logo

XVII-XVIII ( 17 – 18 ) asrlar va XIX ( 19 ) asrning birinchi yarmida Turkistonda ta’lim, tarbiya rivoji

Yuklangan vaqt:

23.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

90 KB
XVII-XVIII  (  17 – 18  ) asrlar va XIX ( 19 )  asrning
birinchi yarmida Turkistonda ta’lim, tarbiya rivoji. 
Reja:
1.XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va 
Q o’ q on xonliklarida 
   ilm-fan va ta’lim-tarbiya.
2.Jaxon Otin  U vaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga  q o’shgan xissasi.
3. Q izlar maktabida ta’lim-tarbiya mazmuni, metod va   usullari. 1. XVII-XVIII  asrlar va XIX  asrining birinchi yarmida Buxoro, Xiva va 
Qo’qon xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya.
      Movarounnaxrda  bir  yuz   ellik  yil  asrnit  birinchi   yarmida    xukumronlik
qilgan   temuriylar     sulolasi   inkirozga   yuz   tutib,   uning   xonxikxarida       ilm-fan     va
o’rniga   Shayboniylar   xukumronligi   o’rnatildi.   Lekin   Shayboniyxon   xam   (1451-
1510)   kuchli   markazlashgan   davlat   barpo   kilishga   qay   darajada   xarakat   qilgan
bo’lsa xam, uning o’limidan so’ng o’zaro urushlar avj olib ketib, bu xududda uch
xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo’qon xonligi paydo
bo’ldi.
Xonliklar   davrida   boshqa   davlatlar   bilan   aloqalar   o’rnatildi.   Jumladan,
Hindiston   Shox   Akbar,   Sharqiy   Ovrupodan   Ivan   Grozniylar   bilan   do’stona   aloqa
o’rnatildi.
Buxoro   xoni   Abdullaxon   1001   ta   rabot   va   sardobalar   qurdirdi,   madrasa,
masjidlar,   xonaqox   va   ko’priklar,   suv   omborlar   va   boshqa   inshootlar   qurildi-   Bu
davrda   «Abdullanoma»   nomli   tarixiy   kitob   yozildi.   Tibbiyot   soxasida   Sultonali
Samarqandiyning   «Dastur   al-iloj»,   Muqammad   Yusuf   Mahxolning   «Taxqiq   al
xumayyot», «Zubdat ul-qaxxolin» asarlari, Shayboniyxonning «Tavorixi  guzidayi
nusratnoma»,   Boburning   «Boburnoma»,   Vosifiyning   «Badoye’   ul-vaqoye»,
fazliddin   Ibn   Ro’zbekxonning   «Mexmonnomayi   Buxoro»   kabi   asarlarida   o’sha
davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma’rifiy xayoti o’z aksini topgan.
XVII-XVIII   asrlarda   me’morchilik   soxasida   ham   katta   inshootlar   qurildi.
Masalan,   Buxoroda   Imomqulixonning       nufuzli   amaldoridan   Nodir   devonbegi
masjid,   xovuz,   madrasalardan   iborat   katta   me’moriy   ansambl   qurdirdi.
Shuningdek, Samarqanddan 4 chaqirim Janubda Xo’ja Axror qabri oldiga madrasa
va Nomozgox barpo etdi.
Bu   davrda   Muxammad   Balxiyning   5000   baytdan   iborat
«Subxonqulixonnoma»,   Mirmuxammad   amir   Buxoriyning   «Ubaydullanoma»,
Muxammad   Vali   Samarqandiyning   200   nafar   adabiyot   arboblarining   tarjimai
xoliga   oid   ma’lumotlar   berilgan   «Muzakkirul   asxob»   nomli   asari,   shuningdek,
Sayido Nasafi, So’fi Olloyor, Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga keldi. Bu davrda ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida; turmushda xam, oilada xam xar bir
kishi aloxida diniy talablarga rioya etar edi. Madrasalarda deyarlik iloxiy bilimlar
berilishiga qaramay, madrasani bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar bilan
bir   qatorda   mashxur   shoir,   olimlar   xam   yetishib   chiqdi.   Boboraxim   Mashrab,
Muxammad   Amin   Kosoniy-Namangoniy,   Fazliy   Namangoniy,   Sayido   Nasafiy,
So’fi   Olloyor,   Muxammad   Mir   Olim   Buxoriy,   Abdulg’oziy   Baxodirxon   ana
shunday   ilm   soxiblaridandir.   Bu   davrda   ko’proq   adabiyot   tarix,   me’morchilik,
tasviriy   san’at   rivojlandi.   Lekin   tabiiy   fanlarga   xam   oid   ajratilgan   «Xisoblash
usullari xaqida risola» nomli matematikaga doir muxim asar xam yuzaga keldi.
Abdulg’oziyning «Shajarai turk» asari xam Sharq, xam Ovrupo olimlarning
diqqatini o’ziga tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar xam maydonga keldi.
XVII   asrda   yashagan   ma’rifatparvar   olim   So’fi   Olloyorning   «Sabot   ul-
ojizin»   asari   «So’fi   Olloyor»   nomi   bilan   mashxur   bo’lib,   maktablarda   savod
chiqarilishi   bilan   o’kitilar   edi.   Unda   islom   dinining   asosiy   qoidalari,   aqidalari
bayon   etilgan.   Qo’qonda   xam   ko’plab   ilmiy,   ma’rifiy   maskanlar   paydo   bo’lib,
yirik   adabiy   muxit   yaratilgan.   fazliy   va   Mushrif   tomonidan   tuzilgan   «Majmuat
ush-shuaro» to’plami buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Xivada bino
bo’lgan   Shayx   Jalol   madrasasi,   Samarqandda   Registon   maydoni,   Sherdor   va
Tillaqori,   Devonbegi,   Xivada   Arabmuxammad   madrasalari   ilm-ma’rifatning
rivojlanishga katta xissa qo’shdi.
Bu   davrda   maktab   va   madrasalarda   grammatika,   xandasa,   mantiq,   qiroat,
tafsir,   shariat,   xikmat,   islom   tarixi   va   aqidalarga   oid   ilmiy-nazariy   bilimlar,   ish
yuritish, xuquqshunoslik,       savdo-sotiq       ishlariga       oid,       meros       va       boylik
taqsimoti   kabi   dunyoviy   xamda   ilmiy   bilimlar   o’rgatilar   edi.   Shuningdek,   barcha
madrasalarda albatta fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik
ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Xadislar» o’qitilar edi.
Uqish   muddati   15-20   yilni   tashkil   etib,   masjid   yonidagi   maktabda   esa
bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur’on, farzi ayn, Chor kitob, Xoja Xofiz, «Maslik ul-
Mutakkin»,   Mirzo   Bedildan   savod   o’rgatilar   edi.   uzbek   bolalari   o’qiydigan
maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Qissai devona Mashrab», So’fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» kitobi o’qitilgan.
2.Jahon Otin Uvaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga qo’shgan hissasi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi xam rivojlana boshladi.
Cho’iian hissasi. Uqimishli, ma’rifatli, ziyoli ayollar tomonidan maktablar
tashkil   etiladi   va   bu   maktablar   otinlar   maktabi   deb   nomlandi.   o’zbek   diyorida
otinlar maktabining yirik namoyondalaridan biri — Jaxon otin Uvaysiy edi.
Jaxon   otin   Uvaysiy   (1789-90   Marg’ilon   —   1850   y.   Marg’ilon)-XIX   asr
Qo’qon   madaniy   muxitning   ko’zga   ko’ringan   vakillaridan   biri   yetuk   shoira   va
maktabdor   muallimalardandir.   Jaxon   otin   Uvaysiyning   she’rlar   va   maktabdorlik
xizmatlari xalq ommasi orasida keng yoyilgan.
U   Marg’ilonning   Childuxtaron   maxallasida   she’riyatga   ixlosmand   Siddiq
bobo (Qaynar devona xam deb atashadi) va Chinni bibilar oilasida dunyoga keladi.
Otasi   kosibchilik   qilgan,   onasi   esa   savodli   ayol   bo’lib,   maktabdorlik   qilgan   va
maxalla axli qizlarini o’qitgan.
Jaxon   otin   yasuda   yoshligidan   boshlab   onasidan   savod   o’rgangan,
kichikligidayoq   akasi   ikkalasi   Oxunjon   xofizdan   dutor,   tanbur   chalish,   musiqa
ilmining   amaliy   tomonlarini   xam   egallaydi.   Otasidan   esa   arab,   fors   tillari   va
adabiyot sirlarini o’rganishga xarakat qiladi.
Otasi   tez   orada   vafot   etib,   onasi   bilan   qolgan   Jaxon   otin   o’zi   mustakil
ravishda   Xofiz,   Jomiy,   Navoiy,   Fuzuliy,   Bedil   kabi   sharq   she’riyatining   buyuk
namoyondalari ijodini o’rganadi. Onasi va akasi Oxunjon Jaxon otinni 17 yoshida
Marg’ilonga Xojixon ismli kishiga uzatadilar. Xojixon savodli, adabiyotga do’st va
ma’rifatli inson edi. Jaxon otin undan ikki farzand ko’radi.
Jaxon     otin     Uvaysiy     endi     mustaqil     ravishda     Marg’ilon     va   uning
atrofidagi  qizlarni  o’qita boshladi.  Qizlarga xat-savod  o’rgatadi. Ilmiy musiqadan
dars   beradi.   Uvaysiy   qizlarga   she’r   yozishning   uslublarini   ham   o’rgatadi.
Muallimlik   kasbiga   Uvaysiy   ixlos   bilan   qaraydi.   Ilmga   tashna   qizlarga   sidqidil
bilan dars beradi. Bu xol  uning g’azallarida xam o’z ifodasini topgandir:
Uchradi   kaydin   menga,   chun   Oy   ila   Kun   ikkisi,   Ko’rdam   ahvolini   alar
Farhodu   Majun   ikkisi.Zexni   gavvosimni   soldim   fazal   bahrin   ka’riga,   Chun   sadaf batnida onlar duru maknun ikkisi.
Shaxri dilda akl shoxsn lashkardur beshmor, Yuz tuman lashkarga keltirdi
shabixun ikkisi.
Keldikim ikki pari gul talab aylab kanot,
Ilm koni ichra Vaysiy, bo’ldi mamnun ikkisi.
Shunisi     diqqatga         sazovorki,         shoira     o’z   toliblari   va   shogirdlarining
yutuqlaridan quvonib, ularga   muvashshaxlar   xam bag’ishlagan. 
Masalan:   Jahon   gulzorida   xoki   kudumingdan   yetar   ziynat,   o’iromingdan
topar jon gulshanu oroyshu nazhot.
Bu Jaxon bibi ismi shogirdiga yozilgan muvashshax bo’lib, Jaxon
bibi,    Hayot,    Baqo,    Dilorom    ismli    qizlar    Uvaysiydan    ilm
o’rganganlar. Ular ham Jaxon otin yordamida fors-tojik, turkiy
tillarda    yuksak    saviyadagi    she’rlar    yozishga    qodir    shoiralar
bo’lganlar.
3. Kizlar maktabida ta’lim -tarbiya mazmuni, metod va usullari.
Marg’ilon   tumanining   xokimi   Umarbek   bo’lganidan   keyin,   bu   paytda
maktabdor va shoira sifatida shuxrat qozongan Uvaysiy Nodira bilan yaqinlashadi.
Bu   yaqinlik   keyincha   Qo’qonda   Nodirabegimning   fojiali   qatl   etilguncha   davom
etadi.   Uvaysiy   qizi   Quyoshxonga   xomilador   ekanligida   eri   Hojixon   vafot   etadi.
Shunda   Uvaysiy   erining   yilini   o’tkazib   ikki   bolasi   bilan   Nodira   taklifiga   binoan,
Qo’qonga keladi. Endi Uvaysiy Nodirabegim ximoyasida bo’ladi.
Qo’qonda   Uvaysiy   xon   saroyida   yashaydi.   U   xaramdagi   qizlarga,
kanizaklarga   xam   xat-savod   o’rgatadi.   Kanizaklarga   boshlang’ich   ta’lim,   ya’ni
alifboni   o’qitishdan,   yozishdan   tortib,   to   ilm   musiqiyning   amaliy   jixatdan   ta’lim
berish   bilan   shug’ullanadi.Uvaysiy   xon   saroyida   3-4   yildan   ortik   yashay   olmaydi
va   boshqa   yerga   ko’chib   o’tadi.   Shoira   bu   yangi   joyda   yana   o’zi   sevgan
mashg’ulotini   davom   ettiradi.   Shu   bilan   birga   Nodira   iltimosi   biG’chn   uning
ximoyasidagi tutqunlarni xam o’qitadi. Uvaysiy qizlarga xat-savod o’rgatish bilan
birga,   sozanda-xonanda   kizlar   guruxini   ixlosi   bor   qizlar   ichidan   yig’ib,   ularga
san’atning   ayrim   sirlarini   o’rgatadi.   Yangi   xovlida   dars   berayotgan   bir   paytda Uvaysiy   Nodira   xuzuriga   borib   qaytsa,   eshigining   qulfi   singan,   xona   ichidagi
tanburlar   yo’q   ekan.   Uvaysiy   surushtirib   bilsa,   bu   ig’vogarlarning   ishi   bo’lib
chiqadi.   Bu   xususida   Nodira   Umarxon   orqali   tanburlarni   o’rniga   qaytarishda
yordam  beradi.
Ma’lumki,   qizlar   maktabida   talabalar   zexnini   tarbiyalash,   bilimlarni
mustaxkamlash, uzoq esda saqlab qolish, tafakkur qobiliyatini mustaxkamlash xam
katta   e’tibor   beriladi.   Shu   maqsadda   chiston   (topishmoq)   larni     yechish,
muvashshaxlar   yozish,   adabiy   asarni   sharxlash   va   izoxlash   kabilardan
foydalanilgan.   Bu   usullar   talabani   rag’batlantirgan,   uning   o’qishga   bo’lgan
qiziqishini va qobiliyatini oshirgan.
Chunonchi, Jaxon otin(Uvaysiy) mashxur shoira bo’lishi bilan birga moxir
muallima xam bo’lgan. U o’z darslarida qizlarning zexnini tarbiyalashda quyidagi
chiston, muammo, muvashshaxlardan  foydalangan (chiston-topishmoq, muammo-
she’rda   kishi   noma,   sana   va   shu   kabilar   yashiringan   janr,   misralar   boshidagi
xarflarni to’plaganda kishi nomi chiqadigan she’r-muvashsha h ):
Ul na  q ush ko’rinmaskim,  sh afak bolu pari,
Misli ul raf-raf suvoru bilsangiz, yo’ktur tani.
Vokif erur kecha-kunduz xizmatida to’rt tani,
Q on ilan ermish murassa bul chiyiston maskani.
(kalb, to’rt gulom-ko’z, oshz, kulok, burun)
Ul nadurkim sabz to’nlik, yoz yo g’ ochning boshida,
Q ish yalanyuch aylanga aylagay barcha xaloyik koshida.
Barcha kushlarning so’ngoki ichida,
Ul na kushdirkim so’ngoki toshida.(yongok)
Ikki mexbubni ko’rdim, bir-birisin ko’rmagan,
Nkkisining o’rtasiga, do’stlar kil sigmagan.   (kun va tun)
Ul nadurkim poyi yo’k, yursa boshi birla yurar,
Yurganida xok surmay, ancha ustolik kilar.  (suv)
4.   Muhammad   Sodik   Qoshgariy   va   uning   “Odob   as-solihin”(   Yaxshi
kishilar odobi) asari, asarda ilgari surilgan hulq-odob me’yorlari. Muxammad Sodik  Qoshg’ariyning(1740-1843)   «Odob as-solixin»  asari,
asarda     (Yaxshi   kishilar   odobi)   ilgari     surilgan     xulk-odob     muallifning   o’zi
ta’kidlaganidek, muqaddima va 7 bobdan xamda xarbir bob 4 fasldan iborat.
Muqaddimada   asarning   maqsadi   ifoda   etiladi,   ya’ni   insonga   yaxshi   xulq
egallash zarurligi ta’kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa, nafaqat o’ziga,
balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi.
Shunday ekan, xar bir inson odobi zaxriy xamda odobi botiniyni bilib, unga
amal   qilishi  zarurligi  va   bu  odob  qoidalarini  mo’tabar  kitoblarda  xal  etilganligini
aytadi. So’ng yuqorida ta’kidlaganimizdek, insonning barkamol bo’lib yetishishida
kundalik turmushda zarur botiniy va zoxiriy odob qoidalari: salomlashish va ruxsat
so’rash,   muloqat   odobi,   uxlash   va   yo’l   yurish,   suxbat   axlining   o’zini   tutishi,   er-
xotin odobi, tozalik va ozodalik qoidalari, mexmon kutish, ziyofat va ovqatlanish
odobi, safar qoidalari bayon etiladi.
Birinchi bob ruxsat so’rash va salomlashish, ko’rishish, qo’l olishish xaqida
bo’lib, u to’rt fasldan iborat.
Ma’lumki,   sharq   xalqlarda   biror   kimsa   birorta   uyga   kirganda   u   yerga
ruxsatsiz   kirib   boravermay,   ma’lum   urf-odat   qoidalariga   rioya   qiladi.   Ana   shu
qoidalarning   eng   muximlari   deb,   Muxammad   Sodiq   Qoshg’ariy   xar   bir   odam
kelganligini   bildirish   (eshikni   qoqish   yoki   yo’talish),   ovoz   berilgandan   so’ng
kirishga ruxsat so’rash va so’ng kirish kerakligi bayon etiladi.
Ikkinchi   faslda   esa   salomlashishning   o’n   ikki   odob   qoidasi   xaqida   fikr
yuritiladi.   Shunda   savol   berish   va   javob   masalasida   xozirgi   paytda   xam   yuz
berayottan   munozarali   fikrlarga   nuqta   qo’ygandek   bo’ladi.   Muallif   aytishicha,
adabi   avval-ikki   mo’min   kishi   kelsalar,   xox   oshno   va   xox   nooshno,   salom
berishgaydirki, salom bermak sunnatdir, javob farz ayndur, deydi.
Shuningdek, olim «Ulug kichikka, otlik piyodaga, yuruvchi o’yupirguvchi
va   oz   ko’ta   salom   bergay»,   deb   ta’kidlar   ekan,   bir   kishi   ko’pchilik   oldiga   kirib
kelganda, birinchi bo’lib salom berishi, ko’pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan
salomga alik olish yoki auditoriyaga kirganida. «Kim oldin salom berishi kerak?»
degan muammoni yechgan bo’ladi. Mazkur      bobda     yana     salomlashishdagi     xatti-xarakatlar, jismonan
zaif   kishilar   va   salomlashish   qoidalari,   erkak   va   xotin-qizlarning   salomlashish
qoidalari.   Salom   bermaslik   va   javob   qaytmaslik   haqida   ham   hozirgi   davr   uchun
muhim   tavsiyalar   mavjud.   Birinchi   bobning   uchinchi   faslida   berilgan   muloqot
(uchrashuv)   odobiga   oid   tavsiyalar   ham   diqqatga   sazovor.   Bunda   uchrashganda
qo’l berib ko’rishish. Lekin qo’l uchi bilan emas,   astoydil,   lekin qo’lni silamay,
ochiq yuz bilan ko’rishish odobi bayon etiladi. Quchoqlashib ko’rishish, safardan
qaytgan   kishi   bilan   ko’rishish   va   yosh   bolalar   bilan   ko’rishish,   o’pib   ko’rishish
odoblari bayon etiladi.
Ikkinchi   bobda   uxlamoq,   kiyim   kiyish,   yo’l   yurish   odoblari   haqida   fikr
yuritiladi.   Masalan,   uxlash   oldidan   eshiklarni   mahkamlash,   idishlarni   og’zini
yopish, o’rnidagi ko’rpani qoqib yotish, o’t, chirokni o’chirish, uxlaydigan o’rnini
yumshoq   qilmaslik,   o’ng   qo’lga   bir   oz   suyanib   yotish   tavsiya   etiladiki,   bu
qoidalarga   rioya   qilmaslik   natijasida   ko’plab   noxush   voqyealar   ro’y   berganligi
aytiladi.
Libos kiyish qoidalari ham xulq-odob koidalarning tarkibiy kismi sanaladi.
Bunda   eng   muhimlaridan   kishi   imkon   darajasida   kiyinishi   lozimligi,   kulayligi   va
yoshi,   jinsiga,   joyiga,   fasliga   mos   bo’lishi,   uni   toza   tutish,   yaxshi   libos   kiyganda
manmanlik qilmaslik, kiymaydigan ortiqcha liboslaridan muhtojlarga in’om qilish
kabi tavsiyalar hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Io’l yurish qoidalari ham har bir inson uchun bilishi zarur bo’lgan qoidalar
bo’lib,   bu   haqda   quyidagilar:   yo’l   yurganda   me’yorida   qadam   tashlash,   atrofga
alanglamaslik,   jamoat   joylarida   boshxalarga   ozor   bermaslik,   keksalardan   keyin
yurish,   ustozlar   bilan   birga   ketayotganda   ularning   hurmatini   saqlash,   yo’lida
hamrohlari bo’lsa ular bilan birga ketishlik, yo’lida esa biror kishi uchrashib qolsa,
salomlashib   birga   ketishlik,   yo’lida   og’iz   suvi   yoki   balg’amni   tupursa   yuzini
berkitish,   uni   o’ng   tomonga   yoki   oldiga   emas,   chap   tomonga   yoki   orqasiga
tashlash,   yo’lida   yordamga   muhtojlarga   yordam   berish,   yaxshi   ishni   ma’kullab,
yomon   ishdan   qaytarish   kabilar   bayon   etiladiki,   bularni   bilish   katta-yu   kichikka
birdek zarurdir.

XVII-XVIII ( 17 – 18 ) asrlar va XIX ( 19 ) asrning birinchi yarmida Turkistonda ta’lim, tarbiya rivoji. Reja: 1.XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Q o’ q on xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya. 2.Jaxon Otin U vaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga q o’shgan xissasi. 3. Q izlar maktabida ta’lim-tarbiya mazmuni, metod va usullari.

1. XVII-XVIII asrlar va XIX asrining birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarida ilm-fan va ta’lim-tarbiya. Movarounnaxrda bir yuz ellik yil asrnit birinchi yarmida xukumronlik qilgan temuriylar sulolasi inkirozga yuz tutib, uning xonxikxarida ilm-fan va o’rniga Shayboniylar xukumronligi o’rnatildi. Lekin Shayboniyxon xam (1451- 1510) kuchli markazlashgan davlat barpo kilishga qay darajada xarakat qilgan bo’lsa xam, uning o’limidan so’ng o’zaro urushlar avj olib ketib, bu xududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo’qon xonligi paydo bo’ldi. Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o’rnatildi. Jumladan, Hindiston Shox Akbar, Sharqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar bilan do’stona aloqa o’rnatildi. Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqox va ko’priklar, suv omborlar va boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda «Abdullanoma» nomli tarixiy kitob yozildi. Tibbiyot soxasida Sultonali Samarqandiyning «Dastur al-iloj», Muqammad Yusuf Mahxolning «Taxqiq al xumayyot», «Zubdat ul-qaxxolin» asarlari, Shayboniyxonning «Tavorixi guzidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoye’ ul-vaqoye», fazliddin Ibn Ro’zbekxonning «Mexmonnomayi Buxoro» kabi asarlarida o’sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma’rifiy xayoti o’z aksini topgan. XVII-XVIII asrlarda me’morchilik soxasida ham katta inshootlar qurildi. Masalan, Buxoroda Imomqulixonning nufuzli amaldoridan Nodir devonbegi masjid, xovuz, madrasalardan iborat katta me’moriy ansambl qurdirdi. Shuningdek, Samarqanddan 4 chaqirim Janubda Xo’ja Axror qabri oldiga madrasa va Nomozgox barpo etdi. Bu davrda Muxammad Balxiyning 5000 baytdan iborat «Subxonqulixonnoma», Mirmuxammad amir Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muxammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblarining tarjimai xoliga oid ma’lumotlar berilgan «Muzakkirul asxob» nomli asari, shuningdek, Sayido Nasafi, So’fi Olloyor, Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga keldi. Bu

davrda ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida; turmushda xam, oilada xam xar bir kishi aloxida diniy talablarga rioya etar edi. Madrasalarda deyarlik iloxiy bilimlar berilishiga qaramay, madrasani bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar bilan bir qatorda mashxur shoir, olimlar xam yetishib chiqdi. Boboraxim Mashrab, Muxammad Amin Kosoniy-Namangoniy, Fazliy Namangoniy, Sayido Nasafiy, So’fi Olloyor, Muxammad Mir Olim Buxoriy, Abdulg’oziy Baxodirxon ana shunday ilm soxiblaridandir. Bu davrda ko’proq adabiyot tarix, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi. Lekin tabiiy fanlarga xam oid ajratilgan «Xisoblash usullari xaqida risola» nomli matematikaga doir muxim asar xam yuzaga keldi. Abdulg’oziyning «Shajarai turk» asari xam Sharq, xam Ovrupo olimlarning diqqatini o’ziga tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar xam maydonga keldi. XVII asrda yashagan ma’rifatparvar olim So’fi Olloyorning «Sabot ul- ojizin» asari «So’fi Olloyor» nomi bilan mashxur bo’lib, maktablarda savod chiqarilishi bilan o’kitilar edi. Unda islom dinining asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgan. Qo’qonda xam ko’plab ilmiy, ma’rifiy maskanlar paydo bo’lib, yirik adabiy muxit yaratilgan. fazliy va Mushrif tomonidan tuzilgan «Majmuat ush-shuaro» to’plami buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo’qon, Xivada bino bo’lgan Shayx Jalol madrasasi, Samarqandda Registon maydoni, Sherdor va Tillaqori, Devonbegi, Xivada Arabmuxammad madrasalari ilm-ma’rifatning rivojlanishga katta xissa qo’shdi. Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, xikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, xuquqshunoslik, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy xamda ilmiy bilimlar o’rgatilar edi. Shuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida «Qur’on», «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Xadislar» o’qitilar edi. Uqish muddati 15-20 yilni tashkil etib, masjid yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur’on, farzi ayn, Chor kitob, Xoja Xofiz, «Maslik ul- Mutakkin», Mirzo Bedildan savod o’rgatilar edi. uzbek bolalari o’qiydigan maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Qissai

devona Mashrab», So’fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» kitobi o’qitilgan. 2.Jahon Otin Uvaysiy va uning ta’lim-tarbiyaga qo’shgan hissasi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ayollar ta’limi xam rivojlana boshladi. Cho’iian hissasi. Uqimishli, ma’rifatli, ziyoli ayollar tomonidan maktablar tashkil etiladi va bu maktablar otinlar maktabi deb nomlandi. o’zbek diyorida otinlar maktabining yirik namoyondalaridan biri — Jaxon otin Uvaysiy edi. Jaxon otin Uvaysiy (1789-90 Marg’ilon — 1850 y. Marg’ilon)-XIX asr Qo’qon madaniy muxitning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri yetuk shoira va maktabdor muallimalardandir. Jaxon otin Uvaysiyning she’rlar va maktabdorlik xizmatlari xalq ommasi orasida keng yoyilgan. U Marg’ilonning Childuxtaron maxallasida she’riyatga ixlosmand Siddiq bobo (Qaynar devona xam deb atashadi) va Chinni bibilar oilasida dunyoga keladi. Otasi kosibchilik qilgan, onasi esa savodli ayol bo’lib, maktabdorlik qilgan va maxalla axli qizlarini o’qitgan. Jaxon otin yasuda yoshligidan boshlab onasidan savod o’rgangan, kichikligidayoq akasi ikkalasi Oxunjon xofizdan dutor, tanbur chalish, musiqa ilmining amaliy tomonlarini xam egallaydi. Otasidan esa arab, fors tillari va adabiyot sirlarini o’rganishga xarakat qiladi. Otasi tez orada vafot etib, onasi bilan qolgan Jaxon otin o’zi mustakil ravishda Xofiz, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil kabi sharq she’riyatining buyuk namoyondalari ijodini o’rganadi. Onasi va akasi Oxunjon Jaxon otinni 17 yoshida Marg’ilonga Xojixon ismli kishiga uzatadilar. Xojixon savodli, adabiyotga do’st va ma’rifatli inson edi. Jaxon otin undan ikki farzand ko’radi. Jaxon otin Uvaysiy endi mustaqil ravishda Marg’ilon va uning atrofidagi qizlarni o’qita boshladi. Qizlarga xat-savod o’rgatadi. Ilmiy musiqadan dars beradi. Uvaysiy qizlarga she’r yozishning uslublarini ham o’rgatadi. Muallimlik kasbiga Uvaysiy ixlos bilan qaraydi. Ilmga tashna qizlarga sidqidil bilan dars beradi. Bu xol uning g’azallarida xam o’z ifodasini topgandir: Uchradi kaydin menga, chun Oy ila Kun ikkisi, Ko’rdam ahvolini alar Farhodu Majun ikkisi.Zexni gavvosimni soldim fazal bahrin ka’riga, Chun sadaf

batnida onlar duru maknun ikkisi. Shaxri dilda akl shoxsn lashkardur beshmor, Yuz tuman lashkarga keltirdi shabixun ikkisi. Keldikim ikki pari gul talab aylab kanot, Ilm koni ichra Vaysiy, bo’ldi mamnun ikkisi. Shunisi diqqatga sazovorki, shoira o’z toliblari va shogirdlarining yutuqlaridan quvonib, ularga muvashshaxlar xam bag’ishlagan. Masalan: Jahon gulzorida xoki kudumingdan yetar ziynat, o’iromingdan topar jon gulshanu oroyshu nazhot. Bu Jaxon bibi ismi shogirdiga yozilgan muvashshax bo’lib, Jaxon bibi, Hayot, Baqo, Dilorom ismli qizlar Uvaysiydan ilm o’rganganlar. Ular ham Jaxon otin yordamida fors-tojik, turkiy tillarda yuksak saviyadagi she’rlar yozishga qodir shoiralar bo’lganlar. 3. Kizlar maktabida ta’lim -tarbiya mazmuni, metod va usullari. Marg’ilon tumanining xokimi Umarbek bo’lganidan keyin, bu paytda maktabdor va shoira sifatida shuxrat qozongan Uvaysiy Nodira bilan yaqinlashadi. Bu yaqinlik keyincha Qo’qonda Nodirabegimning fojiali qatl etilguncha davom etadi. Uvaysiy qizi Quyoshxonga xomilador ekanligida eri Hojixon vafot etadi. Shunda Uvaysiy erining yilini o’tkazib ikki bolasi bilan Nodira taklifiga binoan, Qo’qonga keladi. Endi Uvaysiy Nodirabegim ximoyasida bo’ladi. Qo’qonda Uvaysiy xon saroyida yashaydi. U xaramdagi qizlarga, kanizaklarga xam xat-savod o’rgatadi. Kanizaklarga boshlang’ich ta’lim, ya’ni alifboni o’qitishdan, yozishdan tortib, to ilm musiqiyning amaliy jixatdan ta’lim berish bilan shug’ullanadi.Uvaysiy xon saroyida 3-4 yildan ortik yashay olmaydi va boshqa yerga ko’chib o’tadi. Shoira bu yangi joyda yana o’zi sevgan mashg’ulotini davom ettiradi. Shu bilan birga Nodira iltimosi biG’chn uning ximoyasidagi tutqunlarni xam o’qitadi. Uvaysiy qizlarga xat-savod o’rgatish bilan birga, sozanda-xonanda kizlar guruxini ixlosi bor qizlar ichidan yig’ib, ularga san’atning ayrim sirlarini o’rgatadi. Yangi xovlida dars berayotgan bir paytda