logo

Diniy bilimlarning rivojlanishi dars ish

Yuklangan vaqt:

24.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

153.5 KB
                                                                          “Tasdiqlayman”
O’IBDO’:_________A.Z.Temirov
                                                                          “_____” ___________2022-yil
NAZARIY O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Guruh
Dars sanasi
Mavzu: Diniy bilimlarning rivojlanishi
O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa   O‘quvchilar soni:  13  tagacha
O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy:  yangi   bilimlarni   egallash  bo‘yicha  o‘quv
mashg‘ulot
O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda ma’naviyat hayot
2. Diniy bilimlarning rivojlanishi
3. Tasavvuf, tariqat namoyondalari.
O‘quv mashg‘uloti maqsadi :   O’rta asrlar davrida o’zbek davlatchiligi tarixi, Eftaliylar davlat
birlashmasi taraqqiyoti  bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish  / shaklantirish .
Pedagogik vazifalar: 
Dars va mavzu rejasi  tanishtirish;
Davr haqida  ma’lumot berish;
Atamalarga  izoh berish;
Mavzu bo’yicha  tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari:
Mavzuga doir ma’lumotlar  ko‘rsatadilar;
Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar;
Mavzu mohiyatini aytib beradilar;
Fakt,   ma’lumotlarni   t artibli   ravishda   gapirib
beradilar.
O‘qitish metodlari Kichik   axborotli   ma’ruza   / hikoya /   tushuntirish /
ko‘rsatma   berish /   namoyish /   ko‘rsatish /vi deo   usul /
kitob   bilan   ishlash /   insert /   mashq /   suhbat /   bahs /
aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq.
O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy /   jamoaviy /   guruhli /   individual   / o‘ylang
va   juftlikda   fikr   almashing   texnikasi/birgalikda
o‘ rganamiz   texnikasi/arra texnikasi  va boshq.
O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi /  slaydlar /  proektor /  
kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli  
organizatorlar/m odel /  mulyajlar /ch izma /  sxema /  
grafik /  diagrammlar /n amunalar / e kspert  varag‘i 
/yo‘ riqnoma  va boshq
O‘qitish shart-sharoiti Maxsus   texnik   vositalar   bilan   jihozlangan
auditoriya. 
Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq   va
boshq. O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Faoliyat
bosqichlari va
vaqti Faoliyat   mazmuni
o‘qituvchi o‘quvchi
1 -O‘ quv
mash g‘ ulotiga
kirish
(5daq.) Tashkiliy boshlanishi
O‘quvchilar   bilan   s alomlashadi ,   ularni   mashg‘ulotga
tayyorgarligi va davomatini tekshiradi.  Darsga
tayyorgarlik
ko‘radilar.
2-bosqich.
Asosiy
(6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish  (15 daq)
1. 1 . Mavzu   bo‘yicha  asosiy   tushunchalar  bilan  ( 1 -ilova)
va   mustaqil   ishlash   uchun   adabiyotlar   ro‘yxati   bilan
tanishtiradi. 
1.2.   O‘quv   mashg‘ulotning   mavzusi,   rejasi,   maqsadi   va
o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni
bilan tanishtiradi.  (2-ilova).
II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq)
2.1.O‘quvchilar   bilimini   tezkor-so‘rov /   savol-javob /
aqliy   hujum / pinbord / o‘ylang   va   juftlikda   fikr
almashing / orqali   faollashtiradi     Javoblarni   qabul   qiladi,
ular   asosida     yangi   o‘quv   materialni   uzviy ligi   bo‘yicha
ma’lumotlar berishga o‘tadi.
III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish  (40 daq)
2.2.   Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar   asosida  ( 3 -ilova)
namoyish   va   sharxlash   orqali   mavzu   bo‘yicha   asosiy
nazariy xolatlarni bayon qiladi. 
2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 
2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 
2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi.
2.6.   Y a ngi   o‘quv   materialini   o‘zlashtirish   darjasini
tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar,
yozib oladilar.
Y o zib oladilar
Tinglaydilar
Y o zib   oladilar
Savolga javob
beradilar
T inglaydilar
Savollarga javob
beradilar.
Ma’lumotlarni
daftarga qayd
qiladilar.
Savollarga javob
beradilar
3-bosqich.
Y a kuniy
(10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish.
3.1.   Mavzuni   yakunlaydi   va   mazkur   fanning   kelgusida
kasbiy   faoliyatlaridagi   ahamiyatini   yoritish   bilan
yakunlaydi.
3.3. O‘quvchilar bilimini  ba h olaydi.
3.2.   Uyga   vazifa   beradi   va   uni   bajarish   yuzasidan
yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar.
Vazifani yozib
oladilar 1 ilova 
Asosiy tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash maydoni, mamlakat mustaqilligi uchun
kurash, dorug’a, Ibn Xaldun, Kesh, barlos, “Loy jangi”, Sarbadorlar.  
Adabiyotlar:
1. A.Muhammadjonov. O'zbekiston tarixi.(IV-XV asrlar) 7-sinf T.2017
2. Ismatova, N. O‘zbekiston tarixi. 7-sinf. A. Zamonov, N. Ismatova va boshqalar. Toshkent: 2022.
3. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003.
4. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006.
2-ilova 
Mavzu rejasi:
1. IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda ma’naviyat hayot
2. Diniy bilimlarning rivojlanishi
3. Tasavvuf, tariqat namoyondalari
Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi.
Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni:
55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”,
71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”,
85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi.
Agar   joriy   nazorat   test   usulida   o’tkazilsa,   20   ta   testdan   iborat   variantning   har   bir   to’g’ri
javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan:
11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”,
15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”,
18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi.
Agar   test   variant   50   ta   savoldan   iborat   bo’lsa   har   bir   to’g’ri   javob   2%   ni   tashkil   etib
yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni,
28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 
35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”,
43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi.
3-ilova:
Mavzu matni:
Imom   al-Buxoriy.   Dunyoviy   fan   olimlari   bilan   bir   qatorda   IX   asrda   islom
ta’limotining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta
bo‘ldi.   Bu   borada,ayniqsa,   Muhammad   ibn   Ismoil   al-Buxoriy   (810–870)   va   uning
zamondoshi hamda  shogirdi Abu Iso  Muhammad  at-Termiziy (824–894) ning  hissasi
nihoyatda buyukdir.
Imom   al-Buxoriy   islom   ta’limotiga   oid   yigirmadan   ortiq   asarlar   yozdi.   Uning
birgina “Al jome’ as sahih” asariga 7275 hadis kiritilgan.
1998-yil  oktabrda  buyuk  mutafakkir   Imom  al-Buxoriy  tavalludining  1225   yilligi
nishonlandi.   Samarqand   yaqinidagi   Xartang   qishlog‘ida   “Imom   al Buxoriy   yodgorlik
majmuyi” barpo etildi. 4 jildli “Al jome’ as sahih” kitobi ilk bor o‘zbek tilida nashr etilib,
kitobxonlarga   taqdim   etildi.   Abu   Mansur   al-Moturidiy.   Kalom   ilmi   ravnaqiga   ulkan
hissa   qo‘shgan   buyuk   alloma   Abu   Mansur   al-Moturidiy   (870–944)   Samarqand yaqinidagi   Moturid   qishlog‘ida   tug‘ilgan.   Al-Moturidiy   islomiy   odob   qoidalari,
ma’naviyaxloqiy   kamolot   sirlaridan   ta’lim   berishga   mo‘ljallangan   qator   asarlar
yozgan.   Ulardan   “Kitob   at Tavhid”   (“Allohning   birligi”)   va   “Ta’vilot   ahl   assunna”
(“Sunniylik   an’analari   sharhi”)   nomli   asarlarigina   saqlanib   qolgan.   Ularda   diniy
ta’limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida dunyoqarashining shakllanish
mohiyati talqin etilgan. Al-Moturidiy 944-yilda Samarqandda vafot etgan.
Mustaqillik   sharofati   bilan   diniy   qadriyatlarimiz   tiklanayotgan   Vatanimizda
2000-yil   noyabrda   Imom   al-Moturidiy   tavalludining   1130   yilligi   nishonlandi.
Samarqandda   al-Moturidiy   xotirasiga   bag‘ishlangan   yodgorlik   majmuyi   barpo   etildi,
asarlari o‘zbek tilida nashr etildi.
Islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga
sazovor bo‘lishi bu nodir shaxsning ulkan aqlzakovati va matonatidan dalolat beradi.
Islom Karimov. “yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.
Burhoniddin al-Marg‘inoniy. Mashhur  fih (huquqshunos)  olimi Burhoniddin al-
Marg‘inoniy   1123-yilda   Rishtonda   (Farg‘ona   vodiysi)   tavallud   topgan.   Al-
Marg‘inoniyning   eng   nodir   asari   to‘rt   jildli   “Hidoya”   asaridir.   “Hidoya”   islom
huquqshunosligi   bo‘yicha   mukammal   asar   bo‘lib,   bir   necha   asrlar   davomida
musulmon   mamlakatlaridagi   huquqshunoslar   uchun   ham   nazariy,   ham   amaliy
qo‘llanma vazifasini o‘tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilingan.
Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda. Shu sababli
alloma   nafaqat   ulamolar,   balki   oddiy   xalq   orasida   ham   “hidoyat   yo‘lining   sarboni”
deya   kata   hurmat-e’tibor   topti.   Burhoniddin   val milla   (Islom   dinining   dalili,   isboti)
degan sharafl nomga sazovor bo‘ldi.
2000-yilda   al-Marg‘inoniyning   910   yilligi   nishonlandi.   Shu   munosabat   bilan
Marg‘ilon   shahri   markazida   Burhoniddin   Marg‘inoniy   yodgorlik   majmuyi   bunyod
etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o‘rnatildi.
Din. IX–XIII asr  ma’naviy  hayotida Islom dini muhim o‘rin egallaydi. Bu davrda
musulmon   Sharqida   keng   tarqalib,   jahon   dini   darajasigacha   ko‘tarilgan   Islom   dini
xalq   hayotida   muhim   o‘rin   egallaydi.   Movarounnahr   aholisi   Islom   dinini   qabul   qilib,
shariat   ahkomlarini   bajarishga,   arab   tili   va   yozuvini   o‘rganishga   kirishdi.   Markaziy
shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko‘tardi.
XII asrda esa Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida, hatto qonunshunoslar
uchun   maxsus   “Faqihlar   madrasasi”   qurilgan.   Bunday   oliy   dorilfunun   asosan   Islom
dini   ta’limotining   asosiy   manbalari:   Qur’oni   karim,   Hadisi   sharif   va   arab   tilini
mukammal   o‘rganishga   katta   e’tibor   bergan.   Shariat   ahkomlarini   har   tomonlama
chuqur o‘rgatishda “Tafsir” – Qur’oni karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba
hisoblangan.   Fiqh   fani   (islom   huquqshunosligi)   axloq   va   shariat   ahkomlari   borasida
mukammal ma’lumot beradi. Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ‘ibotining kengayishida, ayniqsa, Buxoro
shahri   markazga   aylandi.   Buxoro   madrasalaridan  juda   ko‘p  yetuk   fihshunos   olimlar,
qozilar, imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab “Qubbat ul -
islom” – “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat topadi.
Tasavvuf. Tasavvuf o‘rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu ta’limot
dastlab VIII asr o‘rtalarida Iroqda yuzaga kelgan.
Tasavvuf   ta’limoti   asosida   inson   faoliyati   va   uning   kamoloti   yotadi.
Movarounnahrning   turli   o‘lkalarida   tasavvufning   turli   tariqatlari   paydo   bo‘ladi.
Turkistonda   XII   asrda   Yassaviya,   XII   asr   oxirida   Xorazmda   Kubroviya,   XIV   asrda
Buxoroda Naqshbandiya va boshqa tariqatlar vujudga keladi. Movarounnahrda keng
yoyilgan   tasavvuf   –   Yassaviya   tariqati   bo‘lib,   unga   Ahmad   Yassaviy   asos   soladi.
Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur “Hikmat” asarida bayon etiladi.
Ahmad   Yassaviyning   firicha,   shariatsiz   tariqat,   tariqatsiz   ma’rifat,   ma’rifatsiz
haqiqat   bo‘la   olmaydi.   Ularning   har   biri   ikkinchisini   to‘ldiradi   va   takomillashtiradi.
Yassaviya   tariqatining   asosida   kamolotga   uzlat   va   tarkidunyochilik   orqali   yetishish
g‘oyasi olg‘a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog‘atidan voz kechib, uzlatda
toat  va  ibodat   yo‘lida  zahmat   chekib,  mashaqqatli  mehnat   qila  olgan  kishigina   yetib
boradi.
Xullas,   Yassaviya   tariqatida   mashaqqatli   mehnat   va   aziyat   shariat   yo‘lida
bo‘lmog‘i   hamda   tarkidunyochilik   targ‘ib   etilsada,   inson   zoti   sharif   darajasida
ulug‘lanadi.   Insonning   har   qanday   mol-dunyodan   va   davlatdan   ustun   turishi
ta’kidlanadi.
Tasavvuf   ta’limotining   buyuk   siymolaridan   yana   biri   Najmiddin   Kubro   (1145–
1221) edi. U Xorazmda “Kubroviya” tariqatiga asos soladi. Yassaviya tariqatidan farqli
o‘laroq,   Kubroviya   tariqati   tarkidunyochilikni   rad   etadi.   Kamolot   yo‘lida   olib
boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne’matlaridan bahramand
bo‘lishning   joizligi   g‘oyasi   ilgari   suriladi.   Kubroviya   tariqatida   xalqqa   va   Vatanga
bo‘lgan   muhabbat   nihoyatda   kuchli   bo‘lib,   har   qanday   og‘ir   damlarda   ham   omma
bilan   birga   bo‘lish,   Vatanni   mudofaa   qilish   va   uning   mustaqilligi   uchun   kurashga
da’vat etiladi.
Tasavvuf   XIV   asrda   Naqshbandiya   tariqatida   yanada   rivoj   topadi.   Unga
Bahouddin   Naqshband   asos   soladi.   U   1318-yilda   Buxoro   yaqinida   Qasri   Hinduvon
qishlog‘ida   matolarga   naqsh   bosuvchi   hunarmand   oilasida   dunyoga   keladi.
Yoshligida ta’lim olish bilan bir  qatorda kimxob matoga gul bosishni  puxta o‘rganib,
ota kasbi naqqoshlikni egallagan.
Xoja   Bahouddin   “Hayotnoma”   va   “Dalil   al oshiqin”   nomli   asarlar   yozib,   o‘z
tariqatini yaratadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng
tarqaladi. Naqshbandiya  tariqati insonlarni halol va pok bo‘lishga,  o‘z mehnati  bilan kun
kechirishga,   muhtojlarga   xayr-ehson   berishga,   sofdil   va   kamtar   bo‘lishga   chaqiradi.
Uning   “Dil   ba   yor u   dast   ba   kor”   (“Ko‘ngil   Allohda   bo‘lsin-u,   qo‘l   mehnat   bilan   band
bo‘lsin”)   degan   hikmati   Naqshbandiya   tariqatining   hayotiy   mohiyatini   ifodalaydi.   U
tarkidunyochilikni   rad   etib,   mehnatsevarlik,   odillik   va   bilimdonlikni   targ‘ib   etadi.
Naqshbandiya   ta’limoti   taraqqiyotiga   keyingi   asrlarda   Alisher   Navoiy,   Abdurahmon
Jomiy, Xoja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo‘shadilar.
Mustaqillik sharofati bilan Ahmad yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin
Kubro   singari   bobokalonlarimizning   aziz   nomlari   tiklandi,   qadamjolari   obod   etildi.
Asarlari   chop   etilib,   ularning   bebaho   ma’naviy   meroslaridan   hozirgi   avlodlar
bahramand  bo‘lmoqdalar.   Holbuki,  islomiy  ta’lim-tarbiya  asosida   ajdodlarimiz   kamol
topib, o‘zlaridan o‘chmas tarixiy meros qoldirganlar.
4-ilova
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Movarounnahrlik muhaddis ulamolardan kimlarni bilasiz?
2. Al-Moturidiy qanday asarlar yozgan?
3. Ma’naviy hayotda Islom dinining ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz?
4. Tasavvuf qanday ta’limot?
5. Yassaviya tariqati asosida qanday qarash ustunlik qiladi?
6. Kubroviya tariqatidagi vatanparvarlik g‘oyalarini ta’riflng.
7. Naqshbandiya tariqati insonlarni nimaga da’vat etadi?
5 ilova 
Uyga vazifa: 1. Mavzuni o’qib, urganish
2. Savol va topshiriqlarga javob aniqlash.

“Tasdiqlayman” O’IBDO’:_________A.Z.Temirov “_____” ___________2022-yil NAZARIY O‘QUV MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI Guruh Dars sanasi Mavzu: Diniy bilimlarning rivojlanishi O‘quv mashg‘ulotning o‘qitish texnologiyasi modeli Vaqt: 80 daqiqa O‘quvchilar soni: 13 tagacha O‘quv mash g‘ ulotining shakli va turi Nazariy: yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot O‘quv mash g‘ ulot rejasi 1. IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda ma’naviyat hayot 2. Diniy bilimlarning rivojlanishi 3. Tasavvuf, tariqat namoyondalari. O‘quv mashg‘uloti maqsadi : O’rta asrlar davrida o’zbek davlatchiligi tarixi, Eftaliylar davlat birlashmasi taraqqiyoti bo‘yicha tushunchalarni hosil qilish / shaklantirish . Pedagogik vazifalar: Dars va mavzu rejasi tanishtirish; Davr haqida ma’lumot berish; Atamalarga izoh berish; Mavzu bo’yicha tushuncha berish. O‘quv faoliyati natijalari: Mavzuga doir ma’lumotlar ko‘rsatadilar; Davrga xos xususiyatlarni tasniflaydilar; Mavzu mohiyatini aytib beradilar; Fakt, ma’lumotlarni t artibli ravishda gapirib beradilar. O‘qitish metodlari Kichik axborotli ma’ruza / hikoya / tushuntirish / ko‘rsatma berish / namoyish / ko‘rsatish /vi deo usul / kitob bilan ishlash / insert / mashq / suhbat / bahs / aqliy hujum / ta’limiy o‘yin / pinbord va boshq. O‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari Ommaviy / jamoaviy / guruhli / individual / o‘ylang va juftlikda fikr almashing texnikasi/birgalikda o‘ rganamiz texnikasi/arra texnikasi va boshq. O‘qitish vositalari Matnlar /yo zuv taxtasi / slaydlar / proektor / kompyuter /diaproektor/flipcha r t/vediofilm/grafikli organizatorlar/m odel / mulyajlar /ch izma / sxema / grafik / diagrammlar /n amunalar / e kspert varag‘i /yo‘ riqnoma va boshq O‘qitish shart-sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan auditoriya. Qaytar aloqaning usul va vositalari Tezkor-so‘rov / savol-javob / test /topshiriq/mashq va boshq.

O‘quv mashg‘ulotning texnologik xaritasi Faoliyat bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni o‘qituvchi o‘quvchi 1 -O‘ quv mash g‘ ulotiga kirish (5daq.) Tashkiliy boshlanishi O‘quvchilar bilan s alomlashadi , ularni mashg‘ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi. Darsga tayyorgarlik ko‘radilar. 2-bosqich. Asosiy (6 5 daq.) I . O‘quv faniga olib kirish (15 daq) 1. 1 . Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar bilan ( 1 -ilova) va mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. 1.2. O‘quv mashg‘ulotning mavzusi, rejasi, maqsadi va o‘quv faoliyat natijalariga qo‘yiladigan baholash mezoni bilan tanishtiradi. (2-ilova). II .O‘quvchilar bilimini faollashtirish (10 daq) 2.1.O‘quvchilar bilimini tezkor-so‘rov / savol-javob / aqliy hujum / pinbord / o‘ylang va juftlikda fikr almashing / orqali faollashtiradi Javoblarni qabul qiladi, ular asosida yangi o‘quv materialni uzviy ligi bo‘yicha ma’lumotlar berishga o‘tadi. III .Y a ngi o‘quv materialiga kirish (40 daq) 2.2. Qo’’anma va ko’rgazmali qurollar asosida ( 3 -ilova) namoyish va sharxlash orqali mavzu bo‘yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi. 2.3. Har bir rejani mustahkamlash uchun savollar beradi 2.4. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosalar qiladi. 2.5. Ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. 2.6. Y a ngi o‘quv materialini o‘zlashtirish darjasini tekshirish bo‘yicha tezkor-so‘rov o‘tkazadi ( 4 - ilova). Tinglaydilar, yozib oladilar. Y o zib oladilar Tinglaydilar Y o zib oladilar Savolga javob beradilar T inglaydilar Savollarga javob beradilar. Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar. Savollarga javob beradilar 3-bosqich. Y a kuniy (10 daq.) Mashg‘ulot yakuni va uyga vazifa berish. 3.1. Mavzuni yakunlaydi va mazkur fanning kelgusida kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyatini yoritish bilan yakunlaydi. 3.3. O‘quvchilar bilimini ba h olaydi. 3.2. Uyga vazifa beradi va uni bajarish yuzasidan yo‘riqnoma beradi.( 5 - ilova). Diqqat qiladilar. Vazifani yozib oladilar

1 ilova Asosiy tushunchalar: siyosiy tarqoqlik, siyosiy kurash maydoni, mamlakat mustaqilligi uchun kurash, dorug’a, Ibn Xaldun, Kesh, barlos, “Loy jangi”, Sarbadorlar. Adabiyotlar: 1. A.Muhammadjonov. O'zbekiston tarixi.(IV-XV asrlar) 7-sinf T.2017 2. Ismatova, N. O‘zbekiston tarixi. 7-sinf. A. Zamonov, N. Ismatova va boshqalar. Toshkent: 2022. 3. Shamsutdinov R. Vatan tarixi . T.”Sharq” 2003. 4. Azamat Ziyo, O’zbek davlatchiligi tarixi. T. 2006. 2-ilova Mavzu rejasi: 1. IX-XII asrlarda O’rta Osiyoda ma’naviyat hayot 2. Diniy bilimlarning rivojlanishi 3. Tasavvuf, tariqat namoyondalari Baholash mezoni: Reyting usulida baholash 5 ballik tizimda amalga oshiriladi. Joriy nazorat asosan og’zaki so’rov tarzida o’tkaziladi. Unda o’quvchi mavzuni: 55% dan – 70% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “3 ball”, 71% dan – 85% gacha o’zlashtirganini ko’rsata olsa “4 ball”, 85% dan – 100% gacha o’zlashtirganini isbotlay olsa “5 ball”ga baholanadi. Agar joriy nazorat test usulida o’tkazilsa, 20 ta testdan iborat variantning har bir to’g’ri javob 5 % ni tashkil etadi. Shu boisdan: 11 tadan 14 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 15 tadan 17 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 18 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. Agar test variant 50 ta savoldan iborat bo’lsa har bir to’g’ri javob 2% ni tashkil etib yuqoridagi nisbatda baholanadi. Ya’ni, 28 tadan 35 tagacha to’g’ri javob uchun “3 ball”, 35 tadan 42 tagacha to’g’ri javob uchun “4 ball”, 43 tadan ortiq to’g’ri javob uchun “5 ball” qo’yiladi. 3-ilova: Mavzu matni: Imom al-Buxoriy. Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda IX asrda islom ta’limotining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada,ayniqsa, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810–870) va uning zamondoshi hamda shogirdi Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824–894) ning hissasi nihoyatda buyukdir. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid yigirmadan ortiq asarlar yozdi. Uning birgina “Al jome’ as sahih” asariga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida “Imom al Buxoriy yodgorlik majmuyi” barpo etildi. 4 jildli “Al jome’ as sahih” kitobi ilk bor o‘zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi. Abu Mansur al-Moturidiy. Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy (870–944) Samarqand

yaqinidagi Moturid qishlog‘ida tug‘ilgan. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, ma’naviyaxloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo‘ljallangan qator asarlar yozgan. Ulardan “Kitob at Tavhid” (“Allohning birligi”) va “Ta’vilot ahl assunna” (“Sunniylik an’analari sharhi”) nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta’limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida dunyoqarashining shakllanish mohiyati talqin etilgan. Al-Moturidiy 944-yilda Samarqandda vafot etgan. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000-yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. Samarqandda al-Moturidiy xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuyi barpo etildi, asarlari o‘zbek tilida nashr etildi. Islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan yuksak sharafga sazovor bo‘lishi bu nodir shaxsning ulkan aqlzakovati va matonatidan dalolat beradi. Islom Karimov. “yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Burhoniddin al-Marg‘inoniy. Mashhur fih (huquqshunos) olimi Burhoniddin al- Marg‘inoniy 1123-yilda Rishtonda (Farg‘ona vodiysi) tavallud topgan. Al- Marg‘inoniyning eng nodir asari to‘rt jildli “Hidoya” asaridir. “Hidoya” islom huquqshunosligi bo‘yicha mukammal asar bo‘lib, bir necha asrlar davomida musulmon mamlakatlaridagi huquqshunoslar uchun ham nazariy, ham amaliy qo‘llanma vazifasini o‘tab kelgan. Kitob bir qancha tillarga tarjima qilingan. Hozirgi kunda ham muhim manba sifatida foydalanib kelinmoqda. Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham “hidoyat yo‘lining sarboni” deya kata hurmat-e’tibor topti. Burhoniddin val milla (Islom dinining dalili, isboti) degan sharafl nomga sazovor bo‘ldi. 2000-yilda al-Marg‘inoniyning 910 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg‘ilon shahri markazida Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmuyi bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o‘rnatildi. Din. IX–XIII asr ma’naviy hayotida Islom dini muhim o‘rin egallaydi. Bu davrda musulmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini darajasigacha ko‘tarilgan Islom dini xalq hayotida muhim o‘rin egallaydi. Movarounnahr aholisi Islom dinini qabul qilib, shariat ahkomlarini bajarishga, arab tili va yozuvini o‘rganishga kirishdi. Markaziy shaharlarda qator masjid va madrasalar qad ko‘tardi. XII asrda esa Buxoroning Darvozai Mansur mahallasida, hatto qonunshunoslar uchun maxsus “Faqihlar madrasasi” qurilgan. Bunday oliy dorilfunun asosan Islom dini ta’limotining asosiy manbalari: Qur’oni karim, Hadisi sharif va arab tilini mukammal o‘rganishga katta e’tibor bergan. Shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur o‘rgatishda “Tafsir” – Qur’oni karimning sharhlari juda boy va qimmatli manba hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal ma’lumot beradi.

Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ‘ibotining kengayishida, ayniqsa, Buxoro shahri markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan juda ko‘p yetuk fihshunos olimlar, qozilar, imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab “Qubbat ul - islom” – “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat topadi. Tasavvuf. Tasavvuf o‘rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu ta’limot dastlab VIII asr o‘rtalarida Iroqda yuzaga kelgan. Tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Movarounnahrning turli o‘lkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo bo‘ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya va boshqa tariqatlar vujudga keladi. Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf – Yassaviya tariqati bo‘lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur “Hikmat” asarida bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning firicha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to‘ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviya tariqatining asosida kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g‘oyasi olg‘a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va farog‘atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo‘lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib boradi. Xullas, Yassaviya tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo‘lida bo‘lmog‘i hamda tarkidunyochilik targ‘ib etilsada, inson zoti sharif darajasida ulug‘lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun turishi ta’kidlanadi. Tasavvuf ta’limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145– 1221) edi. U Xorazmda “Kubroviya” tariqatiga asos soladi. Yassaviya tariqatidan farqli o‘laroq, Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolot yo‘lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne’matlaridan bahramand bo‘lishning joizligi g‘oyasi ilgari suriladi. Kubroviya tariqatida xalqqa va Vatanga bo‘lgan muhabbat nihoyatda kuchli bo‘lib, har qanday og‘ir damlarda ham omma bilan birga bo‘lish, Vatanni mudofaa qilish va uning mustaqilligi uchun kurashga da’vat etiladi. Tasavvuf XIV asrda Naqshbandiya tariqatida yanada rivoj topadi. Unga Bahouddin Naqshband asos soladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog‘ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida dunyoga keladi. Yoshligida ta’lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni puxta o‘rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan. Xoja Bahouddin “Hayotnoma” va “Dalil al oshiqin” nomli asarlar yozib, o‘z tariqatini yaratadi. Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi.