Qadimgi Yunonistonda ilmiy bilimlarning rivojlanishi
QADIMGI YUNONISTONDA ILMIY BILIMLARNING RIVOJLANISHI
RE JA Yunonistonda ilm rivojining dastlabki kurtaklari Qadimgi yunonlar adabiyoti Qadimgi Yunonistonda tabiiy fanlarning vujudga kelishi
DASTLABKI KURTAKLAR Qadimgi yunonlar begona davlatlardagi juda katta hududga joylashib olgan bo'lib, o'zlarini yagona halq deb hisoblaganlar. Ular ellinlar, o'z vatanlari bo'lmish Gresiyani esa Ellada deb atashardi. Ellinlarni umumiy til, urf-odatlar, qadimgi rivoyatlar, din, yagona yozuv birlashtirib turgan. Qadimgi yunonlar eramizdan avvalgi II ming yillikning oxirlarida unutib yuborilgan qadimiy yozuviga qaytmaganlar. Qadimgi elladaliklar eramizdan avvalgi IX-VIII asrlarda finiqiyaliklarning yozuvi bilan tanishganlar va uning asosida 24 harfdan iborat o'z alifbosini yaratganlar. Bu yangi alifboda finiqiyaliklarniqidan farqli o'laroq, faqat undosh tovushlarni ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlar ham bo'lgan. Bu bilan yozuvning rivojiga katta hissa qo'shganlar.
DASTLABKI KURTAKLAR Ioniyalik olimlar tabiat hodisalari haqidagi o'z ko'zatishlarini bayon qilibgina qolmay, balki ularni kengroq bayon qilishga, sababini topishga haraqat qilganlar. Ayrim yunon olimlari tabiatni boshlanish manbai suv deb, ayrimlari havo deb, uchinchi birlari esa olov deb hisoblaganlar. Shu davrning ko'pgina olimlari tabiatdagi hodisa va qonunlarini diniy yo'l bilan tasvirlab berganlar. Turli hodisalarni xudolarning va ma'budlarning ishi deb bilganlar. Ioniyalik olimlarning ishini Afinada yashagan ulug' mutafakkir Demokrit davom ettirdi .
DEMOKRIT Demokrit tabiatni chuqur o'rgandi. ko'plab halqlarning ilmiy bilishlari bilan tanishdi. U butun olam mayda zarrachalar – atomlardan tashkil topgan, degan dohiyona fikrni ilgari surdi. Demokrit odamda hech qanday ruh yo'q, tabiatning dahshatli hodisalari qarshisida odamlarning ojizligi va qo'rqish natijasida xudolarga ishonish vujudga kelgan deb isbotladi. Xudolarga va odam ruhining abadiy yashashga ishonchini chippakka chiqargan Demokrit ta'limoti din homiylari va ruhoniylarini qattiq g'azablantirgan. Ular Demokrit qarashlarini rad qilolmaganlar , biroq uning asarlarini yo'q qilishga, do'stlaridan ayrimlarini qatl etishga, yana birlarini darra bilan urib turmalarga qamashga, uchinchilarini esa fuqarolik huquqlaridan mahrum qilishga da'vat etganlar. Demokritning zamondoshi shifokor Gippokrat uning g'oyalarini davom ettirdi.