniyat   rivojlangan   ilg’or
mamlakattaga   aylantirildi.   Amir   Temurning   sa’y   harakati   tufayli   obod   etilgan
shaharlar,   qishloqlarni   SHaxrisabz,   Buxoro,   YAssi   (Turkiston)shaharlarida   qad
ko’targan   imoratlar   «Temur   va   Temuriylar   davlati   «Temuriy   madaniyati»,
«Ulug’bek   va   Samarqand»,   «Observatoriya   maktabi»   kabi   ulug   tushunchalarni
dunyoga  kelishi   va   dunyo   halqlari   tarixiga   oltin  harflar   bilan   yozilishi   ham   Amir
Temur nomi bilan bog’liqdir.
Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 
Mirzo   Ulug`bek   (1394-1449).   Mirzo   Ulug`bek   urta   Osiyo   xalqlari   ilm   -   fani
va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, millat pedagogik fikr taraqqiyotiga
munosib hissa qo`shgan buyuk siymolardan biridir.
I.A.Karimov   Ulug`bek   zimmasiga   tushgan   vazifa   haqida   yozgan   edi:   "Taqdir
bu   zotning   zimmasiga   behad   ulkan   va   mashaqqatli   vazifalarni   yukladi.   Buyuk
sarkarda   Amir   Temur   bunyod   etgan   saltanatning   vorisi   bo`lishdek   mislsiz   sinov
aynan unga nasib etdi".("Istiqlol va ma’naviyat" T.1994).Tarix fanlar doktori, professor Ashraf A	hmad Te murning o	’zi amal qilgan 	
quyidagi sifatlarni yuksak baholaydi	:	
Qur`onga	qat`iy	rioya	qilish	
Jiddiy	va	odil	bo	’lish	, boyni	kamba	g’aldan	ustun	qo	’ymaslik	
Barcha	so’zlarida	doim	haqiqatg	o’ylik	ka amal	qilgan	
Birovlar mulkiga ega bo	’lishga intilmaslik	
Nopok ishlardan o	’zini tiyish	
Insofli bo	’lish va iymonlikka chorlash	
Ilmli kishilarni e	’zozlash	
Islomga	ta’luqi	bo	’lgan	ishlarni	doim	kundalik	,dun	yo 	ishidan	ustun	qo	’yish	
Xayri	-ehson 	qilish	
Birovga	noxaq	ozor	yetkazmaslik	, rahm 	sha	fqatli	bo	’lish	
Vadasiga vafo qilish 1411   yili   17   yoshli   Ulug`bek   Movorounnahr   va   Turkistonning   hokimi   etib
belgilanadi.   Uning   tashabbusi   bilan   o`lkada   ilm   -   fan,   ayniqsa   falakkiyot   ilmi
yuksala   bordi.   U   riyoziyot   fanini   mukammal   egallagan   va   ungacha   hech   kim
unchalik tez va aniq hisoblay olmagan.
U   davlatning   madaniy   markazlaridan   Buxoro   (1417),   Samarqand   (1420)
keyinchalik   Fijduvonda   (1433)   madrasalar   qurdirdi.   Bu   madrasalarda   mashhur
olimlar,   ilohiyot   ilmlaridan   tashqari   riyoziyot,   xandasa,   astronomiya,   tibbiyot,
tarix, geografi, ilmi aruzdan dars berishgan.
Madrasalarda   mashhur,   bilimli   kishilar   mudarrislik   qildi.   Yirik   olimlardan
Qozizoda   Rumiy,   Fiyosiddin   Jamshid   ibn   Mas’ud,   Mansur   Koshiy,   Muhammad
Birjoniy, Ali Qushchi kabilar faoliyat ko`rsatdi. Madrasada Ulug`bekning o`zi ham
astronomidan ma’ruzalar o`qigan.
Madrasa   qurdirganidan   4   yil   o`tgach,   Obirahmat   soyining   bo`yida   rasadxona
qurdiradi.   Uning   qurilishiga   5   yil   ketadi.   Kutubxona   ochib,   mashhur   asarlarni
yig`adi.
Madrasa   bilan   rasadxona   o`rtasida   mustahkam   aloqa   bor   edi.   Rasadxonada
ishlaganlarning   bir   qismi   madrasada   mudarrsilik   ham   qilishgan.   Bu   esa   riyoziyot
va yulduz ilmini yuksaklikka ko`tardi.
Ulug`bekning "Ziji Ulug`bek" asari juda mashhurdir. Yana riyoziyotga oid "Bir
daraja   sinusini   aniqlash   haqida   risola",   yulduzlarga   bag`ishlangan   "Risolai
Ulug`bek" va tarixga oid "Tarixi arba’ ulus" asarlari bor.
3-10. chizmaMirzo	Ulug`bek	
asarlari
Ziji 	
Ulug`bek	Bir daraja 	
sinusini aniqlash 	
haqida risola
Risolai 
Ulug`bek
Tarixi arba	’	
ulus Ulug’bekning   ilmiy merosining eng asosiysi,  ma’lum  va   mashhuri  uning «Ziji»
bo’lib, bu asar «Ziji Ulug’bek»dir.
Cheksiz aql-idroki, azmu qata’iyati, odilona siyosati bilan Mirzo qariyb     qirq   yil
mobaynida  Movarounnaxr  diyorining  donishmand  xukmdori bo’lib, halqlarning
azaliy   orzusi-tinchlik,   totuvlik,   har   tomonlama   taraqqiyotni   qaror               toptirish
yo’lida   mislsiz   shijoat   va   matonat   ko’rsatdi. Ulug’bek, avvalo ilmiy farazlar
bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod «Ziji jadidi  ko’rgoniy» deb  nomlangan
Ulug’bek astronomik jadvali asrlarda           lotin     tiliga     tarjima     qilinib, yevropa
olimlari   orasida tarqalgani fikrimizning yakqol isbotidir.
Ulug`bek   yoshlar   ta’lim   -   tarbiyasiga   katta   e’tibor   beradi.   Madrasalarda
o`qitish   tizimini   janlantiradi.   O`qish   muddati   15-20   yildan   8   yilga   tushiradi.
O`quvchilar bilan rasadxonada amaliy mashg`ulotlar o`tkazishni joriy etadi. 
Ulug`bek   ta’limda   matematika,   falakkiyot,   adabiyot,   tarix   fanlariga   katta
ahamiyat beradi.
U   o`z   pedagogik   qarashlarida   bolalarning   jismonan   sog`lom,   harbiy   hunar
egallagan,   jasur,   mard   bo`lib   yetishishlariga   alohida   e’tibor   beradi.   U   do`stlik   va
birodarlikni ulug`laydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   (1483-1530).   O`zbek   xalqining   ilm   va
madaniyat   xazinasiga   o`lmas   hissa   qo`shgan   mutafakkir   olim,   tarixchi,
qonunshunos va lirik shoirdir.
Bobur   ilm   -   fan.   san’at,madaniyat   va   ularning   sohalari   bilan   yaqindan
tanishgan,   uning     ijodini   asosan   lirik   she’rlar   va   adabiy   -   tarixiy   asari   -
"Boburnoma"   bilan   ko`zga   tashlanadi.   "Boburnoma"   qomusiy   xarakterdagi   kitob
bulib,   unda   tarix,   geografiya,   botanika   va   boshqa   fan   sohalariga   oid   ma’lumotlar
berilgan.
Bobur   yana   musulmonchilikqoidalari   va   qonushunoslikka   bag`ishlangan
"Mubayyin".   arab   alfavitini   isloxiga   oid   "Xatti   Boburiy",   aruz   vazni   va   qofiyaga
oid "Mufassal", yana musiqa va harbiy san’at haqida asarlar yozgan. Adib fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlaydi. Ilm, adabiyot, san’at  ahllari
bilan yaqin aloqada buladi, ularga homiylik qiladi.
Ilm   va   bilimdonlikni   ulug`laydi.   U   kamtarlik,   uzini   tuta   bilish,   ezgulik,
vafodorlik,   boshqalarga   yaxshilik   qilish   sifatlarini   ulug`lab,   yovuzlik,   zulm,
qabihlikni   qoralaydi.   Boburning   pedagogik   qarashlaridagi   bosh   masala   vatanga
cheksiz muhabbatdir.
"Boburnoma"da o`zbek, tojik, afg`on, hind va boshqa xalqlarning kasb - kori,
urf   -   odati,   madaniyati,   dini,   adabiti,   turmush   tarzi   haqida   keng   ma’lumotlar
beriladi.
Bobur   ijodiyoti   asosan   uning   lirik   she’rlari   va   adabiy-tarixiy
asari-«Boburnoma»   bilan   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Boburning   xotiralaridan
tashkil   topgan   va   temuriylar   davlatining   tanazzulga   ketish   davrini   o’zida
ifodalagan,   qomusiy   xarakterdagi   «Boburnoma»   kitobi   ilmiy-tarixiy   jihatdan
muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda tarix, geografiya, botanika va fanning boshqa
sohalariga taalluqli qimmatli ma’lumotlar  bor. Bundan tashqari, mazkur asar  eski
o’zbek tilidagi prozaning ilk namunasi va nodir yodgorligi hamdir.
Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Xindistonning tabiiy
manzaralarini   ham   maxalliy  aholining  kiyinishi   va   urf-odatlarini   ham   xayvonlari,
qushlari   hamda   ularning   qiliqlarini   ham   tasvirlaydi.   O’zi   tilga   olgan   narsalarni
teran fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi.
Bobur   o’rta   asrlardagi   Xindiston   halqlari   tarixini   o’zidan   besh   asr   ilgari   yashab
ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi maxorat bilan yorita olgan. Filologiya fanlari
doktori   S.Azimjonova   shu   masalani   tahlil   qilib,   chiqargan   xulosasida
aytgandek,xind   halqi   xayotining   turli   tomonlariga   taallukli   materiallarning   izchil
bayon   etilishi,   orginalligi   va   ishonarligi   jihatidan   Beruniyning   ma’lumotlariga
faqat   «Boburnoma»   dagi   ma’lumotlarni   tenglashtirish   mumkin.   Iste’dod   sohibi
bo’lgan   Bobur   12   yoshida   podsho   bo’lganidan   boshlab,   to   umrining   oxirigacha
o’zi ko’rgan voqealarni, o’zi qatnashgan hodisalarni, ana shu voqea va hodisalarga
daxldor   bo’lgan   yuzlab   tarixiy   shaxslar   hayotini,   fan   uchun   muhim   ahamiyatga
molik   ko’plab   dalillarni   adabiy   shaklda   yoritgan.   «Boburnoma»   va   she’rlar devonidan   tashqari,   musulmonlik   qoidalari   va   qonunshunoslikka   bag’ishlangan
«Mubayn»,   arab   alfavitini   o’rganish   to’g’risidagi   «Xatti»   shuningdek   musiqa   va
harbiy san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek adabiy tili, adabiyoti va
ilm-fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir o’zining
ma’lum tarixiy-ma’rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab kelmoqda. Uning ko’p
qirrali   merosida   pedagogikaga   oid   biror   maxsus   kitob   yoki   risola   mavjud
bo’lmasa-da, deyarli hamma asarlarida xayotga va vatanga muhabbat hislatlarining
yakqol   ifodasini,   insonning   yuksak   burchi   va   kishilarning   ma’naviy   qiyofasi
haqidagi   teran   fikr-mulohazalarni,   fan   va   dinga   munosabat   masalalarini,   yaxshi
xulqli va odobli bo’lishga da’vatni, ilm-fan va ma’rifatni egallashgacha chaqiriqni,
ahloqiy   va   estetik   g’oyalarni,   jo’shqin   va   mazmundor   hayot   kechirishga   targ’ib
qilishni va xokozalarni ko’rish mumkin.
Fan   va   ma’rifatni   juda   yuqori   qadrlagan   bobur   adabiyot,   san’at   va   ilm   ahli   bilan
doimo   yaqin   aloqada,   ijodiy   munosabatda   bo’ldi,   ularga   xomiylik   qildi,   ilmiy-
adabiy       suhbatlar,   mushoiralar       uyushtirdi.       U       o’z       davrida   ilmga   intilgan
odamlarni   juda   kamligidan   tashvishlanib,   astoydil     qiziqish,   intilish   hamda
mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini
ta’kidlaydi.  SHuning uchun  ham  u  ilm  fanning ahamiyatini   chuqur  his  qilib, o’zi
juda     qadrlagan       ilm-fan       kishilarini     eng     avvalo,   ularning     yurish-turishiga,
ko’pchilik manfaati uchun qilgan xizmatlariga qarab baholaydi.
Buyuk   mutafakkir   Alisher   Navoiy   ( 1441   -   1501)   fan   va   san’atning   turli
sohalari:   adabiyot,   tarix,   til   bilimlari,   musiqa,   hattotlik,tasviriy   san’at,
me’morchilik   rivojlantirish   bilan   birga   ta’lim   -   tarbiya   takomillashishiga   katta
e’tibor   beradi.   U   o`zining   "Xamsa",   "Maxbubul   qulub"   kabi   ta’limiy   -   axloqiy
asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ul-
lug`atayn"   asarlarida,   Jomiydan   tarjima   "Qirq   hadis"   kabilarda   tarbiyaga   oida
qarashlarini ifoda etadi.
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq
baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi: Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
yoki
Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.
Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu
davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda
ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Abdurahmon   Jomiyning     ma’rifiy-tarbiyaviy   qarashlari.   “Tuhfat-ul-ahror”
asari.   Abdurahmon   Jomiy   (1414-1492)   Jom   shahrida   tug`iladi,   yoshligida
ularning   oilasi   Hirotga   ko`chib   o`tadi.   Maktab,   keiyn   Nizomiya   madrasasida
o`qiydi.   Keyin   Samarqandda   uz   ilmini   oshiradi.   U   ko`p   sohalar   bo`yicha   chuqur
bilim oladi.
Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi. 1472 yili Xajga
boradi   mashhur   olimu   mutafakkirlar   bilan   muloqotda   buladi.   2   yillik   safardan
so`ng Hirotga qaytadi.
Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 ta dostondan iborat "Xaft avrang", ta’lim - 
tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan.
Ta’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Xaft avrang"ga kirgan "Tuxfat ul
- axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan.
Jomiy   inson   kamolotining   birinchi   mezonini   bilimlilika   deb   biladi.   Kasb   -
hunarli  bo`lishni  ham  kamolot mezoni  deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta
baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat,
rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.
Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu
aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana
talab qilaveradi).
Alisher   Navoiyning   “Hayrat   ul-abror”,   “Mahbub   ul-qulub”   asarlari   va
ularda   ilgari   surilgan   ma’naviy-axloqiy   g’oyalar.   Allomaning   maktab   va
madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.  Buyuk mutafakkir   Alisher Navoiy   (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari:
adabiyot,   tarix,   til   bilimlari,   musiqa,   hattotlik,tasviriy   san’at,   me’morchilik
rivojlantirish  bilan  birga ta’lim  -  tarbiya  takomillashishiga   katta  e’tibor  beradi.  U
o`zining   "Xamsa",   "Maxbubul   qulub"   kabi   ta’limiy   -   axloqiy   asarlarida,
shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ul-lug`atayn"
asarlarida,   Jomiydan   tarjima   "Qirq   hadis"   kabilarda   tarbiyaga   oida   qarashlarini
ifoda etadi. 
Buyuk   mutafakkir   olim   Alisher   Navoiy   fan   va   san’atning   turli   sohalarini
rivojlantirish   bilan   birgalikda   ta’lim-tarbiyani   ham   takomillashtirishga   e’tibor
bergan.   Uning   hamma   asarlarida   tarbiyaga   oid   qarashlar   o’z   ifodasini   topgan.
Alisher   Navoiy  o’zining  badiiy  asarlarida  komil   inson  obrazlarini  yaratib,  ta’lim-
tarbiya   to’g’risidagi   fikrlarini   ifodalagan   bo’lsa,   ta’limiy-ahloqiy   asarlarida   esa
komil insonning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm
-fanning o’rni
  aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.
Alisher   Navoiy   ilmni   inson   kamoloti   uchun   eng   zarur   fazilatlardan   deb   biladi.   U
insonni, xalqni       nodonlikdan, jaholatdan       qutqaruvchi       omil     deb ta’riflaydi.
Shunga   ko’ra   o’z   asarlarida   kishilarni   ilm-ma’rifatli   bo’lishga   undaydi.   Ilm   olish
har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. CHunki egallashdan maqsad ham
xalqning, o’z mamlakatining baxt saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat
qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi.
U  bilim   olishda  barcha  fanlarni  o’rganishni  targ’ib  etadi. Bunda u  (fozillarni
yig’ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.
Alisher   Navoiy   «Ixlosiya»   deb   nomlangan   madrasa   va   uning   qoshida   maktablar
ochadi.   Madrasa   va   maktabda   ta’lim   olayotgan   har   bir   talabadan   ilmda   katta
intizom va talabga rioya qilishni talab etadi.
Alisher   Navoiy   o’zi   barpo   etgan   «Ixlosiya»   madrasasida   o’z   zamonasiga   yetuk
muddarislarini yig’di va ilm izlagan talabalar ana shu madrasalarda peshvolaridan
tahsil oldilar.
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq
baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi: Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
yoki
Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.
Alisher   Navoiy   inson   kamolotida   ilmning   o`rnini   muhim   deb   biladi.   U   ilmni
insonni,   xalqni   nodonlik,   jaholatdan   qutqaruvchi   omil   sifatida   ta’riflaydi.   Ilm
olishni insoniy burch deb biladi. U bilimda barcha fanlarni urganishni targ`ib etadi.
Navoiy ilm - fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etadi, uning
yonidan maktab ochib, o`z vaqfidan mablag` ajratadi. Madrasada qattiq intizomga
amal qilingan.
Adib   ustoz   -   murabbiylarga   ham   katta   talablar   qo`yadi,   ularni   avvalo   o`zlari
bilimli va tarbiyali bo`lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini
juda qadrlaydi:
Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuzganj ila.
Shoirning "Xamsa"siga kirgan "Hayratul abror" dostoni va "Maxbubul qulub"
asarlari axloqiy - didaktik asarlardan hisoblanadi. "Hayratul abror"dagi masalalarni
3 turkumga ajratish mumkin: 1. Falsafiy masalalar. 2. Ijtimoiy - siyosiy masalalar.
3. Axloqiy - ta’limiy masalalar.
Asarning  5-   maqoloti  insoniy   fazilatlardan  biri   -  saxiylikka  bag`ishlanadi.  6  -
bob   tarbiyaga   bag`ishlanadi.   Bolaga   dastlab   yaxshi   ot   quyish,   so`ngra   yaxshi
muallimga   berish,   yaxshi   tarbiya   berishni   maslahat   beradi.   Bolalarni   esa   ota   -
onani hurmat etishga chaqiradi:
Boshni fido ayla ato qoishiga,
Jismni qil sadaqa ano boshiga.
Ikki jahoningga tilarsen fazo,
Hosil et ushbu ikkisidan rizo.
Tun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh. Alisher Navoiy o`z pedagogik qarashlarida bolaga yoshlikdan ta’lim va tarbiya
berish, o`g`il - qizlarni 6 yoshdan muallimga berish lozimligini aytadi. Turli fanlar
va hunar egallashni maslahat beradi.
U   o’zining   «Hamsa»,   «Maxbub   ul-qulub»,   «   Munojot»,   «Vakfiya»   va   asarlarida
ta’lim        tarbiya        masalalariga         e’tibor         berar        ekan,  tarbiya    jarayonlarini,
vositalarini,   talablarni         ko’rsatadi.   U         ta’limda         ilmiylikka   asoslanganlik,
tarixiylik,       kabi       talablarni       asos       qilib       oladi.   O’z       davrdagi   musulmon
maktablarini   yutuq   va   kamchiliklarini   tahlil   etadi.   U   o’qituvchi   gapirar   ekan,
muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi  ta’lim berayotgan fanni sevgan bo’lishi  zarur
deydi. O’ziga ham, o’qituvchiga ham talabchan bo’lishni Navoiy          o’qituvchini
jamiyatda       obro’li       va       hurmatga       loyiq       inson   bilib,   shogirdlar   muallimni
vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Navoiyning haqiqiy                insoni-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to’g’ri,
sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu hislatlarni odamlarda tarkib
toptirish uchun ularda ana shu oliyjanob hislatlarni       tarbiyalash       kerak       deydi
va    ahloqiy    fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi.
Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari.
Jaloliddin   Davoniy   (1427-1502)   Eronning   Davon   qishlog`ida   tug`iladi.
Boshlang`ich   ma’lumot   olgach,   Sherz   madrasasida   o`qiydi,   shu   yerda   qozilik
qiladi. Mudarrislik ham qiladi.
U falsafa, pedagogika, riyoziyot, fikx bo`yicha asarlar yozadi. "Risolayi isboti
vojib"   (Zaruratning   isboti   haqida),   "Risola-tul-Xuruf"   (Harflar   haqida   risola),
"Risoladur ilmul nafs" (Ruhshunoslik haqida), "Axloqi Jaloliy" asarlarini yozgan.
"Axloqi   Jaloliy"   mashhur   bo`lib,   madrasalarda   o`qitilgan.   U   1839   yilda
V.Tompson   tomonidan   ingliz   tiliga   tarjima   qilingan.   Asarda   ijtimoiy   -   siyosiy
masalalar, axloq - odob qoidalari uz aksini topgan.
U   tarbiyada   maktab   va   oila   rolini   kursatadi.   U   qo`pol,   badjahl   muallimlarni
tanqid   qiladi,   u   aklli,   yaxshi   hislatli   bo`lish   lozim,   deydi.   Ota   bolani   jismoniy
tarbiyalasa,   muallim   uni   ma’naviy   tarbiyalaydi.   Oila   va   maktab   tarbiyasini
taqqoslaydi, bunda muallimning roli,o`rni yuqoriligini ko`rsatadi. U kasb - hunar egallashni insoniy fazilat deb biladi.Jaloliddin	Davoniy	kasb	-hunar	egalarini	4 	
toifaga	bo`ladi	: 	
Qalam	ahllari	: olim	, noib	, munajjim	, qozi	, 	
muxandislar
Harbiylar
Savdogar	, hunarmandlar	
Dehqonlar
3-11. chizma
Devoniy   insoniy   fazilatlarni   4   ga   bo`ladi:   donolik,   adolat,   shijoat,   iffat.   U
bularning har biri ichiga ham yana qator fazilatlar kiritadi. U yana sevgini 5 xilga
buladi:   1.Ilohiy   sevgi.     2.   Ota   -   onaga   muhabbat.     3.   Muallimning   o`ztalabasiga
muhabbati.    4. Podshoning fuqarosiga muhabbati.    5. Ilm - ma’rifatga muhabbat.
U sevgini ham kamolot belgisi sifatida qaraydi. 
Devoniy   insondagi   yomon   xislatlar   haqida   gapirish   bilan   birga   ularni   bartaraf
etishga   ham   maslahatlar   beradi.   Devoniyning   ta’lim   -   tarbiyaga   oid   qarashlari
hozirgi kunimiz uchun ham g`oyat qimmatli va foydalidir.
Husayn   Voiz   Koshifiyning   axloqiy   qarashlari.   Allomaning   “Futuvvatnomai
Sultoniy   yoxud   javonmardlik   tariqati”   asarning   axloqiy   tarbiyada   tutgan
o’rni.
XV   asrning   yirik   olimlaridan   biri   Xusayn   Voiz   Koshifiy   bo’lib,   u   ahlok,   nujum
mantiq,   adabiyotshunoslik,   riyoziyot,   hisob,   islom   tarixi,   ilohiyot,   tarix,   -
musiqashunoslikda   tasviriy   san’at,   tabobat   ilmiga   oid   200dan   ortiq   asar   qoldirib
SHarq ma’naviy madaniyatini rivojlantirishda muayyan o’rinni egallaydi.
Xusayn   Voiz   Koshifiy   tug’ilgan   yili   noma’lum     bo’lib,   taxminan       1440   yillarda
Xuroson   viloyatining   Sabzavor   shaxrining   Bayxaqi   qishlog’ida   dunega     kelgan
deyiladi.   U   keyinchalik   Jomiyning   tavsiyasi   bilan   Xirotga   keladi   va   shu   yerda yashaydi.   Xirotda     u     Navoiy     bilan     ham     uchrashadi       va     u       bilan     do’stona
munosabatda bo’ladi.
Koshifiy   Xurosonda   Xusayn   Boyqaroning   voizi,   ta’birchisi   maslahatchisi   sifatida
shuhrat   qozondi.   U   Qur’on   va   Xadis   masalalarini   sharhlab   xalq   orasida   hurmat-
e’tibor qozondi.
Xusayn   Voiz   Koshifiyning   «Ahloqi   Muxsiniy»,   «Ahloqi   Karim»,   «Anvari
Suxayliy», «Javoxirnoma», «Risola dar ilmi e’dod», va boshqa asarlari bizgacha   :
yetib kelgan.
  Uning   mashhur   asari   «Ahloqi   Muxsiniy»   uzoq   vaqt   yillar   madrasalarda   darslik
sifatida o’qitilgan, mazkur asar 40 bobdan iborat bo’lib, asosan ahloqiy tarbiyaga
bag’ishlangan.
R.Maxmudov     Koshifiyning     ahloqiy     g’oyalariga     insonni     kamolga     yetkazish
maqsadida unda tarkib toptirish uchun zarur bo’lgan hislatlarni turkumlashtiradi.
Komil       inson   (etuk   ahloqli   inson)   haqidagi   fikrlarni   an’anaga   ko’ra   buyuk
donishmandlar-xaqimlar, sarkardalar, shoxlar      tilida     bayon     etadi      va      ularni
adolatli,   dono,   oqil   va   kamtar   inson   sifatida   ta’riflab,   o’zining   komil       inson
haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.
Koshifiy     faqat   podsholarnigina   emas,   balki   har     bir   oddiy   insonda   ham   eng
olijanob   hislatlar   tarkib   topishini   istaydi.   U   o’zining   ijtimoiy-ahloqiy   idealini
yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm-ma’rifat va ahloqiy tarbiyani  tushunadi.
Koshifiy         odobli         insonni         ahloqli         deb         tushunadi.         Inson   odobli,
saxovatli,   to’g’ri,   xalol,  pok   bo’lgandagina   haqiqiy   inson   bo’lishi   mumkin  deydi.
Voiz Koshifiy insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlarlardan deb
biladi.   Koshifiy   insonning   eng   yuksak   xulq-atvor   egasi   bo’lishi   uchun   unga
qoidaga amal qilishi zarurligini ilgari suradi.
Koshifiy asarlarida inson aqliga, aqliy tarbiyaga katta e’tibor beriladi. 
Koshifiyning     ahloqiy     qarashlari           Kur’on     va     Xadislardagi qoidalari bilan
bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar: yaxshilik yomonlik, adolat, burch,
vijdon, or -nomus, baxt  saodat  kabilarni ta’riflab, har birini insonda shakllantirish
yo’llari va usullarini ham bayon etadi, ular tarkibiy qismlarigacha ajratib, ijtimoiy talab   darajasida   tushuntiradi,   hamda     asosiy   mezonlarini   ham   ko’rsatib   beradi.   U
ahloqiylikning asosiy mezonlai, insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlarni
biladi.
Koshifiyning       «Futuvvatnomai   Sultoniy»   asari   ham   boshqa   ta’limiy-ahloqiy
asarlar   qatorida   ana   shu   javonmardlik   ilmining   qoida-nizomlarini   ifoda         etgan.
Javonmardlikning         ruknlari         o’n         ikkita         bo’lgan:   oltitasi   zoxiriy,   oltitasi
botiniy .SaSa	hh	ovatovat	
KK	amtarlikamtarlik	..	
QQ	anoatanoat	..	
AvfAvf	vava	maxoratmaxorat	..	
KibrKibr	vava	gg	’’urur	uu	rnirni	
tarktark	etishetish	..	
GG	’’iybat iybat 	bobo	’’xton va yolgxton va yolg	’’ondan tilini ondan tilini 	
tiyish.tiyish.
Nojuya nomaNojuya noma	’’lum solum so	’’zlardan qulogzlardan qulog	’’ini ini 	
berkitish.berkitish.
KoKo	’’rishrish	nojoiznojoiz	narsalardannarsalardan	koko	’’zinizini	
yumishyumish	..	
HaromHarom	narsalardannarsalardan	qoqo	’’linilini	tortishtortish	..	
BorishBorish	man man 	qilinganqilingan	joylardanjoylardan	
ooyogyog	’’iniini	tortishtortish	..	
HaromHarom	ovqatdanovqatdan	tiyilishtiyilish	, , zinodanzinodan	
ssaaqlanishqlanish	..	
Botiniy ruknlar:Botiniy ruknlar:	ZoxiriyZoxiriy	ruknlar:ruknlar:
Javonmardlikning    ruknlariJavonmardlikning    ruknlari
3-12. chizma
Y u qoridagi   pandnomalarning   inson   kamolotida   o’z   o’rni   bor.   Sharqshunos   olim
Bertels ham «Qobusnoma»ni , o’ta amaliyotga oid asar sifatida ta’riflagan. Bu fikr
Xusayn   Voiz   Koshifiyning   «Futuvvatnomai   Sultoniy»   asariga   ham
tegishlidir.Uning   mundarijasi   va   mazmunida   ham   ko’rinib   turibdiki,   mazkur   asar
yoshlarni   har   tomonlama   yetuk   inson   sifatida   kamolga   yetkazishda   haqiqatdan
amaliy ahamiyatga ega.
Koshifiy fanlar tasnifida ham kasb-xunar, ilmga katta e’tibor beradi. U ilm boylik
orttirish   uchun   emas,   balki   hayot   kechirish   uchun   zarurdir,   deb   tushuntiradi.
Chunki   ilm-doimiydir   mol   dunyo   esa   o’tkinchidir,   haqikiy,   dono,   bilimli   kishilar
o’tkinchi narsalarga e’tibor bermaydilar  deydi.  
XIV   -   XVI   asrlarda   Movarounnaxrda   ta’lim-tarbiya   va   pedagogik   fikr
taraqqiyoti Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu
davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda
ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
XIV   asrning   50   yillarida   Amir   Temur   siyosat   maydoniga   chiqdi.
Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala
boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish
davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Temur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor,
muxandislarni   olib   keltirdi.   Samarqand   va   Hirotda   madrasalar,   kutubxonalar,
rasadxonalar   qurildi.   Tibbiyot,   riyoziyot,   falakkiyot,   geografi,   tarix,   adabiyot,
falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
Temurdan   so`ng   temuriylar   davrida   mamlakat   Movorounnahr   va   Xuroson
davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan
markaziga   aylandi.Shoxizinda,   Guriamir,   Bibixonim   masjidi,   Registon   maydoni,
qator bog`lar va boshqalar barpo etildi.
Ulug`bek   zamoniga   kelib   esa   matematika,   astronomiya   fanlari   rivojlandi.
Tibbiyot,   tarix,   adabiyot   va   diniy   bilimlarga   e’tibor   berildi.   Buxoro,   Samaraqnd,
Fijduvonda madrasalar qurildi.
Bu   davrda   adabiyot   sohasida   Atoiy,   Sakkokiy,     Haydar   Xorazmiy,   Durbek,
Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
Samarqandda   Qozizoda   Rumiy,   Mansur   Koshiy,   Hirotda   esa   Navoiy,   Jomiy,
Behzod,   tarixchi   Xondamir,   hattot   Sulton   Ali   Mashhadiy   va   boshqalar   ijodi
gulladi.
Ali   Qushchi   astronomiyaga   oid   "Risolai   dar   falakkiyot"   asarini   yozib,   unda
geometrik   bilim   asoslari,   tibbiyot   fanlari   va   boshqa   sohalarga   oid   boshlang`ich
bilimlarni bayon etdi.
XV   asrda   tarix   fani   rivoj   topdi,   Hofizu   Abru   "Zubdan   tavorix"   (Tarixning
qaymog`i)   kitobi   yozib,   unda   1427   yilgacha   voqealar   bayon   etildi.   Abdurazzoq
Samarqandiy   buni   davom   ettirib,   "Ikki   saodatli   yulduzning   chiqish   joyi   va   ikki
dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus safo"   asrini   yozgan   Mirxond,   "Xabibus   siyar"   asarini   yozgan   Xondamir
asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi.
Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr
madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqalar qurildi.
Xususiy   maktablar   yuzaga   keldi,   uyda   muallim   yollab   o`qitish   odat   tusiga
kirdi.   Shahar,   qishloq,   ovullarda   ochilgan   maktablarda   o`qitish   6   yoshdan
boshlandi. Bolalar maktabda alifbe urganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar
edilar.   O`quvchilar   maktablarda   savod   chiqargacha   madrasaga   kirib   diniy   va
dunyoviy fanlardan bilim olardilar. Adabiyotlar:
1. Pedagogika   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi)   O‘qituvchilar   tayyorlash   va
pedagogika   fani   sohasi:   bakalavriat   yo‘nalishi   uchun
darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning   umumiy   tahriri   ostida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   Toshkent   “O‘zbekiston   faylasuflar   milliy
jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma//A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.
Toshkent “O‘qituvchi”, 1996.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika nazariyasi. 1-qism / Oliy o’quv yurtlari
uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjayevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent:   “ Iqtisod-
moliya”, 2007. 
4. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S.A.Madiyarova   va   boshq.   –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.
5. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU,  2006.
6. Axmedova   M.E   “Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi”   o’quv   qo’llanma   T:2011
“Tafakkur bo’stoni” nashriyoti 157 b
7. Axmedova   M.E   Niyozov   G.   “Pedagogika   tarixidan   seminar   mashg’ulotlari”   o’quv
qo’llanma T:2011, Noshir nashriyoti 157 b
8. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001.

Mavzu: Sharq uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti . XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab . Reja: 1. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi. 2. Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari. 3. Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy - axloqiy g`oyalar. 4. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 5. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 6. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. 7. Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari 8. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi. 9. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari. 10. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 11. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 12. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.

Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyo siy o’zgarishlar yagona islom dining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko’tarinkilik ruhini paydo qildi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uyg’onish davri xalifalikning Bog’dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib barcha boshqa halqlar madaniy hayotiga tarqalgan bu esa u davlatning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davrdagi madaniy rivojlanishning davomi bo’ldi. Uyg`onish davri IX asrdan boshlab XV - XVI asrlargacha ayrim uzilishlar bilan davom etdi. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o`g`li Ma’mun davrida Bog`dodda "Baytul xikma" (Donishmandlik uyi) tashkil etildi. Bu ilm sohiblarini to`plagan markazga aylandi. X asrdan boshlab Movaraunnahr va Xurosondagi mustaqil feodal davlatlar - Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Faznaviylar, saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar yashab ijod etdi. X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib, turkiy til shakllanib bordi. Xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariylar dunyoga mashhur asarlar yaratdilar. XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi Ma’mun o`z saroyiga yirik olimlarni yig`di. U tashkil etgan Baytul hikmada qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm bilan shug`ullangan. Saljuqiylarda Alp Arslon Muhammad hokimiyati boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul Mulk mashhur ma’rifatparvar sifatida dovrug` qozondi. U davlat boshqaruviga oid "Siyosatnoma" asarini yozadi (1091-1092). 1067 yilda Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini qurdiradi. 1074 yil O`rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar taqvim yaratdi.

Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:Matematika tibbiyot yo`nalishi (Xorazmiy, Farg`oniy , Ibn Sino, Jurjoniylar asarlar yaratganlar ). Ijtimoiy -falsafiy yo`nalish , bunga falsafa , tarix , mantiq , ruhshunoslik , notiqlik fanlari kirgan (Forobiy , Ibn Sino, Narshaxiy ). Ta ’limiy -axloqiy yo`nalish . Bunda adib va tarbiyashunos olimlar ta ’limiy -didaktik asarlari misol bo`ladi . Sharq uyg`onish davrida ilm -fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi : 3-7.chizma Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari. Sharq uyg`onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al- Farg`oniy bo`lib (IX asr), u Bog`doddagi Baytul Xikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo`lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy yer ustida yoki uning ostida bo`lgan paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan. Buyuk olim, aljabr fanining otasi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy (783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala" (Tenglamalar va qarshilantirish), "Xisob al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al- arz" (Yer surati haqida kitob), "Kitob at-tarix", "Ustrurolob yulduzlarining harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan. Xorazmiy "Al-jabr va al muqobala" asari bilan matematika faniga asos soldi. Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U hind hisoblari, ularning ishlatilishi, sonlarni ko`paytirish, bo`lish, qo`shish va ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi.

Olimning arifmetikasi matematika va sanoq tartibi tarixida yangi bir davr ochdi. Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud. Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo`lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi. Olimning falsafada insonparvarlik g`oyalari alohida o`rin olgan, har qanday zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi. Forobiyning axloqiy qarashlari ham g`oyat qimmatlidir. U "Fozil shahar aholisining axloqiy qarashlari", "Ruh madaniyati haqida risola" asarlarida inson barkamol bo`lishi uchun avvalo axloqli bo`lishi zarurligini ta’kidlaydi. Forobiy axloqni 2 guruhga: ezgulik va yomon sifatlarga ajratadi. Insonning eng olijanob fazilati baxtga intilishdir. Haqiqiy baxtga erishish kishilardan yuksak axloqiy munosabatni, hamkorlik, o`zaro yordam va ahil yashashni talab qiladi. Farobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deb hisoblaydi. Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi " jamiyat talablariga javob berishra oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif berishrgan olim sanaladi. Ta’lim-degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy. Bilim berish;

Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so’z halqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir». Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu halq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish- harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. Farobiy ta’lim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari so’rgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi. Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr) Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi. Berun - birun so’zi "tashqari", shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi. Beruniy xali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Qiyot shaxrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn -- Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar quyoshi") laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy "qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo’lib qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi"