logo

Al-Hakim at-Termiziy hayoti va ijodi

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1370 KB
Al-Hakim at-Termiziy 
hayoti va ijodi 
Bekmirzayev Asadbek 
304-guruh  
Bu allomaning to`liq ismi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan 
ibn Bashir (ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-Te rmiziy. Hakim at-
Te rmiziyning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida ma`lumot To jiddin Subkiy  
("Ta baqot ash-shafi`-iyya al-Kubro"), Xotib al-Bag`dodiy ("Ta rixi 
Bag`dod"), Ibn Hajar al-Asqaloniy ("Lison al-miyzon"), as-Sulamiy 
("Ta baqot as-sufiyya") va boshqa bir qator olimlar asarlarida keltirilgan. 
Xakim at-Te rmiziy o`z hayoti to`g`risida o`zining "Bad`u sha`ni Abu 
Abdulloh" asarida bayon etadi. Bu asar 1965 yilda Bayrutda Yahyo 
Ismoil tomonidan olimning "Xatmul avliyo" asari bilan birga chop etilgan.  
Hakim at-Te rmiziyning tavalludi va vafoti 
sanalari yozma manbalar hamda hozirgi 
adabiyotlarda turlicha keltiriladi. Ba`zi 
mualliflar, masalan, Hoji Xalifa "Kashf az-
zunun"da Hakim at-Te rmiziy vafoti yilini 
milodiy 869 yil deb ko`rsatgan.  
Allomaning qabr toshida ham shu sana 
keltirilgan. Hakim at-Termiziy yuz yildan 
oshiq vaqt umr ko`rganidan kelib chiqilsa, 
manbalarda ham u 112, 116, yoki hatto 120 
yoshgacha umr ko`rgani keltiriladi, u holda 
alloma I taxminan 750 — 760 yillar oralig`ida 
tug`ilgan bo`lib chiqadi.  
Ayni mahalda bundan 30 yil oldin "Al-Hakim at-Te rmiziy va 
nazariyyatuhu fil valoyati" asarini yozgan misrlik mashhur olim 
Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-Te rmiziy milodiy 820 
yilda tavallud topib 112 yil yashab 932 yilda vafot etgan, deb 
yozgan. Allomaning bo-lalik va yoshlik yillari haqida 
manbalarda batafsil ma`lumot berilmagan. "Ta rjimai hol" iga 
ko`ra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan jiddiy 
shug`ullangan, yigirma sakkiz yoshida esa Makkaga haj 
safariga jo`nagan. Safardan qaytgach, Hakim at-Te rmiziy 
sufiylik yo`lini tutgan: xilvatga ketib, nafsi ammorani yengib, 
sufiyona risolalarni o`rgangan.  
Uning padari buzukvori Ali ibn Hasan bilimdon muhaddis olim 
bo`lgan, ilm izlab Bag`dodga borgan, o`sha davrning taniqli 
olimlari bilan xadisning turli masalalari borasida ilmiy 
munozaralarda faol ishtirok etgan. Volidai muhtara-masi hamda 
tog`asi ham hadisi nabaviyyaning durust bilimdonlari 
hisoblanishgan. Binobarin, Hakim at-Te rmiziy o`z 
dunyoqarashiga ulkan ta`sir ko`rsatgan bilimli va ilmiy muhitda 
voyaga yetgan.  
Yozma manbalarda Hakim at-Te rmiziy 
ustozlari haqida ishonchli ma`lumotlar 
keltirilgan. Uning dastlabki ustozi otasi Ali 
ibn al-Hasan at-Te rmiziy bo`lgan. Al-Xotiyb 
al-Bag`dodiyning "Ta rixi Bag`dod" asarida 
bir muncha ma`lumot keltirilgan. Ustozlari 
orasida Qutayba ibn Sa`id as-Saqafiy al-
Balxiy (798 — 888 yillar), Ibn Xib-bonning 
"Mashxur kishilar to`g`risida kitob" asarida 
ancha dilbar gaplar aytilgan Solih ibn 
Abdulloh at-Te rmiziy, bir qancha vaqt 
Te rmiz qozisi bo`lgan Solih ibn Muhammad 
at-Te rmiziy, Sufyon ibn Vakiy` (vafoti 860 
yil), Hasan ibn Umar ibn Shafiq al-Bahriy 
(vafoti 840 yil), Ahmad ibn Hadravayh 
(vafoti 854 yil), Abu Turob al-Naxshabiy, 
Yahyo ibn Maoz ar-Roziylar (vafoti 875 yil) 
bo`lishgan.  
Hakim at-Te rmiziy xayoti va faoliyatini 
tavsiflovchi yozma manbalar ma`lumotiga 
asoslangan holda uning uzun hayotini 
quyidagi bosqichlarga bo`lish mumkin.  
Birinchi bosqich — sakkiz yoshgacha bo`lgan bolalik 
yillari. Taassuflar bo`lsinki, uning hayotining bu davri 
haqida aniq ma`lumotlarga ega emasmiz. Shunday 
bo`lsa-da, u o`z tengdoshlaridan farqli ravishda, shu 
yoshga xos turli o`yinlarga ko`ngil ko`ymagan, balki 
o`zini istiqboldagi ilmiy hayotga tayyorlab borgan — 
ustozlaridan ko`proq dars olgan, turli ilmlarni 
(ayniqsa kalom ilmini) o`rgangan, sirli ma`naviy 
hayotga o`zini chog`lagan, deb aytish mumkin.  
Ikkinchi bosqich Hakim at-Te rmiziyning 
sakkiz yoshdan yigirma sakkiz yoshgacha 
bo`lgan hayotini o`z ichiga oladi. Bu davrda u 
turli shayxlardan bilim o`rgangan. Ilm izlab 
Sharqning boshqa shaharlariga borgan, 
Makkada bo`lib, Baytullohni ziyorat qilgan. 
Hayotining shu davrida u hadis o`rganishga 
hamda fiqh masalalariga ko`proq e`tibor 
bergan.  
Alloma hayotining uchinchi bosqichida 
Qur`oni karimni chuqur o`rganish bilan 
mashg`ul bo`lgan. U kalomullohni, uning 
mohiyatini chuqur o`rganish, ro`za tutish, 
ibodat qilish, taqvo va hokazolar bilan 
shug`ullangan. Al-Antokiyning "Qalb 
muolajasi" falsafiy-tasavvufiy asari unga 
ayniqsa qattiq ta`sir ko`rsatgan.  
Hakim at-Te rmiziyning shogirdlari ham ko`p bo`lgan. 
Bular: Abu Muhammad Yahyo ibn Mansur al-Qoziy 
(vafoti 960 yil), Abu Ali Mansur ibn Abdulloh ibn Xolid 
az-Zuhliy al-Hiraviy, Abu Ali al-Hasan ibn Ali al-
Jurjoniy, Ahmad ibn Muhammad ibn Iso, Abu Bakr 
Muhammad ibn Umar al-Hakim al-Varroq, 
Muhammad ibn Ja`far ibn Muhammad ibn al-Xaysam 
ibn Umron ibn Burayda va boshqalardir.  
Hakim at-Te rmiziyning ilmiy-ijodiy faoliyati uning boshqa mamlakatlar 
va shaharlarga sayohati bilan chambarchas bog`liq. U Balxda, 
Nishopurda bo`lgan, fan va madaniyat yuksak rivojlangan Bag`dodga 
borgan. Bu shaharlarda u mashxur olimlar bilan uchrashgan, ilmiy 
munozaralarda qatnashgan. Shunday bo`lsa-da, Hakim at-
Te rmiziyning ilmiy-ijodiy hayotida uning ona shahri — Termiz juda 
muhim rol o`ynagan, o`zining asosiy asarlarini alloma shu yerda 
yaratgan. Uning mav`izayu xutbalari, shuningdek ayrim asarlari va, 
eng avvalo mu-sulmonlik marosimlari, Allohga oshiqlik, sufiylarning 
ayrim toifalari, "xotamul anbiyo" bilan bir qatorda bo`lgan "xatmul 
avliyo" to`g`risida mulohaza yuritilgan "Xatmul-avliyo", "Ilal ash-shari`a" 
faqihlar va arboblarning ma`lum qismida norozilik uyg`otgan. Hakim at-
Te rmiziy badxohlar ta`qibidan qutulish uchun Balxga, so`ng 
Nishopurga ketishga majbur bo`lgan. U yerlarda allomani kuvonch 
bilan kutib olishgan. Keyinchalik u yerlarda tarafdorlari va izdoshlari 
ko`paygan.  Al-Hakim at-Termiziy asarlari 

1. Kitob as-salot va maqosidiho.

2. Kitob al-hajj va asrorihi.

3. Kitob al-Ehtiyotot.

4. Kitob al-Jumal al-lozim ma`rifatiho.

5. Kitob al-Furuq va man` at-taroduf.

6. Kitob haqiqat al-odamiyya.

7. Kitob Urs al-muvahhadiyn.

8. Kitob al-A`zo val-nafs va yusammo kazalika g`avr al-umur.

9. Kitob Manozil al-ibod min al-ibodati.

10.Kitob al-Aql val-havo.

11.Kitob al-Amsol min al-Kitob vas-Sunna.

12.Kitob al-Manohiy. 
Xakim at-Te rmiziy qalamiga mansub asarlar soni to`g`risida yozma 
manbalarda turli raqamlarkeltirilgan. Ba`zi mualliflar uning asarlari 
adadi to`rt yuzga boradi, deyishgan. Biroq ko`pchilik mualliflar uning 
asarlari soni saksonga yaqin, deb hisoblashadi. Abdulfattox Abdulloh 
Baraka yozishicha, Hakim at-Te rmiziyshshg to`rt yuz asaridan 
oltmishga yaqini yetib kelgan. Eng muhimi, bizgacha allomaning ilmiy-
ma`naviy merosining asosini tashkil qiluvchi asarlari yetib kelgan (2). 
Ular orasidan, eng avvalo, 291 hadisni o`z ichiga oluvchi "Navodir al-
usul fi ma`rifat axbor ar-Rasul" nomli asarini ko`rsatib o`tish zarur. Bu 
asarda Hakim at-Te rmiziy dunyoqarashi muayyan darajada bayon 
etilgan. "Navodir al-usul"ning bir qo`lyozma nusxasi To shkentda, 
O`zbekiston musulmonlari diniy idorasining kutubxona fondida 
saqlanadi. Allomaning nashr etilgan boshqa asarlaridan "Kitob xaqiqat 
al-odamiya", "Adab an-nafs"ni sanab o`tish lozim.  
Damashkda, az-Zohiriyya kutubxonasida Hakim at-
Te rmiziyning ikki asari va besh risolasi qo`lyozmalari 
(tasavvuf turkumi, 104-raqami ostida); Misrdagi 
Iskandariya shahrida uch risolasi (Maktabat al-
baladiyya, 3585-raqami ostida) saqlanmoqda. 
Allomaning Londonda saqlanayotgan asarlari 
ro`yxatida beshta risola ko`rsatilgan. Qohirada, "Dor 
al-kutub al-ilmiyya"da "Ilal al-u`budiyya" asarining 
qo`lyozma nusxasi mavjud. "Kitob as-salot" asarining 
qisqartirilgan varianti bo`lgan bu risola ko`proq "Ilal 
ash-shariy`a" nomi bilan mashhur.  
Hakim at-Te rmiziyning sufiylik tarixidagi ahamiyati asosan uning risolalari bilan 
belgilanadi. Ularda "rux" va uning "holati" hamda "harakati" to`g`risidagi, o`zini-
o`zi takomil toptirish hamda tuban xatti-harakatlarni jilovlash usullari haqidagi, 
poklanishga olib keluvchi iztirob va shu kabilar sufiylik ruhiyatining rivojlanishiga 
ulkan ta`sir ko`rsatdi. Hakim at-Termiziy sufiyona "ma`rifat" ("hikmat")ni inson 
yetishishi mumkin bo`lgan oliy bilim deb hisoblagan. Bu bilimni u inson qalbidan 
joy olgan "ilohiy nur" ga o`xshatgan. Shariat qoidalarini sharhlash va 
qo`llashdan iborat bo`lgan odatiy ilmdan farkli o`laroq "ma`rifat" narsalarning 
ichki mohiyatini va oxir oqibatda, "ilohiy mohiyatni" anglab yetadi. Ilmni ta`lim 
jarayonida egallash mumkin bo`lsa, "ma`rifat" Allohning suygan bandalariga 
nozil qilgan rahmatidir. Ilmni tatbiq etish sohasi hamda vaqti cheklangan, 
"ma`rifat"ning esa cheki yo`q. Qalbini dunyo mehridan poklagan va Allohga 
oshiq bo`lganlargina ma`rifatga yetishadilar. Hakim at-Te rmiziy sufiy valiylarni 
shundaylardan deb hisoblagan. Ular qolgan dindorlardan ayni ma`rifatga 
yetishganliklari bilan ajralib turishadi.

Al-Hakim at-Termiziy hayoti va ijodi Bekmirzayev Asadbek 304-guruh

 Bu allomaning to`liq ismi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir (ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-Te rmiziy. Hakim at- Te rmiziyning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida ma`lumot To jiddin Subkiy ("Ta baqot ash-shafi`-iyya al-Kubro"), Xotib al-Bag`dodiy ("Ta rixi Bag`dod"), Ibn Hajar al-Asqaloniy ("Lison al-miyzon"), as-Sulamiy ("Ta baqot as-sufiyya") va boshqa bir qator olimlar asarlarida keltirilgan. Xakim at-Te rmiziy o`z hayoti to`g`risida o`zining "Bad`u sha`ni Abu Abdulloh" asarida bayon etadi. Bu asar 1965 yilda Bayrutda Yahyo Ismoil tomonidan olimning "Xatmul avliyo" asari bilan birga chop etilgan.

 Hakim at-Te rmiziyning tavalludi va vafoti sanalari yozma manbalar hamda hozirgi adabiyotlarda turlicha keltiriladi. Ba`zi mualliflar, masalan, Hoji Xalifa "Kashf az- zunun"da Hakim at-Te rmiziy vafoti yilini milodiy 869 yil deb ko`rsatgan.

 Allomaning qabr toshida ham shu sana keltirilgan. Hakim at-Termiziy yuz yildan oshiq vaqt umr ko`rganidan kelib chiqilsa, manbalarda ham u 112, 116, yoki hatto 120 yoshgacha umr ko`rgani keltiriladi, u holda alloma I taxminan 750 — 760 yillar oralig`ida tug`ilgan bo`lib chiqadi.

 Ayni mahalda bundan 30 yil oldin "Al-Hakim at-Te rmiziy va nazariyyatuhu fil valoyati" asarini yozgan misrlik mashhur olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-Te rmiziy milodiy 820 yilda tavallud topib 112 yil yashab 932 yilda vafot etgan, deb yozgan. Allomaning bo-lalik va yoshlik yillari haqida manbalarda batafsil ma`lumot berilmagan. "Ta rjimai hol" iga ko`ra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan jiddiy shug`ullangan, yigirma sakkiz yoshida esa Makkaga haj safariga jo`nagan. Safardan qaytgach, Hakim at-Te rmiziy sufiylik yo`lini tutgan: xilvatga ketib, nafsi ammorani yengib, sufiyona risolalarni o`rgangan.