logo

XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya maktab va pedagogic fikrlar rivoji. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya va ta’lim tizimi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

171.04296875 KB
Mavzu:  XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya maktab va pedagogic
fikrlar rivoji.  XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning 90-yillarigacha
bo‘lgan davrda tarbiya va ta’lim tizimi .
Reja:
1. XVII - XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Qo`qon
va Xiva xonliklarida ilm - fan taraqqiyoti. 
2. Jahon Otin Uvaysiy va uning qizlar maktabi. 
3. Nodiraning tarbiyaga oid qarashlari.
4. Muhammad   Sodiq   Qoshg`ariyning   "Odob   as-solixin"   asari   va   uning
tarbiyaviy ahamiyati. 
5. Muhammad   Rizo   Ogahiy,   Munis   Xorazmiylarning   pedagogik
qarashlari.
6.  Jadidchilik harakatining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.
7. 2. Jadidchilik harakatining asosiy g’oyalari va namoyondalari.
8. 3.  1917-1991 yillarda O’zbekistonda maktab va pedagogika fani. XVII - XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Qo`qon va
Xiva xonliklarida ilm - fan taraqqiyoti. 
XV   asrning   oxiri   va   XVI     asr   boshlarida   Movorounnahrda   150   yil
hukmronlik   qilgan   temuriylar   sulolsai   inqirozga   uchradi.   XV   asr   oxirida
Shayboniyxon Utror qalasaini, Turkistonni so`ngra Buxoro, Samarqand, Farg`ona
vodiysini,   1506   yili   Hirotni   bosib   oldi.   Eron   shohi   bilan   urushda   Shayboniyxon
(1510)   halok   buldi.   XVI   asrda   Ashtorxoniylar   hukmronligi   o`rnatildi.   O`zaro
nizolar   avj   olib   ketdi,   natijada   Movarouunahrda   uchta   xonlik,   avvalo,   Buxoro   va
Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib Qo`qon xonligi qaror topdi.
Buxoro   xoni   Abdullaxon   davrida   boshqa   davlatlar   bilan   har   tomonlama   aloqalar
o`rnatishga   erishildi.   Jumladan   Xindistonda   shox   Akbar,   SHarqiy   Ovrupada   Ivan
Grozniy bilan do’stona munosabatlar o’rnatildi.
Abdullaxon o’z atrofiga yozuvchi, shoir va olimlarni to’plab ularga homiylik qildi.
SHoirlar         orasida,   Ayniqsa   Mushfikiy   o’z   madxiyalari,   lirik       she’r         va
hajviyalari         bilan         shuhrat       topdi.         Abdullaxonning   topshirig’i   bilan   u   turli
binolar uchun tarixlar bitdi.
Abdullaxon   1001   ta   rabot   va   sardoba,   ko`plab   madrasa,   masjid,   ko`prik,   suv
omborlari qurdirdi. U yozuvchi, shoir, olimlarni to`plab ularga homiylik qildi.
Saroy   muarrixlaridan   Hofiz   Tanish   dalillar   asosida   "Abdullanoma"   nomli
tarixiy asarini yozdi.
Tibbiyot   sohasida   Sultonali   Samarqandiy   "Dastur   al-iloj",   Muhammad
Yusuf   Maxxol   "Zubdat   ul-kaxollin"   asarlarini,   shoir   va   adiblar   Bobur,   Solix,
Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vosifiy, Ubaydiylar ijod qildilar.
Shu   davrlarda   Muhammad   Balxiyning   "Subxonqulixonnoma",   Mir-
Muhammad   Amin   Buxoriyning   "Ubaydullanoma",   Muhammad   Vali
samarqandiyning   200   adib   haqida   ma’lumot   beruvchi   "Muzakkirul   asxob"   nomli
asarlari,   Sayido   Nasafiyning   Naqshbandiyga   bag`ishlab   yozgan   qasidalari,     Sufi
Olloyor va Boborahim Mashrabning she’rlari yuzaga keldi. Bu  davrda  ko`proq  adabiyot, tarix,  me’morchilik, tasviriy  san’at  rivojlandi.
Ayniqsa,   Abulg`oziyning   "Shajarai   turk"   asari   mashhur   edi.   Abdulg`oziy   1645-
1663 yillarda hukmronlik qilgan. xukmdor, olim, tarixchi va adib bo`lgan.
U  Xorazmda  ilm-fanni   taraqqiy  ettirish   maqsadida  o`z  saroyiga   binokorlar,
tabib, shoir va boshqalarni to`playdi. Xonlik tarixini yaratishga kirishadi. "Shajarai
taroqima"   (1661),   "Shajarai   turk"   (1664)   va   tabobatga   oid   "manofe’   ul-inson"
(1644) kabi asarlarni yaratadi. Xorazm tarixchilik maktabiga asos soldi.
XVIII asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar orasida Sufi Ollayor ancha
mashhur bo`lib, uning asarlari maktab va madrasalarda o`quv qo`llanmasi sifatida
ishlatilgan.
U   fikxga   oid   "Siroj   ul-ojizin",   "Sabot   ul-ojizin",   "Murod   ul-orifin",   "Najot
ul-tolibin"   asarlarini   yaratadi.  "Sufi   Olloyor"   nomi   bilan  mashhur   bo`lgan  "Sabot
ul-ojizin" asari maktablarda savod chiqarilishi bilan o`qitilar edi.
Bu   davrda   ijod   etgan   Fazliy   Namongoniy,   Mushfiqiy,   Turdi,   Maxmur,
Gulxaniy,   Nodira,   Shermuhammad   Munis   va   Ogahiy,   Kiromiy,   Mulla
Shermuhammad,   Akmal,   Muhammad   Aminxoja   Kosoniy,   Mavlono   Nodirlar   o`z
zamonasining   zabardast   siymolaridan   edilar.   Ko`plab   me’morchilik   obidalari
qurildi.
Bu   davrda   maktab   va   madrasalarda   grammatika,   xandasa,mantiq,   qiroat,
tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalariga oid nazariy bilimlar, ish yuritish,
savdo - sotiqqa oid o`nlab ilmiy bilimlar, dunyoviy va diniy bilimlar o`rgatilar edi.
barcha   madrasalarda   majburiy   fan   sifatida   "Qur’on",   "tafsir",   "Odob   as-solixin",
"Sabot ul-ojizin", "Kimyoi saodat", "Xadis" kabilar o`qitilardi. O`qish muddati 15-
20   yilni   tashkil   etgan.   Masjid   yonidagi   maktablarda   bolalarga   7   yil   alifbe,   abjad,
Qur’on, chor kitob, Xoja Xofiz, Mirzo Bedildan savod o`rgatilgan.
O`zbek   bolalari   o`qiydigan   maktablarda   "Kitobi   Fuzuliy",   "Lisonut   -   tayr",
"Devoni Alisher Navoiy", "Huvaydo", "Qissai devona Mashrab", "sabot ul-ojizin"
kitoblari o`qitilgan. Savod chiqqandan barcha maktablarda Sufi Olloyor o`qitilgan.
Lug`atshunoslik, tarixnavislik, she’riyat rivojlandi. Ko`plab asarlar fors, arab
boshqa tillardan tarjima qilindi. Ta’lim   -   tarbiya   jarayonida   xotin   qizlarga,   ayollar   tarbiyasiga   katta   e’tibor
berildi.   O`qimishli,   ziyoli   ayllar   tomonidan   maktablar   tashkil   qilindi   va   ular
Xotinlar maktabi nomi bilan shuhrat qozondi.
Madrasani   bitirganlaridan   mudarris,   mutavali,   qozi,   imomlar,   shuning   bilan   fan
arboblari, adiblar, shoirlar ham yetishib chiqardi. Chunonchi: Boboraxim Mashrab,
Muhammad   Amin   Kosoniy   -   Namangoniy,   Sayido   Namangoniy,   Shavqiy
Namagoniy, Sayido Nasafiy, Sufi Olloyor, Zebuniso, Dilshod - Barno, Muhammad
Mir   Olim   Buxoriy,  Abulg’ozi   Bahodirxon   kabilar   boshqa   kasb   egalarini   to’pladi.
Abulg’oziy   ota-bobolarining   quntsizliklari   tufayli   yozilmay   qolib   ketayotgan
xonlik tarixini yaratishga qat’iy kirishdi va     qobiliyatli     xattotlarni bu ishga jalb
etdi.   Xorazmning   o’tmish   madaniyati   Abulg’oziyning   katta   ishtiyoq   qiziqish
uyg’otgan   edi.   Abulg’oziy   "Shajarai   tarokima"   (1661),   "Shajarai   turk"   (1664)   va
tabobatga   oid   "Manofe’   ul   -   inson"   (1664)   kabi   nodir   asarlar   yozdi   va   Xorazm
tarixchilik maktabiga asos soldi.
Abulg’oziy   asarlari   Sharq   tarixchilarining   -   olimlarininggina   emas   balki,   1880
yillardan boshlab rus va G’arbiy Ovrupa olimlarining ham diqqat e’tiborini   o’ziga
torta   boshladi.   Muallifning   "Shajarai   turk   asri   1825   yilda   Kozonda   Rumyansev   ,
1854   yilda   G.S.   Sablukov,   1871   yil   P.I.Demizonlar   tomonidan   ,   "SHajarai
tarokima" asari esa 1898 va yillarda bir necha marotaba rus tilida nashr ettirildi.
O’zbekiston   xududidagi   xonlik   va   amirliklar   davrida   fan,   adabiy   san’at,   ma’rifat
bir muncha rivojlangan. Ko’proq xon saroylari doirasida ham diniy, ham dunyoviy
adabiy   asarlar   yozilgan.   O’zbek   tilida   yozilgan   asarlar   orasida   muallifi   xaligacha
noma’lum "Tavorixi Go’zida" turkiy qabilalar tarixi va nomlari keng yoritiladi. Bu
davrda boshqa ko’plab tarixiy, asarlar yaratilganki, biz ularni o’rganishimiz orqali
o’tmishni   to’g’ri   tasavvur   qila   olish   imkoniyatiga   ega   bo’lamiz.   Jumladan   bu
paytda Muhammad Yoqubning "Gulshan ul-muluk", Muhammad Olimning "Tarixi
amir   Nasrullo",   Mulla   Ibodulla   va   Mulla   Muhami   Shariflarning   "Tarixi   amir
Xaydar",   Muhammad   Xaqimxon   Turam   "Muntaxabut   tavorix",   Mulla   Avazifa
Muhammadning   "Tavern   jaxonnumoyi",   Mulla   Niyoz   Muhammadning   "Tarixi Shoxruh   Abduraxmon   Tolening   "Abo’lfayzxon   tarixi",   Muhammad   Vafo
Kirmoniyning "Tuxfai xoniy" kabi asarlari diqqatga loyiqdir.
XVIII   asrda   yashab   ijod   etgan   ma’rifatparvarlar   orasida   So’fi   olloyor   (asli   ismi
Olloxyor) anchagina mashhur bo’lib, uning asarlari maktab va madrasalarda o’quv
qo’llanmasi sifatida keng foydalanilgan.
So`fi   Olloyor   fikriga   oid   "Siroj   ul-ojizin",   "Sabot   ul-ojizin”,   "Murod   ul-orifin",
"Maxzan ul-orifin", "Najot ul-tolibin" asarlarini yaratdi. "So`fi olloyor" nomi bilan
halq   orasida   mashhur   bo’lgan   "Sabot     ul-ojizin"   degan   asar   maktablarda   savod
chiqarilishi   bilan   o’qitilar   edi.   Unda   islom   dinining   asosiy   qoidalari,   aqidalari
bayon   etilgandi.   Ul   insoniy   fazilatlar   badiiy   hikmatlar   hamda   hikoyalar   tarzida
ifodalanadi.   Kitobda   ilgari   surilgan   masalalar   oyatu   xadislarga   muvofiq
yozilganligi namoyon bo’ladi. Asar fors va arab tilini bilmagan oddiy halq uchun
mo’ljallangan.   Bu   uning   muqaddimasidan   ham   ko’rinib   turibdi.   Unda   Allox
taoloni   tanimoq   bayonida",   "alloh   taolo   ma’rifatining   bayoni",   “Allox   taoloning
sakkiz   sifatining   bayoni"dan   so’ng   iymonning,   rishtalarning   bayoni,
payg’ambarlarga iymon keltirish  bayonidan so’ng islom  dinining asosiy  qoidalari
yuksak   ahloqiy   talablar,   hikoyatlar,   hikmatlar   asosida   bayon   etilib   beriladi.
Masalan:   "Kamtarinlik,   haqida   mav’iza",   "Ta’madan   tiyilish   haqida",   "Yomonlar
suhbatidin   qochib,   yaxshilar   suhbatinda   bo’lmoqning   bayoni",   "Nafsi   shum
bayonida"   ,   "Banda   ahdida   turmog’i   bayonida",   "Yaxshi   hamroh   bayonida",
"Xiyonatdin yirok bo’lmoq bayonida", "Javonmardlik nishoni" kabi  boblar bunga
misoldir.
Jahon Otin Uvaysiy va uning qizlar maktabi.
Jahon   Otin   Uvaysiy   (XVIII   asrning   80-yillarida   tug`ilib,   65   yoshlarida
vafot   etgan)   Marg’ilon       shahar       CHilduxtaron       mahallasida,   Farg’ona   tumani,
Arsun   qishlog’ida   tug’ilib   yashagan.   Uning   otasi   Qaynar   devona   yoki   Devonai
Qalandar deb yuritilgan. (Uning Ismini Siddiqbobo deb ataganlar). Onasining nomi
esa   CHinnibibi   edi.   Ularning   Uvaysiydan   katta   Oxunjon   hofiz   degan   o’g’li   ham
bor edi. Qaynar devona Kocondan kelib, Marg’ilonda turg’un bo’lib qolgan. Dastlab         Jaxonbibi         ota-onasi         va       akasining       ko’magida       o’z-o’zicha
mutolaaga   beriladi.   O’zbek,   tojik   mumtozlari,   ayniqsa   Jomiy,   Fuzuliy   asarlarini
sevib   o’qib,   ulardan   o’rganadi.   Uvaysiy   taxallusi   bilan   she’rlar   mashq   qila
boshlaydi.   U   aruz   vaznini   hamda   u   bilan   bog’langan   muammo   san’atini
mukammal egallaydi. 
Uning   otinlik   faoliyati   ham   ancha   vaqtli   boshlanadi   U   onasi   Chinibibi
o`qitadigan maktabda avval xalifalik qilgan, keyin o`zi qizlarni o`qitgan.
Nodira   Uvaysiyni   o’z   himoyasiga   oladi.   Ikkala   shoira   egachi-singil   tutinadilar.
Nodira   egachisiga   Qo’qondan   hovli-joy   in’om   qiladi.   Uvaysiy   Qo’qonda
Nodiraning   eng   yaqin   kishisi,   suhbatdoshi,   sirdoshi     bo’lib   qoladi.   Halq   orasida
tobora uning obro’yi, shuhrati  ortadi, Nodira sayohatga qayerga borsa,  Uvaysiyni
ham   o’zi   bilan   birga   olib   boradi.   Nodira   bilan   u   Konibodom,   Xo’jand,   O’ratepa,
Toshkent, Andijon, O’sh va boshqa shaharlarda bo’ladi.
Buxoro   amiri   Nasrullo   1842   yilda   Qo’qon   talon-toroj   qilib,   Nodirani   vahshiyona
o’ldirgandan   keyin,   Uvaysiy   Marg’ilondan   butunlay   ketib   qoladi   va   umrining
oxirgacha u Qo’qonda yashaydi.
Uvaysiyning   muallimlik   faoliyatini   o’rganar   ekanmiz,   uning     o’qitish   usullari
haqida,   o’sha   davrdagi   qizlar   maktabi,   ularning   mazmunida   otinlarning   o’rni
haqida muayyan ma’lumotga ham ega bo’lamiz.
XIX asrda O’zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda ta’lim-tarbiya muammolari
bilan   maxsus   shug’ullanuvchi   mutaxassislar,   olimlar,   mutafakkirlar   bo’lmagan.
Lekin   davrning   ilg’or   kishilari   shoir   va   mutafakkirlari   o’z   ma’rifiy   qarashlari
asosida   ta’lim-tarbiyani   rivojlantirganlar.  SHubhasiz,  ta’lim-tarbiyaning mohiyati,
ijtimoiy   roli,   maqsad   va   vazifalari,   tarbiyachining   ijtimoiy   hayotda   tutgan   o’rni
singari   masalalar   haqida   u   yoki   bu   shaklda   o’z   fikrini   bildirmagan,   chinakam
tarbiyachi bo’lishi qiyin.
O’tmishdagi  barcha sharq mutafakkir  va shoirlari  singari  o’zbek otinlarining ham
pedagogika   nazariyasiga   oid   asarlari   yo’q.   Lekin   ularning   ko’pchiligida   nazm
iqtidorli   bo’lganligi   tufayli   bizga   meros   qilib   qoldirgan   she’riy   durdonalariga
asoslangan   holda   ta’lim-tarbiya   to’g’risidagi   qarashlari,   halqqa   ma’rifiy   tarqatish sohasidagi   intilishlarini   aniqlash   mumkin.   Bir   so’z   bilan   aytganda,   pedagogika
ularning   asarlariga   singib   ketgandir.   Ana   shunday   ma’rifatparvar   o’zbek
ayollaridan   biri,  halqimiz  orasida  Uvaysiy  taxallusi   bilan   mashhur   bo’lgan  shoira
Jahon Otin Uvaysiydir. 
U   1796-97   yillarda   onasi   otinlik   qilgan   xususiy   maktabda   dastlab   halifalik   va
keyinchalik   mustaqil   ravishda   otinlik   qilgan   Jahon   otin   o’z   maktabida   ta’lim-
tarbiya   sohasida   o’ziga   xos   ilg’or   usullarni   qo’llashga   harakat   qilganligini
ko’ramiz.
Avvalo,   shuni   ta’kidlash   keraki,   XIX   asr   sharoitida   maktablarning   aniq   ta’lim-
tizimi haqidagi gapirish bir oz qiyin.
Bu   davrda   asosan   maktablarning,   ya’niy   ta’lim   muassasalarining   quyidagicha
boshlang’ich maktablar tuzilishiga ega ekanini ko’ramiz: o’g’il	bolalar	maktablari	-o’g’il	bolalarga	diniy	
ta	’lim	-tarbiya	beradigan	boshlang	’ich	
maktablar	;	
otinoyi	maktablari	-qiz	bolalarga	islom	
qoidalarini	o’rgatadigan	va	boshlang	’ich	
ta	’lim	beradigan	maktablar	;	
madrasalar	-o’g’il	bolalarga	diniy	ta	’lim	
beruvchi	oli	y	ta	’lim	muassasalari	;	
Bu 	davrda	ta	’lim	muassasalari	quyidagicha	
tuzilishiga	ega	edi	: 
3-13. chizma
Qizlarga   boshlang’ich   diniy   ta’lim   berishradigan   otinbibi   maktablari   esa   asosan
xusu s iy   bo’lib,   otinlarning   uylarida   tashkil   qilinardi.   Bunday   maktablar   muayyan
bir   o ’ quv   rejasi   va   dasturiga   ega   emas   edilar .   O ’ quvchilar   ham   sinflarga   bo ’ lib
emas ,   balki   bolalar   o ’ qitiladigan   kitoblarni   o ’ zlashtirish   darajasiga   qar a b
gur u hlarga   bo ’ lib   o ’ qitilardi . Domla   yoki   Otinoyi   darsni   berilgan   vazifani   o ’ qitib   ko ’ rish   va   yangi   topshiriq
berishdan   boshlar   edi .   H ech   bir   domla   otinoyida   o ’ ziga   xos   ishlar ,   umumiy   o ’ quv
darsligi   yo   bo ’ lmasa   o ’ quv   uslubi   bo ’ lmasa   edi .
Otinoyi   maktabida   o ’ qitishning   sifati   otinoyining   bilim   darajasiga   nihoyatda
bog ’ liq   ekanligini   alohida   ta ’ kidlamoqchimiz .   CHunki ,   qizlar   uchun   mutlaqo
notanish   bo ’ lgan   arab   grafikasida   o ’ qitish   va   yozishga   o ’ rgatish   nihoyatda   qiyin
sharoitda   kechadi ,   maktablarni   bitiruvchilar   orasida   ko ’ plab   oqila   va   bilimdon
qizlar   yetishib   chiqqanligi   haqida   tarixda   misollar   ko ’ p .
Uvaysiy   Umarxon     saroyida   shoir   sifatida   she ’ r   san ’ atidan ,   musiqadan   shu   tarzda
muallimali    qilgan . 
Jaxon   Otin   Uvaysiy   faoliyat   ko ’ rsatgan   qizlar   maktabi   ham   ana   shunday   ibrat   olsa
arziydigan   bilim   o ’ choqlaridan   sanalgan .   O ’ zining     butun   faoliyati   davomida
halqimiz     orzu   umidlarini   ro ’ yobga   chiqarishga   harakatta   qilgan   Jahon   Otin
halqimizning   oqila   qizlarini     tarbiyalash ,   go ’ zal   hayotga   erishishning   birdan   bir
yo ’ li   deb   o ’ ylab ,  o ’ zining   butun   umrini   yosh   qizlarga   ta ’ lim   va   tarbiya   berishrishga
bag ’ ishladi .   O ’ zberishk   ayollarining   ma ’ naviy   ozodligi   ularning   nazm   dunyosiga
kirib ,  baralla   kuylashida   muhim   o ’ rin   tutadi . 
Jaxon   otinning   murabbiylik   faoliyati   nimadan   ibrat   bo ’ lganligiga   bir   misol   va   bu
faoliyatning   kichik   bir   lavxasi . 
Uvaysiyning   avlodlari   shoiradan   4 ta   devon   qolganini   aytdilar .   Uvaysiyning   o ’ z
qo ’ li   bilan   ko ’ chirgan   devonlaridan   ikkitasi   yoshlik   chog ’ ida   yo ’ qolgan .   Qolgan
ikkitasi   Andijonlik   lo ’ li   xotin   olib   ketib   yo ’ qotgan .  Ulardan   ko ’ chirilgan   uch   nusxa
qo ’ lyozma   devon   Andijon   Davlat   pedagogika   instituti   kutubxonasida
saqlanmoqda . 
Uvaysiy   xaqiqiy   do ’ stni   « soxibi   idrok »   aqli   raso   bo ’ lishi   lozimligini   ta ’ kidlash
bilan   aqliy   tarbiyaga   e ’ tibor   berishradi . 
U   o ’ z   asarida   halqning   ongi ,   tili ,   dilida   yod   bo ’ lib   ketgan   xikmatli   so ’ zlar ,
maqollar ,   iboralardan   keng   foydalanadiki ,   Bular   ham   uning   asarlarini   tarbiyaviy
ahamiyatini   yanada   oshiradi .  Chunonchi,   Jahon   otin(Uvaysiy)   mashxur   shoira   bo`lishi   bilan   birga   mohir
muallima ham bo`lgan. U o`z darslarida qizlarning z е xnini tarbiyalashda quyidagi
chiston, muammo, muvashshaxlardan  foydalangan (chiston-topishmoq, muammo-
sh е 'rda   kishi   noma,   sana   va   shu   kabilar   yashiringan   janr,   misralar   boshidagi
xarflarni to`plaganda kishi nomi chiqadigan sh е 'r-muvashshaq):
Ul na qush ko`rinmaskim, shafaq  bolu pari,
Misli ul raf-raf suvoru bilsangiz, yo`tur tani.
Voqif  erur k е cha-kunduz xizmatida to`rt tani,
Qon ilan ermish murassa bul chiyiston maskani.
(qalb, to`rt g`ulom-ko`z, oshz, qulok, burun)
Ul nadurkim sabz to`nlik, yoz yog`ochning boshida,
Qish yalanyuch aylanga aylagay barcha xaloyiq  qoshida.
Barcha kushlarning so`ngoqi ichida,
Ul na qushdirkim so`ngoki toshida .(yong`oq)
Ikki m е xbubni ko`rdim, bir-birisin ko`rmagan,
Nkkisining o`rtasiga, do`stlar kil sigmagan.  (kun va tun)
Ul nadurkim poyi yo`q, yursa boshi birla yurar,
Yurganida xok surmay, ancha ustolik qilar. ( suv)
Jaxon   otin   Uvaysiy   o’zbek   pedagogikasi   maktablari   tarixida   o’z   o’rniga   ega
bo’lgan buyuk shaxs.
U o’zining maktabdorlik va ijodiy faoliyati bilan yoshlar ta’limida yuksak o’ringa
ega. Uvaysiyning ma’rifiy faoliyatida uning ayollar savodxonligini oshirish, aqliy
tarbiya, musiqa san’ati, qobil i yatli qizlar bilan ish usullari alohida o’ringga ega. U
o’z davrining yosh tolibalariga hayotga mu h abbat tuyg’ularini singdirib borgan, tez
fikrlash,   chiroyli   so’zlash   va   boshqa   tarbiyalash   vositalari   bilan   bog’liq   bo’lgan
chiston   topishmoq   usullarini   yaratishni   o’rgatgan.   Shuning   uchun   ham   Uvaysiy
ijodiy   merosini   o’rganish   va   uni   hozirgi   davr     maktablari   ta’lim   -   tarbiya   tizimi
mazmuniga kiritish muhimdir. 
Nodiraning   tarbiyaga   oid   qarashlari . Moxlaroyim   -   Nodira   (1792-1842)   Andijonda   hukmdor   oilasida   tug ` iladi .   U
1808   yili   Qo ` qon   hokimi   Umarxon   bilan   turmush   quradi .   U   madaniyat ,   adabiyot
ahllariga   rahnomalik   qiladi .   Shaharlardan   olimlar ,   hattotlar ,   naqqoshlarni   o ` z
xizmatiga   oladi
Nodira   o ` zi   ham   o ` zbek   va   tojik   tillarida   she ’ rlar   yozgan .   Uning   she ’ rlari ,
qarashlarida   tarbiyaga   oid   fikrlari   ham   ko ` zga   tashlanadi .   Uning   fikricha   inson
barcha   mavjudotlarning   eng   oliysi ,   eng   ulug ` idir .   Inson   hayot   go ` zalligidan
bahramand   bo ` lmog ` i   lozim . 
Shoiraning   tarbiya   haqidagi   qarashlarida   insonparvarlik   g ` oyalari   adolat ,  insof ,
xalq   manfaati   muhim   o ` rin   egallaydi .
Nodira   hayotining   tub   mohiyatini   yaxshilik   binosini   barpo   etishdan   iborat   deb
biladi .  Inson   o ` zidan   keyin   yaxshilik   bilan   nom   qoldirish   kerak . 
U   chinakam   do ` slikni   targ ` ib   qiladi .   shoira   o ` z   she ’ rlarida   barkamol   insonni
ulug ` laydi .
Muhammad   Sodiq   Qoshg ` ariyning  " Odob   as - solixin "  asari   va   uning
tarbiyaviy   ahamiyati .
Muhammad   Sodiq   Qoshg ` ariy   (1740-1843)   Qoshg ` arda   kambag ` al   dehqon
oilasida   tug ` iladi .   Uning   qoldirgan   merosidan   pedagog   -   olim   ekanligini   bilib
olamiz .   Uning   " Odob   as - solixin "   ( Yaxshi   kishilar   odobi ),   " Zubdat   al   -   masoyil "
( Masalalarning   qaymog ` i ),   " Kumakdoshlarning   durdonasi ",   " Xojalar   tazkirasi "
asarlari   bizgacha   yetib   kelgan .
" Odob   as - solixin "   muqaddima ,   7   bob   hamda   har   bir   bob   4   fasldan   iborat .
Asarda   odob   qoidalari :   salomlashish   va   ruxsat   surash ,   muloqot   odobi ,   uxlash   va
yo ` l   yurish ,   suhbatda   o ` zini   tutish ,   er - xotin   odobi ,   tozaliq   qoidalari ,   mehmon
kutish ,  ziyofat   va   ovqatlanish   odobi ,  safar   qoidalari   bayon   etiladi .
" Zubdat   al   - masoyil » (« Masalalarning   qaymog ’ i »)   asarlari   turkiy   tilda   yaratildi .   U
5  marta :  Toshkentda  1889, 1901  yillar   va   Ista m b u lda  1891-92, 1986  yillarda   qayta
nashr   etilgan .
Mazkur   asar   mazmuni ,   nomidan   ham   ko ’ rinib   t u rganidek ,   insonning   hayoti
davomida   zarur   xulq - odob   qoidalariga   o ’ rgatish   g ’ oyasi   ilgari   suriladi .   Unda kundalik   turmushimizda   har   bir   yosh   egallab   olishi   zarur   bo ’ lgan   zoxiriy   ( tashqi )
va   botiniy   ( ichki )   odob   va   ahloq   qoidalari   nimalardan   iborat   bo ’ lishi   zarurligi   va
shunda   b ularning   ( tolib   sodiqlarning )   ham   o ’ sib ,   barkamol   inson   darajasiga
yetishishi   ta ’ kidlanadi .   Muhammad   Qoshg ’ ariyning   « Odob   as - Solixin »   asari
muallifining   o ’ zi   ta ’ kidlaganidek ,   muqadima   va   7   bobdan   hamda   har   bir   bob   4
fasldan   iborat .
Har   bir   inson   odobi   zoxiriy   hamda   odobi   botiniyni   bilib ,  unga   amal   qilishi   zarurligi
va   u   odob   qoidalarini   mu ’ tabar   kitoblardan   jam   etganligini .   So ’ ng   yuqorida
ta ’ kidlaganimizdek ,   insonning   barkamol   bo ’ lib   yetishishida   kundalik   turmushida
zarur   zoxiriy   va   botiniy   odob   qoidalari :   salomlashish   va   ruhsat   so ’ rash ,   muloqat
odobi ,  uxlash   va   yo ’ l   yurish ,  suhbat   axlining   o ’ zini   to ’ tishi ,  er - xotin   odobi ,  tozalik
va   ozodalik   qoidalari ,   mehmon   ko ’ tish ,   ziyofat   va   ovqatlanish   odobi ,   safar
qoidalari   bayon   etiladi . 
Birinchi   bob   ruhsat   so ’ rash   va   salomlashish ,  ko ’ rishish ,  qo ’ l   olishish   haqida   bo ’ lib ,
u  4  fasldan   iborat .
Ma ’ lumki ,   sharq   halqlarida   biror   kimsa   birorta   uyga   kirganda     u   yerga   ruhsatsiz
kirib   boravermay ,  ma ’ lum   urf - odat   qoidalariga   rioya   qiladi .  Ana   shu   qoidalarining
eng   muhimlari ,   Muhammad   Sodiq   Qoshg ’ ariy   har   bir   odam   kelganligini   bildirish
( eshikni   qoqish   yoki   yo ’ talish ),   ovoz   berilgandan   so ’ ng   ichkariga   kirishga   ruhsat
so ’ rash   va   so ’ ng   kirish   ker ak ligi   bayon   etiladi . 
Ikkinchi   faslda   esa   salomlashishning   12   odob   qoidasi   haqida   fikr   yuritiladi .
SHunda   salom   berish   va   javobi   masalasida   hozirgi   paytda   ham   yuz   berayotgan
munozarali   fikrlarga   nuqta   qo ’ ygandek   bo ’ ladi .   Muallif   aytishicha ,   adabi   avval   2
mo ’ min   kishi   kelsalar   xox   oshno   xox   nooshno ,  salom   berishgaylarki ,  salom   berish
sunnatdir ,  javobi   farzi   ayndir ,  deydi . 
Mazkur   bobda   yana   salomlashishidagi   xatti   harakattalar ,   jismonan   zaif   kishilar   va
salomlashish   qoidalari ,   erkak   va   xotin - qizlarning   salomlashish   qoidalari ,   salom
bermaslik   va   xotin - qizlarning   salomlashish   qoidalari ,   salom   berma s lik   va   javob
qaytarmaslik   h aqida   ham   hozirgi   davr   uchun   muhim   tavsiyalar   mavjud . Birinchi   bobning   uchunchi   faslida   berilgan   muloqat   ( uchrashuv )   odbiga   oid
tavsiyalar   ham   diqqatga   sazovar .   Bunda   uchrashganda   qo ’ l   berib   ko ’ rishish ,   lekin
qo ’ l   uchida   emas ,  astoydil ,  lekin   qo ’ lni   silamay ,  ochiq   yuz     bilan   ko ’ rishish   bayon
etiladi . 
Ikkinchi   bobda   uxlamoq   kiyim   kiyish ,   yo ’ l   yurish   odoblari   xaqida   fikr   yuritiladi .
Masalan ,   uxlash   oldidan   eshiklarni   ma h kamlash ,   idishlarni   og ’ zini   yopish ,
o ’ rindagi   ko ’ rpani   qoqib   yozish ,   o ’ t ,   chiroqni   o ’ chirish ,   uxlaydigan   o ’ rinni
yumshoq   qilmaslik   o ’ ng   qo ’ liga   bir   oz   suyanib   yotish     tavsiya   etiladiki ,   bu
qoidalarga   rioya   qilmaslik   natijasida   ko ’ plab   noxush   voqealar   ro ’ y   berishrganligi
aytiladi .   Libos   kiyish   qodalari   ham   xulq -   odob   qoidalarinng   tarkibiy   qismi
sanaladi .   Bunda   eng   muhimlaridan   kishi   imkon   darajasida   kiyinishi   lozimligi ,
qulayligi   va   yoshi ,   jinsiga ,   joyiga ,   fasliga   mos   bo ’ lishi ,   uni   toza   t u tish   ,   yaxshi
libos   kiyganda   manmanlik   qilmaslik ,   kiymaydigan   ortiqcha   liboslaridan
mu h tojlarga   in ’ om   qilish   kabi   tavsiyalar   hozirgi   davrda   ham   o ’ z   ahamiyatini
yo ’ qotmagan . 
Yo ’ l   yurish   qoidalari   har   bir   inson   uchun    bo ’ lishi   zarur   bo ’ lgan   qoidalar   bo ’ lib ,  bu
xaqda   quyidagilar :   yo ’ lda   yurganda   me ’ yorida   qadam   tashlash ,   atrofga
alanglamaslik ,  jamoat   joylarida   boshqalarga   ozor   berishrmaslik ,  keksalardan   keyin
yurish ,   o ’ ztozlar   bilan   birga   ketayotganda   ularning   hurmatini   saqlash ,   yo ’ lda
hamkorlari   bo ’ lsa   ular   bilan   birga   ketishlik ,   yo ’ lda   esa   biror   kishi   bilan   uchrashib
qolsa ,   salomlashib ,   tez     o ’ tib   ketish ,   agar   zarur   bo ’ lsa   biror   chekkaga   chiqib
so ’ zlashish ,   yo ’ lda   og ’ iz   suvi   yoki   bal g’ amni     to ’ pursa   yuzini   berkitish ,   uni   o ’ ng
tomonga   yoki   oldiga     emas ,   chap   tomonga   yoki   orqasiga   tashlash ,   yo ’ lda
yordamga   muxtojlarga     yordam   berishrish ,   kishilarga   aziyat   yetkazadigan
narsalarni   olib   tashlash ,   mazlumlar   g ’ am   anduxlariga   sherik   bo ’ lib   ularga   yordam
berish ,   yaxshi   ishni   ma ’ qullab ,   yomon   ishdan   qaytarish   k abilar   bayon   etiladiki ,
Bularni   bilish   katta - yu   kichikka   birdek   zarurdir . 
Uchinchi   bobda   suhbatlashish   odobi   bayon   etiladiki ,  bu   odob   qoidalariga   inson   har
bir   daqiqada   rioya   etishi   zarur .  Er   kishi   xotiniga   yaxshi   muomala   qilishi ,  uni   bexuda   g ’ azablantirmasligi  ,  olijanob
bo ’ lishi ,  muruvvat   ko ’ rsatishi ,  xavoyi   nafs   balosidan   saqlanishi ,  agar   ayol   takkabur
va   jafo   ko ’ rsatsa ,   unga   avval   nasi h at   qilib     adab   berishrishi   ,   yaxshi   tomonga   yuz
tutsa   avf   etishi   zarurligi   bayon   etiladi .   Xotin   esa   erining   ruhsatisiz   hech   joyga
bormasligi   va   hech   kimni   uyga   keltirmasligi ,  erining   mol   dunyosini   sarf   etmasligi ,
o ’ z   mas ’ ulyatini   bajarishi ,   eri   xursand   bo ’ lsa - xursand ,   g ’ amgin   bo ’ lsa   -   g ’ amgin
bo ’ lishi ,   erning   topish - t u tishiga   qanoat   qilish ,   er   vafot   etganda   motam   t u tib
mar h umning   ru h ini   pok   saqlash   xaqida   ibratli   pandlar   bayon   etiladiki ,   bu   narsalar
hozirgi   kunda   ham   dolzarbdir . 
Muhammad   Sodiq   Qoshg ’ ariy   « Odob   as - solixin »   asarida ,   kasal   holini   so ’ rash ,
ta ’ zim   va   m u sibat   odoblari   xaqida   ham   fikr   yuritadi .   Bu   narsalarni   h ar   bir
kishining   bilishi   muhimdir .
Bemor   ham   o ’ z   navbatida   kasalidan   nolishi   mumkinligini ,   og ’ ir   dardga
chalinganda   o ’ ziga   o ’ lim   tilamasdan   umr   tilashi ,   og ’ irlashgani   sezila   boshlaganda
guno h laridan   tavba   qilib ,   qarzlarini   ado   etib ,   farzandlarini ,   qarindosh   va
do ’ stlaridan   rozilik   so ’ rashi   va   vasiyat   qilishi   hamda   ularga   sabr   qanoat   tilashi   eng
muhim   qoidalar   ekanligi   takidlangan .
Asarda   m u sibat   odoblari   haqida   ham   bayon   etilganki ,   Bularni   bilish ,   ayniqsa
yoshlarga   zarurdir .
Asarda   ziyofat ,   mehmondorchilik   odobi   xaqida   ham   ko ’ pgina   ibratli   gaplar   yozib
qoldirilgan .  Jumladan   mehmondorchilik   odobi   xaqida   quyidagilar   ifodalanadi .
Asarda   mehmoning   ham   so h ibi   xonodonga   qiladigan   odob   qoidalari   xaqida   ham
batafsil   to ’ xtalib   o ’ tilgan . 
Yettinchi bobda eng zaruriy safar qoidalariga to`xtalib o`tiladi. Safar qilishni olim
uch qismga bo`ladi: farz, fazilat, muboh (ruxsat etiladigan). Bundan safar farzining
o`zini   b е sh   bo`g`inga   bo`ladi:   jihod,   hajji   farz,   ota   va   ona   chaqirig`iga   binoan,
raddi   mazolim   (zulmni   qaytarish   uchun)   va   b е shinchisi   ilm   olish   uchun   safar
qilish.
Safar   mubohni   ham   ikki   bo`g`inga   bo`ladi:   birinchisi,   o`z   manfaati   yo`lida
birovdan   ta'ma   qilmaydigan   tijorat   safari;   agar   kim   tijoratda   faqat   mol-dunyo orttirish   maqsadida   bo`lsa,   unda   bu   tijorat   safari   ham   unga   ziyon   е tkazadi,   d е ydi
olim.   Ikkinchi,   ma'naviy   tafarruj   (ko`ngil   ochish)   uchun   safar   qilish.   Ba'zida
bunday safarlarning ham joizligi ta'kidlanadi. Ammo safarlarning barchasida ?h m
ayollarga albatta mahrumib haromlik qilishi zarur, d е b hisoblaydi.
So`ng olim safarlarning foydalari haqida og`iz ochadi, unda safar     qilgan       kishi
birinchidan,         ham-anduhdan       forig`       bo`lishi,   ikkinchidan   tirikchilik   uchun
sarmoya   yig`ish,   uchinchidan   ilm   olish,   to`rtinchidan,   to`liq   odob   va   axloq
o`rganish,   b е shinchidan,   ulug`   kishilarning   suxbatlaridan   baxramand   bo`lish
mumkin   d е yiladi.   Olim   safarning   ba'zan   mashaqqatlari   xam   bo`lishi   mumkin
d е gan   savolga   yoshlarga   chaqimchi   va   xasadchilar   orasida   tirik   yurgandan   ko`ra,
safar  mashaqqatlari  afzalroqdir, d е b to`g`ri  xulosa  chiqaradi. Mazkur  bobda safar
odobi xaqida fikr yuritiladiki, bu quyidagilardan iboratdir:
Safarga x е ch qachon tanxo chiqmaslik, eng kami uch kishi safar qilishi, ko`pchilik
bo`lsa,   bir-biriga   yain   manzilga   tushish,   bir   gurux   bo`lib   safarga   chiqqanda
o`rtalaridan   biror   kishini   boshliq   etib,   uning   maslaxati   bilan   ish   tutish   va
boshliqning xam o`z xizmatini boshqalardan ayamasligi, zaifu notavonlar xamrox
bo`lsa,   ularga   madadkor   bo`lish   xam   eng   muxim   safar   odoblari   sifatida   bayon
etiladi. Safarga eng zarur ashyolarni, ya'ni lobos, oyoq kiyimi, soqoltarosh, misvoq
(tish   tozalagich),   qaychi   va   boshqalarni   unutmaslik,   borayotgan   shaxrida   biror
yuqumli  kasallik  tarqalgan  bo`lsa,  u  shaxarga  kirmaslik,  agar   shaxarga  kirgandan
so`ng   kasallik   tarqalsa,   u   е rdan   chiqib   k е tmaslik   k е rakki,   aks   xolda   kasallik
tarqatuvchi o`zi bo`lib qolishi mumkin.
Safardan qaytganda to`satdan uyga kirib bormay, avval uydagilarni xabardor etish,
k е chasi kirib borish xam noloyiq xisoblanadi. Safardan qaytganda xonadondagilar
va   qarindosh,   yor-do`stlarga   sovg`alar   ulashish,   uni   ko`rgani   k е lganlarni   taom
bilan   siylash   xam   muximdir.   Agar   xabar   k е lsa,   musofirni   kutib   olishga   p е shvoz
chiqish,   uni   xurmat   bilan   kutib   olish,   uni   so`roqqa   tutmaslik,   musofir   xoxishini
farosat   bilan   bilib   olish,   uning   manzili,   yotish-turishi,   yeyish-ichishidan   xabardor
bo`lib   turish,   agar   sayoxat   qilish   xoxishi   bo`lsa,   diqqatga   sazovor   joylarni ko`rsatish,  uning k е lishidan maqsadini  bilish, yordam  qilish  kabi  eng oddiy odob
qoidalari xam bayon etiladi. 
Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning «Odob as-solixin» asari yoshlarning barkamol,
ma’naviy   yuksak   yetuk   axloqli   bo’lishlarida   katta   ahamiyatga   ega.   Mazkur   asar
kundalik   turmushimizda   h ar   kuni ,   har   daqiqada   bilish   zarur   bo ’ lgan   turmush
odobiga   oid   xulq -   odob   qoidalarining   majmuidir .   Shuning   uchun   ham   Sharq
pedagogikasi   tarixida     « Qobusnoma   »   kabi   bu   asar   ham ,   o ’ z   o ’ rni ,   o ’ z   mavqeiga
ega .   Bu   asarni   bobma   -   bob   o ’ rganish   yosh   avlodning   ma ’ naviy   kamol   topishiga
foydalaniladigan   berish   baho   xazinadir ,  deyish   joiz .
Muhammad   Rizo   Ogahiy ,  Munis   Xorazmiylarning   pedagogik   qarashlari .
Muhammad   Rizo   Erniyozbek   o ` g ` li   Ogahiy   (1809-   )   XIX   asrning   atoqli
adibi   va   tarjimonidir .   U   yoshligida   tog ` asi   Munisning   tarbiyasida   bo ` ladi .   Sungra
Xivadagi   madrasada   o ` qiydi .   Fors ,   arab   tillarini   o ` rganadi .   U   o ` z   faoliyati
davomida   Mirxondning   " Ravzat   us - safo ",   Muhammad   Mahdixonning
" Nodiranoma ",   Sharofiddin   Ali   Yazdiyning   " Zafarnoma ",   Ahmad   Xiraviyning
" Tabkoti   Akbarshoxiy ",    Rizoqulixon   Hidoyatning   " Ravzat   us - safon   Nasriy "   kabi
tarixiy ,   Nizomiddin   Ganjaviyning   " Xaft   paykar ",   Sa ’ diy   Sheroziyning   " Guliston ",
Dehlaviyning  " Xasht   bixisht ", " Jomiyning  " Bahoriston ",  Hiloliyning  " Shohi   gado ",
Vosifiyning     " Badoye ’   ul - voqe ’"   kabi   adabiy   asarlarini ,   Kaykovusning
" Qobusnoma ",   Voiz   Koshifiyning   " Axloqi   Muxsiniy "   kabi   falsafiy   -   axloqiy
asarlarini   o ` zbek   tiliga   tarjima   qiladi .
Ogahiyning   " Ta ’ viz   ul - oshikin "   ( Oshiqlar   tumori )   nomli   she ’ riy   devonida
yaxshilik ,   olijanoblik ,   poklik ,   to ` g ` rilik ,   himmat ,   shijoat ,   mardlik ,   saxovat ,   iffat ,
hayo ,   vafo ,   qanoat   sifatlarni   ulug ` lanadi ,   nodonlik ,   munofiqlik ,   yolg ` onchilik ,
xiyonat ,  haad ,  g ` iybat ,  xasislik   kabi   illatlar   qoralanadi .
U   yaxshilik   qilishni   insoniy   burch   deydi ,   xalqa   yaxshilik   qilish   ma ’ naviy
qashshoqlikning   oldini   oladi ,  deb   biladi .
Olim   inson   qadr   -   qimmati   uning   oltinu   -   kumush   bilan   emas   balki   ilmu   -
hunari ,    kishilarga     himmati     va     muhabbati   bilan   o ` lchanadi .   U   ilm   o ` rganish ,   til bilishga ,   yoshlarni   nafosat   tarbiyasiga   ham   alohida   e ’ tibor   beradi .   U   davlat
boshlig ` iga   xos   bo ` lgan   fazilatlar   haqida   ham   fikr   bildiradi .
Munis   Xorazmiy   (1778   -   )   shoir ,   tarixchi ,   tarjimon   va   kalligraf   olimdir .
Maktab ,   madrasada   o ` qiydi .   Mumtoz   adabiyotni   o ` rganadi .   Uning   ijodida   " Savodi
ta ’ lim "  asari   ta ’ limiy   jihatdan   muhim   o ` rin   tutadi .  Asarning  1 -  qismida   xat   mashq
qilishga   tayyorgarlik ,   kerakli   o ` quv   anjomlari   haqida   gapiriladi . 2- qismida   esa   xat
mashqi   xususida   amaliy   ta ’ lim   beriladi .
Munis   Xorazmiy   o ` z   she ’ rlarida   xalqning   orzu   istaklarini   aks   ettiradi ,
ma ’ rifatparvarlik   g ` oyalarini   olg ` a   suradi ,   xalqni   bilimli ,   adolatli   bo ` lishga   da ’ vat
etadi .  U   tarbiyaviy   qarashlarida   do ` stlik ,  vafo   masalasiga   e ’ tibor   beradi .
Umuman ,   Munis   Xorazmiy   o ` zining   pedagogik   qarashlarida   rostguylik ,
do ` stlik ,   vafo ,   adolat ,   shirinsuzlikni   ulug ` ladi ,   xalqni   savodli   bo ` lishga ,   ilm
o ` rganishga   chaqiradi .
XIX   asrning   boshlariga   kelib   Turkistonda   islom   dini   keng   tarqalib,   mustahkam
o’rnashib   o’z   mavqyeiga   ega   edi.   Bu   davrga   kelib   diniy   e’tiqod   asosiy   tarbiya
kuchi   sifatida   maydonga   chiqdi.   Islom   dini   murakkab   ta’limot   bo’lganligidan   u
turlicha talqin qilina boshladi. Islom dinida turli xil oqimlar vujudga kela boshladi.
Bu  holat  islom   dinini  sofligi   uchun kurashuvchi  ilg’or   kishilarni   qoniqtirmas  edi.
Shuning   uchun   ham   Buxorodagi   ma’rifatparvarlar,   musurmon   ruhoniylar   va
ziyolilar   orasida   madrasa   va  maktablar   tizimiga   hamda   islom   diniga   kirib  qolgan
bid’atlarni   isloh   qilish   fikri   paydo   bo’la   boshladi.   Shunday   islohot   tarafdorlarini
jadidlar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshladilar. 
«Jadid»   -   so’zi   arabcha   so’z   bo’lib,   «yangi»,   jadidizm   esa   yangilik   tarafdorlari
degan ma’noni anglatadi. 
XIX asr boshlarida qancha ma’rifatparvarlar, mudarislar Buxoro shahridagi 200 ga
yaqin  madrasani   isloh   qilish   g’oyasi   bilan   chiqdilar.  Bu   harakat   boshida   madrasa
mudarisi Abu Nasr al-Kursaviy turgan. Ammo kadimistlar oqimi ularni kofirlikda
ayblaydilar va Buxoro amiri Kursaviyni  o’lim  jazosiga hukm  etadi. Abu Nasr  al-
Kursaviy zindondan qochishga muvofiq bo’ladi va Qozonda o’z faoliyatini davom
ettiradi.  XIX   asrning   50-60   yillarida   diniy   islohotchilik   harakati   yanada   kengaydi.
Jadidchilik   harakati   boshida   buxorolik   mudaris   va   tarixsi   olim   Marjoniy,
g’ijduvonlik domla Fozil, Mo’minjon Vobkandiy, Mulla Xudoyberdi Boysuniy va
boshqa mudarislar turar edilar. 
Islohotchilar   bu   davrda   Marjoniy   rahnamoligida   quyidagi   masalalarni   oldinga
surdilar: 
1.   Qur’ondagi   har   qanday   diniy   masala   yuzasidan   kishilar   bilgan   holda   o’zlari
erkin fikr yuritsinlar.
2. Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iy mann qilinsin;
3.   Madrasalarda   o’qitiladigan   hoshiya   va   shrq     kabi   mazmunga   ega   bo’lgan   va
madrasa   o’quvchilari   uchun   foydasiz   bo’lgan   hamda   ularning   vaqtini   bekorga
oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin;
4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi
kabi darslar o’tilsin;
5.   Arifmetika,   tarix,   jug’rofiya,   tabobat,   handasa,   mantiq   va   boshqa   dunyoviy
fanlarni o’qitishga qarshilik ko’rsatilmasin.
6. Har bir ishda musulmonchilikning Muhammad Alayhissalom davridagi qadimiy
islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilmasin. 
XIX asrning 80-90 yillaridagi jadidchilik harakatining keng yoyilishida Munavvar
Qori, Mahmudxo’ja Behbudiy, Said Ahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf
Fitrat, Muhammadsharif So’fizoda va boshqalar jonbozlik ko’rsatgan. 
Jadidlar 1906 yilda «Taraqqiy» deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’oyalarini
tarqata   boshladilar,   oradan   ko’p   o’tmay,   «Xurshid»,   «Shuxrat»   singari   yangi
gazetalar   dunyo   yuzini   ko’rdi.   Bu   gazetalarda   jadidchilik   harakatining   asosiy
g’oyalari talqin qilinar va muhokamaga tashlanar edi. 
Bu davrda jadidlarning harakat dasturi tuzilib, u quyidagi masalalarni hal qilishga
qaratilgan edi:
1. Diniy tasavvuf va fanatizmga qarshi kurash (ko’r-ko’rona e’tiqod); 2.   Diniy   aqidalarga   asoslangan   O’rta   asr   maktablari   o’rniga   Ovro’pa   qabilidagi
dunyoviy   ilmlarni   ona   tilida   o’qitishga   moslangan   yangi   usuldagi   maktablarni
tashkil etish, feodal davri maorif tizimini isloh qilish;
3.   Jadidchilik   g’oyalarini   keng   xalq   ommasiga   yetkazish   niyatida   yangi   o’zbek
adabiy   tilini   ishlash   chiqish,   matbuot   xurligi     uchun   kurashish,   xalq   ommasiga
tushunarli adabiyot va teartni yaratish;
4.   Xotin-qizlarni   paranjidan   chiqarish   va   jadid   maktablariga   qatnashishlarini
ta’minlash yo’li bilan ular taqdirini o’zgartirish va oilada islohot o’tkazish;
5.   Mahalliy   boylar   va   savdogarlar   ahlining   siyosiy   va   iqtisodiy   jihatdan   rus
burjuaziyasi bilan bir huquqda bo’lishi, mahalliy amaldorlarning chor hukmdorlari
tomonidan   siquvga   olishiga   qarshi   kurashish,   shu   yo’l   bilan   mustamlakachilik
siyosatini isloh qilish.
Asosiy talablari ana shundan iborat bo’lgan jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona
qurol   bo’lib,   ular   shu   qurol   yordami   bilan   o’lkada   ijtimoiy   iqtisodiy   va   madaniy
taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar. 
Markaziy   Osiyo   jadidchilik   haqida   gap   ketganda   buni   Behbudiy,   Munavvar   qori,
Fitrat   kabi   ma’rifatparvarlarning   ijodi   va   faoliyatini   alohida   o’rganish   maqsadga
muvofiq.
Maxmudxo’ja Behbudiy
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri, jahonga mashhur bo’lgan o’zbek
jo’g’rofiyashunosi,   atoqli   jamoat   arbobi,   buyuk   ilsshunos,   ulug’   pedagog   va
axloqshunos,   yuksak   didli   jurnalist,   Mahmudxo’ja   Behbudiy   1874   yil   10   martda
Samarqandning Baxshitepa qishlog’ida ruxoniy oilasida tavallud topdi. Uning otasi
imomlardan bo’lib, ilm-ma’rifatga ixlosmand edi. Behbudxo’ja asl-nasabiga ko’ra
xo’ja Axmad Yassaviylar avlodiga borib taqaladi. 
Maxmudxo’ja   Behbudiy   «Muntaxbai   jug’rofiyai   umumiy»   (Qisqacha   umumiy
jo’g’rofiya),   «Kitobatul-atfol»   (Bolalar   maktabi),   «Muxtarasi   tarixi   islom»
(Islomning   qisqacha   tarixi),   «Madxali   jo’g’rofi   umroniy»   (Axolii   jo’g’rofiyasiga
kirish),   «Muxtasari   jo’g’rofiyai   rusiy»   (Rossiyaning   qisqacha   jug’rofiyasi), «Amaliyoti   islom»   va   hokazo   kitoblarni   yozdi   va   ulardan   darslik   sifatida
foydalandi.
«Usuli   jadid»   maktablarida   hamma   o’qish   huquqiga   ega   bo’lgan.   Bu   yangi   usul
maktablari   chor   hukumati   tomonidan   va   mahalliy   ruxoniylar,   eski   maktablarning
domlalar tomonidan ta’qib qilib kelinar edi.
Bunday   to’siqlar   va   qarama-qarshiliklarga   qaramasdan   Behbudiy   va   uning
safdoshlari   «Usuli   jadid»   maktablarida   Turkiston   farzandlarini   o’qitish   ishlarini
jadal   sur’atlar   bilan   olib   bordilar.   Behbudiy   barcha   maqsadlarini   faqat   ma’rifat
orqali amalga oshirishni ko’zda tutadi. U ta’lim-tarbiya xususidagi o’z g’oyalarini
amalga   oshirishda   bosh   yo’l   sifatida   yangi   maktablar   ochish,   unda   diniy   ilmlar
bilan birga, aniq fanlarni ham o’qitishga, mahalliy aholini ilm-ma’rifatli bo’lishga
da’vat etadi.  
Behbudiyning   «usuli   jadid»   maktabidagi   o’qitish   ishlari   quyidagi   tartibda   olib
borilar   edi:   «Maktab   ikki   bosqichdan   iborat   bo’lib,   birinchi   bosqich   –   ibtidoiy
qism,   deb   nomlangan.   Buning   taxsil   muddati   to’rt   yil.   Birinchi   yilda:   forscha   va
arabcha   yozuv   hamda   o’qishni   o’rganilgan.   Ikkinchi   yilda:   hafti   yak,   imon   va
e’tiqoddan   dars,   fors,  turkiy  va  arab  tilida  she’rlar,  qasidalar   o’qitilgan.  Uchinchi
yilda: Qur’oni karim, islom  ibodati, fors va turkiy til puxta o’rgatilgan. Hisobdan
turli   taqsimot   va   ish   yuritish   kabi   zaruriy   jihatlar   o’qitilgan.   To’rtinchi   yilda   esa
Kalomu sharif, mufassal tajvid, forsiy va turkiy nazm va nasm, axloq darsi, turkiy
va   forsiy   til,   tarix,   jug’rofiya   o’qitilgan.   Bu   to’rt   sinfni   tamomlagan   bolalarning
muallimning   o’zi   taqsimlagan.   Xohlasa   ikkinchi   bosqichgan   qoldirar,   ularning
o’zlashtirishlariga   qarab,   madrasaga   yuborar,   bolaning   o’zi   xohlasa,   Yevropa
maktablariga yuborar yoki tirikchilik uchun ishlashga yo’llanma berardi». 
Maktabning ikkinchi bosqichi – rushadiya bo’lib, bunga to’rt sinf kiritilgan. Unga
ibtidoiy qismni tamomlaganlar o’tkazilgan. 
Behbudiy maktabida har yilning oxirida tantanali imtihonlar o’tkazilib turilar edi.
Imtihonlarga albatta ota-onalar va boshqa mehmonlar ham taklif qilinardi.  Sakkiz   sinf,   ya’ni   ikki   bosqichni   tamomlagan   shogird   arabcha,   forscha   va
turkchada   bemalol   so’zlab,   yozardi.   Ruschani   ham   o’qib,   bemalol   gaplasha   olar
edi. 
Behbudiy   butun   ongli   faoliyati   davomida   faqat   xalq   manfaatlarini   himoya   qildi,
xalqni   baxtiyor   etish,   farzandlarini   esa   savodxon   qilish   uchun   kurashdi.
Adabiyotshunos   Sherali   Turdiyevning   yozishicha,   Behbudiy   Buxoro   amirining
daxshatli   zindonida   o’z   qotilini   kutib   yotgan   og’ir   damlarda   ham   Turkiston   va
Buxoroda   maorif   nurlarini   yoyish,   xalqni   jaholatdan   qutqarish,   ularga   haqiqat,
adolat,   ozodlik   yo’lini   ko’rsatishga,   bu   yo’lda   qurbon   bo’lganlarni   unutmaslikka
undovchi   vasiyat   xatini   zindondan   ozodlikdagi   do’stlariga   chiqarishga   muvofiq
bo’ldi. Bu vasiyatda quyidagi satrlarni o’qish mumkin: «Sizlarga vasiyat qilaman:
Maorif  yo’lida  ishlayturgan  muallimlarning  boshini  silangizlar!   Maorifga yordam
etingiz!   O’rtadan   nifoqni   ko’taringiz!   Turkiston   bolalarini   ilmsiz   qo’ymangizlar!
Har   ish   qilsangiz   jamiyat   ila   qilingiz!   Hammaga   ozodlik   yo’lini   ko’rsatingizlar!
Bizdek   maorif   qurbonlarini   yo’qlangizlar!   Ozodlikni   tezlik   ila   yuzaga
chiqaringizlar! Maorifni  Buxoro tuprog’ida joriy qilingizlar!» - deydi. 
Mahmudxo’ja   Behbudiy   o’zbek   xalqining   milliy   mustaqilligi   yo’lida   ulkan
iste’dodini, bilimini, butun kuch g’ayratini, aziz umrini fido qildi.
Munavvar Qori Abdurashidxon
Adburashidxon   Sotiboldixon   Olim   o’g’li   Munavvar   Qori   1878   yilda   Toshkent
shahrining   markaziy   dahasi   –   Shayx   Xolvand   Taxurning   Darxon   mahallasida
mudarris   Abdurashidxon   va   Xosiyat   Otin   oilasida   dunyoga   keldi.     U   7   yoshida
otasidan   ajraydi.   Dastlabki   ta’limni   onasi   Xosiyat   Otindan   oladi,   xat-savodi
chiqqach o’sha davrdagi yirik maktablardan biri – Usmon domlada o’qiydi, so’ng
Toshkentdagi   Yunusxon   madrasasida   tahsil   ko’radi.   U   1901   yili   jadid   maktabini
ochib,   bolalarni   o’qitadi.   Bu   maktabda   beshi   yillik   bilimni   uch   yilda   berishga
muyassar bo’ladi. 
Munavvar   Qori   ochgan   yangi   usul   «namuna»   maktabida   bir   necha   yuz   bola
o’qigan.   Bu   maktabda   tayyorgarlik   ancha   jiddiy   bo’lgan   iste’dodli   yoshlar
o’qituvchilik   qilgan.   Munavvar   Qorining   o’zi   esa   jadid   maktablari   uchun   yangi tovush   «usuli   savtiya»   usulida   darsliklar   –   «Adibi   avval   alifbosi»   (birinchi   adib
1907),   «Adibi   soniy»   (ikkinchi   adib   1907),   «Yer   yuzi»   (Jug’rofiya),   «Havoijon
diniya»   (1907)   kitoblarini   yozib   chop   ettirgan.   Bular   o’lkadagi   jadid   maktablari
uchun asosiy darsliklar sifatida bir necha bor qayta nashr etildi. 
Munavvar   Qori   o’z   fikrdoshlari   Ubaydulla   Xo’jayev,   Abdulla   Avloniy,
Toshpulatbek   Norbutabekov,     Karim   Norbekov   va   boshqalar   bilan   hamkorlikda
1909 yilda Toshkentlik bilr boyning raisligida «Jamiyati hayriya»ni tashkil etadi. 
Munavvar   Qori   va   safdoshlari   bu   jamiyat   orqali   qashshoq   va   kasalmand   kishilar
o’qiuvchilarga yordam ko’rsatadilar, Rusiya va Turkistondagi oliy o’quv yurtlariga
talabalar   yuborish   bilan   shug’ullanadilar.   U   millat   bolalarini   savodxon   qilishdek
bunday savob ishga faqat «To’ron» jamiyati a’zolarining jalb etibgina qolmasdan,
balki   mahalliy   boylarning   ham   boshini   qovushtirib,   ularning   e’tiborini   bu   hayrli
ishga tortadi. Munavvar Qori nomi faqatgina Turkistonda mashhur bo’lmay, balki
Markaziy Osiyo, Rossiya musulmonlari uchun ham tabarruk edi. 
O’zbek   xalqini   ma’rifatli   qilishga   intilgan   Munavvar   Qori   1918   yil   may   oyida
Toshkent shahrida «Turk o’chog’i» ilmiy – madaniy jamiyatini tuzadi. 
1918   yil   9   aprelda   Munavvar   Qori   uyida   to’plangan   jadidlar   Turkiston   xalq
dorilfununining   musulmon   bo’limini   tashkil   etish   maqsadida   9   kishidan   iborat
tashkilot komissiyasini tuzadi. Komissiyaga Munavvar Qori Rais qilib tayinlangan.
Komissiya 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning
musulmon va o’ris bo’limi 3 bosqichdan iborat bo’lishi belgilanadi. 
1918   yil   2   iyun   kuni   sobiq   seminariya   binosida   dorilfununning   o’zbeklar   uchun
maxsus o’qituvchilar tayyorlovchi bo’limi – «Dorilmuallimin» ochildi. 
Munavvar Qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski
shahar   maorif   xodimlari   quriltoyida   ishtirok   etib,   maktab   bo’limiga   a’zolikka
saylandi.   Do’stlari   va   shogirdi   Qayum   Ramozon   va   Shorasur   Zunnun   bilan
xamkorlikda uch bo’limdan iborat «O’zbekcha til saboqlari» kitobini (1925) nashr
ettirdi.   Munavvar   Qori   insonlarni   faqat   olijanob   fazilatlarga,   yoshlarni   halol
mehnat   qilishga,   ilm-ma’rifat   va   kasb-hunar   o’rganishga   rostgo’y   bo’lishga
chorladi.   Ammo   Munavvar   Qori   1926   yili   GPU   tomonidan   qamoqqa   olinib, «Yovuz   niyatli   jadid   va   turkparast»,   «millatchi»,   «xalq   dushmani»   sifatida   1931
yili otishga hukm qilindi. 
A bdulla  Avloniy
Taniqli ma’rifatparvar adib A. Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa
qo’shgan, o’z asarlarida  o’zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga
oid muhim hayotiy masalalarni aks ettirgan pedagog, olimdir.
A.Avloniy   1878-yil   12-iyulda   Toshkent   shahrining   Mergancha   mahallasida,
mayday   hunarmand-   to’quvchi   oilasida   dunyoga   keldi.   O’ta   iqtidorli   bo’lgan
Abdulla   15   yoshida   she’rlar   yoza   boshladi.   A.   Avloniy   1907-yili   “Shuhrat”,
“Osiyo”   nomli   gazetalar   chiqara   boshladi,   lekin   chor   amaldorlari   tez   orada
gazetalarni   yoptirib   qo’yadi.   A.Avloniy   keyinroq   “   Sadoyi   Turkiston”   (1914-
1915),   “Turon”   (1917),   “Ishtirokiyun”   gazetalarida,   “Kasabachilik   harakati”
(1921) jurnalida ishlaydi. Shundan so’ng, u o’zbek matbuotining zabardast vakili,
o’zbek matbuotining asoschilaridan biri sifatida taniladi.  
XX   asr   boshlarida   O’zbekistonning   ijtimoiy-siyosiy   hayotida,   pedagogik   fikr
rivojida A. Avloniy alohida o’rin egalladi. 
A.Avloniy o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq
ta’limi   ishlarini,   yo’lga   qo’yishda   katta   xizmatlar   qilgan   adib,   jamoat   arbobi   va
iste’dodli pedagogdir.
A.Avloniy   o’zbek   ziyolilari   ichida   birinchilardan   bo’lib,   o’zbek   xalq   teatrini
professional teatrga aylantirish uchun 1913-yili “Turon” nomi bilan teatr truppasini
tashkil qiladi. 
A.Avloniy   truppa   uchun   “Advokatlik   osonmi?”,   “Pinak”,   “Ikki   muhabbat”,
“Portug’oliya   inqilobi”   kabi   dramalar   yozdi,   “Qotili   Karima”,   “Uy   tarbiyasining
bir shakli”, “Xiyonatkor oilasi”, “Badbaxt kelin”, “Jaholat”, “O’liklar” kabi sahna
asarlarini   tatarcha   va   ozarboyjonchadan   tarjima   qiladi.   Ammo   bu   asarlar   nashr
qilinmadi. 
A.Avloniy   1917-yil   to’ntarishiga   qadar   Turkistonda   juda   katta   ijtimoiy-ma’rifiy
ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan
edi.   U   ilg’or   ziyoli   kishilar   bilan   hamkorlikda   teatr   tomoshalari   va   matbuotdan tushgan mablag’larga dunyoviy ilmlarni o’qitadigan “usuli  jadid”, ya’ni yangicha
ilg’or   usuldagi   maktablar   ochdi   va   bu   maktablarda   xalq   bolalarini   o’qitdi.
Ma’rifatparvarlar   o’z   millatlaridan   yetuk   olimlar,   bilimdon   mutaxasislar,
madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod, vatanni ozod, farovon etishlarini
orzu qildilar va bu yo’lda fidoyilik ko’rsatdilar.
A.Avloniy   1907-yili   Toshkentning   Mirobod   mahallasida,   keyinchalik   Degrez
mahallasida   yangi   usuldagi   maktablar   ochdi.   Maktablardagi   o’quv   jihozlarini
o’zgartirdi,o’z   qo’li   bilan   parta   va   doskalar   yasadi.   Maktabga   qabul   qilingan
bolalarning   asosiy   qismi   kambag’al   kishilarning   bolalari   bo’lganligi   uchun   ularni
kiyim-kechak,   oziq-ovqat,  daftar-qalam   bilan   ta’minlash   maqsadida,   do’stlarining
ko’magida   “Jamiyati   xayriya”   tashkil   etadi   va   bu   jamiyatga   o’zi   raislik   qiladi.
“Nashriyot”  shirkati  tuzib,  Hadrada “Maktab   kutubxonasi”  nomli  kitob  do’konini
ochdi.   Avloniyning   maktabi   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsad   va   vazifalariga   ko’ra
mashg’ulotlarni sinf-dars usuli  asosida o’z ona tilida olib borilishi bilan eski  usul
maktablaridan   farq   qiladi.   U   o’z   maktabida   bolalarga   geografiya,   tarix,   adabiyot,
til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi.
A.Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri, Toshkent davlat  universitetida uzoq yillar
dars bergan taniqli  pedagog, marhum  Yusuf  Tohiriy edi. A.Avloniy “usuli  jadid”
maktablari   uchun   to’rt   qismdan   iborat   “Adabiyot   yoxud     Milliy   she’rlar”   hamda
“Birinchi   muallim”   (1912),   “Turkiy   Guliston   yoxud   Axloq”   (1913),   “Ikkinchi
muallim”   (1915),   “Maktab   gulistoni”   (1917)   kabi   darslik   va   o’qish   kitoblari
yaratdi. Bu asarlarida hamda publisistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini,
ilm-fanni,   maktab   va   maorifni   ulug’lab,   o’z   xalqini   ilmli,   madaniyatli   bo’lishga
chaqiradi. 
XX asr boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular
orasida   Avloniyning   “Birinchi   muallim”i   ham   o’ziga   xos   o’ringa   ega.   “Birinchi
muallim” 1917-yil to’ntarishiga qadar 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda
mavjud   darsliklarga,   birinchi   navbatda,   Saidrasul   Aziziyning   “Ustozi   avval”iga
suyanadi.  A. Avloniyning pedagogikaga oid asarlari  ichida “Turkiy Guliston yoxud Axloq”
asari   XX   asr   boshlaridagi   pedagogik   fikr   taraqqiyotini   o’rganish   sohasida   katta
ahamiyatga molikdir. 
“Turkiy   Guliston   yoxud   Axloq”   asari   axloqiy   va   ta’limiy   tarbiyaviy   asardir.
Asarda   insonlarni   yaxshilikka   chaqiruvchi,   yomonliklardan   qaytaruvchi   bir   ilm   –
axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jihatdan qaraganda, bu asar Yusuf Xos Hojibning
“Qutadg’u   bilig”,   Nosir   Xisravning   “Saodatnoma”,   Sa’diyning   “Guliston”   va
“Bo’ston”,   Jomiyning   “Bahoriston”,   Navoiyning   “Mahbub   ul-qulub”,   Ahmad
Donishning   “Farzandlarga   vasiyat”   asarlari   shaklidagi   o’ziga   xos   tarbiyaviy
asardir.
A. Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining o’rni haqida fikr yuritib: “Agar bir
kishi   yoshligida   nafsi   buzulib,   tarbiyasiz,   axloqsiz   bo’lib   o’sdimi,   Ollohi   akbar,
bunday   kishilardan   yaxshilik   kutmoq   yerdan   turib   yulduzlarga   qo’l   uzatmak
kabidur”,   -   deydi.   Uning   fikricha   bolalarda   axloqiy   xislatlarning   tarkib   topishida
ijtimoiy   muhit,   oilaviy   sharoit   va   bolaning   atrofidagi   kishilar   g’oyat   katta
ahamiyatga ega.
O’zbek   pedagogikasi   tarixida   A.   Avloniy   birinchi   marta   pedagogikaga
“Pedagogiya”,   ya’ni   bola   tarbiyasining   fanidir,   deb   ta’rif   berdi.   Tabiiy   bunday
ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi.
Avloniy   bola   tarbiyasini   nisbiy   ravishda   quyidagi   to’rt   bo’limga   ajratadi:   1.
“Tarbiyaning   zamoni”.   2.   “Badan   tarbiyasi”.   3.   “Fikr   tarbiyasi”.   4.   “Axloq
tarbiyasi”. 
“Tarbiyaning   zamoni”   bo’limida  tarbiyani   yoshlikdan   berish   zarurligini,   bu  ishga
hammani:   ota-ona,   muallim,   hukumat   va   boshqalarning   kirishishi   kerakligini
ta’kidlaydi. 
“Alhosil,   tarbiya   bizlar   uchun   yo   hayot   –   yo   mamot,   yo   najot   –   yo   halokat,   yo
saodat – yo falokat masalasidur ”, deb uqtiradi Avloniy. 
“Turkiy Guliston yoxud Axloq” kitobi ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladi.
A. Avloniy kitobda ilm to’g’risida bunday deydi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning
sharofatidur.   Ilm   inson   uchun   g’oyat   oliy,   muqaddas   bir   fazilatdur.   Zeroki,   ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko’rsatur… Ilmsiz inson mevasiz
daraxt   kabidur…”.   Avloniy   ilmning   amaliy   va   hayotiy   foydalarini   alohida
ta’kidlaydi:   “Bizlarni   jaholat,   qorong’ulikdan   qutqarur.   Madaniyat   insoniyatni
ma’rifat   dunyosiga   chiqarur,   yomon   fe’llardan,   buzug’   ishlardan   qaytarur,   yaxshi
xulq va odob sohibi qilur… Alhosil, butun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz,
sarvatimiz,   maishatimiz,   himmatimiz,   g’ayratimiz,   dunyo   va   oxiratimiz   ilma
bog’lidur”. 
“Turkiy   Guliston   yoxud   Axloq”   ning   birinchi   sahifasidan   so’nggi   sahifasigacha
Avloniyning   insonparvarlik   g’oyalari   ifodalangan.   U   hammadan   burun   xalq
manfaatini ko’zlaydi, xalqqa bajonu dil xizmat qilishni o’zining muqaddas burchi
deb   biladi.   Uning   nazarida,   kishilar   g’amini   yemagan,   xalqdan   uzoq   turgan
ig’vogar, g’iybatchi inson emas. 
        O’ta iqtidorli bo’lgan A.Avloniy 15 yoshida she’rlar yoza boshladi. Dastlabki
she’rlari   «Tarjimon»   gazetasida   bosiladi.     A.Avloniy   1907   yilda   «Shuhrat»   va
«Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshlaydi. Lekin chor amaldorlari tez orada
gazetalarni yoptirib qo’yadi. A.Avloniy keyinroq «Sadoi Turkiston» (1914-1915),
«Turon»   (1917),   «Ishtirokiyun»   (1918)   gazetalarida,   «Kasabachilik   harakati»
(1921)   jurnalida   muharrir   bo’lib   ishlaydi.   Shundan   so’ng,   u   o’zbek   matbuotining
zabardast vakili, o’zbek matbuotining asoschilaridan biri sifatida taniladi.
A.Avloniy   xalq   orasida   ilg’or   fikrlarni   tarqatishda,   ilm   va   ma’rifatni   tashviq
qilishda   gazeta,   jurnallarning   roli   katta   ekanligini   yaxshi   bilar   edi:   «Matbuot   har
insonga o’z holini ko’rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong’u kunlarni
yorituvchi,   xalq   orasida   ilm,   ittifoq,   himmat   g’oyalari»ni   yoyuvchidir,   deb
baliqning   suvsiz   yashamog’i   mumkin   bo’lmagani   kabi   insonning   ham   ilmsiz
yashamog’i mumkin emasligini uqtiradi. 
A.Avloniy o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq
ta’limi   ishlarini     yo’lga   qo’yishda   katta   xizmatlar   qilgan   adib,   jamoat   arbobi   va
iste’dodli pedagogdir.
A.Avloniy   1917   yil   tuntarishiga   qadar   Turkistonda   juda   katta   ijtimoiy-ma’rifiy
ishlarni   amalga   oshirgan   jadidlar   harakatining   ko’zga   ko’ringan namoyon7dalaridan   biri   edi.   A.Avloniy   ilg’or   ziyoli   kishilar   bilan   hamkorlikda
teatr   tomoshalarini   va   matbuotdan   tushgan   mablag’larga   dunyoviy   ilmlarni
o’qitadigan «Usuli jadid», ya’ni yangicha ilg’or usuldagi maktablar ochdilar va bu
maktablarda   xalq   bolalarini   o’qitdilar.   Ular   o’z   millatlaridan   yetuk   olimlar,
bilimdon  mutaxassislar,   madaniyat  arboblari  yetishib  chiqib,  yurtni   obod, vatanni
ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo’lda fidoyilik ko’rsatdilar. 
A.Avloniy   1907   yilda   Toshkentning   Mirobod   mahallasida,   keyinchalik   Degrez
mahallasida   yangi   usuldagi   maktablar   ochdi.   Maktablardagi   o’quv   asbob-
jihozlarini   o’zgartirdi,   o’z   quli   bilan   parta   va   doskalar   yasadi.   Maktabga   qabul
qilingan   bolalarning   asosiy   qismi   kambag’al   kishilarning   bolalari   bo’lganligi
uchun  ularni   kiyim-kechak,  oziq-ovqat,  daftar-qalam  bilan  ta’minlash  maqsadida,
do’stlarining   ko’magida   «Jamiyati   xayriya»   tashkil   etadi   va   bu   jamiyatga   o’zi
raislik   qiladi.   «Nashriyot»   shirkati   tuzib,   Xadrada   «maktab   kutubxonasi»   nomli
kitob   do’konini   ochadi.   A.Avloniyning   maktabi   o’z   oldiga   qo’ygan   maqsad   va
vazifalariga   ko’ra   mashg’ulotlarni   sinf-dars   tizimi   asosida   o’z   ona   tilida   olib
borilishi   bilan   eski   usul   maktablaridan   farq   qiladi.   U   o’z   maktabida   bolalarga
geografiya,   tarix,   adabiyot,   til   hisob,   xandasa,   hikmat   kabi   fanlardan   muayyan
ma’lumotlar beradi.
A.Avloniyning ilk o’quvchilaridan biri Toshkent Davlat Universitetida uzoq yillar
dars bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy A.Avloniy Mirobodda tashkil
qilgan maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi: 
«Shaharning   qarama-qarshi   chekkasida   temiryo’l   ishchilari   istiqomat   qiladigan
Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu
maktabning   fazilatlari   haqidagi   shov-shuvlar,   uning   muallimi   A.Avloniyning
dovrug’i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida «Miroboddagi maktab 6 oyda
o’qish   yozishni   o’rgatarmish,   geografiya,   hisob,   tabiatni   o’rganish   degan   darslar
o’qitilarmish», - degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning
donishmand   muallimini   ko’rishga   oshiqardik.   Nihoyat   bir   kuni   uch-turttamiz
borishga jazm qildik. Maktab   pastdakkina,   nim   qorong’i   bo’lib,   masjid   yo’lagida   joylashgan   edi.
Xonaning   tepasidagi   yorug’lik   uchun   qoldirilgan   tuynukdan   qish   va   bahorda   qor
bilan   yomg’ir   ham   tushib   turardi.   Lekin   xonada   o’quvchilar   va   domlaning
shogirdlari   ko’p   edi.   Xayolimizda   domlaning   allaqanday   bir   sirli   tomoni   bor   edi.
Bizni   qotmagina,   kichik   jussali,   qorachadan   kelgan,   istarasi   issiq,   chuqqisoqol   bir
kishi   ko’tib   oldi.   Bu   nomi   tilga   tushgan   muallim   A.Avloniy   edi.   O’qishga   qabul
qilindik. Ko’p o’tmay ko’z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to’la ishonch hosil
qildik. Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo’lsalar
ham   Mirobodliklar   oldida   uyalib   qoldik.   Ular   o’qish,   yozishda,   hisob   masalalarini
xal   etishda,   tabiat   hodisalaridan   xabarlari   bilan   hammamizni   lol   qoldirdi.     Ayni
zamonda   bizni   eski   maktabimiz   bo’shab,   Miroboddagi   A.Avloniy   maktabi   bizdan
borgan bolalar bilan liq to’ldi. Shu tariqa bu maktab tobora shuhrat topib bordi».
A.Avloniy   «Usuli   jadid»   maktablari   uchun   to’rt   qismdan   iborat   «Adabiyot   yoxud
milliy   she’rlar»   hamda   «Birinchi   muallim»   (1912),   «Turkiy   guliston   yoxud   axloq»
(1913),   «Ikkinchi   muallim»   (1915),   «Maktab   gulistoni»   (1917)   kabi   darslik   va
o’qish   kitoblari   yaratdi.   Bu   asarlarida   hamda   publisistik     maqolalarida   dunyo
xalqlari madaniyatini, ilm- fanni va maorifni ulug’lab o’z xalqini   ilmli, madaniyatli
bo’lishga chaqiradi.
  Asrimiz boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi.
Shular   orasida   Avloniyning   «Birinchi   muallim»   1917   yil   to’ntarishga   qalar   to’rt
marta nashr etilgan. 
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy
davomidir.   Biz   birinchi   kitobni,   shartli   ravishda,   alifbe   deb,   ikkinchi   kitobni
xrestomatiya deb atasak joiz bo’lar, desak xato bo’lmas.
Abdulla   Avloniyning   pedagogikaga   oid   asarlari   ichida   «Turkiy   guluston   yoxud
ahloq»   asari   XX   asr   boshlaridagi   pedagogik   fikrlar   taraqqiyotining   o’rganish
sohasida katta ahamiyatga molikdir. 
«Turkiy guluston yoxud ahloq» asari ahloqiy va ta’lim tarbiyaviy asardir.   O’zbek   pedagogikasi   tarixida   A.Avloniy   birinchi   marta   pedagogika
“Pedagogiya”,   ya’ni   bolalar   tarbiyasining   fani   demakdir,   deb   ta’rif   beradi.   Tabiy
bunday ta’rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganidan dalolat beradi.
Abdulla   Avloniy   bola   tarbiyasini   nisbiy   quydagi   to’rt   bo’limga   ajratdi:   1.
“Tarbiyaning   zamoni”.   2.   “Badantarbiyasi”.   3.   “Fikr   tarbiyasi”.   4.   “Ahloq
tarbiyasi” va bu haqida hamda unig ahamiyati haqida so’z yuritadi.
“Tarbiya zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga
hammani:   ota-ona,   muallim,   hukumat   va   boshqalarning   kirishishi   kerakligini
ta’kidlaydi.
“Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat,
yo saodat – yo falokat masalasidur” deb uqtirardi, Avloniy.
XIX asrlarning o’rtalarida Turkiston o’lkasida boshlang’ich ma’lumot beradigan 
maktab hamda o’rta va oliy diniy ta’lim beradigan madrasalar mavjud edi. 
Maktablarning aksariyati shu jumladan, qishloq maktablarining ko’pchiligi diniy 
ta’lim beruvchi eng oddiy boshlang’ich maktablar edi xolos. Bu maktablarda 
machitlarining  imomlari, savodxon muallimlar dars beradilar. Bunday 
maktablarda o’qitishga eng oddiy diniy vazifalarni o’rgatish bilan, ya’ni arab tilida 
yozilgan Qur’onni o’qishni o’rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo’lgan asosiy 
vazifalarni bildirish bilan cheklanardi. 
Shahar   maktablarida  diniy  ta’limdan  tashqari,  umumiy  ta’lim  elementlari  –
yozish va hisoblash yo’llari o’rgatiladi, xalq orasida mashhur shoirlarning she’r va
g’azallari   o’qitilar   edi.   Odatda   bunday   maktablarning   o’quvchilari   badavlat
oilalarning   bolalari   bo’lar   edi.   Ular   o’qishni   tamomlab   olgach,   bilimlarini   savdo-
sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo’llar edilar, ba’zilari qo’shimcha
ta’lim   olib,   hattotlik   kasbi   bilan   shug’ullanar,   ba’zilari   madrasaga   kirib   o’qishni
davom ettirardilar.  
Oliy   diniy   maktab   bo’lgan   madrasada   o’rta   asrga   oid   diniy   falsafiy   va
musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi  va mantiq ilmidan dars o’tilardi.
Madrasani   tamomlab   chiqqanlar   imomlik   bilan   shug’ullanish   va   qozixonalarda
ishlash   huquqiga   ega   bo’lar   edilar.   Maktab   va   madrasalarda   asosan   o’g’il   bolalar o’qitilar   edi.   Shaharlardagi   diniy   maktablarda   ba’zi   domlalarning   xotinlari   –
otinoylar  qizlarni ham  o’qitish bilan shug’ullanar edilar. Maktab  va madrasalarda
dars o’zbek, arab fors-tojik tillarida olib borilardi.
1. Quyi maktab bu maktabda o’g’il bolalarga savdo o’rgatishga (4 yil).
2. Xalilxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan.
3. Qorixona – Qur’on yod olingan.
4. Maktab   internat   –   o’rta   madrasa   bo’lib,   bu   maktabda   ham   diniy,   ham
dunyoviy fanlar o’qitilib o’rta ma’lumot berilgan.
Markaziy Osiyoda keyinchalik ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktablari
uchun   bosmaxonalarda   chop   qilingan   darsliklar   paydo   bo’ldi.   Qozonda
bosmaxonada   nashr   qilingan   qur’on   va   xavtiyaklar,   Hindiston   va   Erondan
shoirlarning   litografiyada   chop   etilgan   to’plamlari   keltirildi.   Toshkentning   o’zi
ham maktablar uchun darsliklarni litografiya usulida nashr qilish yo’lga qo’yildi. 
Asrimizning   boshlariga   kelib   Turkiston   o’lkasidagi   yirik   markaziy
shaharlarda oliy ta’lim maskani hisoblangan quyidagi madrasalar: Buxoroda – 80,
Qo’qonda   –   40,   Samarqandda   –   22,   Marg’ilonda   –   28,   Toshkentda   –   17 1  
,   Xeva
xonligida – 130 2 
 mavjud bo’lib, ular 400 dan 5000 tagacha talaba taxsil olar edi.
1906 yilga kelib Samarqand viloyatining o’zida 1510 ta musulmon maktabi
bor edi, ular 1482 o’quvchi 12740 talabaga saboq bergan. 
Umuman   o l ganda   Turkiston   o’lkasida     1905-1906   yillarda   5290   ta   maktab
bo’lib, ularda, 10955 talaba ta’lim olgan. 
Bu   davrga   kelib   maxalliy   fuqaro   bolalaridan   ilmli   kishilar   tayyorlash
maqsadida   Xeva   xoni   Sayid   Muhammad   Rahimxon   Boxodirxonni   soniy   –   Feruz
(1844-1910 y.) katta ishlarni amalga oshirdi. Bevosita uning tashabusi  bilan 1884
yili   o’z   saroyida   maktab   ochilib,   bu   maktabda   rus   o’qituvchisi   va   Mirzo,
Raxmoyequl qori kabi mahoratli ta’lim-tarbiya ustalari yoshlarga bilim berish ishi
bilan shug’ullanadilar.
Feruz   farmoniga   muvofiq   1904   yilning   10   noyabrida   Urganchda   birinchi
yangi   usul   maktabi   ochildi.   Uni   Xusayin   Qo’shayev   degan   Turkiyadan   kelgan
o’qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya bera boshladi. Musulmon   aholisi   yashaydigan   joylarda   qadimdan   maktab-madrasa   va
hakozolar   mavjud   bo’lib,   bularga   qarshi   chor   hukumat   Rossiyadagi   ko’p   sonli
xalqlar   maxsus   hukumat   maktablari   barpo   qilinar   edi.  Ularning  biri   –   to’rt   yillik,
ikkinchisi   –   ikki   yillik   edi.   Ba’zi   bir   to’rt   yillik   maktablarda   internatlar   hamm
bo’lib,   ular   faqat   feodallarning   va   maxalliy   aholining   boy   qatlam   bolalari   ta’lim
olardi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yo’lga qo’yilgan ikki yillik savod
chiqarish   maktablari   ochilgan   edi.   O’qish   muddati   ikki   yil   bo’lgan   milliy
maktablarda,   masalan,   qozoqlarda   ovul   maktablari,   deb   atalgan   maktablar   tipik
maktab sanalar edi. 
Dastlabki ovul maktablar 1892 yilda To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil
topgan   bo’lib,   aholining   ko’chmanchilik   turmushiga   moslashtirlgan   edi.   Ovul
maktablarida   rus   tili,   arifmetika,   qozoq   alifbosi   va   islom   dini   o’qitilar   edi.   1916
yilda   169   ta   ovul   maktabi   bo’lib   ularda   5   ming   o’quvchi   o’qirdi,   bu   maktab
yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizinigana tashkil etardi, xolos. Rus
maktablarda   o’qitish   rus   tilida,   diniy   ta’limot   esa   o’quvchilarning   ona   tilida   olib
borilar edi.
O’rta   asrda   maktablarni   isloh   qilishdan   bosh   tortgan   chorizm,   ruslar
o’rnashgan yerlarni rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o’z siyosatining
quroli   qilib   olishga   harakat   qildi.   (Toshkentda   dastlabki   rus   maktabi   1866   yilda
ochilgan   edi.)   rus   maktablariga   ruslar   bilan   birga   o’qish   uchun   mahalliy   aholi
bolalari   ham   qabul   qilinar   edi.   Turkistondagi   boshlang’ich   rus   maktabalrida
hunarga   Rossiyaning   Yevropa   qismidagiga   qaraganda,   ancha   ko’piroq   o’rgatilar
edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi.
Turkistonda dastlabki rus o’rta o’quv yurtlari 1870 yillarda ochila boshladi:
1876   yil     Toshkentda,   Verniyda   (hozirgi   Olmaotada)   erlar   va   xotin-qizlar
gimnaziyalari.   1879   yili   esa   Toshkentda   o’qituvchilar   seminariyasi   ochildi.
Gimnaziyalarga   har   yerli   aholining   bolalari   qabul   qilinar   edi.   O’qituvchilar
seminariyalarida mahalliy aholiining 1/3 o’rin ajratilgan edi.      Chorizm maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo’lsa ham, lekin
rus   bolalari   bilan   mahalliy   aholi   bolalarining   birgalikda   o’qishlari,   ular   o’rtasida
o’zaro do’stlikni tarbiyalar edi.
Rus   maktabiga   o’qishga   kirgan   bolalar   rus   tilini   mutloq   bilmas   edilar,
natijada ancha qiyinchiliklar tug’ilar  edi. Shuning uchun rus maktablariga kirgan,
lekin   rus   tilini   mutloq   bilmaydigan   o’quvchi   rus   tilida   so’zlashishni   o’rganib
olmagunicha odatda quyi bo’limda o’qir, rus tilida so’zlashishni o’rganib olgandan
keyingina   yuqori   bo’limga   o’tkazilardi.   Yuqori   bo’limlarga   o’quv   yilining
o’rtalarida ham o’tkazilar edi, chunki maktab kichkina bo’lib, bir vaqtning o’zida
mashg’ulotlar  bir necha  bo’limlar bilan olib borilar edi. 
Toshkentdagi   gimnaziya   dastlabki   yillarda,   mahalliy   aholining   bolalarini   rus   tili
bilan ko’piroq shug’ullantirish uchun lotin tilini o’rganishdan ozod qilinar edi.
Buxorodagi  ma’rifatparvar  musulmon ruxoniylari  va ziyolilar  orasida  madrasa  va
maktablar   tizimiga   hamda   islom   diniga   kirib   qolgan   bid’atlarni   isloh   qilish   fikri
paydo   bo’la   boshlaydi.   Shunday   isloh   tarafdorlarini   jadidlar,   ya’ni   yangilik
tarafdorlari   deb   atay   boshlaydilar.   O’sha   davrdan   boshlab   bunga   qarama-qarshi
turgan oqim, ya’ni feodal-o’rta asrchilik, diniy fanatizm  ruhida bo’lgan kishilarni
esa   qadamistlar   deb   atay   boshladi.   XIX   asr   boshlarida   bir   qancha   ma’rifatparvar
mudarrislar   Buxoro   shahridagi   200   ga   yaqin   madrasani   isloh   qilish   g’oyasi   bilan
chiqdilar. Bu harakat boshida madrasa mudar r isi Abu Nasr Al Kursaviy turgan edi.
Qadimistlar   esa   ularni   kofirlik   va   xudosizlikda   aybladilar.   Buxoro   amiri   Haydar
esa   Kursaviyni   zindonga   tashlatib   o’lim   jazosiga   hukm   qiladi.   Ammo   uning
tarafdorlari   uni   zindondan   qochiradilar.   Kursaviy   Qozonda   o’z   faoliyatini   davom
ettirib,   1813   yilda   vafot   etadi.   XIX   asrning   50-60   yillarida   diniy   islohotchilik
harakati   yanada   kengaya   boshlaydi.   Endi   bu   harakat   boshida   Buxorolik   mudarris
va   tarixchi   olim   Marjoniy,   G’ijduvonlik   domla   Fozil,   Mo’minjon   Vobkandiy,
mulla   Xudoyberdi   Boysuniy   va   boshqa   mudarrislar   turar   edilar.   Ular   madrasa   va
maktablarni   isloh   qilishni   emas,   balki   ortiqcha   darslarni   olib   tashlash   tarafdori
ekanliklarni yozadilar. Islohatchilar rahnamosi Marjniy o’zining dasturida quyidagi
olti asosiy masalalarni qo’yadi: 1.Qur’ondagi   har   qanday   diniy   masala   yuzasidan   kishilar   bilgan   holda
o’zlari erkin fikr yuritsinlar.
2. Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iy man qilinsin.
3. Madrasalarda o’qitiladigan hoshiya va Sharq kabi quruq mazmunga ega bo’lgan
va   madrasa   o’quvchilari   uchun   foydasiz   bo’lgan   hamda   ularning   8-10   daqiqa
vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin.
4. Madrasalarda Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi
kabi darslar o’tilsin.
5.   Arifmetika,   tarix,   jo’g’rofiya,   tabobat,   handasa,   mantiq,   falsafa   va   boshqa
dunyoviy fanlarni o’qishga qarshilik ko’rsatmasin.
6.   Har   bir   ishda   musulmonchilikni   Muhammad   alayxissalom   davridagi   qadimiy
islom madaniyatiga qaytarish ko’zda tutilsin.
Yangi usul maktabda quyidagilarga:
Sinfda bolalar soni o’ttiztadan oshmaslikka: 
Bolalar faqat ikki daf’a – yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi;
Har qabul nechta bo’lishidan qa’iy nazar, bir sinfdan oshmasligi;
Har bir muallimda ko’pi bilan 3-4 sinf bo’lishi;
Agar   maktab   uch   sinfdan   iborat   bo’lsa,   darslar   ketma-ket   ma’lum   uyg’unlikda
qo’yilmog’i, amal qilinmog’i kerak edi.
Yangi Sho’ro hukumati avvalgi ta’lim tizimi, o’quv-tarbiyaviy ishlarni isloh
qilish,   xalq   maorifi   tizimining   yangi   shaklini   joriy   etish   yuzasidan   bir   qator
vazifalarni belgilab berdi. 
Bunday   tadbirlani   amalga   oshirish   Turkistonda   Xalq   Komissarlari
Sovetining   1918   yil   14   maydagi   dekreti   asosida   boshlandi.   O’quvchilarga   ilm-
fanning   zarur   asoslari   bilan   bir   qatorda,   mehnat   ko’nikmalarini   ham   bera  oladiga
yagona Sho’ro “Mehnat maktabi” xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi.
Lekin   yangi   maktablarni   vujudga   keltirish   bir   qancha   muammolarga   duch
keldi.   Ayniqsa,   o’qituvchining   yetishmasligi,   darsliklarning   va   maktab
jihozlarining yo’qligi ishni yanada qiyinlashtirdi. 1918   yilning   iyunida   Toshkenda   maorif   xodimlarining   birinchi   syezdi
ochilib,   unda   xalq   maorifi   sohasidagi   ahvol   muhokama   qilindi   hamda   uni   qayta
qurish bo’yicha tadbirlar belgilandi. 
1918 yil dekabrda Turkiston Respublikasi  xalq maorifi komissarligi buyruq
chiqarib,   hamma   maktablarda   ona   tili   v   rus   tili   o’qitish   to’g’risida   qaror   qabul
qilindi.
Ushbu   qarorni   qo’llab-quvvatlanishi   natijasida   mahalliy   millatga   mansub
xotin-qizlarni   madaniyatga,   ilm-fanga,   ijtimoiy   hayotda   faol   qatnashishga   jalb
qilish harakati jadal yo’sinda avj olib ketdi. 
XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asrning   birinchi   yarmida   yashab   ijod
etgan   yirik   allomalardan   biri   Isxoqxon   Ibratdir.   U   ma’rifatparva   shoir,   zabardas
tilshunos,   tarixshunos   olim,   ilk   o’zbek   matbachiligidan   biri   sayyoh,   kalligraf,
naqqoshin publisist va ilg’or pedagogdir.
Is’hoqxon   1279   xijriy   (1862   milodiy)   yilda   Namangan   yaqinidagi
To’raqo’rg’on   qishlog’ida   tug’ildi.   Uning   otasi   Junaydullaxo’ja   Sunattilaxo’ja
o’g’li   ancha   bilimli   sohibkor   bog’bonlardan   edi.  U   adabiyotga,   she’riyatga   ancha
ixlos qo’ygan va “Xodim” taxallusi bilan bir muncha she’rlar bitgan kishi bo’lgan.
Onasi Xuribibi, o’z davrining o’qimishli,  Bedil, Mashrab kabi buyuk shoirlarning
asarlarini   mutola   qilish   bu   xonadon   uchun   sevimli   mashg’ulot   hisoblanardi.
Oiladagi bunday hayotiy vaziyat Is’hoqxonda adabiyotga muhabbatning erta paydo
bo’lishi uchun asosiy omil bo’ldi.
Is’hoqxon Ibrat madrasa  beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmadi u o’qish
moboynida buyuk Sharq mumtozlari asarlarini mustaqil tarzda qunt bilan mutolaa
qildi va bu asarlar umrining oxirigacha unga eng yaqin xamroxi bo’ldi. Is’hoqxon
madrasada   arab va  fors  tillarini   chuqur  o’rganish  bilan  birga  bo’sh  vaqtlarida  rus
tilni   ham   mustaqil   o’rgandi   u   rus   va   o’zbek   tillarida   chiqadigan   “Turkistanskiye
vedemosti” (Turkiston viloyatining gazeti) biln ilk bor Qo’qon madrasasida o’qib
yurgan kezlarida tanishib chiqdi.
Is’hoqxon   Ibrat   1886   yilda   Qo’qon   madrasasini   tugatib   o’z   qishlog’i
To’raqo’rg’onga   qaytib   keldi   va   u   o’z   ijodini   ilg’or   o’qituvchi   sifatida   qishloqda ma’rifat   tarqatish   bilan   boshladi.   O’sha   yili   u   o’z   qishlog’ida   maktab   ochdi.
Is’hoqxon   ochgan   maktab   eski   mahalla   maktablaridan   ancha   farq   qilar   edi.
Is’hoqxon o’z maktabiga nisbatan  ilg’or  bo’lgan tovush (savtiya)  metodini tadbiq
qildi va Usuli savtiyaning eski metod taraftorlaridan himoya qildi. 
Rus   tili   bilan   bir   qatorda   yaqin   Sharq   va   G’arb   tillarini   ancha   mukammal
bilgan Isohqxon Ibrat bu muhim masalada ham o’z xalqiga yordam qo’lini cho’zdi.
U   olti   tildagi   arabcha,   forscha,   hindcha,   turkcha,   sardcha   (o’zbekcha)   va   ruscha
so’zlarni   o’z ichiga olgan “Lug’ati sitta-al-sina” nomli mukammal lug’at kitobini
yaratdi.   Muallif   ruscha   yozuv   sistemasini   bilmaydiganlarga   ham   qulay   bo’lishi
uchun rus so’zlarini arab yozuvi bilan beradi. Ma’lumki, rus va yevropa so’zlarini
arab   yozuvida   ifodalash   ancha   murakkab   ish,   lekin   Is’hoqxon   Ibrat   bu   murakkab
ishni muvaffaqiyatli hal qildi. 
Is’hoqxon   Ibrat   1886   yilda   eski   maktablarga   nisbatan   bir   muncha   ilg’or
bo’lgan maktab ochdi. 1907 yilda ikkinchi Marmuncha qishloq bolalari uchun eski
maktabalardan butunlay farq qiluvchi bepul yangi usuli savutiya maktabini ochdi. 
Saidahmad   Siddiqiy   hunarmand   -   dexqon   oilasida   tug’ilib   o’sdi.
Boshlang’ich   maktabni   tugatganidan   so’ng   madrasaga   o’qishga   kirdi.   Shuning
bilan bir vaqtda rus tilida tashkil etilgan maktabga ham qatnay boshlaydi va rus tili
ham adabiyotni mukammal egallab bordi.
Saidahmad Siddiqiy Samarqand viloyatidagi Xalavon nomli o’z qishlog’ida
dexqon   va   hunarmandlarning   bolalariga   yangi   usul   maktabini   tashkil   etib,   unda
ta’lim-tarbiyani   o’sha   davr   ilg’or   maktablarining   tajribasi   asosida   quradi.   U   eski
maktab ish faoliyatida xato-kamchiliklarni qattiq tanqid ostiga oladi va yangi usul
maktabning ijtimoiy, siyosiy va pedagogik yutuqlarini keng yoritishga dalil e’tibor
beradi.
Siddiqiy viloyatda birinchi bor katta yoshlar uchun yangi usul maktab ochib,
madaniy   hayotda   katta   o’zgarishlar   yasadi.   U   1914   yil   “Zarafshon”   nomi   bilan
kitob   savdo   do’koni   ochib,   unda   ko’rgazmali   qurollar,   metodik,   darslik
adabiyotlar, o’quv qurollari hamda jurnallar bilan savdo qilishga sharoit yaratdi. Siddiqiy   ta’lim   usuliga   katta   mehr   bilan   munosabatda   bo’lib,   o’qitishning
yangi usulini ilmiy, ongli, tushunib o’qitish prinsiplarini eskicha hijjalab o’qitishga
qarama-qarshi qo’ydi. Mohir o’qituvchi darslarni qat’iy tartib dars jadvali asosida
tashkil   etib,   o’zbek,   rus   tillarida   chuqur   ta’lim   bera   olgan.   U   tabiatshunoslik,
geografiya   darslarida   mashg’ulotlarni   Bulung’ur   daryosi   yonida   ochiq   havoda
amaliy mashqlar bilan o’tishga erishgan.
Saidahmad   Siddiqiy   1918-21-yillar   davomida   huquq   ishlari   komissari
vazifasida   ishladi.   1921   yildan   umrining   oxirigacha   pedagogik   ishda   ishlagan,
“Xizmat ko’rsatgan o’qituvchi” yuksak univoniga sazovor bo’lgan.  
Abdurauf Fitrat
XX asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi uchun kurashgan jadid
harakatining   namoyondalaridan   biri   Abdurauf   Fitrat   bo’lib,   u   yirik   davlat   arbobi,
yetuk olim, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvar ham edi. Abdurauf Fitrat 1886
yili   amirlikning   poytaxti   Buxoro   shahrida   tug’ildi.   «Fitrat»   Abduraufning
taxallusidir,   bu   so’z   «tug’ma   tabiat»,   «tug’ma   iste’tod»   degan   ma’nolarni
anglatadi.
Abdurauf   dastlab   eski   maktabda,   so’ngra   Buxorodagi   Mirarab   madrasasida   tahsil
ko’radi.  Abdurauf  Fitratning  ijodiy  faoliyati  Turkiyada  boshlandi.   U  islohotchilik
yo’liga kiradi. Uning jamiyatni isloh qilish haqidagi g’oyalari 1909 yili fors tilida
Turkiyada yozilgan dastlabki asarlari «Hindistonda bir farangi ila bir mudarrisning
bir necha masala ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi »(1909 y) va «Hind
sayyohi bayonoti»da (1911 y) ifodalanadi.
1913 yili  4 yillik o’qishdan so’ng Fitrat ilg’or  qarashlari bilan Buxoroga qaytadi.
Yangi   usul   maktablari   ishlarida   faol   ishtirok   etadi.   Fitrat   turli   bilim   muassasalari
uchun   qator   darslik   va   qo’llanmalar   yaratadi.   1917   yili   uning   «Ibtidoiy
maktablarning   so’nggi   sinflar   uchun   mo’ljallab   tuzilgan   o’zbek   tilidagi   o’quv
darsligi» Bokuda nashr etiladi. 
Uning  turli   mavzudagi   publisistik   maqolalari   o’sha   davr   matbuotida   tez-tez  e’lon
qilib   turiladi.   Ayniqsa,   «Ittifoq   etaylik»,   «Yurt   qayg’usi»,   «Maorif   ishlari»,
«Maktab   ishlari»,   «Maktab   kerak»,   «Tilimiz»   kabi   maqolalar   bevosita   maorif masalasiga   bag’ishlangan   edi.   Adib   1918   yilning   aprelida   Toshkentga   kelib
o’qituvchilik   qilagan.   Shu   bilan   birga   u   Toshkentda     «Chig’atoy   gurungi»
tashkiloti   faoliyatini   yo’lga   qo’ydi.   U   jamiyat   safida   madaniyatimiz   tarixida
alohida   kasb   etgan   o’tmish   ilmiy,   adabiy   va   madaniy   merosimizni   o’rganish   va
ulardan   xalqni   bahramand   etish,   avlodlarni   aedodlarning   o’lmas   ruiyati   bilan
bog’lshada katta xizmat qilgan.
Fitrat   1921   yili   Buxoroda   hukumat   bilan   ochilgan   Sharq   musiqa   maktabining
tashabbuskori bo’ladi va maktabga o’z hovlisini hadya etadi. 
1922-1923   yillarda   Fitrat   Buxoro   Xalq   Respublikasining   maorif   noziri   sifatida
barcha   o’zbek,   tojik   va   bosha   millatlarning   bolalari   uchun   maktablar   ochish,
o’qituvchilarga   metodik   qo’llanmalar   tayyorlash   sohasida   katta   ishlar   olib   bordi.
Xotin-qizlar   maktablarini   ko’paytirishga,   xotin-qizlarni   ma’rifatga   tortishga
alohida e’tibor beradi. 
Fitrat 1920-1924 yillarda Moskva va Leningradda yashab ijod qiladi. U bu yillari
Lazerev   nomidagi     Jonli   sharq   tillari   institutida   ilmiy   xodim   bo’lib   ishlaydi,   shu
yerda   va   Leningrad   universitetida   ma’ruza   o’qiydi.   Leningrad   universiteti   uni
klassik   adabiyot   namoyondalari   to’g’risidagi   tadqiqotlari   uchun   professorlik
unvoniga   tavsiya   qiladi.   Jonli   sharq   tillari   institutining   ilmiy   kengashi   unga
professorlik   unvoni   berish   tavsiyani   tasdiqlaydi.   Fitrat   O’rta   Osiyoning   birinchi
professori bo’lib tarixga kiradi. 
30-yillarga   kelib   Fitrat   ijodidan   «Panturkizm»,   «Millatchilik»   g’oyalari   axtarilib,
uni   qoralash   boshlanadi.   U   1937   yilning   23   aprelidan   24   apreliga   o’tar   kechasi
hibsga   olinadi.   «Xalq   dushmani»,   «Millatchi»   kabi   ayblar   qo’yilib,   sud   Fitratni
1938   yil   5   oktyabrda   otishga   hukm   qiladi.   Bu   hukm   bir   kun   oldin   ijro   etiladi.
Abdurauf   Fitrat   O’zbekistonda   maktab   va   ta’lim-tarbiya   rivojiga   katta   hissa
qo’shgan yetuk ma’rifatparvar va mohir islohotchi pedagog sifatida xalq xotirasida
qoldi. 
Abdurauf Fitrat zullisoniy yozuvchi  sifatida Abdurahmon Jomiy va Alisher
Navoiy   an’analarini   davom   ettirib,   o’zbek   va   tojik   tillarida   birday   mukammal
asarlar yarata oldi. U tojik tilida yozgan “Sayyohi hindi bayonati”, “Rahbari najot”, “Sayha”,   “Vose   qo’zg’oloni”,   “Amir   Olimxonning   hukumronlik   davri”   kabi
asarlarida   va   o’zbek   tilida   yaratgan   “Oila”,   “Qiyomat”,   “Begijon”,   “Munozara”,
“Oq   mozor”,   “Abdulfayzxon”   va   boshqa   maqol   hamda   asarlarida   xal   orasida
madaniyat   tarqatish   va   ma’rifatparvarlik   g’oyalarini   ilgari   surdi.   Shuning   uchun
ma’rifatparvar   Fitratning   barcha   asarlarida   ta’lim-tarbiya   masalalariga   alohida
e’tibor beriladi. 
Fitrat   ota-onaning   vazifasi   o’z   farzandlarini   yetuk   kishilar   qilib
tarbiyalashlari   zarurligi,   bunda   ayniqsa,   uch   tarbiya:   1.   Jismoniy   tarbiya   –
salomatlik, 2. Aqliy tarbiya – sog’lom fikrlilik, 3. Ahloqiy tarbiya – ahloqiy sano,
ya’ni ahloqiy poklikka e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.
U   bola   tarbiyasi   faqat   oiladagina   olib   borilmasdan,   bu   ish   bilan   keng
jamoatchilik,   davlat   ham   shug’ullanishi   kerakligini,   chunki   davlatning   kelajagi
mana   shu   yoshlar   qo’lida   bo’lishini   ta’kidlab   o’tadi.   “Bolalarni   barkamol   qilib
yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilagina javobgar bo’lmasligi, butun qavm
a’zolari   javobgardirlar,   chunki   yoshlar   har   tomonlama   yetuk   inson   bo’lib
tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ladi”.
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   hozirgi   O’zbekiston   hududida   podsho   hokimiyatining
ag’darilishi natijasida madaniy hayot va ma’naviyat sohalarda murakkab, ziddiyatli
jarayonlar   kechdi.   Oldingi   qariyb   ellik   yillik   mustamlakachilik   siyosatiga
qaramasdan   xalq   ommasi   uz   madaniyati,   urf-odatlarini   saqlab,   himoya   qilib
kelgan.   Ko’p   asrlik   o’zbek   milliy   madaniyati,   qadriyatlari   qatori   yangi   shakllar
qaror  topdi. Xalq farzandlari maktab va madrasalarda  ta’lim olardilar, qushimcha
yangi   usul   maktablari,   rus-tubjoy   maktablari,   gimnaziyalar   faoliyat   ko’rsatardi.
Gazeta va jurnallar, kutubxonalar, turli milliy jamiyatlar, ziyolilar ma’rifatchilikni
rivojlantirdilar.   Ko’tarilgan   jadidchilik   harakati   ma’rifatchilik   va   islohotchilik
harakatlarini   kengaytirib   yubordi.   Jadidchilik   1917   yilga   kelib   ijtimoiy   va
demokratik   harakat   darajasiga   ko’tarildi.   Xalq   ma’naviyati   asos-mohiyatini   islom
dinining poklantiruvchi-tarbiyaviy aqidalari, milliy urf-odatlarimizning sermazmun
va insonparvarlik sifatlari tashkil qildi. Xalq ommasining madaniy an’analari, ma’rifatchiligi, ma’naviyati, e’tiqodi, milliy
urf-odatlari,   san’ati,   og’zaki   ijodiyoti   nihoyat   darajada   sermazmun,   ko’p   qirrali,
yuksak   insonparvarlik   g’oyalari   bilan   yo’g’irilgan   ko’p   asrlik   tariximiz   mahsuli
bo’lib   keldi.   Og’ir   jarohatlar   yetkazilgan   bo’lishiga   qaramasdan   milliy   iymon-
etiqod va ma’naviyat saqlanib keldi, aholi turmush tarzining asosini tashkil qildi.
Madaniyat   va   ma’naviyatdagi   elimiz   oldida  turgan  yagona   yo’l   boy   merosimizga
tayanib,   uni   inkor   qilmasdan   yangi   sharoit   vazifalarini   belgilash,   jamiyatning
barcha   qatlamlari   ishtirokida,   har   birining   istak-intilishlaridan   kelib   chiqib
yuksalish,   istig’lol   sari   harakat   qilish   bo’lib   qoldi.   Asriy   xalq   merosi   bilan   bir
qatorda   ilg’or   milliy   ziyolilar,   jumladan,   jadidlar   yuzaga   keltirgan   ma’rifatchilik
ko’rinishlari   bo’lmish   maorif,   matbuot,   badiiy   ijod   va   boshqalarning   ahamiyati,
qadr-qimmatiga   tayanish,   tegishli   o’rin   berish   zarurati   ham   ko’zga   tashlandi.   Bu
ilg’or qarashlar, milliy mustaqqillik va istiqlolga yug’rilgan yuksak tuyg’ular ulug’
davlatchilik,   kolonial   siyosat,     konservativ   zo’ravonliklarga   qarshi   kurashda
chiniqib, kamolatga va yuksaklikka tomon intildi.
Elimizdagi   milliy   madaniyatimizni   zamonaninng   ilg’or   sivilizasiyasi,   madaniyati
maorifi   bilan   uyg’unlashtirib   davom   ettirishga   qodir,   layokatli   ijodiy   kuchlar
yetishib   chiqqan   va   yetishib   chiqmoqda   edi.   Xalq   ommasining   ma’rifatini
rivojlantirishga   intilib   kelgani   milliy   ziyolilarimizga   kuch-quvvat,   ilhom
bag’ishladi.
Ammo   O’zbekiston   hududida   ma’naviyat   va   madaniyat   1917   yildan   boshlab
murakkab   vaziyatni   boshdan   kechirdi,   jiddiy   tusiqlar   va   buzg’unchiliklarga
uchradi.   Turkistonni   Qizil   imperiya   koloniyasiga   aylanitirishga   kirishgan
bolsheviklar siyosati va amaliyotini halq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, ijtimoiy-madaniy mazmun
kasb   etdi.   Jadid   ziyolilar,   ijod   axli   bo’lmish   Munavaar   Qori,   Maxmudxo’ja
Bexbudiy,   Sadriddin   Ayniy,   Fitrat,   Chulpon,   A.Avloniy,   Hamza,   va   boshqalar
bilan   bir   qatorda   XX   asr   bo’sag’asida   tug’ilgan   iste’dodli   yoshlar   Mashriq
Yunusov (Elbek), Naim Sayd, Rafiq Mumin va boshqa qator ziyolilar madaniyat, maorif   sohalarida   jonbozlik   qildilar,   ijtimoiy   yo’naltirilgan   ijod   bilan
shug’ullandilar.
Ana shu davrda milliy xalq ta’limini tashkil etish muammosi alohida keskin bo’lib
turgan   edi.   Turkiston   o’lkasining   markazi   —   Toshkentda   1917   yil   9-14   may
kunlari o’qituvchilarning 1-o’lka qurultoyi bo’lib o’tdi, u ta’lim tizimining axvoli
bilan   bog’liq   ko’pgina   masalalarni   muxokama   qildi   va   "Turkiston   o’qituvchilar
ittifoqini»   tashkil   etdi.   Qurultoyda   ma’ruzalar   qilgan   Muvaqqat   xo’kumat
Turkiston   qo’mitasinint   a’zosi   S.Mahsudov,   yirik  sharqshunos   L.Zimin,  Farg’ona
viloyatinint   maorif   buyicha   inspektori   F.Yegorov   maxalliy   aholiga   ta’lim   berish
ishida   rus-   tubjoy   maktablarining   yaroqsiz   ekanligini   isbotlab   berdilar.   Qurultoy
ana shu tipdagi maktabni ona tilida o’qitiladigan milliy maktab bilan almashtirish
fikrini ma’qullab chiqdi.
Oradan   ko’p   o’tmay,   1917   yili   20   maydan   23   maygacha   Toshkentda   musulmon
o’qituvchilarning   qurultoyi   bo’lib   o’tdi.   Unda   asosan   musulmon   maktablaridagi
o’qituvchilarning ishi masalasi muxokama qilindi. Qurultoy qarorlarida asosan rus
—   tubjoy   maktablarini   milliy   maktablar   bilan   almashtirish   zarurligi   ko’rsatib
o’tildi,   bu   maktablar   uch   bosqichga   -   Quyi,   o’rta   va   yuqori   bosqichga   bo’linishi
lozim edi. Boshlang’ich ta’lim umumiy, majburiy, bepul, olti yillik bo’lishi kerak
edi. Asosiy o’qitiladigan fanlar orasida islom ta’limoti asoslari, ona tili, rus tili (4-
sinfdan boshlab), arifmetika, tabiatshunoslik, tarix (milliy va rus tarixi), geografiya
( umumiy va rus geografiyasi ) ham bor edi.
Qurultoyda   tashkil   etilgan   «Musulmon   o’qituvchilar   kengashi»   (rais   —   Murod
xo’ja   Solixo’jayev,   kotibi   ~   S.Abdusamatov   )   rus   —   tubjoy   maktablarini   milliy
maktablarga   aylantirish   dasturini   ishlab   chiqdi.   Yangi   o’quv   yili   arafasida   uning
loyixasi  Toshkent  shaxar  dumasi  tasdiqga taqdim etildi. 1917 yil  10 sentyabrdagi
Duma   majlisida   so’zga   chiqqan   Munavvar   Qori   maktabni   isloh   qilish   xaqidagi
«Musulmon   o’qituvchilar   kengashi»   ning   ma’ruzasini   takdim   qildi   va   unda
musulmon maorif xodimlari — o’qituvchilarga nixoyatda extiyej sezilmokda, deb
ko’rsatib o’tdi. Oktyabr   to’ntarishidan   so’ng   yangi   sovet   maktabini   tashkil   etish   vazifasi   ilgari
surildi.   Bu   jarayonga   komissarliklar   tizimida   tashkil   topgan   Maorif   xalq
komissarligi (birinchi xalq komissari K.Ya.Uspenskiy) rahbarlik qilishi lozim edi.
Biroq   ma’lum   vaqtgacha   maktab   tarmoqlarini   boshqarishning   eski   tizimi   ham
saqlab qolindi.
1918   yilning   martigacha   Turkistonda   Vasiylik   qumitasi   mavjud   bo’lib   turdi.
qumita   o’quv   yurtlari   tarmoklariga   rahbarlikni   amalga   oshirib,   Turkiston
pedagoglarining   manfaatlarini   ifodaladi     maktabni   siyosat   ta’siridan   saqlashga
harakat qildi.
Yangi   xokimiyat   o’z   navbatida   Vasiylik   qo’mitasi   va   o’lkaning   barcha
o’qituvchilarni   Xalq   Komissarlari   Kengashi   bilan   hamkorlikda   ishlashlarini   talab
qildi,   hamkorlik   qilishga   javob   tariqasida   maktab   xodimlari   maoshini
ko’paytirishga   va   o’quv   yurtlariga   mablaglar   ajratishga   vada   qildi.   Biroq
o’qituvchilar   ittifoki   Xalq   komissarlari   Kengashi   bilan   hamkorlik   qilishni
istamaganligi   sababli   ular   ish   xaqini   oshirish   va   maktablarning   moddiy   axvolini
yaxshilash   uchuy   mablag’lar   ajratmadilar.   Buning   ustiga   mart   oyida   ma’murlar
o’rta   o’quv   yurtlarini   yopib   quyish   xaqida   farmoyish   berdilar,   bundan   maqsad
navbatdagi o’quv yilining boshlanishiga qadar ularni «yangicha asoslarda» tashkil
etishdan iborat edi.
1918 yilning o’rtalaridan boshlab yangi tipdagi maktablarning tez, asosan miqdor
jihatidan   o’sishi   ko’zga   tashlandi.   Turkiston   jamiyati   aholisining   badavlat
qatlamlaridagi   juda   ko’p   mikdordagi   mablag’ning   tortib   olinganligi   o’lka
iktisodiyotini   kambag’allashtirib   quydi,   ayni   bir   vaqtda   sovet   xokimiyatini   zarur
mablag’lar   bilan   ta’minlandi,buning   natijasida   maktab   qurilishiga   rahbarlik
qiluvchi Maorif xalq   komissarligi 1918 yilda  ma’lum darajada kreditga ega bo’ldi.
Bolsheviklar   ijtimoiy,   sinfiy   mazmuniga   ko’ra   yagona   maktabni   tashkil   etar
ekanlar,   milliy   shaklning   zarurligini   e’tirof   etdilar,   shu   boisdan   Turk   respublika
milliy asosda - ukrain, arman, yaxudiy maktablari va tabiiyki, «Turkistonda milliy
turk ommasi ustuvor bo’lganligi» uchun hammadan ko’prok. va birinchi navbatda
o’zbek maktablari tashkil qilindi. 1 Dastlabki   o’zbek   sovet   maktablari   mablag’laridan   qisib   kuyilgan   bo’lib,   ularga
o’quv   vositalari   va   qullanmalar   yetishmasdi.   Moddiy   ahvolning   og’irligiga   ko’p
jihatdan   ma’murlarning   yerli   aholining   bilimli   bo’lishiga   nisbatan
mustamlakachilik   munosabatda   bo’lishi   ta’sir   qildi,   bu   esa   1918-1920   yillar
davrida   rus   tilidagi   o’quv   yurtlari   va   tub   yerli   aholi   bolalari   uchun   muljallangan
maktablarni   mablag’   bilan   teng   asosda   ta’minlamaslikka   olib   keldi.   Bundan
tashqari, ko’pincha xalq ta’limi uchun ajratilgan mablag’ni deputatlar kengashlari
boshqa maqsadlar uchun ishlatishardi.
Maorif   xalq   komissarlarm   uchun   kadrlar   masalasi   maktab   qurilishdagi   bosh
muammo   edi.   Yangi   tuzum   pedagoglarni   tayyorlash   ayniksa,   birinchi   navbatda
maxahliy   maktablar   o’qituvchilarni   tayyorlash   uchun   har   tomonlama   chora-
tadbirlar belgilandi. Binobarin, o’qituvchilar tayyorlash butunlay yangicha negizga
– qisqa muddatli kurslar orqali yo’lga qo’yildi. 1918 yilning yozida Samarkandda
«musulmon o’qituvchilari uchun pedagogik kurslar» ochildi. O’sha yilning kuzida
Toshkentda — Toshkent uyezdining tub yerli aholisi uchun maktab o’qituvchilari
kurslari ochildi.
Yukori   bosqich-   dorilmuallimin   (o’qituvchilar   kursi,   keyinroq   oliy   o’quv   yurti):
o’rta   bosqich   —   boshlang’ich   maktablarni   o’z   ichiga   olar   edi.   Xalq   dorilfununi
tarkibining bu shaklda bo’lishi sharoitning o’zidan kelib chiqqan holda zamonaviy
bilim va savodxonlikka extiyojdan tug’ilgandi.
O’sha yilning 3 mayida dorilfunununning Musulmon bo’limi rahbariyatiga saylov
bo’lib, unda Munavvar Qori rais (rektor), Iso Tuxtaboyev birinchi muovin, Burxon
Habib   ikkinchi   muovin,   Abdusamid   Qori   Ziyobov   xazinador,   Muxtor   Bakir
sarkotib   bo’lib   saylandi.   13   may   (yakshanba)   kuni   Toshkentning   eski   shaxar
qismida   Bikula   Morozovning   sobik   do’qoni   binosi   (xozirgi   o’zbek   yosh
tomoshabinlar   teatri)da   musulmon   aholi   uchun   «xalq   dorilfununi»   ochiladi.   Bu
bo’lim   tez   orada   o’ziga   xos   yirik     bilim   maskaniga   aylandi.   Dastlab   9   ta
boshlang’ich   maktab   ochish   mo’ljallangan   bo’lsa-da,   aholi   extiyojiga   ko’ra,
ularning   soni   24   taga   yetdi.   Dorilfununning   musulmon   bo’limi   15   demokratik tashkilot   vaqillari   uyushgan   45   kishilik   kengash   tomonidan   boshqariladi.   Undagi
muallimlar soni 18 nafarga yetadi.
1918   yil   2   iyun   kuni   sobiq   seminariya   binosida   dorilfununining   o’zbeklar   uchun
maxsus   o’qituvchilar   tayyorlovchi   bo’limi   —   «Dorilmuallimin»   ochildi.   Unda
Fitrat   sna   tilidan:   Kamol   Shams   arifmetika   va   geometriyadan,   Haydar   Shavqiy
gigiyena,   gimnastika   va   nemis   tilidan,   Raximboyev   arifmetikadan,   Abdurahmon
Ismoilzoda san’atdan, Rizayev  madaniyat  tarixi  va siyosiy  iqgisoddan,  Munavvar
Qori ona tilidan dars berishadi. Bu bo’limning ochilish marosimida Munavvar Qori
nutq so’zlab, inson ma’rifatli bo’lib, ko’zi ochilmaguncha vijdoni uyg’onmasligini,
vijdon   uyg’onmasa   na   o’zini,   na   xalqni   erkin   muxofaza   qila   olmasligini,   bu
iymonsizlik ekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda etadi.
Munavvar   Qori   1922   yildan   Turkiston   maorif   noziri,   keyin     Toshkentning   eski
shaxar maorif bo’limi muboshiri (inspektori) bo’lib ishladi, o’sha yili 23-25 martda
bo’lib o’tgan 2-Umumturkiston maori xodimlari kurultoyida ishtirok etib, maktab
bo’limiga   a’zolika   saylandi.   Keyinchalik   Alisher   Navoiy   nomli   ta’lim-tarbiya
yurtida va turli maktablarda o’zbek tili va adabiyotidan dars do’stlari va shogirdlari
Kayyum   Ramazon   va   Shorasul   Zunnun   hamkorlikda   uch   bo’limdan   iborat
«O’zbekcha til saboklari» kitobini (1925 yil) nashr ettirdi,
1917-1920 yillardagi qiska davrga shu jumladan, xalq ta’lim sohasida ruy bergan
o’zgarishlarga   1920   yilda   yakun   yasaldi.   Sovet   maktablarining   tez   o’sishi
Turkiston   maktab   tizimini   boshi   berk   ko’chaga   olib   kirdi.   Jiddiy   moddiy
ta’minotning   yo’qligi   va   kadrlar   bilan   ta’min   etilmaganlik   ko’pgina   «qog’ozdagi
maktablar»ning   mavjudligini   shart   qilib   qo’ydi.   Natijada   maktab   yoshidagi
bolalarning 70 %dan ko’pi maktabga jalb qilinmadi. 
Turk   MIQ   yangi   ijtimoiy   tuzumining   kelajagi   yosh   avlodning   umumta’lim
saviyasiga   bog’lik   ekanligini   tushunib,   1920   yilning   noyabrida   maktab   tizimi
axvolini   yaxshilash   maqsadida   qaror   qabo’l   qildi.   Unda   Maorif   xalq   komissarligi
zimmasiga «savod o’rganish ishini birinchi   Oliy ta’limning shakllanishi va kadrdar
tayyorlash   muammolari   (1917-1924   yillar)   o’ringa   qo’yish»   va   maktab
o’quvchilarining ta’minoti  hamda  ovqatlanishini   yaxshilash   uchun chora-tadbirlar belgilash   vazifasi   yuklandi.   XXMK   (Xalq   Xo’jaligi   Markaziy   Kengashi)   «imkon
boricha»   maktab   o’quvchilari   uchun   o’quv   qullanmalari   va   birinchi   galda   zarur
bo’ladigan   ashyolar   ishlab   chiqarishni   ko’paytirishi   lozim   edi.   Xalq   Komissarlari
Kengashiga   o’quv   yurtlarini   binolar   bilan   ta’minlnsh   va   «imkon   boricha   Maorif
xalq komissarligi xay’ati ko’rsatmalari buyicha sarflanadigan pul belgilari fondini
ko’paytirish» buyurildi 1
. 
Oliy ta’lim masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, Turkistonniig milliy ziyolilar
va   shu   jumladan,   ilgor   rus   olimlari   (akad.   S.F.Oldenburg)   XX   asrning
boshlaridayoq   Toshkentda   universitet   tipidagi   oliy   o’quv   yurtini   ochish   zarurligi
masalasini   O’zR   ko’tarib   chiqqan   edilar.   Biroq   axvol   quruq   gaplardan   nariga
siljimagan   edi.   1918   yilning   fevraliga   kelib   Toshkentda   «Oliy   ta’lim   dustlari
jamiyati»   faoliyat   ko’rsata   boshladi,   uning   tarkibida   pedagoglar,   shifokorlar,
muxandislar, agronomlar va maxalliy ziyolilarning boshqa vaqillari ham bor edi.
Jamiyat   oliy   tipdagi   o’quv   yurti   tashkil   etilishiga   qadar   dastlab   bepul   ta’lim
beradigan   keng   ixtisosdagi   o’quv   yurti   tashkil   etishga   xarakat   qildi,   bu   o’quv
yurtda   ta’lim   oluvchilarning   qaysi   millatga   mansubligidan   qati   nazar   aholining
barcha qatlamlariga qulay bo’lishi  lozim edi. Bu xildagi o’quv shakli keyinchalik
ta’limni   oliy   yurtlarida   davom   ettiradigan   kadrlar   tayyorlashi,   shuningdek,
ulardagi,   tinglovchilarga   xalq   hujaligining   turli   sohalari   bo’yicha   hunarlarga,
(agronom, texnik, montyor, transport xaydovchilari, etikduzlik va tikuvchilik kabi)
ega bo’lishlaridya yordam berishi kerak edi.
1918   yil   21   aprelda   tantanali   ravishda   ochilgan   Turkiston   xalq   universitet   shu
tariqa   vujudga   keldi.   Universitet   o’ziga   Toshkentning   eng   yaxshi   o’qituvchilarini
jalb qilgan edi. Uning ixtiyoriga Toshkentdagi bir qancha boshlang’ich maktablar
(13   ta   musulmon   va   11   ta   rus   maktabi),   8   bolalar   maydonchasi,   Turkiston   xalq
kutubxonasi,   Xalq   muzeyi   va   konservatoriyasi   berib   quyilgandi.   Maxalliy   millat
yoshlaridan   kadrlar   tayyorlash   uchun   universitet   qoshida   musulmonlar   shu’basi
tashkil etilib, u Toshkentning eski shaxar  qismida faoliyat ko’rsatdi. Shu’ba «Xalq
dorilfununi» degan ilmiy adabiy gazetani chiqarib turdi. Universitet tarkibida ijtimoiy-iktisodiy, tabiiy-matematika, tarix-filologiya, qishloq
hujaligi va texnika fakultetlari bor edi. 1919 yil fearaldan universitet qoshida ishchi
fakulteta  ham   faoliyat   ko’rsata  boshladi.  1920  yilning oxiriga  kelib,  universitetda
ta’lim! oluvchilaryaing 60 % ini maxalliy millat vaqillari tashkil qilgan edi. O’zbek
tilidagi   mashg’ulotlarni   Axmad   Fayziy,   Burxon   Xabib,   Ibroxim   Toxiriy,
Usmonhujayev, Xodi Fayziy va boshqalar olib borishdi.
1918-1920   yillarda   O’zbekiston   madaniy   xayotida   tanilgan   xalq   universitetining
tashkilotchilari   va   arboblari   bo’lgan   G.Abduraigidov,   A.A.Divayev,   A.Qodiriy,
Murod  Xoji,  G.NLerdansev,  R.Yusupbekov  va  boshqa  ko’pgina  ziyolilar  faoliyat
ko’rsatgan edilar.
Oradan   ko’p   o’tmay   Toshkentda   maxsus   sharqshunoslik   ixtisosligidagi   oliy
ta’limning tung’ichi Turkiston sharq   instituti vujudga keldi. U o’z faoliyatini 1918
yil   noyabrda   boshladi.   Institut   haqidagi   nizomda   uning   asosiy   vazifalari   qilib
Turkiston   mahalliy   aholini   va   qo’shni   mamlakatlar   aholisi   tilini   yaxshi   biladigan
sharqshunos   olimlar   va   amaliyogchi   xodimlar   tayyorlash,   Turkiston   tarixi   va
madaniyatini hamda uning aholisi tilini o’rganish deb belgilab berilgan edi.
1920   yilda   bolsheviklar   rejimi   Turkiston   Xalq   universitetiga   muqobil   sifatida
Turkiston   Davlat   universtiteti   (keyin   o’rta   Osiyo,   xozirgi   M.Ulugbek   nomidagi
O’zbekiston milliy Universiteti) ni tashkil qildi.
Turkiston davlat universiteti tashkil qilingan birinchi kundanoq uning professor va
o’qituvchilar   tarkibi   asosan   rus   olimlaridan   iborat   bo’lganligi   sababli,   rus   tilini
bilmaydigan maxalliy aholi yoshlari uchun universitetda o’qish dastlabki kundanoq
muammo   bo’lib   qoldi.   Natijada   dastlabki   yillarda   universtitetda   asosan
yevropaliklar   ta’lim   oldilar.   Universitet   faoliyatining   birinchi   yili   oxiriga   kelib
unda   6   ta   fakultet:   ijtimoiy-iktisodiy,   tarix-filolgiya,   fizika-matematika,   texnika,
tibbiyot, qishlok xo’jalik fakultetlari ish olib bordi.
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, vaqt o’tishi bilan universitet faqat eng yirik o’quv
yurtigina   emas,   balki   ilmiy-nazariy   va   amaliy   tafakkurning,   tabiiy   va   amaliy
fanlarning   juda   xilma-xil   sohalari   buyicha   olib   boriladigan   tadqiqotlarning   eng
muxim markazi ham bo’lib qoldi. 1918-20   yillarda   sovet   maktabi   qurilishiga   milliy   o’qituvchilar)   ham   jalb   qilindi.
Masalan,   o’sha   davrning   tajribali   o’qituvchilardan   Oqilxon   Sharafiddinov,   Jura
Odilov,   T.Shermuxzmmedov,   T.Sodiqov,   K.Dodamuhammedov   va   boshqalar
o’zbek sovet maktablarini tashkil etish sohasida ish olib bordilar. 
Shuningdek,   o’qituvchi   kadrlar   tayyorlashni   tezlashtirish   maqsadida   7   ta   bilim
yurti, shu jumladan, bitta xotin-qizlar bilim yurti, 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta
pedagogika  bilim   yurti  va  bir   necha  qiska  muddatli   kurslar   ochildi.  Birgina   1921
yilning   o’zida   Turkiston   Respublikasi   bo’yicha   850   ta   o’qituvchi   xodimlar
tayyorlash   qisqa   muddatli   kurslari   ochildi.   Shu   bilan   birga   o’lkada   7   ta   maorif
institutlari   ish   olib   bordi   va   ularda   1145   talaba   ta’lim   oldi. 1
  Lekin   ularning
ko’pchiligi rusiyzabon aholi farzandlari edi.
Maxalliy   xotin-qizlarni   maorif   maskanlariga   jalb   qilish   oson   bo’lmadi.   Mavjud
maktablarda   va   xunar-texnika   o’quv   yurtlarida   maxalliy   millatlarning   qizlari
o’quvchilarning   7-8   %   ini   tashkil   qilar   edi.   (qizlarni   maktablarga   tortishda
shoshma-shosharlik,   urf-odatlar   va   an’analarni   hisobga   olmaslik   bir   qator
murakkabliklar   tug’dirdi.   Xotin-qizlar   uchun   alohida   maktablar,   xotin   -   qizlarni
o’qituvchi   pedagoglar   bo’lishi   kerak   edi.   Bu   muammoni   xal   qilish   uchun   sovet
xukumati   respublikaning   bir   qator   shaxarlarida   xotin-qizlar   uchun   maxsus
pedagogika texnikumlari ochdi.
Umumiy   ta’lim   maktabi   bilan   bir   qatorda   xunar-texnika   ta’limi   maktablari   ham
ochila   boshladi.   O’lka   shaxarlarida   oltita   qishloq     xo’jalik   texnikumi,   bitga
medisina   texnikumi,   16   ta   xunar-texnika   maktabi   va   bir   necha   kurslar   tashkil
qilindi. 1924 yilning oxirida xunar-texnika ta’limi maktablarida 6800 dan ko’proq
yoshlar ta’lim oldilar.
Turkistondagi   oliy   o’quv   yurtlar   xalq   xo’jaligining   turli   sohalari   uchun
mutaxassislar   tayyorlash   bilan   bir   qatorda   xalq   maorifi   maktablari   uchun   ham
malakali   pedagoglar   tayyorlashga   jalb   qilingan   edi.   Shu   maqsadda   o’rta   Osiyo
Davlat   universtiteti   qoshida   maxsus   pedagogika   fakul’teti   ochildi.   Lekin   bu
fakultet   bir   yil   ishlar-ishlamas   yopib   qo’yildi   va   Nizomiy   nomli   Toshkent   davlat
pedagogika   institut   tashkil   etilgunga   qadar,   respublikada   o’qituvchi   kadrlarni tayyorlash   mushkul   muammolardan   biri   bo’lib   qolaverdi.   Yana   eng   muhim
muammolardan   biri   shu   ediki,   oliy   va   maxsus   o’quv   yurtlariga   qabo’l   qilingan
yoshlarning aksariyati rusiyzabon talabalar edi.
Masalan, 1923-24 o’quv yilida O’rta Osiyo   Davlat universitetiga o’qishga kirgan
2047 talabadan faqat 51 nafarigina mahalliy millat yoshlaridan edi xolos.
1924/25   o’quv   yilida   bu   universitetda   2440   talaba   va   ishchilar   fakultetida   889
yoshlar ta’lim oldi.
1924 yilda Qo’qon bilim Yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik
"O’zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Qori Niyoziy dars berdi,
bitirganlardan   akademiklar,   yirik   fan   madaniyat   arboblari   yetishib   chiqdi.   Chet
mamlakatlar   bilan   madaniy   alokalar,   yoshlarning   o’qib   kelishlari   XX   asr
boshlarida   kengayib   bordi   va   keyinchalik   ham   davom   etdi.   Buxoro   Respublikaa
xukumati   tashabbus   ko’rsatib,   bu   ishga   tashkiliy   tus   berdi.   1922   yilda   Turkiston,
Buxoro,   Xorazmdan   70   ga   yaqin   yoshlar   Germaniyaga   o’qishgaa   jo’natildi.
Buxoro   respublikasi   xukumati   Berlinda   yotokxona   uchun   bino   sotib   oldi,
o’qituvchilarni moddiy ta’minlab turdi, ularning ahvoli o’qishlaridan ogoh bo’ldi.
Yoshlarimiz   Germaniyaning   turli   o’quv   yurtlarida   muvaffaqiyat   bilan   o’qidilar,
mutaxassislar  bo’lib yetishdilar. Afsuski, o’z ona yurtiga qaytgan yigit qizlarimiz
mustabidlik qatag’oniga uchradi.
2.   Ma’lumki, 1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi  natijasida
mintaqa   xaritasi   qaytadan   tuzildi.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,   20-30   yillardagi   juda
murakkab,   siyosiy   ijtimoiy   va   ijtimoiy   iktisodii   jarayonlar   respublikaning   milliy
madaniyatiga xar xil tarzda ta’sir o’tkazdi, barcha sohadagi o’zgarishlarni qarama-
qarshi   tusga   kiritdi   va   respublika   taraqqiyotining   asosiy   tendensiyalari   hamda
yunalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
1924-25   o’quv   yilida   Respublika   byudjetiniig   24   %   xalq   maorifi   uchun   ajratildi.
Bu   maktab   qurilishini   tezlashtirishga   imkon   berdi.   I-II   boskichdagi   umumta’lim
maktablarining soni 1928 — 29 o’quv yiliga kelib deyarli 2,5 mingtaga yetdi.
Shu   bilan   bir   vaqtda   katta   yoshli   aholi   o’rtasida   savodsizlikni   tugatish   yuzasidan
keng   miqyosda   kompaniya   avj   oldirildi.   1921-22   o’quv   yilidayok   respublikaning ko’pgina   shaxarlari   va   qishloq   joylarida   mingdan   ortiq   savod   maktablari,
savodsizlikni   tugatish   kurslari   va   tarmoqlari   faoliyat   ko’rsatdi.   Ulardan   50   ming
kishi   xat   savod   chiqardi.   Savodsizlikni   tugatish   ishi,   tiklash   davrining   dastlabki
yillarida   katta   qiyinchiliklarga   duch   keldi:   o’qituvchilar,   maktab   binolari,   asbob
jixozlar, o’quv qo’llanmalari, pul mablag’lari yetishmas edi. Biroq bu soha garchi
qiyinchilik  bilan   bo’lsada,   izga   tusha   boshladi.   Katta   yoshli   kishilarni   o’qitish   va
shakl   va   usullari   takomillashtirildi.   Savod   maktablari   tarmoqlari   birmuncha
kengaytirildi,   savodsizlikli   tutatuvchi   o’qituvchilar   soni   ko’paydi.   Bu   dastlabki
yutuqlar   keyingi   yillarda   savodxonlik   oshirish   yuzasidan   avj   olgan   umumxalq
xarakatining debochasi bo’ldi.
Hamza   Xakimzoda   Niyoziy,   T.Shermuhammedov,   N.T.Qoriniyoziy,   E.Komilov,
A.Nabixo’jayev,   G.Nazarov,   M.Qodirova   Z.Polvonova,   P.Kayumov,
K.Abdurashidov   kabilar   yangi   maktab   yaratish,   rivojlantirish   uchun   faol
kurashdilar.   Shu   yillarda   Markaziy   rahbariyat   sovet   tuzumiga   sodiq   bo’lgan
pedagog   kadrlarni   ko’p   mikdorda   tezkorlik   bilan   tayyorlab,   ular   orqali   aholini
ayniksa,   yosh   avlodni   kommunistik   g’oyalar   asosida   tarbiyalash   maqsadida
qarorlar   va   rejalar   ishlab   chiqdi.   Ularni   og’ishmay   amalga   oshirish   uchun   zarur
mablag’larni   ayamadi,   bor   ma’rifatchilarni   hamda   partiya,   sovet,   jamoat
tashkilotchilarining kuch - quvvatini safarbar qildi.
Maktablarning   pedagogik   kadrlarga   bo’lgan   extiyojlarini   qondirish   uchun
pedagogika   o’quv   yurtlarining   keng   tarmoga   yaratildi:   texnikumlar,   maorif
institutlari,   o’quv   yurtlari   ochildi.   Ularda   jadal   suratlar   bilan   ommaviy   mikyosda
yangi o’qituvchi kadrlar yetishib tayyorlandi.  20 - yillarning oxiriga kelib ularning
soni respublikada  deyarli besh   yarim  mingtaga yetib  qoldi. Xalq, maorifi rivojlanib
bordi .
Shunday   bo’lsada   bu   jarayonlar   partiyaning   madaniy   sohada   zo’ravonlik
ko’rsatishi   tufayli   mushkulliklarga   uchradi.   Xalq   maorifida,   bu   narsa   avvaliga
milliy   ta’lim   shakllari   yoyiladigan   sohalarni   cheklab   qo’yish,   keyinchalik   esa
ularni   butunlay   yo’q   qilib   yubori щ da   aksini   topdi.   Chunonchi   20   yillarning
boshlarida sovet maktablari bilan birgalikda eski usul maktablari, diniy tashkilotlar tomonidan ta’minlab boriladigan vaqf maktablari  va madrasalari  ham ishlab turar
edi. 1925 o’zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1,5 mingdan ortik eski maktablar
bo’lib, ulardan 250 tasi yashirin xolda ish olib borgan. Lekin sovet xokimiyatining
insonparvarlikka zid siyosati natijasida ular 1928 yilga kelib o’z faoliyatini amalda
tugatdilar,
Xalq   ma’rifatining   yuksalish   yo’lida   aholining   savodliligini   oshirishga,
savodsizlikka barham berish davr talabi edi. Bu ko’plab yangi savod maktablari va
kurslar   ochildi.   Minglab   savodli   bo’ldi.   Shuni   aytish   joizki,   1930   yili   umumiy
boshliach ta’limni joriy etish savodsizlikni kamaytirishga yordam berdi.
Birok   raqamlar   ortidan   quvish   va   shoshma-shosharlik   oqibatda   umumiy   ta’limni
joriy   qilishda   ko’pgina   jiddiy   xatolarga   yul   quyildi.   Jumladan,   maktab   yoshidagi
bolalarning   bir   qismi   o’qishga   tortilmay   qoldi…   O’qishni   tashlab   ketayotgan
o’quvchilar   soni   (ayniqsa   maxalliy   millat   yoshlari   orasida)   ortib   bordi.   Ko’pgina
maktablarda   o’qitish   saviyasi   mutlaqo   talabga   javob   bermasdi,   chunki
muallimlarning bilim darajasi yetarli emasdi.
Ayniqsa ularning moddiy axvoli yomon edi, maktablar son jihatdan muttasil ortib
borayotgan   bo’lsada,   ularning   o’quv   moddiy   bazasi   nochor   axvolda   qolayotgan
edi,
Ma’lumki,   bolsheviklar   mafkurasi   negizida   asosan   sinfiylik   kurash   g’oyasi
ustivorlik qilgan. O’zgacha fikrlashga bo’lgan xar qanday urinish «sinfiy dushman
qarshiligi»   deb   baholandi.   Guyo,   «sinfi».   dushman»   ijtimoiy   xayotning   barcha
jabhalarida,   ta’limda,   adabiyot   va   san’atda,   ishlab   chiqarishda   mavjud   bo’lib   uni
qidirib topish, barchani shubxa ostita olish odat tusiga kirib bordi.
Ziyoli   kadrlarni   tayyorlashda   sinfiy   jihatdan   ishonchli,   aholining   «mexnatkash»
tabaqalaridan   chiqkan   kishilarini   tanlab   olish   kerak,   degan   g’oya   ilgari   surildi.
Chunki,   avvaldan   yaxshi   ma’lumki,   aqliy   va   mantikiy   mushohada   etish   darajasi
qancha past bo’lsa, savollar ham, noroziliklar ham shuncha kam bo’ladi. Shuning
uchun   ham   madaniyat   xodimlarning   tarkibini   ijtimoiy   jihatdan   ishonchli   bo’lgan
«mexnatkashlar» xisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng zakovatli va omilkor
qatlamni siqib chiqarishni maqsad qilib quyildi. Bu «madaniy ishqilob»ning asosiy tezislaridan biri bo’lib, «shaklan milliy, mazmunan proletar madaniyati»ni vujudga
keltirishdan iboart  edi. Bu g’oya sovet  davlatining barcha o’n yilliklari  davomida
yashab   keldi.   30-yillarda   uni   amalga   oshirish   borasida   quyilgan   dastlabki   qadam
madaniyatning barcha  sohalari   uchun kadrlar  tayyorlash,  yuqorida ayttanimizdek,
«mexnatkashlar», ya’ni, «proletar qatlamdan» boshlanganligi ham bejiz emas edi.
O’sha   yillarda   komsomol   safiga   ijtimoiy   jihatdan   faqat   «mexnatkashlar»
qatlamidan   qabul   qilinganligini   e’tiborga   oladigan   bo’lsak,   nima   uchun
komsomollar safarbar qilinib, ularni qiska muddatli kurslarda o’qitib maktablarga
muallim   sifatida   yuborilganligini   anglab   yetamiz.   Buning   natijasida   respublikada
o’qituvchilar soni 1928-29 o’quv yilidagi 5,5 ming kishidan 1932-33 o’quv yilida
kariyib ming kishiga 3
 1941 yili  esa 1   
42 ming kishiga yettan. Bu raqamlar shundan
dalolat beradiki, 1933 yil boshlarida xalq ta’limi tizimlarida o’tkazilgan «tozalash»
oqibatida ijtimoiy kelib chiqishi  nuqtai nazaridan «ishonchsiz»  bo’lganlar  o’rniga
qiska muddatli kurslarni bitirgan saviyasi  past, lekin ijtimoiy jihatdan «ishonchli»
qatlamlardan qushimcha muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning
boshqa sohalarida ishlash uchun yuborildilar.
1930   -   yillarning   birinchi   yarmida   avj   olgan   bu   tadbir   amalda   ziyolilar   safini
malakasi   va   saviyasi   past   kishilar   bilan   to’ldirishga,   yuzakilik,   omilsizlik,
qog’ozbozlik   kabi   noma’qul   illatlarning   ildiz   otishiga   olib   keldi.   Kishining
qobiliyati,   madaniy   saviyasi   va   ma’lumot   darajasi   emas,   balki   ijtimoiy   kelib
chiqishi asosiy mezon qilib olindi.
  Mazkur   siyosat   tufayli   o’zbek   xalqi   o’z   tarixi,   milliy   urf-odati,   an’ana,
umuminooniy   qadriyatlarni   bilish   va   o’rganish   imkoniyatlaridan   maxrum   bo’ldi.
Millat   taqdiri,   maorif   ravnaqi   uchun   jon   fido   qilgan,   erkin,   hur   fikrli   alloma
ma’rifatparvarlar:   Abdurauf   Fitrat,   Munavvar   Qori   Abdurashidxonov,   Elbek,
Otajon   Hoshimov,   Shokir   Sulaymon,   Chulpon,   Abdulla   Qodiriy   qatl   etidi.
Shorasul   Zunun,   Usmon   Nosir,   va   boshqalar   Sibirga   surun   qilindi.   Sobiq
tuzumning   totalitar   siyosati   to’la   xukmron   kuchga   kirib,   mafkuraviy   kurash
kuchaydi.   Natijada  xalq   ta’limiga.   buyro’qbozlik   nuqtai-nazaridan   turib   ekstensiv
ravishda   yondoshish   tarkib   topdi.   Buning   natijasida   sifat   muammolari   chetga surilib,   miqdor   ko’rsatkichlari   birinchi   o’ringa   o’tdi.   Ahvolni   xo’ja   ko’rsinga
yaxshilash orqasidan quvish  jamiyatning madaniy hayyotiga yomon tasir o’tkazdi,
hamda oliy va o’rta maktabga sezilarli darajada  zarar yetkazdi.
3 .Ikkinchi   jahon   urushi   boshlangan   dastlabki   kunlardanoq   O’zbekiston   halqlari
ma’navii   madaniyatining   boy   salohiyati   insoniyatning   eng   yovuz   dushmani
bo’lgan   fashizmni   tezroq   tor-mor   qilish   ishiga   safarbar   qilindi.   O’zbekiston
madaniyatining barcha yunalishlari uning arboblari va xodimlarining fidoyiligi va
vatanparvarligi   tufayli   juda   qisqa   muddatlarda   urush   davri   ehtiyojlari   va   talablari
oqimiga   yunaltirildi.   Urushning   og’ir   sharoitlarida   o’zbek   olimlaring   ilmiy   va
amaliy   ishlari   front,   aholi   va   g’alaba   uchun   beqiyos   ahamiyatga   ega   bo’ldi,
xalqimiz   ahlining   ona-Vatanga   bo’lgan   mehr-muhabbatini   kuchaytirdi,
vatanparvarlik   tuyg’ularini   uyg’unlashtirdi,   mexnat   faoliyatiga   kuch-quvvat
bag’ishladi.
Urushning   suronli   yillarida   respublika   oliy   o’quv   yurtlari   va   texnikumlar   o’z
faoliyatlarini davom etgirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq
xo’jaligi,   maorif,   tabobat   va   boshqa   sohalar   buyicha   malakali   mutaxassislar
tayyorlab beradigan chinakam manba bo’lib qoldi. 1943 yilda respublikada 41 oliy
o’quv yurti ( ularnng 12 tasi ko’chirib kelingan) va 52 o’rta maxsus bilim yurtlari
faoliyat   ko’rsatdi.   Urush   yillari   davomida   ularda   20   mingdan   ziyod   oliy   va   o’rta
maxsus   ma’lumotli   mutaxassislar   yetishtirildiki,   bu   xalq   xo’jaligini   yukori
malakali   kadrlar   bilan   ta’minlash   imkonini   berdi.Ular   o’z   navbatida   samarali,
mexnat   qilib,   fashizmni   tor-mor   keltirish   ishiga   munosib   xissa   qushdilar.
Pedagogik   kadrlar   tayyorlashga   aloxida   e’tibor   berildi,   chunki   urush   davri
sharoitlarida ularga extiyoj ayniksa sezilarli edi.
Urush   yillari   o’zbekistonda   barcha   turdagi   qushinlar   uchun   zobit   kadr   va
mutaxassislar   ham   tayyorlandi.   Toshkentga   piyodalar   bilim   yurti   ham   ko’chirib
keltirilib, respublikamiz joylashtirilgan bir necha harbiy bilim yurtlari, oliy o’quv
yurtlarining harbiy fakultetlarida, o’nlab turli kurslarda kadrlar tayyorlandi.
Urush   xalq   ta’limi   muassasalari   faoliyatini   yanada   murakablashtirib   yubordi.
Ko’pgina   o’qituvchilar   harakatdagi   armiya   safiga   chaqirildi,   yuqori   sinflarning o’quvchilari   ishlab   chiqarishga   safarbar   qilindi.   Maktab   binolarining   anchagina
qismi   gospitallarga,   evakuasiya   kilingan   xarbiy   qismlarga,   bolalar   uylariga   va
harbiy   o’quv   punktlariga   berildi.   Natijada   respublikadagi   maktablarning   umumiy
soni 1942-43 o’quv yillarida 1940-41 o’quv yilidagiga nisbatan 421 taga qiskarib,
4795   tadan   4374   taga   tushib   qoldi.   Binolar   va   o’qituvchilar   yetishmasligi   tufayli
ko’pchilik   maktablarda   mashg’ulotlar   3   smenada   olib   borilardi.   Darsliklar,   o’quv
qurollari va boshqa jixozlar ha m   yetishmasdi.
Lekin   barcha   qiyinchiliklarga   qaramasdan,   O’zbekiston   maktablarining   jamoalari
gospitallarni otaliqqa oldilar, yaradorlar huzurida konsertlar quyib berdilar, frontga
ketganlarning oilalariga, urush nogironlari oilalariga yordam berdilar. harakatdagi
armiya jangchilari uchun sovg’alar tayyorladilar, kishloq ho’jalik ishlarida ishtirok
etdilar.
O’zbek   fan   axlining   urush   sharoitidagi   izlanishlari,   ilmiy   tadqiqotlarining
yunalishlari   front   va   xalq   xo’jaligi   talablari   hamda   manfaatlariga   moslashtirildi-
Bu   boradagi   ilmiy   va   tashkiliy   ishlarni   muvofiklashtirish,   ularga   rahbarlik   qilish
sobiq   SSSR   FA   O’zbekistan   filiali   (O’zFA)   va   keyinrok,   1943   yil   4   noyabrda
uning   asosida   tashkil   etilgan   O’zbekiston   Fanlar   akademiyasi   zimmasiga   tushdi.
Bu   akademiyaning   birinchi   prezidenti   etib   T.N.Qori-Niyoziy   saylandi.   Fanlar
akademiyasining tashkil etilishi o’zbek xalqi xayotida muxim tarixiy voqia bo’ldi.
Bu   akademiya   O’zbekiston   ilmiy   tafakkurining   markazi   bo’lib   qoldi.   Shu   bilan
respublikada   ilmiy   tafakkurni   yanada   rivojlantirish   uchun   mustahkam   zamin
yaratildi- Bu davrda taniqi  matematik olimlar T.N.hori-Niyeziy, T.A.Sarimsoqov,
geolog-olimlar   M.Abdullayev,   faylasuf   I.Mo’minov,   kimyogar   olimlar
O.S.Sodiqov,   S.Yu.Yunusov,   energetik   A.N.Askochenskiy   va   boshqalar   samarali
izlanishlar olib bordilar. Fanlar akademiyasi tarkibida 22 ta ilmiy muassasa mavjud
bo’lib,   ularda   818   ilmiy   va   ilmiy-texnik   xodimlar   faoliyat   ko’rsatdilar.   Urush
tufayli   Moskva,   Leningrad,   Kiyev,   Minsk   va   boshqa   shaharlardan   ko’chirib
kelingan   olimlar   o’zbekiston   olimlari   bilan   mahkam   aloqada   ish   olib   bordilar.
Ularning   birgalikdagi   sa’y-xarakatlari   ilm-fan   yuto’qlarini   front   extiyojlari   uchun
xizmat qildirishga qaratilgan edi. Matematika, fizika, mexaniqa, energetika hamda boshqa mavjud fanlar sohasidagi
olim va ilmiy xodimlarning izlanishlari — metalni qayta ishlash, mashinasozlik va
mudofa sanoati bosh tarmoqlarining rivojlanishini ta’minladi. Respublika olimlari
artilleriya aslohasini mustahkamlash, jangovar samolyotlarning yuk
ko’tarish     salohiyatini   oshirish,   mavjud     harbiy   texnika   yaxshilash   va   yangi
turlarini yaratish kabi eng   dolzarb amaliy masalalarni hal etdilar.
Urush asoratlari umumta’lim maktablarining holati va faoliyatiga ham qattiq ta’sir
qildi:   o’qituvchilarning   xarbiy   xizmatga   chaqirilib,   frontga   yuborilishi   oqibatida
ularning   soni   keskin   kamayib   ketdi,   bu   o’z   navbatida   maktablar   sonining
qisqarishiga   olib   keldi.   Faqat   1942-43   o’quv   yilida   respublikada   200   ta
boshlang’ich   va   o’nlab   o’rta   maktablar   faoliyati   tuhtatildi;   turli   sabablarga   ko’ra
o’quvchilarning   maktabdan   ketib   qolishi,   maktab   yoshidagi   bolalarning   o’qishga
jalb etilmasligi  tufayli  o’quvchilarning soni  tobora kamayib bordi. 360 ta maktab
binosi   respublikaga   ko’chirilgan   xarbiy   qismlar,   kasalxonalar   va   shu   kabilarga
berildi. Mavjud maktablarni yoqilg’i bilan ta’minlash qiyinlashdi, yozuv qurollari,
darslik   va   ko’rgazmali     qurollar   yetishmas,   o’quvchilarni   kiyim-kechak   va
poyabzal   bilan   ta’minlash   og’ir   bo’lib   qolgandi.   Bular   hammasi   maktab   ishida
o’zining sezilarli izini qoldirdi, o’zlashtirish foizi pasayib ketdi.
Zero maktablar oldida turgan tarbiyaviy masalalarni bajarishga qator tadbiriy ishlar
amalga oshirilishi muhim hisoblanadi.
1.   Maktab   yoshidagi     bolalarning   zhammasini   umumiy   tortish   ishini   davom
ettirish; 
2.   O’quv-tarbiya   ishlarini   qayta   qurish   va   sifatini   yuqori   ko’tarish,   fan   asoslarini
yuksak siyosiy-g’oyaviy saviyada o’qitish, o’quvchilarga zaruriy jismoniy tarbiya
berish, yoshlarni ijtimoi foydali ishlarda keng katnashini ta’min etish uchun ularga
agrotexnika ta’limini berish;
3. Aholi o’rtasida ommaviy mudofa va siyosiy oqartuv ishlarini olib borish;
4.   o’quvchilarning   korxona   va   qishlok   xo’jaligida   mudofa   extiyoji   uchun
qilinadigan mexnatlarini yulga qo’yish kabi masalalri shular jumlasidandir. Urush   davrida   o’qituvchilardan   hamda   barcha   maorif   xodimlaridan,   o’z   o’rnida
qattiq  turib  o’quvchilarning  o’z  vaqtida  darsga   kechikmasdan     kelishini,  sababsiz
dars   qoldirmasliklarini,   uyga   berilgan   vazifalarni   to’la   bajarishlarini,
o’quvchilarning maktabda va maktabdan tashkari ijtimoiy-foydali ishlarga faol jalb
qildirish yuli bilan ularda yuqori ahlok malakalarini, mustaxkam irodani, e’tiqodni
tarbiyalashlari lozimligini juda ko’p   martalab ta’kidlab o’tgan edi. Bunday talabni
bekamu-ko’st   amalga   oshirish   o’qituvchilardan   avvalambor,   ota-onalar   bilan
yakindan alokada bo’lib hamkorlikda ish olib borishlarini taqozo etadi. Bu metod
esa   o’z   navbatida   o’quvchilarnint   nazoratdan   chetda   qolmasligini   ta’minladi.
Natijada   har   ikki   tomonlama   kuzatish   bolalarning   tarbiyasini   yaxshilashta   olib
keldi. Bu esa  albatta o’sha davr ruxiyatining jiddiyligini, xar bir insonning xox u
katta bo’lsin, xox kichik bo’lsin jamiyatda o’z o’rni va uz mavqyei borligini tug’ri
tushunishiga   katta   yordam   berdi.   Biz   urush   yillarida   maktablardagi   qiyinchiliklar
hakda   gapirar   ekanmiz,   shaxarlardagi   maktablarda   o’qish   uch   smenada   olib
borilganligini   ham   tilga   olish   joiz   deb   uylaymiz,   chunki   bu   xol   tabiiy   xolatda
talim-tarbiya   jarayonini   qiyinlashtirishga   olib   kelgan.   Darslar   40   minutga
qiskargan. Ashula va rasm darslari umuman o’tilmagan.
Respublikamizda o’zbek maktablarida darslar juda kam olib borildi. Chunki urush
boshlanmasdan   sal   oldin   o’zbek   yozuvini   rus   grafikasiga   o’tkazish   tug’risidagi
qonun   qabul   qilingan   edi.   Lekin   bu   qonun   amalga   oshirilguncha   urush   boshlanib
ketdi. 1941-42 yillarda ko’p hajmda kitoblar chop etilishi ham kuzda tutilgan edi.
Afsuski, bu ish ham amalga oshirilmay qoldi. Shunday  
( bo’lishiga qaramay, ilg’or
o’qituvchilarning   tashabbusi   darslarda   samarali   natijalar   bera   boshladi.
o’qituvchilar   og’zaki   tushuntirishga   katta   e’tibor   berdilar.   Yangi   utiladigan   dars
o’qituvchi   tomonidan   doskaga   yozilar,   o’quvchilar   uni   daftarga   ko’chirib   olishar
edi.
2. Respublika xalq ta’limi uchun urushdan yillarda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni
yengib o’tishga tug’ri keldi.Urush yillarida ta’lim tizimiga e’tibor berilmadi. Ana
shu «odat» urushdan keyingi dastlabki  yillarda ham davom etdi. Urush davrida utishga jalb etilmagan maktab yoshidagi bolalarni urushdan keyingi
dastlabki yillarda ta’lim tizimiga tortish juda . muxim masala bo’lib qoldi. Bundan
tashkari, urush yillarida ta’lim sifati ham juda pasayib ketgan bo’lib, 20-yillardagi
qoloq uslublarda olib borilardi. Bu esa o’quvchilarni  o’qishdan  bezdirar, o’qishni
tashlash va sinfda qolish xollari ko’paymokda edi. Masalan, 1945-46 o’quv yilida
O’zbekistan maktablaridagi o’quvchilar soni rejadagi 1 mln.10 mshg kishi o’rniga
823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda kolgan o’quvchilar soni ham  ko’p bo’lib,
1946   yilda   u   barcha   o’quvchilarning   37%ini   tashkil   etardi.   Ayniksa   qiz   bolalarni
maktabga   jalb   qilish,   ularni   o’qishni   tugatguncha   ushlab   turish   aloxida   muammo
sifatida kundalang bo’lib turardi.
O’qituvchi   xodimlar,   masalasi   urushdan   keyingi   yillardagi   eng   jiddiy
muammolardan  biri  edi. Chunki  malakali  o’qituvchilar  vatan urushga yuborilgan,
ularning   ko’pchiligi   halok   bo’lgandi.   Xususan,   1947   yilda   respublika   buyicha   4
ming   o’qituvchi   yetishmasdi.   Tuman   xalq   maorif   bo’limlari   mudirlari,   maktab
direktorlari   va   ta’lim   buyicha   direktor   muovinlarning   60%dan   ko’progi   tegishli
ma’lumotga   ega   emasdi.   1950   yilda   7125   maktab   o’qituvchilarga   muxtojlik
sezardi.
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1957 yil 1 oktyabrdagi sessiyasida «O’zbekiston
SSR da majburiy yetti yillik ta’limni to’liq amalga oshirish to’g’risidagi qonunning
qabul qilinishi maktablgrda ta’lim tizimini takomillashtirishga karatilgan dastlabki
kdham   bu;di.   Yangi   konunga   kura   umumta’lim   makhhbi   hamma   uchun   majburiy
bo’lgan kamchiliklar barham topmadi. Aksincha, maktab xakikly xayotdan ajralib
kolli, o’quvchilarga berilayoggan bilimlar fan-texnika - tarakkiyogi darajasiga turri
kelmasdi. Shuning uchun ham 1959 yil margda O’zbekiston Oliy Soveti «Maktab
xalq   ta’limi   tizimini   yanada   rivojlantirish   tugrisida»yangi   konun   qabul   qildi.
Ammo,   sovet   mustabit   tuzumiga   xos   bo’lgan   boshlangan   ishni   oxiriga
yetkazmaslik   odati   bu   gal   ham   muammoni   xal   qilish   yulida   to’g’anoq   bo’lib
xizmat qildi, okibatda xalq ta’limida axvol o’zgarmadi.
60-yillar   O’zbekistonda   «rivojlangan   sosializm»   bosqichi   deb   e’lon   qilindi.
Jamiyat   mamlakat   rahbariyatidan   ijtimoiy-iktisodiy   va   madaniy-   ma’rifiy sohalarda jiddiy sifat o’zgarishlarni amalga oshirishni kutmoqda edi. Birok amalda
unday   bo’lmadi.   Lekin   buning   o’rniga   siyosiy   rahbariyat   akidaparasglikni,
lutgiboz,   ommaviy-siyosiy   ishlarni   avj   oldirdi.   Xalq   ta’lim   tizimi   ham   ana   shu
«girdobga» tashlandi.
Rasmiy hokimiyat soxta proletar baynalmilalligini amalda kuchaytirish maqsadida
maktablarda   rus   tili   va   adabiyotini   kengroq   o’qitishga   urg’u   berdi.   Natijada   60-
yillarda   O’zbekiston   tarixi,   o’zbek   tili   va   adabiyoti,   chet   tili,   musiqa   va
qushiqchilik darslari  hajmi keskin qisqardi va ular o’quv rejasida belgilanganidan
xaftasiga   16,5   soatga   kamayib   ketdi.   Ulardan   bo’shagan   soatlarga   esa   rus   tili   va
adabiyoti  fani   o’qitildi. Masalan,  o’qituvchilar   «XIX  asr   ikkinchi  yarmi—XX asr
boshlarida o’zbek adabiy-badiiy muxiti», «Milliy madaniy jarayonlar» tug’risidagi
mavzularda   dars   o’tishi   lozim   butan   soatlarda   rus   madaniyatining   «progressiv»
ahamiyatini ko’rsatib berishga majbur  bo’ldilar. Nihoyatda boy va ko’xna o’zbek
xalqi tarixini o’rganishga 52 soat   ajratilgan   holda boshlang’ich maktablarda   rus
tili  va  adabiyoti fanlari uchun 1600 soat ajratilgan.
70-80 yillarda O’zbekistan maktablarida ahvol sifat jihatidan o’zgarmay  q olaverdi.
Maktablar   jahon   tajribalaridan,   zamonaviy   texnika   va   o’qitish   vositalaridai
foydalanilmadi.   Ularning   moddiy   —   texnika   bazasi   yaxshilanmadi.   To’g’ri,   bu
yillarda   maktablar,   o’quvchilar,   o’qituvchilar   soni   yildan-yilga   ortib   bordi,   son
ko’rsatgichlari   kishini   xayratga   solar   darajasida   ortdi.   Masalan,   O’zbekistonda
1945-46  o’quv  yilida  jami   4525  maktab  bo’lib,  ularda  qariyb  998  ming  o’quvchi
o’qigan   bo’lsa,   1970-71   o’quv   yilida   respublikaniyag   umumiy   ta’lim   maktablari
soni 7072 taga, ularning o’quvchilari esa 3 mln. 164 ming kishiga yetdi.
Birok,   ularning   sifat   darajasi   (   ayniksa,   qishlok   maktablari   )   ancha   past   edi.
Chunki,   ko’klarga   ko’tarib   maqtalgan   «rivojlangan   sosializm»   bosqichi   ham   20-
30-yillarda   shakllangan   «qoldiq   prinsipi»ning   ijtimoiy   oqibatlarini   yo’qota
olmagan   edi.   1970-1980-yillarda   xalq   ta’limi   uchun   davlat   tomonidan   ajratilgan
mablag   11%dan   8%ga   kamayib   ketdi.   Resnublikaning   barcha   viloyatlaridagi
maktablarning   20-60%i   zarur   o’quv   jixozlari,   asbob-anjomlar   bilan   jixozlanmay
kolaverdi,   50%dan   ortiq   maktablarda   issiq   ovkat   bufetlari   tashkil   etilmadi,   kuni uzaytirilgan   guruhlar   ishi   ayniksa   o’lda-jo’lda   qoldi.   70-80—yillarda   1-8-sinf
o’quvchilarining atigi 8-9%ini bunday guruxlarga jalb etilgan edi, xolos.
Umumta’lim   maktablarining   faoliyati   asosan   «rivojlangan   sosializm»   g’oyasini
o’quvchilarga singdirish, ularni «kommunistik ruhda» tarbiyalashdan iborat bo’ldi.
«Kommunisgik   tarbiya»   dan   ko’zlangan   maqsad   esa   yoshlarni   «proletar
internasionalizmi»   ga,   «katta   og’aga»   sodiqlik,   sinfiylik,   partiyaviylik   ruhida
tarbiyalashdan   iborat   edi.   Milliylik   esa   o’zbek   maktablari   mazmunidan   chiqarila
boshlandi.   Maktablardagi   tarbiya   Yevropa   tarixi   misolida   olib   borildi.   Yevropa
madaniyati, tarixi amalda baynalminallik namunasi sifatida talqin etildi.
Maktablarda   iktidorli   bolalarni   o’qitishga   e’tibor   berilmas   edi.   Maktab   bolalari
qalbida ona-Vatan tuyg’usi, ulug’ allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy meros,
o’z   ona   tili,   urf-odatlari   bilan   faxrlanish   hissi   shakllantirilmasdi.Maktablarda
ayniksa   ijtimoiy   fanlarni   o’qitish   o’ta   siyosatlashtirildi.   Ko’zdan   kechilayotgan
davrda   maorif   sohasida   erishilgan   yutuqlar   bilan   bir   qatorda,   yoshlarni   milliy
an’analar   va   ma’naviy   madaniyat   manbalaridan   uzoqlashtirish   an’anasi   ko’zga
tashlanib   bordi.   Ta’lim   va   tarbiya   ishlariga   partiyaviylik   va   sinfiylik   prinsiplari
asosida yondashish yoshlarning milliy urf-odatlarni o’rganishiga tusqinlik qildi.
Natijada,   o’zbek   o’quvchilarida   milliy   o’zlikni   anglash,   urf-odat,   milliy
an’analarga   sodiqlik   kayfiyatidan   ajralish   xollari   ruy   bera   boshladi.Maktab
o’quvchilarining o’quv rejasidagi  soatlarini o’zlashtira olmasligi odatiy xol bo’lib
qoldi.   Bu   ularni   paxta   va   boshqa   xo’jaligi   ishlariga   ko’proq   jalb   qilinishi   bilan
izoxlanadi.   yilining   3-4   oyi   ana   shunday   majburiy  tadbirlar   bilan  band   bo’lishiga
ketar edi. Bu esa o’zbek o’quvchisi jahon standartlaridan ortda qoldirib, zamonaviy
fan sohalarini o’zlashtirishga imkon bermasdi.
Ikkinchi  jaxon urushidagi  katta yo’qotishlar  oliy ma’lumotli  xodimlarning son va
sifat jihatidan kamayib ketishiga olib keldi. Bu esa o’z navbatida uru щ dan keyingi
yillardayok oliy ta’limni rivojlantirish zarur ekanligini taqozo etardi.
1950   yilda   respublika   xalq   xo’jaligi   uchun   kadrlar   tayyorlashda   26   ta   oliy   o’quv
yurtlari,   shuningdek,   2   ta   universitet   faoliyat   ko’rsatdi.   Shu   bilan   birga   92   ta
texnikum   o’rta   maxsus   ta’lim   tizimida   ish   olib   bordi.   1950-1953   yillarda respublika oliy o’quv yurtlarida 16600, o’rta maxsus bilim yurtlarida qariyib ming
mutaxasis   tayyorlandi.   Birok,   o’zbek   qishloqlari   va   shaxarlaridagi   ogir   iktioodiy
axvol maxalliy aholi yoshlarini oliy maktablarda o’qishga imkon bermas, ulardan
yuqori  malakali  mutaxassis  xodimlar tayyorlash ishiga tusqinlik qilardi. Xususan,
1950-1953   yillarda   oliy   o’quv   yurtlari   bitiruvchilarning   33%ini   o’zbek   millati
tashkil qildi xalos.
O’zbek   millatiga   mansub   yoshlarni   oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   maskanlariga
bunchalik   kam   jalb   etilishining   yana   boshqa   o’ziga   xos   sabablari   ham   bor   edi,
albatta.   Bulardan   birinchisi,   o’quv   yurtlariga   kiruvchi   yoshlar   o’rta   maktablarda
ommaviy-siyosiy tadbirlarga, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga (ayniqsa, qishloq
yoshlari) asossiz ravishda ko’plab jalb qilinishi okibatida ular oliy o’quv yurtlariga
kira olishlari uchun talab hilinadigan bilimni olish imkoniyatiga ega bo’lmasdilar.
60-yillardan   boshlab   oliy   o’quv   yurtlari   qoshida   maxsus   tayyorlov   kurslarining
tashkil   qilinishi   va   ularga   asosan   qishloq   yoshlaridan   jalb   qilinishi   fikrimizning
tug’riligidan dalolatdir. Yana muxim sabablardan biri, oliy o’quv yurtlariga kirish
uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtixon quyilishi va talabalarga rus tilida (80-
yillardan   boshlab)   dars   o’tilishi   edi.   Natijada   respublika   oliy   o’quv   yurtlarida
qishloq   yoshlarining   salmog’i   kamayib   ketdi.   Chunki,   qishloq   maktablarida   na
xorijiy   tillar,   na   rus   tili   (bu   soha   o’qituvchilarining   yetishmasligi   yoki   ularning
qishlok   maktablarida   ishlashni   xoxlamasliklari   natijasida)   yetarli   darajada,   ayrim
maktablarda   esa   umuman   o’qitilmasdi.   Bu   xol   oliy   maktablarda   shaxarlik
yoshlarning   ko’payib   borishiga,   qishloqlarda   esa   oliy   ma’lumotli   mutaxassislar
muammosining yuzaga kelishiga olib keldi.
Ayni paytda, qayd etish lozimki, respublikada yildan-yilga oliy o’quv yurtlari soni
ham   ortib   bordi.   Yangi   institutlar-Andijon   medisina   instituti,   O’rta   Osiyo
medisina-pediatriya   instituti,   Toshkent   jismoniy   tarbiya-fizkultura   instituti,
Toshkent aloka va elektrotexnika institutlari ochildi. 1959 yilda respublika Oliy va
o’rta   maxsus   ta’lim   vazirligi   tizimida   31   ta   oliy   o’quv   yurtlari   mavjud   bo’lib,
ularda 88 ming kishi ta’lim olgan bo’lsa, 1985 yilga kelib oliy o’quv yurtlari soni 42   taga,   talabalar   soni   esa   285,5   ming   kishini   tashkil   qildi.   Shuningdek,
respublikadagi 249 o’rta maxsus bilim yurtlarida 281,7 ming o’quvchi bilim oldi.
Biroq   bo’lar   miqdor   ko’rsatgichlardagi   ayrim   siljishlar   edi.   Lekin   masalaning
asosiy jihati-oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayottan mutaxassislarniyag sifati
va   saviyasi   masalasida   ko’plab   muammolar   mavjud   edi.   «Sosializmning
afzalligi»ni   «ko’z-ko’z»   qilish   maqsadida   asosiy   e’tibor   oliy   ma’lumotli
mutaxassislar   tayyorlashning   son   ko’rsatgichlariga   qaratildi.   Bu   esa
mutaxassislarning   jahon   talablaridan   jiddiy   ortda   qolishiga,   xalq   xo’jaligi   uchun
keraksiz   mutaxassislarning   tayyorlanishiga,   mablag’larning   bexuda   sarflanishiga,
mutaxassislardan ishlab chiqarishda samarasiz foydalanishiga olib keldi.
Shu   bilan   birga,   oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   tizimida   o’quv-tarbiyaviy   ishlarni
mafkuraviy   andozalarga   solish   kuchaydi;   mutaxassislik   buyicha   asosiy   fanlarni
o’qitishni   takomillashtirish   o’rniga   barcha   oliy   o’quv   yurtlarida.   kommunisgik
mafkurani   shaklllantiruvchi   KPSS   tarixi,   marksizm-leninizm   falsafasi,   siyosiy
iqtisod, ilmiy kommunizm, jamiyatshunoslik fanlarini o’qitishni yanada yaxshilash
tug’risida   tadbirlar   ishlab   chiqildi   va   amalga   oshirildi.   O’quv   jarayoni   uchun
muhim   bo’lgan   demokratik   va   ijodiy   jihatlar   inkor   etildi.   Natijada   oliy   ta’lim
tizimida ma’suliyatli, tashabussiz, lokayd, «o’rtamiyona» mutaxassislar tayyorlash
mexanizmi yuzaga keldi.
Respublikada   urushdan   keyingi   yillarda   fan   yutuqlari   avvalo   O’zbekistan   Fanlar
akademiyasining   olimlari,   ilmiy   xodimlari   faoliyati   tufayli   qo’lga   kiritildi.   Urush
tugagan   yili   akademiya   tarkibida   geologiya,   fizika-texnika,   kimyo,
tuprokshunoslik,   matematika   va   mexaniqa,   energetika,   iktisodiyot,   tarix   va
arxeologiya, sharqshunoslik, til va adabiyot institutlari hamda boshqa muassasalar
bor edi. O’sha davrdi akademiya olimlarining kuch-quvvati xalq xo’jaligini tiklash,
respublika   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarini   rivojlantirish,   madaniy   kurilish   sohasida
olimlar   oshirishga   qaratildi.   Urushdan   keyingi   dastlabki   O’zbekiston   fanlar
akademiyasining   yangi   institutlari:   botaniqa,   zoologiya   va   parazitologiya
institutlari, O’zbekiston ishlab chiqarish kuchlarini laboratoriyalar tashkil qilindi. Akademiya   tashkilotlarining   moddiy-texnik   mustaxkamlandi.   Yangi   sohalar
buyicha mutaxassislar soni ko’paydi.shunga muvofiq ravishda ilmiy jamoalarning
tadkikotchilik faoliyati istikboli, ilmiy tadkikotlarning yunalishlari kengaydi. 50-60
—   yillarda   O’zbekiston   Fanlar   akademiyasi   tarkibida   yadro   fizikasi,   o’simlik
moddalari   kimyosi,   kibernetika,   seysmologiya,   elektronika,   biokimyo,   fiziologiya
va biofizika institutlari tashkil qilindi.
Akademiya   olimlari   fizika-matematika,   mexaniqa,   boshqaruv   jarayonlari   va
informatika, kimyo-texnologiya, tuprokshunoslik, biologiya,ijtimoiy-gumanitar fan
sohalarida   katta   yutuqlarni   qo’lga   kiritdilar.   Bu   yutuqlar   akademiya
laboratoriyalari va institutlari olimlarining ko’plab avlodlari fidokorona va yukori
kasbiy   darajada   olib   borgan   ilmiy   tadkikotlari   natijsi   bo’ldi.   Aynan   ularning
mexnati   tufayli   keng   e’tirof   etilgan   ilmiy   maktablar   vujudga   keldi,   yangi   ilmiy
yunalishlar   rivoj   topdi.,   ilmiy   xodimlar   tayyorlandi.,   ilmiy   ishlovlar   amaliyotga
tadbiq etildi. O’zbek olimlari: geologlar Habib Abdullayev, Ibrohim Hamroboyev,
biokimyogar   Yolkin   Turaqulov,   kimyogarlar   Obid   Sodikov,N.Nabiyev,Sobir
Yunusov, fizik   va   matematiklar   T.N.Qori-Niyoziy,   Toshmuhammad
Sarimsaqov,Ubay   Oripov,texnika   fanlari   sohasidagi   olimlar   Muxammad
O’rozboyev,   Vosit   Qobulov,   faylasuf   Ibroxim   Muminov,   tarixchi   Yaxyo
G’ulomov,   pedagog   Siddih   Rajabov,   Iminjon   Qodirov   va   boshqa   ko’plab
olimlarning nomlari O’zbekistondan tashqarida ham shuxrat qozondi.
Xususan,   Siddiq   Rajabovning   respublikada   pedagogika   fanini   rivojlantirishdagi
xizmati katta bo’ldi. U pedagogika fanining eng muxim muammolari ustida ilmiy
tadkikot   ishlarini   olib   borib   respublikamiz   xalq   maorifining   tarqiyoti   va   bu
taraqqiyotning   obyektiv   qonuniyatlari,   xalq   maorifining   rivojlanish   istiqbollari,
pedagogika   fani   metodologiyasi,   yoshlar   tarbiyasi   va   xalq   pedagogikasiga   doir
o’nlab asarlar yaratdi.
Siddik   Rajabov   o’zining   butun   xayoti   va   faoliyatini   pedagogika   fani   va   ravnaqi
uchun   bag’ishlandi.   U   1937   yili   aspiranturani   tamomlagach,   o’zbekiston
pedagogika   fanlari   ilmiy-tekshirish   institutiga   ilmiy   xodim   va   Nizomiy   nomli
Toshkent   Davlat   pedagogika   instituta   pedagogika   kafedrasiga   o’qituvchi   qilib tayinlandi.   Yosh   olim   ilmiy   tadqiqot   ishini   pedagogik   faoliyati   bilan   qushib   olib
bordi.   Shu   yillarda   S.Rajabov   kechki   pedagogika   instituti   direktorining   o’quv
ishlari   buyicha   o’rinbosari   lavozimida   ham   yosh   o’qituvchi   sifatida   mutaxassilar
tayyorlashda   katta   faoliyat   ko’rsatdi,   o’z   ishini   puxta   bilgan   rahbar,   yetuk   ilmiy
xodim   va   mahoratli   o’qituvchi   sifatida   elga   tanildi.Yosh   olim   matbuotda   tez-tez
ilmiy,   pedagogik,   publisistik   maqolalari   bilan   chiqa   boshladi.   Jumladan,
urushgacha bo’lgan davrda S.Rajabovning «Oliy pedagogika o’quv yurtlarining ish
sifatini   yukori   ko’taraylik»,   «Oliy   o’quv   yurtlari   xayotida   muxim   davr»,
«Maktabdan   tashkari   tarbiyaviy   ishlar»,   «Yan   Amos   Komenskiyning   pedagogik
qarashlari»,   «Imtixonlarning   yuqori   sifati   uchun   kurashaylik»,   kabi   ishlari
matbuotda e’lon qilindi. Shu yillarda u «XIX asr  va XX asr boshlarida Buxoroda
maktab va maorif taraqiyoti ocherki» asarini yozib tamomladi. 1941 yilda ana shu
mavzuda   nomzodlik   dissertasiyasini   respublikasida   birinchi   bo’lib   muvaffakiyatli
ximoya   qildi.   Bu   orada   u   Respublika   matbuoti   va   rahbari   idoralarida   samarali
mexnat qildi.
S.Rajabov   1947   yilda   Nizomiy   nomli   Toshkent   Davlat   pedagogika   instituti
pedagogika   kafedrasiga   mudir   qilib   tayinlangandan   keyin   uning   o’z   ilmiy
pedagogik faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyat yaratildi.
1958 yilda Siddik Rajabovning ilmiy faoliyatida unitilmas vokea sodir bo’ldi. 1961
yilda   Siddiq   Rajabov   O’zbekiston   Pedagogika   fanlari   ilmiy-tadqiqot   institutiga
direktor   qilib   tayinlandi.   Olim   mazkur   institutga   olti   yil   rahbarlik   qildi.   Institutni
yuqori   malakali   mutaxassis   xodimlar   bilan   ta’minlash,olib   borilayotgan   ilmiy-
tadkikot   ishlarini   xayotga   maktab   amaliyotiga   yaqinlashtirish,   pedagogik
tadkikotlarni respubliki buyicha muvofiqlashtirish ishlariga boshchilik qildi hamda
tadkikot   natijalarini   o’quv-tarbiya   jarayoniga   tatbiq   etish   buyicha   bir   qator
tadbirlarni amalga oshirdi.
Institutda   yangi   sektorlar   tuzildi.   Sektorlar   xuzurida   laboratoriyalar   tashkil   etildi.
Sektor   va   laboratoriyalarga   ilmiy   tadqiqot   ishlari   yuzasidan   tajriba   va   yetarli
malakaga ega bo’lgan xodimlar rahbarlik qila boshladilar. Bu   davrda   olim   pedagogika   faniii   chin   qalbdan   sevgan   mutaxassislarni,   ko’pgina
iqtidorli   yoshlarni   o’z   atrofiga   chorladi.   Yosh   olimlarga   hamisha   yordam   berib
keldi.   Yoshlarni   xar   tomonlama   qullab-quvvatlash   uning   xayotiy   e’tikodi   va
turmushining mazmuniga aylanib ketdi. Shu bois 10 dan ortik fan doktorlari, 200
ga   yaqin   fan   nomzodlari   bevosita   Siddik   Rajabovning   ilmiy   maslaxatchiligi   va
ilmiy rahbarligi asosida dissertasiyalarini muvaffakiyatli himoya qildilar
1964   yilda   S.   Rajabovning   ilmiy   pedagogik   faoliyatiga   yuksak   baholandi,   unga
«Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi» unvoni berildi.
S.Rajabov   1966-1990   yillarda   Nizomiy   nomidagi   Toshkent   Davlat   pedagogika
instituti, «Umumiy pedagogika» kafedrasining katta jamoasiga boshchilik qildi. U
kafedra a’zolarining har biriga murabbiy, ustoz edi. Bugina emas, olim o’qituvchi
mutaxassislar   tayyorlash   sohasida   fidokorona   mehnat   qilayotgan   hamkasabalari-
institutning   yetuk   olimlari   bilan   bir   qatorda   o’rta   va   oliy   ta’limga   aloqador   juda
muammolarni hal qililishda hormay-tolmay faoliyat ko’rsatdi.
Professor   S.Rajabovning   Nizomiy   nomidagi   Toshkent   Davlat   pedagogika
institutidagi   chorak  asrlik  uzluqsiz   ilmiy-pedagogik  faoliyati   alohida  muhim   davr
bo’ldi.
U   safdoshlari,   kasbdoshlari   va   o’zi   mudirlik   qilib   turgan   kafedra   a’zolari,
shogirdlari bilan hamkorlikda katta ilmiy va tashkiliy-pedagogik muammolarni hal
qilishga alohida e’tibor  berdi. Birinchi  navbatda  kafedrani  yuqori  malakali  ilmiy-
pedagogik   xodimlar   bilan   ta’minlash,   ma’ruza   va   amaliy   mashgulotlar   sifati   va
samaradorlini oshirish, qolaversa, kafedra jamoasining ilmiy va metodik saviyasini
yuqori   ko’tarish   kabi   masalalar   hal   qilina   bordi.   S.Rajabov   kafedra   yig’ilishlari,
nazariy   seminarlar,   metodbirlashma   yig’inlari   suhbatlarda   ana   shu   masalalarga
alohida to’xtalardi.
Respublikamiz fanini rivojlantirshpga bekiyos katta xissa qo’shgan olimlarimizdan
yana biri akademik Xabib Abdullayevdir.
Uning   geologiya,   jumladan,   bu   fanning   petrologiya-metallogenik   tarmog’i
sohasidagi   tadqiqotlari   O’zbekistondagina   emas,   chet   mamlakatlarda   ham   e’tirof
etildi.   X.Abdullayev   1956-1962   yillarda   O’zbekiston   fanlar   akademiyasining prezidenti   lavozimida   xizmat   qilish   bilan   birga,   yirik   ilmiy   tadqikotlar   olib
bordi.yuqori   malakali   ilmiy   xodimlar   tayyorlashga   aloxida   e’tibor   berdi.   Uning
tashabbusi va jonkuyarligi bilan tayyorlangan yuzlab fan nomzodlari va doktorlari
fanning yangi yunalishlariga asos soldilar.
Urushdan   keyingi   yillarda   mamlakatda   keng   ildiz   otgan   ma’muriy-buyruqbozlik
tizimi O’zbekistan faniga, uning milliy ilmiy kadrlar tayyorlash ishiga salbiy ta’sir
ko’rsatdi.   Respublikada   o’zbeklar   soni   ruslarga   nisbatan   olti   baravar   ko’p
bo’lishiga   karamay,   1963   yilgi   ma’lumotlarga   ko’ra,   ilmiy   xodimlar   tarkibida
o’zbeklar  (5,5  mingdan  sal   ortiq  )   va  ruslar(5,5  mingdan  sal   kam)  nisbati   deyarli
teng edi. o’zbeklardan 97, ruslardan 96 nafar fan doktorlari ish olib boradi.
Yukori   malakali   milliy   ilmiy   kadrlarni   ko’paytirishga   xarakat   qilgan   O’zbekiston
Fanlar   akademiyasi   rahbarlari   millatchilikda   ayblandilar.   Markazning
o’zbekistondagi rus rahbar kadrlari Fanlar akademiyasi prezidenta H.Abdullevning
o’zbeklardan   fan   nomzodlari,   doktorlarini   ko’paytirishga   qaratilgan   to’g’ri
faoliyatini   asossiz   keskin   tankid   qildilar.   O’zbekistan   Fanlar   akademiyasi   ilmiy
muassasalari   olimlari   totalitar   targ’ibot   sunn’iy   ravishda   keskinlashtirgan
sharoitlarda   ishlashga   majbur   bo’ldilar.   Shunga   qaramay,   olimlar   o’z   bilim   va
iktidorlarini o’zbekiston iktisodiyoti, madaniyati va ilmiy-texnik qudratini oshirish
ishiga baxshida etdilar.
Urushdan   keyingi   yillarda   respublika   oliy   o’quv   yurtlari   Markaz   ko’rsatmasi,
dasturlari   asosida   o’quv-tarbiya   ishlarini   olib   bordi.   Bu   davrda   oliy   maktabda
mutaxassis   kadrlar   tayyorlash   son   jihatdan   o’sdi,   lekin   ularning   sifati   talab
darajasida bo’lmay keldi.
Talabalar   doirasi   ancha   kengaydi.   1960-61   o’quv   yilida   O’zbekiston   oliy
maktablarida   100   ming   nafar   talaba   ta’lim   olgan   bo’lsa,   1970-71   o’quv   yilida
ularning   soni   230   mingga   yetdi.   Bu   davr   ichida   oliy   maktab   respublika   xalq
xujaligi uchun yetkazib bergan Diplomli mutaxassislar soni 2,5 baravar ortgan.
Oliy o’quv yurtlari soni 1940 ychldagi 30 tadan 1970 yilda 38 taga ko’paydi. Xalq
xo’jaligining rivojlunishi yangi oliy o’quv yurtlarini ochishni talab qildi. Urushdan
keyingi yillarda Toshkent  avtomobil  yullari instituti, Buxoro ozik-orqat  va yengil sanoat   texnologiya   instituti,   Fargona   politexnika   instituti   va   boshqa   oliy   o’quv
yurtlari   malakali   kadrlarga   bo’lgan   talabni   qondirdi.   Maorif,   sanoat,   kurilish,
transport,   iqtisodiyot,   qishloq   xujaligi,   sog’liqni   saqlash,   san’at   va   boshqa
sohalarda mutaxassis kadrlar tayyorlandi.
XX   asrning   80-yillarida,   jamiyatimizning   barcha   bo’g’inlarida   kayta   qurish   keng
quloch   yezdi.   Uning   mazmunida   xayotni   demokratlashtirish,   tezkor   iktisodiy
islohot,   ma’naviy   poklanish   milliy   qadriyatlar   va   axloqiy   g’oyalarning   tiklanish
muammolarini   hal   etish   zaruriyati   yuzaga   keldi.   Qayta   qurishning   xal   qiluvchi
bosqichida   jamiyat   uchun   chetdan   tomoshabin   emas,   balki   mamlakat   iktisodiy,
siyosiy,madaniy   xayoti   rivojiga   javobgar,   ma’suliyatli,   sog’lom   fikrli   g’oyaviy-
siyosiy dunyokarashi shakllangan shaxs zarur edi.
Shuni   hayd   etish   zarurki,   o’zbek   maktablari   to’ntarishdan   so’ng   milliy   zamindan
batamom uzilib qoldi. Qarsakbozlik billan o’qish-o’qitishda Ovrupo , xususan urus
tizimini   qabul   qildik.   Ammo   bizning   avlodlarimiz   ongiga,   qoniga   bu   zurma-
zurakilik   singmadi.   Buni   bugungi   xayot,   turmush   tarzi   ko’rsatib   turibdi.   Eng
achinarli   hol   shu   ediki,   ayniqsa,   o’tgan   yetmish   yil   ichida   Mustabid   tuzimning
«Yangi»   davr   «bilimdon»   va   «zukko»   tashkilotchi   rahbarlari   ming   yillik
yozuvimizni ham qayta-qayta almashtirib, kimlargadir yaxshi ko’rinmoqchi yoxud
o’zini   dono   xisoblab   shuxrat   qozonmoqchi   bo’ldilarki,   natijada   maktablarimiz
o’quv-tarbiyaviy   ishlarda   ham   xayotiy   asoslar   va   xalq   ruxiyatidan   deyarli   ajralib
qoldi, avlod-ajdodlarimizning dunyoviy-xayotiy, axloqiy, ma’naviy, ruxiy xazinasi
bo’lgan kitoblar esa umuman o’qitilmay, o’rgatilmay tashlab kuyildi. Adabiyotlar:
1. Pedagogika   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi)   O‘qituvchilar   tayyorlash   va
pedagogika   fani   sohasi:   bakalavriat   yo‘nalishi   uchun
darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning   umumiy   tahriri   ostida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   Toshkent   “O‘zbekiston   faylasuflar   milliy
jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma//A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.
Toshkent “O‘qituvchi”, 1996.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika nazariyasi. 1-qism / Oliy o’quv yurtlari
uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjayevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent:   “ Iqtisod-
moliya”, 2007. 
4. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S.A.Madiyarova   va   boshq.   –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.
5. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU,  2006.
6. Axmedova   M.E   “Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi”   o’quv   qo’llanma   T:2011
“Tafakkur bo’stoni” nashriyoti 157 b
7. Axmedova   M.E   Niyozov   G.   “Pedagogika   tarixidan   seminar   mashg’ulotlari”   o’quv
qo’llanma T:2011, Noshir nashriyoti 157 b
8. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001.

Mavzu: XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya maktab va pedagogic fikrlar rivoji. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning 90-yillarigacha bo‘lgan davrda tarbiya va ta’lim tizimi . Reja: 1. XVII - XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Qo`qon va Xiva xonliklarida ilm - fan taraqqiyoti. 2. Jahon Otin Uvaysiy va uning qizlar maktabi. 3. Nodiraning tarbiyaga oid qarashlari. 4. Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning "Odob as-solixin" asari va uning tarbiyaviy ahamiyati. 5. Muhammad Rizo Ogahiy, Munis Xorazmiylarning pedagogik qarashlari. 6. Jadidchilik harakatining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. 7. 2. Jadidchilik harakatining asosiy g’oyalari va namoyondalari. 8. 3. 1917-1991 yillarda O’zbekistonda maktab va pedagogika fani.

XVII - XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Qo`qon va Xiva xonliklarida ilm - fan taraqqiyoti. XV asrning oxiri va XVI asr boshlarida Movorounnahrda 150 yil hukmronlik qilgan temuriylar sulolsai inqirozga uchradi. XV asr oxirida Shayboniyxon Utror qalasaini, Turkistonni so`ngra Buxoro, Samarqand, Farg`ona vodiysini, 1506 yili Hirotni bosib oldi. Eron shohi bilan urushda Shayboniyxon (1510) halok buldi. XVI asrda Ashtorxoniylar hukmronligi o`rnatildi. O`zaro nizolar avj olib ketdi, natijada Movarouunahrda uchta xonlik, avvalo, Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib Qo`qon xonligi qaror topdi. Buxoro xoni Abdullaxon davrida boshqa davlatlar bilan har tomonlama aloqalar o`rnatishga erishildi. Jumladan Xindistonda shox Akbar, SHarqiy Ovrupada Ivan Grozniy bilan do’stona munosabatlar o’rnatildi. Abdullaxon o’z atrofiga yozuvchi, shoir va olimlarni to’plab ularga homiylik qildi. SHoirlar orasida, Ayniqsa Mushfikiy o’z madxiyalari, lirik she’r va hajviyalari bilan shuhrat topdi. Abdullaxonning topshirig’i bilan u turli binolar uchun tarixlar bitdi. Abdullaxon 1001 ta rabot va sardoba, ko`plab madrasa, masjid, ko`prik, suv omborlari qurdirdi. U yozuvchi, shoir, olimlarni to`plab ularga homiylik qildi. Saroy muarrixlaridan Hofiz Tanish dalillar asosida "Abdullanoma" nomli tarixiy asarini yozdi. Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy "Dastur al-iloj", Muhammad Yusuf Maxxol "Zubdat ul-kaxollin" asarlarini, shoir va adiblar Bobur, Solix, Majlisiy, Hasan Nisoriy, Binoiy, Vosifiy, Ubaydiylar ijod qildilar. Shu davrlarda Muhammad Balxiyning "Subxonqulixonnoma", Mir- Muhammad Amin Buxoriyning "Ubaydullanoma", Muhammad Vali samarqandiyning 200 adib haqida ma’lumot beruvchi "Muzakkirul asxob" nomli asarlari, Sayido Nasafiyning Naqshbandiyga bag`ishlab yozgan qasidalari, Sufi Olloyor va Boborahim Mashrabning she’rlari yuzaga keldi.

Bu davrda ko`proq adabiyot, tarix, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi. Ayniqsa, Abulg`oziyning "Shajarai turk" asari mashhur edi. Abdulg`oziy 1645- 1663 yillarda hukmronlik qilgan. xukmdor, olim, tarixchi va adib bo`lgan. U Xorazmda ilm-fanni taraqqiy ettirish maqsadida o`z saroyiga binokorlar, tabib, shoir va boshqalarni to`playdi. Xonlik tarixini yaratishga kirishadi. "Shajarai taroqima" (1661), "Shajarai turk" (1664) va tabobatga oid "manofe’ ul-inson" (1644) kabi asarlarni yaratadi. Xorazm tarixchilik maktabiga asos soldi. XVIII asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar orasida Sufi Ollayor ancha mashhur bo`lib, uning asarlari maktab va madrasalarda o`quv qo`llanmasi sifatida ishlatilgan. U fikxga oid "Siroj ul-ojizin", "Sabot ul-ojizin", "Murod ul-orifin", "Najot ul-tolibin" asarlarini yaratadi. "Sufi Olloyor" nomi bilan mashhur bo`lgan "Sabot ul-ojizin" asari maktablarda savod chiqarilishi bilan o`qitilar edi. Bu davrda ijod etgan Fazliy Namongoniy, Mushfiqiy, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Nodira, Shermuhammad Munis va Ogahiy, Kiromiy, Mulla Shermuhammad, Akmal, Muhammad Aminxoja Kosoniy, Mavlono Nodirlar o`z zamonasining zabardast siymolaridan edilar. Ko`plab me’morchilik obidalari qurildi. Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa,mantiq, qiroat, tafsir, shariat, hikmat, islom tarixi va aqidalariga oid nazariy bilimlar, ish yuritish, savdo - sotiqqa oid o`nlab ilmiy bilimlar, dunyoviy va diniy bilimlar o`rgatilar edi. barcha madrasalarda majburiy fan sifatida "Qur’on", "tafsir", "Odob as-solixin", "Sabot ul-ojizin", "Kimyoi saodat", "Xadis" kabilar o`qitilardi. O`qish muddati 15- 20 yilni tashkil etgan. Masjid yonidagi maktablarda bolalarga 7 yil alifbe, abjad, Qur’on, chor kitob, Xoja Xofiz, Mirzo Bedildan savod o`rgatilgan. O`zbek bolalari o`qiydigan maktablarda "Kitobi Fuzuliy", "Lisonut - tayr", "Devoni Alisher Navoiy", "Huvaydo", "Qissai devona Mashrab", "sabot ul-ojizin" kitoblari o`qitilgan. Savod chiqqandan barcha maktablarda Sufi Olloyor o`qitilgan. Lug`atshunoslik, tarixnavislik, she’riyat rivojlandi. Ko`plab asarlar fors, arab boshqa tillardan tarjima qilindi.

Ta’lim - tarbiya jarayonida xotin qizlarga, ayollar tarbiyasiga katta e’tibor berildi. O`qimishli, ziyoli ayllar tomonidan maktablar tashkil qilindi va ular Xotinlar maktabi nomi bilan shuhrat qozondi. Madrasani bitirganlaridan mudarris, mutavali, qozi, imomlar, shuning bilan fan arboblari, adiblar, shoirlar ham yetishib chiqardi. Chunonchi: Boboraxim Mashrab, Muhammad Amin Kosoniy - Namangoniy, Sayido Namangoniy, Shavqiy Namagoniy, Sayido Nasafiy, Sufi Olloyor, Zebuniso, Dilshod - Barno, Muhammad Mir Olim Buxoriy, Abulg’ozi Bahodirxon kabilar boshqa kasb egalarini to’pladi. Abulg’oziy ota-bobolarining quntsizliklari tufayli yozilmay qolib ketayotgan xonlik tarixini yaratishga qat’iy kirishdi va qobiliyatli xattotlarni bu ishga jalb etdi. Xorazmning o’tmish madaniyati Abulg’oziyning katta ishtiyoq qiziqish uyg’otgan edi. Abulg’oziy "Shajarai tarokima" (1661), "Shajarai turk" (1664) va tabobatga oid "Manofe’ ul - inson" (1664) kabi nodir asarlar yozdi va Xorazm tarixchilik maktabiga asos soldi. Abulg’oziy asarlari Sharq tarixchilarining - olimlarininggina emas balki, 1880 yillardan boshlab rus va G’arbiy Ovrupa olimlarining ham diqqat e’tiborini o’ziga torta boshladi. Muallifning "Shajarai turk asri 1825 yilda Kozonda Rumyansev , 1854 yilda G.S. Sablukov, 1871 yil P.I.Demizonlar tomonidan , "SHajarai tarokima" asari esa 1898 va yillarda bir necha marotaba rus tilida nashr ettirildi. O’zbekiston xududidagi xonlik va amirliklar davrida fan, adabiy san’at, ma’rifat bir muncha rivojlangan. Ko’proq xon saroylari doirasida ham diniy, ham dunyoviy adabiy asarlar yozilgan. O’zbek tilida yozilgan asarlar orasida muallifi xaligacha noma’lum "Tavorixi Go’zida" turkiy qabilalar tarixi va nomlari keng yoritiladi. Bu davrda boshqa ko’plab tarixiy, asarlar yaratilganki, biz ularni o’rganishimiz orqali o’tmishni to’g’ri tasavvur qila olish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Jumladan bu paytda Muhammad Yoqubning "Gulshan ul-muluk", Muhammad Olimning "Tarixi amir Nasrullo", Mulla Ibodulla va Mulla Muhami Shariflarning "Tarixi amir Xaydar", Muhammad Xaqimxon Turam "Muntaxabut tavorix", Mulla Avazifa Muhammadning "Tavern jaxonnumoyi", Mulla Niyoz Muhammadning "Tarixi

Shoxruh Abduraxmon Tolening "Abo’lfayzxon tarixi", Muhammad Vafo Kirmoniyning "Tuxfai xoniy" kabi asarlari diqqatga loyiqdir. XVIII asrda yashab ijod etgan ma’rifatparvarlar orasida So’fi olloyor (asli ismi Olloxyor) anchagina mashhur bo’lib, uning asarlari maktab va madrasalarda o’quv qo’llanmasi sifatida keng foydalanilgan. So`fi Olloyor fikriga oid "Siroj ul-ojizin", "Sabot ul-ojizin”, "Murod ul-orifin", "Maxzan ul-orifin", "Najot ul-tolibin" asarlarini yaratdi. "So`fi olloyor" nomi bilan halq orasida mashhur bo’lgan "Sabot ul-ojizin" degan asar maktablarda savod chiqarilishi bilan o’qitilar edi. Unda islom dinining asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgandi. Ul insoniy fazilatlar badiiy hikmatlar hamda hikoyalar tarzida ifodalanadi. Kitobda ilgari surilgan masalalar oyatu xadislarga muvofiq yozilganligi namoyon bo’ladi. Asar fors va arab tilini bilmagan oddiy halq uchun mo’ljallangan. Bu uning muqaddimasidan ham ko’rinib turibdi. Unda Allox taoloni tanimoq bayonida", "alloh taolo ma’rifatining bayoni", “Allox taoloning sakkiz sifatining bayoni"dan so’ng iymonning, rishtalarning bayoni, payg’ambarlarga iymon keltirish bayonidan so’ng islom dinining asosiy qoidalari yuksak ahloqiy talablar, hikoyatlar, hikmatlar asosida bayon etilib beriladi. Masalan: "Kamtarinlik, haqida mav’iza", "Ta’madan tiyilish haqida", "Yomonlar suhbatidin qochib, yaxshilar suhbatinda bo’lmoqning bayoni", "Nafsi shum bayonida" , "Banda ahdida turmog’i bayonida", "Yaxshi hamroh bayonida", "Xiyonatdin yirok bo’lmoq bayonida", "Javonmardlik nishoni" kabi boblar bunga misoldir. Jahon Otin Uvaysiy va uning qizlar maktabi. Jahon Otin Uvaysiy (XVIII asrning 80-yillarida tug`ilib, 65 yoshlarida vafot etgan) Marg’ilon shahar CHilduxtaron mahallasida, Farg’ona tumani, Arsun qishlog’ida tug’ilib yashagan. Uning otasi Qaynar devona yoki Devonai Qalandar deb yuritilgan. (Uning Ismini Siddiqbobo deb ataganlar). Onasining nomi esa CHinnibibi edi. Ularning Uvaysiydan katta Oxunjon hofiz degan o’g’li ham bor edi. Qaynar devona Kocondan kelib, Marg’ilonda turg’un bo’lib qolgan.