Movarounnahrda ikkinchi uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji.
Movarounnahrda ikkinchi uyg’onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji. Reja : 1. O’lkamiz ma’naviy hayotida Amur Temur va Temuriylarning o’rni. 2. M.Ulug’bekning ta’lim-tarbiya ravnaqiga qo’shgan hissasi. 3. Temuriylar davrida ta’lim tizimi.
XIV-XVI asrlarda tarbiya, maktab va pedagogik qarashlar. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni keltiramiz: Mo’g’ul istilosi ostida bir yarim asr davomida xonavayron bo’lgan Movarounnahr xalqi XIV asr boshlarida mo’g’ullar zulmidan quti la boshladi. Buxoroda Mahmud Tarobiy boshchiligida, Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo’zg’oloni ro’y berdi. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr mo’g’ul bosqinchilaridan tozalandi va XV asrda feodal munosabatlari ancha rivoj topdi. Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi Movarounnahrda yana fan va madaniyat, ma’rifat qaytadan ravnaq topishga yo’l ochdi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixda Sharq Uyg’onish davrning ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki bu davr madaniyat yo’nalishlari, iqtisodiy asoslari IX-XII asr madaniyatining davomi hisoblanadi. Amir Temur hukmronlik davrida jahonning ko’plab shaharlaridan Samarqandga ko’plab hunarmandlar, olimlar, san’atkorlar, muhandislar olib kelindi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxonalar va rasadxonalar ko’rildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, jug’rofiya, tarix, adabiyot, falsafa xamda tarbiyashunoslikka oid bir qancha ajoyib asarlar yaratildi. Temur va Temuriylar davrida fan va madaniyat rivojlandi. Ayniqsa, Samarqand va Hirot shaharlari ilm ma’rifat, madaniyat markaziga aylandi. Shoxi Zinda,Guri Amir maqbarasi, Bibixonim Jome masjidi, Registon maydoni va shu singari ko’plab madrasa va masjidlar bunyod etildi. Ulug’bek zamoniga kelib matematika, astronomiya fanlari rav naq topdi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda uch madrasa qurilib ular fan taraqqiyotida markaz bo’lib qoldi. Buxorodagi madrasa pesh toqiga yozilgan "Ilm olmoqqa intilmoq xar birimizni va muslima uchun qarzu farzdir" hikmat hozirgi kunda xam kuzga yaqqol tashlanadi. Ulug’bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag’batlantirdi, o’zi esa matematika va astronomiya bo’yicha muhim ishlarni amalga oshirdi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshiddin Ma’sudiy, Ali Ibn Muhammad,
Hirotda esa Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug’ rassom Behzod va boshqalar ijodiyot chukqilariga ko’tarildilar. Ulug’bekning shogirdi Aloviddin Ali Qushchi (1403-1474) Mova raunnaxr madaniy va ilmiy hayotida katta rol o’ynaydi. Astronomiya to’g’risidagi "Risoali Dar Falakkiyet" asari Ali Kushchi o’z davrining Ptalomeyi deyishga sabab bo’ldi. XIV-XV asrlarda Samarqandda yashagan alloma Mir Said Sharif Jurjoniy (1340-1413) til, mantiq, huquq, falsafa, va boshqa fanlarga oid 50 dan ortiq asar yozdi. Sulton Xusayn Boyqaro davrida Hirot ilmiy-madaniy markazga aylandi. Alisher Navoiy fan, madaniyat, ma’rifat ishlarini yo’lga quyishda, u yerlarni obodonlashtirishga katta xizmatlar qildi. Alisher Navoiy til, adabiyot, musiqa, tarix, falsafa, astronomiya, tarbiya nazariyasi sohasida juda ko’p ilmiy asarlar yaratdi. XIII asr boshlarida Chingizxon istilosi va qilgan yovuzliklari natijasida Markaziy Osiyoning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida talafot yuz berdi. Shaharlar sug’orish inshoatlari vayron bo’ldi, olimlar quvgin qilindi. Xalq Chingizxon zulmiga qarshi qo’zg’aldi, unga bo’lgan nafrati ifodalangan «Guldursin» kabi afsonalarni yaratdi. Badiy adabiyotda Baguziyning «Kissom Rabguziy» kabi islom dini targ’ib qilingan asarlar yozildi. XIV asrning O’rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hakimlar O’rtasida nizo kuchaydi, iqtisod mushkullashdi, siyosatda nizolar avj oldi. Ana shunday paytda Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. U 1370-1405 yillar davomida mamlakatni mo’g’ullar zulmidan ozod qildi, xonlar o’rtasidagi nizolarga chek quydi. Amir Temur zamonida tarix ilmi, tarixshunoslik sohasida muhim ishlar qilindi. Masalan, Abdurazoq Samarqandiyning (1413-1482) Matla’ as-sa’diyn va majma’ al-baxroy, «Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo’shilishi» hofizi Abruning (1361-1430) «Zubdot at-tavarix» asarlari yuzaga keldi. Bu asarlarda Amir Temur va temuriylar faoliyati, mamlakatda sodir bo’lgan madaniy va ijtimoiy-siyosiy hayotni bayon etildi.
Amir Temur saroyida olimlardan Abdujabbor Xorazmiy, Shamsiddin Munshiy, Abdullo Lison, Jamol Xakiy va boshqalar ham xizmat qilib, turli ilm- fanga doir asarlar yaratib, ularning rivojiga katta hissa qo’shdilar. Amir Temur o’z shohlik faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalar bilan birga madaniyat, ilm-fanning rivojiga alohida e’tibor beradi. Buni mamlakatni boshqarishda olimlar, din ulamolari bilan bo’lgan muloqoti misolida ko’rish mumkin. Amir Temur davlat ishlarida Islom dinining nufuz-e’tiboridan foydalandi, Islom dinining ulug’ namoyandalarini e’zozlab, hurmat qiladi. Umuman Amir Temurning xalq oldidagi xizmati benihoyat kattadir. Ulug’bek 1 39 4 yilning 22 martida Eronning g’arbdagi Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U Shohruh mirzoning to’ng’ich o’g’li bo’lib, unga Muhammad Tarag’ay ismi berildi-yu, lekin uni bobosi alohida mehr bilan « Ulug’bek » deb atagani uchun uning asosiy ismi Ulug’bek bo’lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi. O’rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblardan ma’lum bo’lishicha saltanatga vorislar davlatini boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qo’llanmalar asosida tayyorlagan. Shulardan biri shahzodalar va xonzodalar bilishi zarur bo’lgan «Suluk ul-mulk» (Podshohlarga qo’llanma) kitobidir. Ulug’bek maktabi tarixida muhim rol o’ynagan boshqa yirik matematik va astronomlardan biri G’iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud edi. U 416 yilidayoq astronomik asboblar to’g’risida risola yozgan edi. Bu asboblarning ko’pidan Ulug’bek rasadxonasida foydalanilgan. U matematika va astronomiyaga oid bir qancha asarlarning muallifidir. «Ziji jadidi kuragoniy» deb nomlangan Ulug’bek astronomiya jadvali O’rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilib, Yevropa olimlari orasida keng tarqalgan bu fikrimizning yaqqol isbotidir. Alisher Navoiy (1441-1501 ). Qomusiy bilimlar sohibi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy fan san’atining turli sohalarim adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, tasviriy sanat, me’morchilik va boshqalarni rivojlantirishga ham katta
e’tibor bergandi. U o’zining «Hamsa», «Mahbub ul-qulub» kabi yirik ta’limiy- axloqiy asarlarida, shunigdek «Munojat», «Vakfiya», «Majollisun nafois» asarlarida hamda Abduraxmon Jomiyning «Arba’iyn» nomli asari tarjimasi «Chixil hadis» (Qirq hadis) kabilarda tarbiyaga oid o’z qarashlarini ifoda etadi. Navoiy o’z davrining ilg’or, ma’rifatparvar allomasi sifatida islomdagi ta’lim-tarbiya aqidalari, o’zidan ilgari utgan mutafakkirlarning qarashlarini an’anaviy tarzda davom ettirdi. Ayniqsa, inson kamolotida ilm-fanning o’rni, aql-idrokining ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi. Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarining birinchi qismida turli tabaqa kishilari haqida fikr yuritar ekan, ularning ma’naviy qiyofalariga alohida e’tibor beradi. Podshohlar adolat bilan ish yuritar ekanlar mamlakatda tinchlik, osoyishtalik, obodonchilik, to’qlik hukm surishi, uning xizmatlari ham shohga qarab insof bilan ish yuritish haqida gapiradi. Turli kasb egalari haqida fikr yuritar ekan, har bir kasb egasining mahorati, vijdoni, xulq-odobiga alohida to’xtab utadi. Masalan, tabiblarni «tabibga o’z ishida mahorat va kasallar holiga shafqat va ular tabiati uyg’un donishmand, dono bo’lishi kerak» deydi. Navoiy fikrini davom ettirib so’zida yumshoqlik va ko’ngilovlashlik, o’zida hayot va xushfe’llik bo’lsin deydi. Navoiy insonning axloqiy xislatlari, yaxshi fe’l-atvorlik xususida to’xtab utar ekan, avvalo har bir insoniy fazilatning tarifini beradi. U kishi fe’llarga qanoat, sabr, odob, ishq va vafo, saxovat, himmat, karam muruvvat, yumshoq ko’ngillik kabi xislatlarni kiritib, har birining tarifidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida o’z fikrini to’ldiradi. Navoiy yuqorida zikr qilib o’tilgan xislatlarga tarif berish bilan birga ularga qarama-qarshi bo’lgan yomon illatlar to’g’risida so’z yuritadi va ulardan qutulish yo’llarini ham bayon qiladi. Axloqlilikning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr yuritar ekan. «Odob kichik yoshdagilarni uloqlar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand buladi. Odob kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’nglida abadiy qoladi»