logo

Sharq uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti

Yuklangan vaqt:

11.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

119.6943359375 KB
Mavzu:   Sharq uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda
Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti . 
Reja:
1. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi.
2. Farg`oniy,   Xorazmiy,   Forobiy,   Beruniy,   Ibn   Sinolarning
umumpedagogik g`oyalari.
3. Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy,
az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy - axloqiy g`oyalar.
4. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 
5. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 
6. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati. Arab   xalifaligida   yuz   bergan   ijtimoiy-siyo   siy   o’zgarishlar   yagona   islom   dining
tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko’tarinkilik
ruhini   paydo   qildi.   Arab   xalifaligida   IX   asrda   vujudga   kelgan   uyg’onish   davri
xalifalikning Bog’dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib barcha boshqa
halqlar   madaniy   hayotiga   tarqalgan   bu   esa   u   davlatning   ham   madaniy
rivojlanishiga   zamin   tayyorlagan.   Xalifalik   yemirilishi   natijasida   tashkil   topgan
mustaqil   davlatlardagi   madaniy   rivojlanish   xalifalik   davrdagi   madaniy
rivojlanishning davomi bo’ldi. 
Uyg`onish   davri   IX   asrdan   boshlab   XV   -   XVI   asrlargacha   ayrim   uzilishlar
bilan davom etdi.
Xalifa   Xorun   ar-Rashid   (786-833)   va   uning   o`g`li   Ma’mun   davrida
Bog`dodda "Baytul  xikma" (Donishmandlik uyi)  tashkil  etildi. Bu ilm sohiblarini
to`plagan markazga aylandi.
X   asrdan   boshlab   Movaraunnahr   va   Xurosondagi   mustaqil   feodal   davlatlar   -
Tohiriylar,   Somoniylar,   Qoraxoniylar,   Faznaviylar,   saljuqiylar,   Xorazmshohlar
davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi.
Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn
Sinolar yashab ijod etdi.
X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib,
turkiy   til   shakllanib   bordi.   Xos   Xojib,   Mahmud   Qoshg`ariylar   dunyoga   mashhur
asarlar yaratdilar.
XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi
Ma’mun   o`z   saroyiga   yirik   olimlarni   yig`di.   U   tashkil   etgan   Baytul   hikmada
qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm
bilan shug`ullangan.
Saljuqiylarda   Alp   Arslon   Muhammad   hokimiyati   boshqargan   davrda   uning
vaziri  Nizom  ul  Mulk mashhur  ma’rifatparvar  sifatida  dovrug`  qozondi. U davlat
boshqaruviga   oid   "Siyosatnoma"   asarini   yozadi   (1091-1092).   1067   yilda
Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini  qurdiradi. 1074 yil  O`rta Sharq mamlakatlari
uchun kalendar taqvim yaratdi. Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:Matematika	tibbiyot	yo`nalishi	(Xorazmiy, 	Farg`oniy	, 	
Ibn	Sino, 	Jurjoniylar	asarlar	yaratganlar	).	
Ijtimoiy	-falsafiy	yo`nalish	, bunga	falsafa	, tarix	, mantiq	, 	
ruhshunoslik	, notiqlik	fanlari	kirgan	(Forobiy	, Ibn	Sino, 	
Narshaxiy	).	
Ta	’limiy	-axloqiy	yo`nalish	. Bunda	adib	va	
tarbiyashunos	olimlar	ta	’limiy	-didaktik	asarlari	misol	
bo`ladi	.	
Sharq	uyg`onish	davrida	ilm	-fan 	rivojlanishi	
3 	yo`nalishda	bo`ldi	:
3-7.chizma
Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik
g`oyalari.   Sharq   uyg`onish   davrining   mashhur   allomalaridan   biri   Ahmad   al-
Farg`oniy   bo`lib   (IX   asr),   u   Bog`doddagi   Baytul   Xikmada   mudarrislik   qildi,
riyozat,   falakkiyot,   geografiyaga   oid   asarlar   yaratdi.   Uning   mashhur   "Samoviy
harakatlar   va   yulduzlar   fanining   majmuasi   haqida   kitob"i   arab   tilida   yozilgan
dastlabki   falakkiyotga   oid   asar   bo`lgan,   yana   "Astrolyabiy   haqida   mukammal
kitob",   "Oy   yer   ustida   yoki   uning   ostida   bo`lgan   paytlardagi   vaqtlarni   o`rganish
haqida", "Yetti 
iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan.
Buyuk   olim,   aljabr   fanining   otasi   Abu   Abdulloh   Muhammad   al-Xorazmiy
(783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala"
(Tenglamalar   va   qarshilantirish), "Xisob   al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al-
arz"   (Yer   surati   haqida   kitob),   "Kitob   at-tarix",   "Ustrurolob   yulduzlarining
harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan.
Xorazmiy   "Al-jabr   va   al   muqobala"   asari   bilan  matematika   faniga   asos   soldi.
Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U
hind   hisoblari,   ularning   ishlatilishi,   sonlarni   ko`paytirish,   bo`lish,   qo`shish   va
ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi. Olimning   arifmetikasi   matematika   va   sanoq   tartibi   tarixida   yangi   bir   davr
ochdi.
Abu   Nosr   Forobiy   (879-950)   mashhur   faylasuf   va   allomadir.   Uning   falsafa,
mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari
ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga
sazovor   bo`lgan.   Uning   axloq,   tarbiya,   sha’riyatga   oid   asarlari   ham   bor.
"Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar
haqida",   "Baxt   saodatga   erishuv   yo`llari   haqida",   "Fazilatli   xulqlar"   kabi   asarlari
mavjud.
Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U
kishilarni   guruhlarga   bo`lgan   va   bunda   ularning   diniy   mazxabga   emas,   balki
avvalo,   akliy   iqtidoriga,   ilm   o`rganish   va   hayotiy   tajriba   to`plash   jarayonida
orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi.
Olimning   falsafada   insonparvarlik   g`oyalari   alohida   o`rin   olgan,   har   qanday
zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni
va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi.
Forobiyning   axloqiy   qarashlari   ham   g`oyat   qimmatlidir.   U   "Fozil   shahar
aholisining   axloqiy   qarashlari",   "Ruh   madaniyati   haqida   risola"   asarlarida   inson
barkamol   bo`lishi   uchun   avvalo   axloqli   bo`lishi   zarurligini   ta’kidlaydi.   Forobiy
axloqni   2   guruhga:   ezgulik   va   yomon   sifatlarga   ajratadi.   Insonning   eng   olijanob
fazilati   baxtga   intilishdir.   Haqiqiy   baxtga   erishish   kishilardan   yuksak   axloqiy
munosabatni, hamkorlik, o`zaro yordam va ahil yashashni talab qiladi.
Farobiy   inson   kamolotga   yolg’iz   o’zi   erisha   olmaydi.   U   boshqalar   bilan   aloqada
bo’lish,   ularning   ko’maklashuvi   yoki   munosabatlariga   muhtoj   bo’ladi,   deb
hisoblaydi. 
Farobiy     ta’lim-tarbiyaning     asosiy     vazifasi " jamiyat talablariga javob berishra
oladigan   va   shu   jamiyat   uchun   xizmat   qiladigan   yetuk   insonni   tarbiyalashdan
iborat deb biladi.
Farobiy  ta’lim   va  tarbiyaga   birinchi   marta  ta’rif   berishrgan  olim sanaladi.
Ta’lim-degan   so’z   insonga   o’qitish,   tushuntirish   asosida   nazariy.   Bilim   berish; Tarbiya-nazariy   fazilatni,   ma’lum   hunarni   egallash   uchun   zarur   bo’lgan   xulq
normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. 
Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so’z halqlar va shaharliklar o’rtasida
nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi  tug’ma fazilat va
amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir». 
Ta’lim   faqat   so’z   va   o’rgatish   bilangina   bo’ladi.   Tarbiya   esa,   amaliy   ish   tajriba
bilan,   ya’ni   shu   halq,   shu   millatning   amaliy   malakalardan   iborat   bo’lgan   ish-
harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. 
Farobiy   ta’lim-tarbiyada   rag’batlantirish,   odatlantirish,   majbur   etish   metodlarini
ilgari  so’rgan.  Har   ikkala  usul   ham     pirovardida  insonni  har  tomonlama  kamolga
yetkazish maqsadini ko’zlaydi.
Xulosa   qilib   aytganda   Forobiy   pedagogik   ta’limotining   asosida   komil   topgan
insonni,   shakllantirish   insonning   o’z   mohiyati   bilan   ijtimoiyligi,   ya’ni   faqat
jamiyatda,   o’zaro   munosabatlar   jarayonida   komillika   erishadi,   degan   falsafiy
qarashi yotadi.
Qomusiy   olim   Abu   Rayxon   Muhammad   ibn   Axmad   al-Beruniy   X   asrning
ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida,   g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi
va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr)
Xorazmning   Qiyot   shahrida   dunyoga   keldi.   Berun   -   birun   so’zi   "tashqari",
shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi.
Beruniy xali  juda yosh olim  bo’lishiga qaramay, Qiyot  shaxrida 994-995 yillarda
astronomik  kuzatishlar   o’tkazgan.   Bu   kuzatishlar   uchun   o’zi   astronomik   asboblar
ixtiro   etgan.   O’sha   davrda   Xorazmda   va   Kaspiy   oldi   viloyatlarida   Qobus   ibn   --
Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar
quyoshi")   laqabi   bilan   mashhur   bo’lgan   bu   podshohga   bag’ishlab   Beruniy
"qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu
asar   Beruniy   nomini   YAqin   va   O’rta   SHarqqa   mashhur   qildi.1004   yilda   Beruniy
Ma’mun   II   ibn   Ma’mun   tomonidan   Xorazmga   chaqirib   olinadi   va   uning   yaqin
maslahatchisi bo’lib   qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi" nomli ilmiy markaz tashkil  etiladi va u yerda musulmon sharqining yirik olimlari
faoliyat ko’rsatadi.
Beruniy bir necha yil noyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va
tajribalar   olib   boradi   va   keyinchalik   ana   shu   tadqiqotlar   asosida   "Mineralogiya"
asasarini   yaratadi.   Beruniyning   yana   bir   muhim   asari   munajjimlik   san’atidan
boshlang’ich   tushunchalardir.   Bu   asarda   ham   u   bir   necha   fanlar   yuzasidan
dastlabki tushuncha, ma’lumotlar berishrgan.
Ma’lumki,   Maxmud   G’aznaviy   Xindistonga   qarshi   bosqinchilik   yurishlarini   olib
borgan. Ana yurishlarning birida Beruniy   ham G’aznaviyga hamrox bo’lib bordi.
U  sanskrit   (eski   xind   tilini)   bilganligi   xind   halqi   madaniyati,   adabiyoti   va  san’ati
bilan         yaqindan   tanishish   imkoniyatiga   ega   bo’ldi   va   bu   mehnatlari   natijasida
1030 yilda o’zining SHarq va G’arbda keng e’tirof  qilingan mashhur  "Xindiston"
asarini   yaratadi.   Kitobning   to’liq   nomi   "Kitobu   fi   taxkiki   molil   Xind   ma’kulatin
makbo’latin fil  Aqli av marzulatin", ya’ni "Xindlarning sig’adigan   sig’maydigan
ta’limot asarini aniqlash kitobi" bo’lib, o’qishga qulay bo’lishligi   uchun qisqacha
"Taxkiku   mo-mil   Xind"-(“Xindistonga   oid   tadkiqotlar"   yoki   "Xindiston")   deb
yuritiladi.
Beruniy   astranomiyaga   oid   "Al   -   qonun   al   -   Mas’udy"   ("Mas’ud   qonuni”)   nomli
yirik   asarni   shox   Mas’udga   bag’ishlaydi.   Beruniy   yana   "qimmatbaho   toshlarni
bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami" ("Mineralogiya"), "Dorivor o’simliklar
haqida kitob” asarlarini  ham  yozdi. "Mineralogiya"  sharqdagina emas,  yevropada
ham   qimmatbaho     toshlarni       ishlash   usullarini   va   ular   bilan   savdo   qilish
qonunlarni   o’rganish.   yer   osti   boyliklarini   tekshirish   haqida   ma’lumot   bersa,
"Saidona"   nomi   bilan   mashhur   bo’lgan   keyingi   asarda   SHarqdagi   dorivor
o’simliklarning   tavsifi   bayon   qilingan.   Mutafakir     ilgari   --surgan   ahloqiy
hislatlardan   yana   biri   adolatdir.   U   jamiyatda   adolat   o’rnatish   ,uni   yovuzliklardan
xalos etish uchun dono, adolatli  xukmdor   bo’lish kerak deydi. Beruniy     insonni
kamolotga       yetkazuvchi       hislatlardan       yana   biri   olijanoblik   deb   ko’rsatadi.
Olijanoblikning   mazmuni   yaxshilik   tashkil   etadi.   Bunda   olim   inson   sifatida
muamola qilishni nazarida tutadi. S h arqda "SHayx ar - Rais" nomi bilan mashhur bo’lgan allomalardan biri o’rta asr
buyuk   mutafakkiri   Abu   Ali   ibn   Sinodir .   Ibn   Sino   ham   boshqa   zamondosh
Qomusiy   olimlar   qatori   matematika,   astronomiya,   fizika,   «kimyo,   biologiya,
tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik ,fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya
sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhyp yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali Ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida kichik amaldor
oilasida   dunyoga   keladi.   Keyinroq   uning   oilasi   Buxoroga   ko’chib         o’tgach,       u
boshlang’ich   maktabda   o’qiy   boshlaydi.   Undagi tug’ma qobiliyat, o’tkir zehn,
kuchli xotira o’zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi    Abdullox xamda uning
do’stlari   bilimdon   kishilar   bo’lib,   ularning   ilmiy   munozara   o’tadigan   oilaviy
muhim   yosh   Ibn   Sinoga   ham   ta’sir   etadi.   Shu   bilan   birga   uning       bolalik       va
usmirlik     yillari       o’tgan     Buxoro       shaxri     Somoniylar   davrining   yirik   madaniy
markazi hisoblanar edi. Buxoroda ko’plab Madrasa,    kasalxona    nodir    kitoblar
saqlanadigan         kutubxona       bo’lgan.   Jahonning         turli             mamlakatlaridan
kelgan      olimlarning munozaralarida   yosh   Ibn   Sino    ham    qatnashib,    turli
fanlarga   bilimlarini   chuqurlashtirib   borgan.   U   ustozlaridan   hind   hisobi,   fiqxdan
bilim olgan.  Keyin esa  faylasuf Abu Abdullox Notiliydan falsafa mantik, xandasa
va   boshqa   fanlardan   ta’lim   oladi.   Shundan   so’ng   Ibn   Sino     o’zi   mustaqil   holda
barcha   fanlar   bilan   shug’ullana   boshlaydi.   U   Ayniqsa   tip   ilmini   chuqur   egallab
oladi,   bu   sohada   unga   ta’lim   berishgan   kishi   buxorolik   Abu     Mansur       Kamariy
bo’ldi.     Ibn     Sino     so’ngra     falsafani   o’rganishga kirishadi. Ayniqsa, Arestotel
falsafasini,   uning   “Metafizika"   asari   mohiyatini   buyuk   mutafakkir   Abu   Nars
Forobiyning yozgan sharxi tufayli to’liq o’zlashtirib oladi.
X   asr   oxiri   -   XI   asr   boshlariga   kelib,   o’lkada   siyosiy-ijtimoiy   vaziyat
murakkablashadi.   SHu   tufayli   Ibn   Sino   Xorazmga   -   Urganchga   ko’chib   o’tadi.
Xorazmda   u   bir   qator   olimlar   bilan   hamkorlikda   Abu   Rayxon   Beruniy
boshqarayotgan   "Ma’mun   akademiyasida"   ilmiy   ish   bilan   shug’ullana   boshlaydi.
Xorazmda o’zining yirik asari  - "Tib qonunlari" , "Ash-SHifo kitoblari ustida ish
olib boradi. Abu   Ali   Ibn   Sino   kamolotga   erishishning   birinchi   mezoni   sanalgan
ma’rifatni   egallashga   dav’at   etadi.   CHunki   ilm-fan   insonga   xizmat   qilib,   tabiat
qonuniyatlarini   ochib   avlodlarga   yetkazishi   kerak.   Bu   maqsadga   yetishish   uchun
inson   kiyinchiliklardan   qo’rqmasligi   zarur,   deydi.   "Ey   birodarlar!   “Odamlarning
botiri   mushkulotdan   qo’rqmaydi.   Kamolot   hosil   qilishdan   bosh   tortgan   kishi
odamlarning eng qo’rqog’idir".
Talabaga   bilim   berish   o’qituvchining   mas’uliyatli   burchidir.   Shunga     ko’ra   Ibn
Sino   o’qituvchining   qanday   bo’lishi   kerakligi   haqida   fikr   yuritar   ekan,   shunday
yo’l-yuriklar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosik, jiddiy bo’lish;
-     berilayotgan   bilimning   talabalar     qanday   o’zlashtirib   olayotganiga   e’tibor
berishi.
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
-       talabaning       xotirasi,         bilimlarni       egallash       qobiliyati,         shaxsiy
xususiyatlarini bilishi;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda
berishi;
-  Har  bir  so’zning  bolalar  hissiyotini  uyg’otish  darajasida   bo’lishiga  erishish
zarur, deydi olim.  
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o’rin
berilgan.   CHunki   inson   avvalo   oilada   kamolotga   yetadi.   Olim   oilada   ota-onaning
vazifasi   va   burchiga   katta   e’tibor   beradi.   Oila   munosabatlariga   to’xtalar   ekan,
ayniqsa   ota-onalarning   oilada   mehnat   sevarligi   bilan   farzandlarini   ham   kasb   va
xunarga o’rgatishi  borasida muhim  fikrlar  bayon etadi. Insonning xulqi  va ruhiga
mehnatning   ijobiy   ta’sirini   ta’kidlash   bilan   bir   qatorda   turli   kasb   egalari
xunarmand,   dexqonlar   mehnatini   ulug’laydi   va   qimorboz,   sudxo’r   kabilarni
qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir
etishini to’g’ri talqin etadi. Ibn   Sinoning   ta’lim-tarbiyaviy   qarashlarida   insonning   ham   aqliy,   ham   ahloqiy-
estetik   hamda   jismoniy   tomondan   rivojlanishi   uning   kamolga   yetishining   asosiy
mezoni sifatida talqin etiladi.
Tarbiya tizimiga jismoniy tarbiyaning kiritilishi esa Ibn Sinoning tarbiya sohasidagi 
katta xizmatlaridan bo’lib hisoblanadi. 
Ibn   Sino   inson   kamolotida   aqliy,   ahloqiy,   jisomoniy   tarbiyaning   o’zaro   aloqada
amalga   oshirishning   ilmiy   ta’limotini,   usullarini   yaratib,   ta’lim-tarbiya   sohasida
o’z o’rniga ega bo’ldi.
Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-
zakovatini ulug’laydi, undagi qudratga ishonadi, inson tafakkurining tantana qilishi
kerakligini tinmay targ’ib qildi.
Ibn   Sinoning   inson   kamolotida   ta’lim-tarbiyaning   ahamiyatiga   oid   qarashlarini
ijtimoiy-falsafiy   fikrlar   tarkibidagina   emas,   balki   mustaqil   risolalarida   ahloqiy
masalalarni   chuqur   ilmiy-amaliy   jihatdan   ifodalagan   ,   ilm-fan   sohasida
tarbiyashunos   olim   sifatida   ham   tadkik   etish,   o’rganish   navbatdagi   vazifalardan
hisoblanadi.
Bizning  zamonamizda  ham  "Qutadg`u  bilig" bir  qator  o`zbek  olimlari   tomonidan
tadqiq va tahlil qilingan 1
.
1
 Қўзиев И. Юсуф хос Хожибнинг "Қутадғу билиг” асарида таълим ва ахлоқ муаммоиари. “Халқ таълими”, 
2007 йил, 3-сон, 111- бетлар Birinchi   bo'lib     pro-
fessor Fitrat tomonidan
«Qutadg'u bilig» ni nashrga
tayyorlagan va tadqiq-tahlil etgan
olimlar Qayum
Karimov
1924 Namangan
nusxssidan Asarning bola -
larbop variant i To`la nashri-15 yil  
davomida tayyorlangan 3-8.chizma
Qutadg’u               bilig"ning               tadqiqotchilaridan                 biri               B.To’xliyev
ta’kidlaganidek, YUsuf Xos Xojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning
kator   belgilarini   ko’rsatib   o’tadi.     Ularning   eng   asosiysi   aloxida   shaxsning   o’z
manfaatlari,   shaxsiy   istaklari   doirasini   yorib   chikib,   Boshkalar   g’ami   bilan
yashashi,  ko’pchilik manfaati  uchun fidoyi bo’la bilishdir".Hozirgacha "Qutadg’u
bilig" ning Xirot, Koxira, Namangan nusxalari  ma’lum  bo’lib, Venaga keltirilgan
Xirot   nusxasini   Xerman   Vamberi   nashr   qildi   va   tarjimasini   berdi.1890   yilda
V.V.Radlov   Vena   nusxasining   Faksimilesini,   1891   yilda   shu   Faksimile   asosidagi
matnini   nashr   qildiradi.1896   yilda   Koxira   nusxasi   topilgandan   so’ng,   undan
ko’chirma olgach, V.Radlov  har  ikki  nusxani  qiyoslab  1910 yilda  rus  grafikasiga
asoslangan   to’liq   transkripsiyasini   nemis   tiliga   tarjimasi   bilan   nashr   ettirdi.   1913
yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda
topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
Demak, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asasarini ilmiy jihatdan
o’rganishga   juda   ko’p   olimlar   hissa   qo’shgan.   V.V.Radlov,   X.Vamberi,
S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo’lsalar   V.V.Bartolbd, E.Berishrtels,
I.V.      Stebleva,      O.A.     Valitovalar       Har       tomonlama    tadqiq etdilar.  Asarning
mukammal   nashrini   tayyorlashda   hamda   uni   tadqiq   etishda   o’zbek   olimlarining
xizmati, ayniqsa diqqatga sazovor.
Birinchi bo’lib professor  Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini  olib kutubxonaga
keltiradi   va      u   xaqda   maqola   e’lon   qiladi. "Qutadg’u bilig"ning mukammal B.To`xliyev 
tomonidan  Mutalboyev S.M Mallayev N.M
Asarni tahlil qilganlarYusuf Xos Hojibning didaktikasi Q.Karimov va 
Y.Jumaboyevlarning tomonidan har tomonlama tadqiq etilgan.  nashri o’zbek olimi K. Karimov tomonidan amalga oshirildi   va   tadqiq         etildi.
Uni   tahlil   etishda   S.M.Mo’talliboyev, N.M. Mallayevlarning ham xizmati katta
Yusuf   Xos   Xojib   X   asrning   tashkil   topgan   Koraxoniylar   xukmronligi   davrida
yashab   ijod   etdi.   Koraxoniylar   Sirdaryodan   yettisuvgacha,   Shimoli   Fargona   va
butun   Sharqiy   Turkistonda         hukmronligini   o’rnatgandan   so’ng
Movarounnaxrning   ichki   xududlariga   ham   kirib   borib,           Qoshg’ardan     tortib
Kaspiygacha   bo’lgan     keng     maydonda   o’z   davlatini   tarkib   toptirgan   edi.   Uning
markazi Qoshg’ar (Urdukent) bo’lib, shimolda  Bolasogun   (Ko’zurdu),   G’arbda
Samarkand,     markazidagi     Uzgand yirik         shaharlardan         hisoblanardi.         Har
bir         davlatda         bo’lganidek   Koraxoniylar   davlatining   ham   idora   qilish   usuli,
yurgizadigan   siyosati,   qonunlari,   tarbiya   tamoyillari   ifodalangan   komus
nizomnoma zarur edi.
Yuqorida eslatganimizdek, Yusuf  Xos Xojibning asarida inson kamoloti  masalasi
markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda
tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos bir tarzda bayon
etiladi.
Mutafakkir     kitobning   an’anaviy     boshlanmasidan   keyinrok   insonning     xaqikiy
baxti       bilimda       ekanligini       bayon       etadi.       Yana       ilm-zakovatning   ahamiyati
haqida  kator  boblarda  ham  fikr  yuritishi  bilan  birga unga alohida boblar    ham
bag’ishlangan.   Lekin   olim   faqat   ilm-ma’rifatning   ahamiyatini   ko’rsatibgina
qolmaydi,   u   bilim   va   zakovatning   amaliyotdagi   o’rnini   ham   yoritadi.Yusuf   Xos
Xojibning   biz   tahlil   etgan   mazkur   asari   insonni   har   tomonlama   kamolga
yetkazishning   barcha   masalalari   o’zining     badiiy   ifodasini   topgan   yirik   ta’limiy  -
ahloqiy   dostondir.   Olim   insonni   kamolga   yetishi   uchun   quyidagilarni   nazarda
tutadi:
1. Aqliy kamolot - bilim va zakovat, o’quvga ega bo’lish.
2. Ahloqiy kamolot.
3. Jismoniy kamolot. Yusuf   Xos   Xojib   insonning,   kamolga   yetishining   yo’l-yuriklari,   usullari,   chora-
tadbirlarini  yuksak   badiiy mahorat  bilan  yoritib  beradi.  uning uchun  ham   bu asar
o’zining ilmiy , ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini   
 shu  paytgacha saqlab kelmokda.
Abulqosim   Maxmud   ibn   Umar   Zamaxshariy   (1074-1144)   Xorazmning
Zamaxshar   qishlog`ida   tug`iladi.   U     yirik   olim,   adabiyotshunos,   shoir   va
yozuvchidir. U Urganchda so`ngra Buxoroda o`qiydi. Bog`dod, Makka va ko`plab
shaharlarda sayohatda bo`ladi. Uning asarlaridan "Al-Kashshof" (Oshkor qiluvchi),
"Chechanlik   poydevori",   "Xadisdagi   notanish   so`zlarni   o`zlashtiruvchi"   (lug`at),
"Tog`,   manzil   va   suvlar",   "Dori   -   darmon   va   tog`lar   ismlari   kitobi",   "Adabiyot
muqaddimasi",   "Hikmatli   so`zlar",   "Ugit   va   nasihatlarning   oltin   munchoqlari",
"Saxiy yoz" kabilardir  Zamaxshariyning "Al Kashshof" kitobi hozirda ham arab
mamlakatlari   diniy   dorilfununlarida   muhim   qo`llanma   sifatida   ishlatilmoqda.
Uning   "Atvoq   uz   -   zaxab   fi-l   mavoi’z   va-l-xutab"   (Ugit   va   nasihatlarning   olting
munchoqlari)   asari   tarbiyaviy   jihatdan   muhim   ahamiyatga   ega.   Unda   tarbiyaviy
xarakterdagi 100 ta maqola berilgan.
      XIV   -   XVI   asrlarda   Movarounnaxrda   ta’lim-tarbiya   va   pedagogik   fikr
taraqqiyoti
Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu
davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda
ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
XIV   asrning   50   yillarida   Amir   Temur   siyosat   maydoniga   chiqdi.
Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala
boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish
davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Temur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor,
muxandislarni   olib   keltirdi.   Samarqand   va   Hirotda   madrasalar,   kutubxonalar,
rasadxonalar   qurildi.   Tibbiyot,   riyoziyot,   falakkiyot,   geografi,   tarix,   adabiyot,
falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
Temurdan   so`ng   temuriylar   davrida   mamlakat   Movorounnahr   va   Xuroson
davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan markaziga   aylandi.Shoxizinda,   Guriamir,   Bibixonim   masjidi,   Registon   maydoni,
qator bog`lar va boshqalar barpo etildi.
Ulug`bek   zamoniga   kelib   esa   matematika,   astronomiya   fanlari   rivojlandi.
Tibbiyot,   tarix,   adabiyot   va   diniy   bilimlarga   e’tibor   berildi.   Buxoro,   Samaraqnd,
Fijduvonda madrasalar qurildi.
Bu   davrda   adabiyot   sohasida   Atoiy,   Sakkokiy,     Haydar   Xorazmiy,   Durbek,
Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
Samarqandda   Qozizoda   Rumiy,   Mansur   Koshiy,   Hirotda   esa   Navoiy,   Jomiy,
Behzod,   tarixchi   Xondamir,   hattot   Sulton   Ali   Mashhadiy   va   boshqalar   ijodi
gulladi.
Ali   Qushchi   astronomiyaga   oid   "Risolai   dar   falakkiyot"   asarini   yozib,   unda
geometrik   bilim   asoslari,   tibbiyot   fanlari   va   boshqa   sohalarga   oid   boshlang`ich
bilimlarni bayon etdi.
XV   asrda   tarix   fani   rivoj   topdi,   Hofizu   Abru   "Zubdan   tavorix"   (Tarixning
qaymog`i)   kitobi   yozib,   unda   1427   yilgacha   voqealar   bayon   etildi.   Abdurazzoq
Samarqandiy   buni   davom   ettirib,   "Ikki   saodatli   yulduzning   chiqish   joyi   va   ikki
dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus
safo"   asrini   yozgan   Mirxond,   "Xabibus   siyar"   asarini   yozgan   Xondamir
asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi.
Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr
madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqalar qurildi.
Xususiy   maktablar   yuzaga   keldi,   uyda   muallim   yollab   o`qitish   odat   tusiga
kirdi.   Shahar,   qishloq,   ovullarda   ochilgan   maktablarda   o`qitish   6   yoshdan
boshlandi. Bolalar maktabda alifbe urganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar
edilar.   O`quvchilar   maktablarda   savod   chiqargacha   madrasaga   kirib   diniy   va
dunyoviy fanlardan bilim olardilar.
Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 
Amir   Temur   Kuragon   ibn   Amir   Tarag`ay   (1336-1405).   Temur   shaxsi   masalasi
uzoq   yillar   davomida   man   qilinganligi   natijasida   nafaqat   Temur   tarixi,   balki Markaziy   Osiyoning   XIV-XV   asrlardagi   tarixi,   madaniyati   deyarli   o`rganilmay
qolgan edi. Bu haqda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozgan edi:
"Amir   Temur   nomi   tariximiz   sahifalarida   qora   buyoq   bilan   o`chirildi,
unutishga   mahkum   etildi.   Maqsad   xalkimizning(ongidan)     yuragidan   milliy   ong,
milliy g`urur  tuyg`usini yo`qotish, uni qaramlikka, tobelikka kundirish edi. Lekin
o`zbek   xalki   o`z   ajdodlarini,   uz   bahodirlarini   unutmadi,   hamisha   yuragida,   qalb
to`rida   saqladi".   Mustaqilligimizdan   so`ng   esa   o`z   milliy   qadriyatlarmizni,
tariximizni haqqoniy o`rganish imkoniyatiga ega bo`ldik.
Islom   Karimov   "Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo`q"   asarida   ham   Amir   Temur
qoldirgan katta meros haqida yozgan edi:
"Amir   Temur   kim   edi?   U   birinchi   navbatda   ulug`   bunyodkor   shaxs   edi.
Samarqanddagi  obidalar, Shaxrisabzdagi  yodgorliklarni  kim  qurdi? Turkistondagi
Yassaviy  maqbarasini  kim  tikladi? Kim  "Kuch - adolatdadir" degan olamshumul,
teran hikmatni o`z faoliyatiga asosiy tamoyil qilib oldi?". Temurning
qanchalik   buyuk   zot   bo`lganligini   uning   nomiga   qo`shilgan   unvonlardan   ham
kurish   mumkin.   Uning   ismiga   "Kuragon"   (xon   kuyovi   yoki   kurkam,   toza
urug`dan),  "Sohibqiron"  (yulduz  burjlarining  baxtli  kelishi 
(qiron)da   tug`ilgan   farzand)   Iskandar,   Muhammad   payg`ambar,   Temur),
"Qutbiddin"   (zamona   peshvosi),   "Abulmansur"   (zafarmand,   g`alaba   qozonuvchi)
kabi unvonlar qo`shilib ulug`langan.
Temur din arboblari, olimlarni, ilmni va ilm ahlini hurmatlovchi shaxs bo`lgan.
Temur tuzuklarida shunday yoziladi:
"Harbir   shaharda   masjidlar,   madrasalar,   honaqalar   qurishni   buyurdim.  
Musulmonlarga diniy masalalarda ta’lim berib, shariat aqidalari  va islom  dini
ilmlari:   tavsir,   hadis,   fiqhdan   dars   bersinlar   deb,   har   bir   shaharga   olimlar   va
mudarrislar tayin qildim".
Amir   Temur   odob,   axloq,iymon   -   e’tiqod,   tarbiya   sohasida   o`zi   yuksaklikka,
mukammallikka   erishgan   insonlardan   bo`lgan.   Bunga   ishonch   hosil   qilish   uchun
sohibqiron haqidagi asarlar, uning o`zi yartagan tuzuklar va ugitlarni kurish kifoya. 3-9. chizma
Turkiston   zaminini   hunarmandchilik,   ilm-fan   va   madaniyat   rivojlangan   ilg’or
mamlakattaga   aylantirildi.   Amir   Temurning   sa’y   harakati   tufayli   obod   etilgan
shaharlar,   qishloqlarni   SHaxrisabz,   Buxoro,   YAssi   (Turkiston)shaharlarida   qad
ko’targan   imoratlar   «Temur   va   Temuriylar   davlati   «Temuriy   madaniyati»,
«Ulug’bek   va   Samarqand»,   «Observatoriya   maktabi»   kabi   ulug   tushunchalarni
dunyoga  kelishi   va   dunyo   halqlari   tarixiga   oltin  harflar   bilan   yozilishi   ham   Amir
Temur nomi bilan bog’liqdir.
Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 
Mirzo   Ulug`bek   (1394-1449).   Mirzo   Ulug`bek   urta   Osiyo   xalqlari   ilm   -   fani
va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, millat pedagogik fikr taraqqiyotiga
munosib hissa qo`shgan buyuk siymolardan biridir.
I.A.Karimov   Ulug`bek   zimmasiga   tushgan   vazifa   haqida   yozgan   edi:   "Taqdir
bu   zotning   zimmasiga   behad   ulkan   va   mashaqqatli   vazifalarni   yukladi.   Buyuk
sarkarda   Amir   Temur   bunyod   etgan   saltanatning   vorisi   bo`lishdek   mislsiz   sinov
aynan unga nasib etdi".("Istiqlol va ma’naviyat" T.1994).Tarix fanlar doktori, professor Ashraf A	hmad Te murning o	’zi amal qilgan 	
quyidagi sifatlarni yuksak baholaydi	:	
Qur`onga	qat`iy	rioya	qilish	
Jiddiy	va	odil	bo	’lish	, boyni	kamba	g’aldan	ustun	qo	’ymaslik	
Barcha	so’zlarida	doim	haqiqatg	o’ylik	ka amal	qilgan	
Birovlar mulkiga ega bo	’lishga intilmaslik	
Nopok ishlardan o	’zini tiyish	
Insofli bo	’lish va iymonlikka chorlash	
Ilmli kishilarni e	’zozlash	
Islomga	ta’luqi	bo	’lgan	ishlarni	doim	kundalik	,dun	yo 	ishidan	ustun	qo	’yish	
Xayri	-ehson 	qilish	
Birovga	noxaq	ozor	yetkazmaslik	, rahm 	sha	fqatli	bo	’lish	
Vadasiga vafo qilish 1411   yili   17   yoshli   Ulug`bek   Movorounnahr   va   Turkistonning   hokimi   etib
belgilanadi.   Uning   tashabbusi   bilan   o`lkada   ilm   -   fan,   ayniqsa   falakkiyot   ilmi
yuksala   bordi.   U   riyoziyot   fanini   mukammal   egallagan   va   ungacha   hech   kim
unchalik tez va aniq hisoblay olmagan.
U   davlatning   madaniy   markazlaridan   Buxoro   (1417),   Samarqand   (1420)
keyinchalik   Fijduvonda   (1433)   madrasalar   qurdirdi.   Bu   madrasalarda   mashhur
olimlar,   ilohiyot   ilmlaridan   tashqari   riyoziyot,   xandasa,   astronomiya,   tibbiyot,
tarix, geografi, ilmi aruzdan dars berishgan.
Madrasalarda   mashhur,   bilimli   kishilar   mudarrislik   qildi.   Yirik   olimlardan
Qozizoda   Rumiy,   Fiyosiddin   Jamshid   ibn   Mas’ud,   Mansur   Koshiy,   Muhammad
Birjoniy, Ali Qushchi kabilar faoliyat ko`rsatdi. Madrasada Ulug`bekning o`zi ham
astronomidan ma’ruzalar o`qigan.
Madrasa   qurdirganidan   4   yil   o`tgach,   Obirahmat   soyining   bo`yida   rasadxona
qurdiradi.   Uning   qurilishiga   5   yil   ketadi.   Kutubxona   ochib,   mashhur   asarlarni
yig`adi.
Madrasa   bilan   rasadxona   o`rtasida   mustahkam   aloqa   bor   edi.   Rasadxonada
ishlaganlarning   bir   qismi   madrasada   mudarrsilik   ham   qilishgan.   Bu   esa   riyoziyot
va yulduz ilmini yuksaklikka ko`tardi.
Ulug`bekning "Ziji Ulug`bek" asari juda mashhurdir. Yana riyoziyotga oid "Bir
daraja   sinusini   aniqlash   haqida   risola",   yulduzlarga   bag`ishlangan   "Risolai
Ulug`bek" va tarixga oid "Tarixi arba’ ulus" asarlari bor.
3-10. chizmaMirzo	Ulug`bek	
asarlari
Ziji 	
Ulug`bek	Bir daraja 	
sinusini aniqlash 	
haqida risola
Risolai 
Ulug`bek
Tarixi arba	’	
ulus Ulug’bekning   ilmiy merosining eng asosiysi,  ma’lum  va   mashhuri  uning «Ziji»
bo’lib, bu asar «Ziji Ulug’bek»dir.
Cheksiz aql-idroki, azmu qata’iyati, odilona siyosati bilan Mirzo qariyb     qirq   yil
mobaynida  Movarounnaxr  diyorining  donishmand  xukmdori bo’lib, halqlarning
azaliy   orzusi-tinchlik,   totuvlik,   har   tomonlama   taraqqiyotni   qaror               toptirish
yo’lida   mislsiz   shijoat   va   matonat   ko’rsatdi. Ulug’bek, avvalo ilmiy farazlar
bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod «Ziji jadidi  ko’rgoniy» deb  nomlangan
Ulug’bek astronomik jadvali asrlarda           lotin     tiliga     tarjima     qilinib, yevropa
olimlari   orasida tarqalgani fikrimizning yakqol isbotidir.
Ulug`bek   yoshlar   ta’lim   -   tarbiyasiga   katta   e’tibor   beradi.   Madrasalarda
o`qitish   tizimini   janlantiradi.   O`qish   muddati   15-20   yildan   8   yilga   tushiradi.
O`quvchilar bilan rasadxonada amaliy mashg`ulotlar o`tkazishni joriy etadi. 
Ulug`bek   ta’limda   matematika,   falakkiyot,   adabiyot,   tarix   fanlariga   katta
ahamiyat beradi.
U   o`z   pedagogik   qarashlarida   bolalarning   jismonan   sog`lom,   harbiy   hunar
egallagan,   jasur,   mard   bo`lib   yetishishlariga   alohida   e’tibor   beradi.   U   do`stlik   va
birodarlikni ulug`laydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
Zahiriddin   Muhammad   Bobur   (1483-1530).   O`zbek   xalqining   ilm   va
madaniyat   xazinasiga   o`lmas   hissa   qo`shgan   mutafakkir   olim,   tarixchi,
qonunshunos va lirik shoirdir.
Bobur   ilm   -   fan.   san’at,madaniyat   va   ularning   sohalari   bilan   yaqindan
tanishgan,   uning     ijodini   asosan   lirik   she’rlar   va   adabiy   -   tarixiy   asari   -
"Boburnoma"   bilan   ko`zga   tashlanadi.   "Boburnoma"   qomusiy   xarakterdagi   kitob
bulib,   unda   tarix,   geografiya,   botanika   va   boshqa   fan   sohalariga   oid   ma’lumotlar
berilgan.
Bobur   yana   musulmonchilikqoidalari   va   qonushunoslikka   bag`ishlangan
"Mubayyin".   arab   alfavitini   isloxiga   oid   "Xatti   Boburiy",   aruz   vazni   va   qofiyaga
oid "Mufassal", yana musiqa va harbiy san’at haqida asarlar yozgan. Adib fan va ma’rifatni yuqori darajada qadrlaydi. Ilm, adabiyot, san’at  ahllari
bilan yaqin aloqada buladi, ularga homiylik qiladi.
Ilm   va   bilimdonlikni   ulug`laydi.   U   kamtarlik,   uzini   tuta   bilish,   ezgulik,
vafodorlik,   boshqalarga   yaxshilik   qilish   sifatlarini   ulug`lab,   yovuzlik,   zulm,
qabihlikni   qoralaydi.   Boburning   pedagogik   qarashlaridagi   bosh   masala   vatanga
cheksiz muhabbatdir.
"Boburnoma"da o`zbek, tojik, afg`on, hind va boshqa xalqlarning kasb - kori,
urf   -   odati,   madaniyati,   dini,   adabiti,   turmush   tarzi   haqida   keng   ma’lumotlar
beriladi.
Bobur   ijodiyoti   asosan   uning   lirik   she’rlari   va   adabiy-tarixiy
asari-«Boburnoma»   bilan   yaqqol   ko’zga   tashlanadi.   Boburning   xotiralaridan
tashkil   topgan   va   temuriylar   davlatining   tanazzulga   ketish   davrini   o’zida
ifodalagan,   qomusiy   xarakterdagi   «Boburnoma»   kitobi   ilmiy-tarixiy   jihatdan
muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda tarix, geografiya, botanika va fanning boshqa
sohalariga taalluqli qimmatli ma’lumotlar  bor. Bundan tashqari, mazkur asar  eski
o’zbek tilidagi prozaning ilk namunasi va nodir yodgorligi hamdir.
Bobur ana shu solnomasida o’zi bo’lgan joylarning, jumladan Xindistonning tabiiy
manzaralarini   ham   maxalliy  aholining  kiyinishi   va   urf-odatlarini   ham   xayvonlari,
qushlari   hamda   ularning   qiliqlarini   ham   tasvirlaydi.   O’zi   tilga   olgan   narsalarni
teran fikrli, o’tkir ko’zli rassom singari jozibali bayon qiladi.
Bobur   o’rta   asrlardagi   Xindiston   halqlari   tarixini   o’zidan   besh   asr   ilgari   yashab
ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi maxorat bilan yorita olgan. Filologiya fanlari
doktori   S.Azimjonova   shu   masalani   tahlil   qilib,   chiqargan   xulosasida
aytgandek,xind   halqi   xayotining   turli   tomonlariga   taallukli   materiallarning   izchil
bayon   etilishi,   orginalligi   va   ishonarligi   jihatidan   Beruniyning   ma’lumotlariga
faqat   «Boburnoma»   dagi   ma’lumotlarni   tenglashtirish   mumkin.   Iste’dod   sohibi
bo’lgan   Bobur   12   yoshida   podsho   bo’lganidan   boshlab,   to   umrining   oxirigacha
o’zi ko’rgan voqealarni, o’zi qatnashgan hodisalarni, ana shu voqea va hodisalarga
daxldor   bo’lgan   yuzlab   tarixiy   shaxslar   hayotini,   fan   uchun   muhim   ahamiyatga
molik   ko’plab   dalillarni   adabiy   shaklda   yoritgan.   «Boburnoma»   va   she’rlar devonidan   tashqari,   musulmonlik   qoidalari   va   qonunshunoslikka   bag’ishlangan
«Mubayn»,   arab   alfavitini   o’rganish   to’g’risidagi   «Xatti»   shuningdek   musiqa   va
harbiy san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek adabiy tili, adabiyoti va
ilm-fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk shoir, adib, tarixchi va olim Boburning ilmiy-adabiy merosi hozir o’zining
ma’lum tarixiy-ma’rifiy, ilmiy va estetik qimmatini saqlab kelmoqda. Uning ko’p
qirrali   merosida   pedagogikaga   oid   biror   maxsus   kitob   yoki   risola   mavjud
bo’lmasa-da, deyarli hamma asarlarida xayotga va vatanga muhabbat hislatlarining
yakqol   ifodasini,   insonning   yuksak   burchi   va   kishilarning   ma’naviy   qiyofasi
haqidagi   teran   fikr-mulohazalarni,   fan   va   dinga   munosabat   masalalarini,   yaxshi
xulqli va odobli bo’lishga da’vatni, ilm-fan va ma’rifatni egallashgacha chaqiriqni,
ahloqiy   va   estetik   g’oyalarni,   jo’shqin   va   mazmundor   hayot   kechirishga   targ’ib
qilishni va xokozalarni ko’rish mumkin.
Fan   va   ma’rifatni   juda   yuqori   qadrlagan   bobur   adabiyot,   san’at   va   ilm   ahli   bilan
doimo   yaqin   aloqada,   ijodiy   munosabatda   bo’ldi,   ularga   xomiylik   qildi,   ilmiy-
adabiy       suhbatlar,   mushoiralar       uyushtirdi.       U       o’z       davrida   ilmga   intilgan
odamlarni   juda   kamligidan   tashvishlanib,   astoydil     qiziqish,   intilish   hamda
mashaqqatli mehnat bilangina ilm olish mumkinligini va shunday qilish zarurligini
ta’kidlaydi.  SHuning uchun  ham  u  ilm  fanning ahamiyatini   chuqur  his  qilib, o’zi
juda     qadrlagan       ilm-fan       kishilarini     eng     avvalo,   ularning     yurish-turishiga,
ko’pchilik manfaati uchun qilgan xizmatlariga qarab baholaydi.
Buyuk   mutafakkir   Alisher   Navoiy   ( 1441   -   1501)   fan   va   san’atning   turli
sohalari:   adabiyot,   tarix,   til   bilimlari,   musiqa,   hattotlik,tasviriy   san’at,
me’morchilik   rivojlantirish   bilan   birga   ta’lim   -   tarbiya   takomillashishiga   katta
e’tibor   beradi.   U   o`zining   "Xamsa",   "Maxbubul   qulub"   kabi   ta’limiy   -   axloqiy
asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ul-
lug`atayn"   asarlarida,   Jomiydan   tarjima   "Qirq   hadis"   kabilarda   tarbiyaga   oida
qarashlarini ifoda etadi.
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq
baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi: Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
yoki
Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.
Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu
davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda
ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Adabiyotlar:
1. Pedagogika   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi)   O‘qituvchilar   tayyorlash   va
pedagogika   fani   sohasi:   bakalavriat   yo‘nalishi   uchun
darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning   umumiy   tahriri   ostida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   Toshkent   “O‘zbekiston   faylasuflar   milliy
jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma//A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.
Toshkent “O‘qituvchi”, 1996.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika nazariyasi. 1-qism / Oliy o’quv yurtlari
uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjayevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent:   “ Iqtisod-
moliya”, 2007. 
4. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S.A.Madiyarova   va   boshq.   –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.
5. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU,  2006.
6. Axmedova   M.E   “Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi”   o’quv   qo’llanma   T:2011
“Tafakkur bo’stoni” nashriyoti 157 b
7. Axmedova   M.E   Niyozov   G.   “Pedagogika   tarixidan   seminar   mashg’ulotlari”   o’quv
qo’llanma T:2011, Noshir nashriyoti 157 b
8. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001.

Mavzu: Sharq uyg‘onish davri va XVI-XVII asrlarda Movarounnaxrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti . Reja: 1. Sharq uyg`onish davri va unda ta’lim - tarbiyaning taraqqiy etishi. 2. Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari. 3. Mahmud Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, az-Zamaxshariy asarlarida ta’limiy - axloqiy g`oyalar. 4. Soxibqiron Amir Temurning ta’lim tarbiyaga oid fikrlari. 5. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning pedagogik qarashlari. 6. Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.

Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyo siy o’zgarishlar yagona islom dining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Unda katta ko’tarinkilik ruhini paydo qildi. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uyg’onish davri xalifalikning Bog’dod, Damashq va boshqa shaharlarida boshlanib barcha boshqa halqlar madaniy hayotiga tarqalgan bu esa u davlatning ham madaniy rivojlanishiga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davrdagi madaniy rivojlanishning davomi bo’ldi. Uyg`onish davri IX asrdan boshlab XV - XVI asrlargacha ayrim uzilishlar bilan davom etdi. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va uning o`g`li Ma’mun davrida Bog`dodda "Baytul xikma" (Donishmandlik uyi) tashkil etildi. Bu ilm sohiblarini to`plagan markazga aylandi. X asrdan boshlab Movaraunnahr va Xurosondagi mustaqil feodal davlatlar - Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Faznaviylar, saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlarining paydo bo`lishi ham madaniy hayotning rivojiga olib keldi. Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar yashab ijod etdi. X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm - fan rivojlanib, turkiy til shakllanib bordi. Xos Xojib, Mahmud Qoshg`ariylar dunyoga mashhur asarlar yaratdilar. XI asrda Xorazmshohlar davlati tashkil topib, ilm - fan yuksldi. Xorazm shohi Ma’mun o`z saroyiga yirik olimlarni yig`di. U tashkil etgan Baytul hikmada qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyozatchi Irok kabilar ilm bilan shug`ullangan. Saljuqiylarda Alp Arslon Muhammad hokimiyati boshqargan davrda uning vaziri Nizom ul Mulk mashhur ma’rifatparvar sifatida dovrug` qozondi. U davlat boshqaruviga oid "Siyosatnoma" asarini yozadi (1091-1092). 1067 yilda Bog`dodda "Nizomiya" madrasasini qurdiradi. 1074 yil O`rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar taqvim yaratdi.

Sharq uyg`onish davrida ilm - fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi:Matematika tibbiyot yo`nalishi (Xorazmiy, Farg`oniy , Ibn Sino, Jurjoniylar asarlar yaratganlar ). Ijtimoiy -falsafiy yo`nalish , bunga falsafa , tarix , mantiq , ruhshunoslik , notiqlik fanlari kirgan (Forobiy , Ibn Sino, Narshaxiy ). Ta ’limiy -axloqiy yo`nalish . Bunda adib va tarbiyashunos olimlar ta ’limiy -didaktik asarlari misol bo`ladi . Sharq uyg`onish davrida ilm -fan rivojlanishi 3 yo`nalishda bo`ldi : 3-7.chizma Farg`oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning umumpedagogik g`oyalari. Sharq uyg`onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al- Farg`oniy bo`lib (IX asr), u Bog`doddagi Baytul Xikmada mudarrislik qildi, riyozat, falakkiyot, geografiyaga oid asarlar yaratdi. Uning mashhur "Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob"i arab tilida yozilgan dastlabki falakkiyotga oid asar bo`lgan, yana "Astrolyabiy haqida mukammal kitob", "Oy yer ustida yoki uning ostida bo`lgan paytlardagi vaqtlarni o`rganish haqida", "Yetti iqlim hisoboti" kabi asarlar yaratgan. Buyuk olim, aljabr fanining otasi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy (783-650) Xorazmning Zamaxshar shahrida tug`ilgan. U "Al-jabr la al mukobala" (Tenglamalar va qarshilantirish), "Xisob al kind" (Hind hisobi), "Kitob surat al- arz" (Yer surati haqida kitob), "Kitob at-tarix", "Ustrurolob yulduzlarining harakatini kuzatish" nomli asarlar yaratgan. Xorazmiy "Al-jabr va al muqobala" asari bilan matematika faniga asos soldi. Yana "falakkiyot jadvallari", "Quyosh soatlari to`g`risida" risolalar ham yozgan. U hind hisoblari, ularning ishlatilishi, sonlarni ko`paytirish, bo`lish, qo`shish va ayirishni oson yo`llarini ko`rsatdi.

Olimning arifmetikasi matematika va sanoq tartibi tarixida yangi bir davr ochdi. Abu Nosr Forobiy (879-950) mashhur faylasuf va allomadir. Uning falsafa, mantiq, psixologiya, musiqa, matematika va boshqalarga oid 160 dan ortiq asarlari ma’lum. U "Al-muallim as-saniy" (ikkinchi muallim", "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo`lgan. Uning axloq, tarbiya, sha’riyatga oid asarlari ham bor. "Kattalarning aqli haqida", "Ilmning kelib chiqishi va tasnifi", "She’r va qofiyalar haqida", "Baxt saodatga erishuv yo`llari haqida", "Fazilatli xulqlar" kabi asarlari mavjud. Forobiy o`z falsafiy qarashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. U kishilarni guruhlarga bo`lgan va bunda ularning diniy mazxabga emas, balki avvalo, akliy iqtidoriga, ilm o`rganish va hayotiy tajriba to`plash jarayonida orttirgan bilim va ko`nikmalariga ahamiyat beradi. Olimning falsafada insonparvarlik g`oyalari alohida o`rin olgan, har qanday zulm va urushlarni qoralagan. Forobiy muallimlik qilgan. U o`qitishning mazmuni va qonun - qoidalarini amaliy faoliyatida sinab ko`rgan. U fanlarni tasnifini beradi. Forobiyning axloqiy qarashlari ham g`oyat qimmatlidir. U "Fozil shahar aholisining axloqiy qarashlari", "Ruh madaniyati haqida risola" asarlarida inson barkamol bo`lishi uchun avvalo axloqli bo`lishi zarurligini ta’kidlaydi. Forobiy axloqni 2 guruhga: ezgulik va yomon sifatlarga ajratadi. Insonning eng olijanob fazilati baxtga intilishdir. Haqiqiy baxtga erishish kishilardan yuksak axloqiy munosabatni, hamkorlik, o`zaro yordam va ahil yashashni talab qiladi. Farobiy inson kamolotga yolg’iz o’zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo’lish, ularning ko’maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo’ladi, deb hisoblaydi. Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi " jamiyat talablariga javob berishra oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif berishrgan olim sanaladi. Ta’lim-degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy. Bilim berish;

Tarbiya-nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. Abu Nasr Farobiy yana aytadi: «Ta’lim-degan so’z halqlar va shaharliklar o’rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu halqlar o’rtasidagi tug’ma fazilat va amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan so’zdir». Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu halq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo’lgan ish- harakat, kasb-xunarga berilgan bo’lishi, o’rganishdir", -deydi. Farobiy ta’lim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari so’rgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga yetkazish maqsadini ko’zlaydi. Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil topgan insonni, shakllantirish insonning o’z mohiyati bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o’zaro munosabatlar jarayonida komillika erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Qomusiy olim Abu Rayxon Muhammad ibn Axmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayxon Beruniy 362 yil 3 zulxijjada (milodiy 973 yil 4 sentyabr) Xorazmning Qiyot shahrida dunyoga keldi. Berun - birun so’zi "tashqari", shahardan tashqarida degan ma’noni anglatadi. Beruniy xali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Qiyot shaxrida 994-995 yillarda astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. O’sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn -- Vushmagir yosh olimga xayrihohlik ko’rsatadi. SHams al Maoli" ("Oli martabalar quyoshi") laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy "qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar" asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini YAqin va O’rta SHarqqa mashhur qildi.1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo’lib qoladi . Ma’mun davrida Urganchda "Ma’mun akademiyasi"