Buxoro xonligida harbiy ish dars ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA ’ LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 4-KURS TALABASI “ Buxoro xonligida harbiy ish ” mavzusida OCHIQ DARS ISHLANMASI Samarqand 2024-2025
8-sinf “O’zbekiston tarixi” Darsning mavzusi: Buxoro xonligida harbiy ish mavzusi yuzasidan darsning texnologik xaritasi Mavzu Buxoro xonligida harbiy ish Maqsad va vazifalar Ta'limiy: O'quvchilar bu darsda Buxoro xonligidagi harbiy ish bilan tanishadilar. Rivojlantiruvchi: o’sha davrda xonligdagi harbiy ishlar bo’yicha tanishadilar. O’quv jarayonining mazmuni Harbiy ishlarda xonlikning o’rni. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Metod: Og'zaki bayon qilish, aqliy hujum. Shakl: Aralash. Jamoa, kichik guruhlarda ishlash. Vosita: Buxoro xonligi xaritasi uning tarkibida bo’lgan davlatlar ramzlari, va boshqa narsalar. Usul: Tayyor yozma materiallar va ko’rgazmali vositalar asosida Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish Baholash: savol-javob orqali va guruh baholarini 5 balli tizim asosida Kutiladigan natijalar O’qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchilar faolligini oshiradi. O’quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir vaqtning o’zida ko’pchilik o’quvchilarni baholaydi. O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. O’quvchi: Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobilyati kuchayadi. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi. Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar) O’qituvchi: Yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O’z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. O’quvchi: Matn bilan mustaqil ishlashni o’rganish. O’z fikrini ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo’shimcha
materiallar topish , ularni o’rganish. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish. Darsning Davomiyligi № Dars bosqichlari Vaqti 1 Tashkiliy qism 3 daqiqa 2 Uy vazifasini takrorlash. 5 daqiqa 3 Yangi dars mavzusi ustida ishlash 10 daqiqa 4 O'qituvchining qisqacha ma'ruzasi. 10 daqiqa 5 O'quvchilar tushunchasini aniqlash. 8 daqiqa 6 Dars yakunini chiqarish. 6 daqiqa 7 Uyga topshiriqlar. 3 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1. O’qituvchining salomlashishi, ishchi muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O'zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. 2. Yakka tartibdagi va nisbatlashtirilgan yozma topshiriqni bajaradigan o’quvchilar belgilanadi. 3. O’qituvchi o'quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar bilan tanishtiradi. 4. Darsning borish qismida o'quvchilarni guruhlarga bo'lish. Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog’oziga yozib qo’yish zarur. O’qituvchi guruhlarda ishlash qoidalarini ishlab chiqib o’quvchilarga tushuncha berib o’tadi. Har bir to’g’ri javob uchun rag’batlantirish vositalari berib boriladi. II. Uyga berilgan topshiriqni tekshirish.
O'quvchilarni daftarini tekshirish va berilgan vazifani ko’rish. III. Yangi darsni tushuntirish. O'qituvchi Xonlikdagi harbiy ishlarga doir ma’lumotni proyektor orqali ekranga tushiradi va yangi darsni bayon qiladi. 10-mavzu. Buxoro xonligida harbiy ish. Ma’lumki har qaysi davlatning siyosiy nufuzi ko’p jihatdan qo’shining qudratiga bog’liq ekanligi tarix isbotlagan haqiqatlardan biridir. Qo’shin tarkibiga ko’ra asosan, otliq va piyoda askarlardan iborat edi. Tuzilishiga ko’ra, o’ng va chap qanot, manglay, ilg’or manglay qorovul, hirovul kabi qisimlarga bo’lingan. Xon qo’shining oliy bosh qo’mondoni edi. Qo’shinning o’ng va chap qanotlari hamda qalb shayboniy sultonlar va shahzodalarga topshirilgan. 1512-yilda G’ijduvonda shayboniylar bilan safaviylar o’rtasidagi hal qiluvchi jangda shayboniylar qo’shinining qalb qismiga Ubaydullo Sulton, o’ng qanotga shayboniyxonning o’g’li Muhammad Temur, chap qanotga Ko’chkunchixonning o’g’li Abu Said Sultonlar qo’mondonlik qilishdi. Qo’shinda tavochi mansabiga tayinlangan amaldorlar harbiy askarlarni to’plash, ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi bilan shug’ullangan. Shuningdek, u qo’shinning moddiy ta’minoti uchun ham mas’ul bo’lgan. Qo’shin o’q va yoy, nayza, bolta, qilich, qalqon, cho’qmor, kabi qurollar bilan qurollantirilgan. O’q va Yoy asosiy qurol