logo

Abu Mansur al-Moturidiy (870 - 944) hayoti va ijodi haqida

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

152.8837890625 KB
                                                                       Abu Mansur al-
Moturidiy  (870 - 944)  hayoti va ijodi haqida               Abu  Mansur  al-Moturidiy  sunniy 
e’tiqodidagi  ikki  yirik  oqimlardan  biri 
bo‘lmish  Moturidiya  oqimining 
asoschilaridan  hisoblanadi.  Uning  hayoti 
haqida  ma’lumotlar  juda  ozdir.  To‘liq  nomi 
Abu  Mansur  Muhammad  ibn  Muhammad 
ibn  Mahmud  al-Hanafiy  al-Moturidiy  as-
Samarqandiydir.  Buyuk  kalom  imomi  va 
fikh  olimi  asli  Samarqandning  Moturid 
qishlog‘idan  (hozirgi  Jonboy  rayonida 
joylashgan)  bo‘lib,  uning  taxallusi  shu 
qishloqqa  nisbatan  olingandir.  Abu  Mansur 
al-Moturidiy  dastlabki  ta’limni  shu 
qishloqda  olib,  keyinchalik 
Movarounnahrning  o‘sha  davrdagi  diniy  va 
ma’rifiy  markazi  bo‘lgan  Samarqandda 
davom  ettiradi.             Abu Mansur al-Moturidiy  (870 - 944)              Al-Moturidiy  yashagan  davr 
Somoniylar  hukmronlik  qilgan 
davrga  to‘g‘ri  keladi.  Samarqand 
dastlab  bu  davlatning  poytaxti  bo‘lib, 
so‘ngra  IX  asrning  oxiridan  boshlab 
poytaxt  Buxoroga  ko‘chirildi.  Biroq 
o‘sha  vaqtda  ham  Samarqand  Buxoro 
bilan  bir  qatorda  Movarounnahrning 
iqtisodiy-madaniy  markazi  bo‘lib 
qolaveradi.
Abu  Mansur  al-Moturidiy  tug‘ilgan 
yili  haqida  aniq  ma’lumotlar  yo‘q.  U 
Samarqandda  944—945  yilda  vafot 
etgan  va  shahar  chekkasidagi 
Chokardiza  degan  qabristonga 
ko‘milgan.              Ba’zi  manbalarda  uning  Samarqanddagi  al-Ayoziy  madrasasida  ta’lim 
olgani qayd etilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad 
al-Iyodiy,  Imom  A’zam  mazhabidagi  buyuk  olim  Nasr  ibn  Yahyo  al-Balxiy, 
Muhammad  ibn  al-Fadl  kabilarni  o‘zining  ustozi  deb  bilgan.
Al-Moturidiy  fiqh  va  kalom  masalalari  bilan  qiziqib,  Hanafiya  mazhabi 
olimlaridan  dars  olib  o‘z  bilimini  oshiradi.  Shu  vaqt  davomida  ko‘plab  mashhur 
faqihlar  va  muhaddislar  bilan  muloqatda  bo‘lgan  va  munozaralar  qilgan.  Butun 
umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. Mahmud ibn Sulaymon 
al-Kafaviyning  (vafoti  1582  yil)  "Katoib  ul-a’lom  al-axyor  fi  taboqot  va 
mashaoyix  mazahab  an-Nu’mon"  ("Nu’mon  mazhabiga  mansub  bo‘lgan  taniqli 
alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob") nomli kitobida al-Moturidiy va uning 
asarlari  haqida  ayrim  ma’lumotlar  beriladi.  Masalan,  quyidagi  asarlari  nomlari 
keltirilgan:  "Kitab  Tavhid"  ("Allomani  yakkalashlar  kitobi"),  "Kitab  Maqomat", 
"Kitab  rad  avomil  lil  adila  lil  kabiy"  ("Ka’biy  zalolatlarining  boshlanishini  rad 
qilishga  bag‘ishlangan  kitob"),  "Kitab  bayon  va  hum  ul-mu’tazila"  ("Mu’tazila 
g‘avg‘olari  va  undan  qo‘rqmaslik  haqidagi  kitob  bayoni"),  "Kitab  Ta’vilot  al-
Qur’on"  ("Kur’on  ta’vili  kitobi").              Lekin Hoji Xalifaning (1609—1659) "Kashf az-zunun an-asomil 
kutub  va-l-funun"  ("Kitob  va  fanlar  nomlari  haqidagi  shubhalarni 
bartaraf etish kitobi") kitobida e’tirof  etilishicha,  yana Abu  Mansur  al-
Moturidiyning "Ma hazi ash-shari’a" ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitab 
al-jadal"  ("Dialektika  haqida  kitob")  kabi  asarlari  ham  bo‘lgan. 
Bulardan  tashqari  al-Moturidiyning  "Kitab  al-usul"  ("Diniy-ta’limot 
usuli  kitobi")  asari  ham  ma’lum.
Abu  Mansur  al-Moturidiyning  ko‘p  asarlari  bizgacha  yetib 
kelmagan,  yetib  kelganlari  ham  asosan  xorijiy  mamlakatlar  kutubxona 
va  qo‘lyozma  fondlarida  saqlanadi.
Al-Moturidiy  islom  olamida  juda  nozik  hisoblangan  "Kitab 
Tavhid"  —  asari  bizning  davrimizga  yetib  kelgan  va  u  1970  yilda 
Fathulloh  Xulif  tomonidan  Bayrutda  nashr  etilgan.
U  islom  dinidagi  sunniylarning  to‘rtta  asosiy  mazhabi 
asoschilarining  asarlarini  o‘rganib,  fiqhga  va  kalomga  oid  asar  yozadi.              Bu al-Moturidiyning "Ta’vilot ahli sunna" yoki boshqa bir nomi 
"Ta’vilot  al-Qur’on"  deb  nomlanadi.  Al-Moturidiy  bu  asarida  sunniy 
aqidaga  (ta’vilda)  zid  qarashlarni  rad  qilishga  harakat  qiladi  va  Abu 
Xanifaning  qarashlariga  suyangan  xolda  ish  ko‘radi.  Bu  asar 
O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasining  Abu  Rayhon 
Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik  instituti  fondida  saqlanadi. 
"Ta’vilot"ning  birinchi  jildi  Qohirada  1971  yilda  Ibrohim Avadayn  va 
as-Said  Avadaynlar  tomonidan  nashr  etilgan.
Al-Moturidiyning  bu  birgina  asari  tarix  jarayonida  ko‘p 
allomalar  asarlariga  asos  solgan,  ular  ijodiga  turtki  bo‘lgan.
Shulardan  biri Alovuddin Abu  Bakr  Muhammad  ibn Ahmad  as-
Samarqandiyning  sharhidir.  U  "Sharqta’vilot  ahpi  as-sunna"  deb 
nomlanib,  Institut  fondida  bu  asarni  ikkita  nusxasi  saqlanadi.              Shu  bilan  birga  al-Moturidiy  nomi  ostida  yozilgan  bir 
necha  soxta  asarlar  ham  ma’lumdir.  Masalan:  "Favoid" 
(qoidalar),  boshqa  nomi  "Pandnoma",  "Kitob  al-Usul",  "Sharh 
al-Fiqh  al-Akbar"  asarlari  shular  jumlasidandir.  Bu  al-
Moturidiyning  diniy  ilmlar  namoyandalari  orasida  qanchalik 
mashhur  bo‘lganligidan  dalolat   beradi. Al-Moturidiy  ko‘p 
shogirdlar  yetishtirdi,  ular  orasida  islom  olamiga  mashhur 
allomalar: Abu-l-Hasan  ar-Rustug‘faniy  (vafoti  961),  Ishoq  ibn 
Muhammad  as-Samarqandiy  va  Abdu-l-Karim  al-Pazdaviy 
(vafoti  999),  Abu  Ahmad  al-Iyodiy  kabi  olimlar  bor  edi. 
Shogirdlari  o‘z  ustozlarining  ta’limotini  davom  ettirishganligi 
tufayli  Hanafiya  mazhabidagilar  ichida  Moturidiya  oqimi 
vujudga kelgan.              Abu  Mansur  al-Moturidiyning  zamondoshlari  hamda  hamfikrlaridan 
mashhur  fihq  olimi  Abu-l-Qosim  Hakim  as-Samarqandiyni  alohida  ko‘rsatib 
o‘tish  lozim.  Bu  olim  Samarqandda  tug‘ilib,  butun  umrini  shu  yerda  o‘tkazgan 
(vafoti  953).  Fiqh  va  kalom  sohasida  mashhur  bo‘lgan.
Abu  Mansur  umri  davomida  faqihlar,  muhaddislar  bilan  muloqatda 
bo‘lgan  va  munozarlar  olib  borgan.  U  islom  dini  Hanafiya  mazhabini 
Movarounnahrda  tarqatish  va  o‘zidan  keyingi  avlodlarga  qusursiz  yetkazish 
ishiga  muhim  hissa  qo‘shdi.
Al-Moturidiy  nafaqat  fihq,  kalom  ilmiga  oid,  balki  boshqa  fanlarga  oid 
asarlar  ham  yozgan  deb  aytish  mumkin.  O‘zR  FAning  Beruniy  nomidagi 
Sharqshunoslik  instituti  fondida  saqlanayotgan  al-Moturidiyning  ovchilikka  oid 
asari  bunga  dalil  bo‘ladi.  Bu  asarning  bir  qo‘lyozma  nusxasi  "Risola  jonvor 
doriy"  ("Jonvorlarga  oid  risola")  deb  nomlangan  bo‘lib,  unda  ovchi  qushlarni 
boqish  haqida  fikr  yuritiladi.  Bu  asarda  ovchi  burgutlarning  har  xil  zotlari, 
ularning  tashqi  ko‘rinishlari,  oziqlantirish,  ovga  yaroqliligi  bilan  bir  qatorda 
ko‘paytirish,  izi  va  chatishtirish  usullari  kabi  masalallr  haqida  gap  boradi.              Al-Moturidiy  o‘z  davrining  islomiy  ilmlari  sohasida  eng 
yetuk  bilim  sohibi  hisoblanib,  musulmon  dunyosi  olimlari 
tomonidan  tan  olingan  va  hozirda  ham  turli  diniy  asarlarda  zo‘r 
ehtirom  bilan  tilga  olinadi.
Al-Moturidiyni  ulug‘lab  "Imom  al-Xuda"  va  "Imom  al-
mutakallimin"  (Hidoyat  yo‘li  imomi  va  mutakallimlar  imomi) 
kabi  nomlar  bilan  ham  ataganlar.
Movarounnahr  —  Markaziy  Osiyo  xalqlari  turli  falsafiy,  tabiiy, 
aniq  fanlar,  adabiyot,  san’at  sohalarida  dunyoga  mashhur 
siymolar,  allomalar  bilan  birga  islom  nazariyasi,  diniy  ilmlar 
bo‘yicha  ham  al-Moturidiydek  butun  musulmon  olamida  nom 
qozongan olimlarni ham yetishtirib chiqardilar.              E’ TIBORIN GIZ  UCHUN   
RA HMAT!!!

Abu Mansur al- Moturidiy (870 - 944) hayoti va ijodi haqida

Abu Mansur al-Moturidiy sunniy e’tiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri bo‘lmish Moturidiya oqimining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida ma’lumotlar juda ozdir. To‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as- Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fikh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan (hozirgi Jonboy rayonida joylashgan) bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur al-Moturidiy dastlabki ta’limni shu qishloqda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi. Abu Mansur al-Moturidiy (870 - 944)

Al-Moturidiy yashagan davr Somoniylar hukmronlik qilgan davrga to‘g‘ri keladi. Samarqand dastlab bu davlatning poytaxti bo‘lib, so‘ngra IX asrning oxiridan boshlab poytaxt Buxoroga ko‘chirildi. Biroq o‘sha vaqtda ham Samarqand Buxoro bilan bir qatorda Movarounnahrning iqtisodiy-madaniy markazi bo‘lib qolaveradi. Abu Mansur al-Moturidiy tug‘ilgan yili haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. U Samarqandda 944—945 yilda vafot etgan va shahar chekkasidagi Chokardiza degan qabristonga ko‘milgan.

Ba’zi manbalarda uning Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida ta’lim olgani qayd etilgan. Al-Moturidiy Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad al-Iyodiy, Imom A’zam mazhabidagi buyuk olim Nasr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn al-Fadl kabilarni o‘zining ustozi deb bilgan. Al-Moturidiy fiqh va kalom masalalari bilan qiziqib, Hanafiya mazhabi olimlaridan dars olib o‘z bilimini oshiradi. Shu vaqt davomida ko‘plab mashhur faqihlar va muhaddislar bilan muloqatda bo‘lgan va munozaralar qilgan. Butun umri davomida shu sohaga oid asarlar yozib qoldirgandir. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning (vafoti 1582 yil) "Katoib ul-a’lom al-axyor fi taboqot va mashaoyix mazahab an-Nu’mon" ("Nu’mon mazhabiga mansub bo‘lgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob") nomli kitobida al-Moturidiy va uning asarlari haqida ayrim ma’lumotlar beriladi. Masalan, quyidagi asarlari nomlari keltirilgan: "Kitab Tavhid" ("Allomani yakkalashlar kitobi"), "Kitab Maqomat", "Kitab rad avomil lil adila lil kabiy" ("Ka’biy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag‘ishlangan kitob"), "Kitab bayon va hum ul-mu’tazila" ("Mu’tazila g‘avg‘olari va undan qo‘rqmaslik haqidagi kitob bayoni"), "Kitab Ta’vilot al- Qur’on" ("Kur’on ta’vili kitobi").

Lekin Hoji Xalifaning (1609—1659) "Kashf az-zunun an-asomil kutub va-l-funun" ("Kitob va fanlar nomlari haqidagi shubhalarni bartaraf etish kitobi") kitobida e’tirof etilishicha, yana Abu Mansur al- Moturidiyning "Ma hazi ash-shari’a" ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitab al-jadal" ("Dialektika haqida kitob") kabi asarlari ham bo‘lgan. Bulardan tashqari al-Moturidiyning "Kitab al-usul" ("Diniy-ta’limot usuli kitobi") asari ham ma’lum. Abu Mansur al-Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. Al-Moturidiy islom olamida juda nozik hisoblangan "Kitab Tavhid" — asari bizning davrimizga yetib kelgan va u 1970 yilda Fathulloh Xulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan. U islom dinidagi sunniylarning to‘rtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini o‘rganib, fiqhga va kalomga oid asar yozadi.