Afaziya va uning turlari


MAVZU: AFAZIYA VA UNING TURLARI
REJA: • NEYROLINGVISTIKA. • AFAZIYA VA UNING TURLARI.
Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan ham uzviy aloqada. So‘ngi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig‘ida nevrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog‘i vujudga keldi. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekani, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini o‘rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o‘rganish obyekti afaziyadir. Neyrolingvistika grek tilidan olingan bo‘lib, VЕÜVOV - nerv, LINGUA – til degan ma’nolarini bildiradiradi
Afaziya yunoncha so‘z bo‘lib, a – inkor qo‘shimchasi, phasis – gapira olmaslik degan ma’noni anglatadi. Afaziya – bu bosh miyaning shikastlanishi natijasida nutqni to‘liq yoki qisman yo‘qotishdir.