logo

Algoritm tushunchasi va xossalari

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

72.173828125 KB
Algoritm tushunchasi va xossalari.
Reja:
1. Algoritm o’zi naim ?
2.  Algoritmning asosiy xossalari .
3.Algoritmning tasvirlash usullari              Algoritm o’zi naim ?

Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish zarur bo‘lgan amallar 
ketma-ketligidir.
Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma 
Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-
Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan 
yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining 
tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab 
bergan.              Algoritmning asosiy xossalari .

Algoritmning 5 Ta xossasi bor bular

Diskretlilik 

Tushunarlilik

Aniqlik

Ommaviylik

Natijaviylik              Algoritmning asosiy xossalari .

Diskretlilik (Cheklilik ). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli 
qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi 
oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan 
jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi.              Algoritmning asosiy xossalari .

Tushunarlilik.  Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan 
ishlayotgan elektron soatlar, mashinalar, dastgohlar, kompyuterlar, turli 
avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz.
Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar, uning uchun tushinarli 
mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara 
olmaydi. Undan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham 
mumkin.              Algoritmning asosiy xossalari .

Aniqlik . Ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi 
zarur. Chunki ko‘rsatmadagi noaniqliklar mo‘ljaldagi maqsadga 
erishishga olib kelmaydi. Odam uchun tushinarli bo‘lgan "3-4 marta 
silkitilsin", "5-10 daqiqa qizdirilsin", "1-2 qoshiq solinsin", 
"tenglamalardan biri yechilsin" kabi noaniq ko‘rsatmalar robot yoki 
kompyuterni qiyin ahvolga solib qo‘yadi.              Algoritmning asosiy xossalari .

Ommaviylik . Har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi 
masalalarning barchasi uchun ham o‘rinli bo‘lishi kerak. YA’ni 
masaladagi boshlang‘ich ma’lumotlar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar 
algorim shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqli bo‘lishi 
kerak. Masalan, ikki oddiy kasrning umumiy mahrajini topish algoritmi, 
kasrlarni turlicha o‘zgartirib bersangiz ham ularning umumiy 
mahrajlarini aniqlab beraveradi. Yoki uchburchakning yuzini topish 
algoritmi, uchburchakning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uning yuzini 
hisoblab beraveradi              Algoritmning asosiy xossalari .

Natijaviylik . Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta 
natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir 
natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala 
yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar 
ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm 
deb atay olmaymiz.              Algoritmning tasvirlash usullari

Algoritmning tasvirlash usullari  .Yuqorida ko‘rilgan	  misol larda 
odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va matematik formulalar 
orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi 
mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan 
tanishamiz.            Algoritmning tasvirlash usullari

Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi . Bu usulda ijrochi uchun 
beriladigan har bir ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi.

Algoritmning formulalar bilan berilish  usulidan matematika, fizika, kimyo 
kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan 
analitik ifodalash deyiladi.

  Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida  	
algoritmlar maxsus 
geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema 
deyiladi.

Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi . Algoritmning bu tarzda 
tasvirlanishdan ham ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib 
kelinayotgan to‘rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar 
jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari 
jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz.              Xulosa

Xulosa qilib aytsak algoritm bizning kundalik turmushimizning ajralmas 
bir bo’lagidir. Algoritmlarsiz hozzirgi kunimizni tassavvur qilish qiyin. 

Qo‘yilgan biror masalani EHMda yechish uchun, avval uning matematik 
modelini, keyin algoritmini va programmasini tuzish kerak bo‘ladi. Bu 
uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega              THE END

Algoritm tushunchasi va xossalari. Reja: 1. Algoritm o’zi naim ? 2. Algoritmning asosiy xossalari . 3.Algoritmning tasvirlash usullari

Algoritm o’zi naim ?  Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir. Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyur alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al- Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.

Algoritmning asosiy xossalari .  Algoritmning 5 Ta xossasi bor bular  Diskretlilik  Tushunarlilik  Aniqlik  Ommaviylik  Natijaviylik

Algoritmning asosiy xossalari .  Diskretlilik (Cheklilik ). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi.

Algoritmning asosiy xossalari .  Tushunarlilik. Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektron soatlar, mashinalar, dastgohlar, kompyuterlar, turli avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda bo‘lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Undan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.