logo

Alisher Navoiyning nutq odobiga oid qarashlarining pedagigik ahamiyati

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

838.1923828125 KB
Alisher Navoiyning nutq odobiga oid 
qarashlarining pedagigik ahamiyati
TAQDIMOTI
   
O‘RTA    ASRLAR    NOTIQLIK    SAN’ATI    VA UNDA 
NAVOIYNING     O‘RNII   BOB 6 1.1. § .   Nutq madaniyatining xalqimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni.  
Keyingi yillarda o‘zbek tilini har tomonlama puxta o‘rganish, uning fonetik, leksik, 
grammatik qurilishini, fanning boshqa turlari bilan bog‘liq  jihatlarini chuqur tadqiq etish bo‘yicha 
darsliklar, qo‘llanmalar va yuzlab maqolalar yaratildi. Xuddi shuningdek, nutq madaniyatini o‘rganish 
bo‘yicha ham ancha ishlar amalga oshirildi. Ta’lim dargohlarida nutqni o‘stirish, notiqlik san’ati va  
nutq madaniyati masalalari bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limlarning ochilishi, nutq madaniyatiga 
oid masalalarning oliy o‘quv yurtlarida maxsus kurs sifatida o‘qitilishi, matbuot, radio va televideniye 
orqali tushuntirish ishlarining olib borilishi, xalq orasida turli xil davra suhbatlarining o‘tkazilishi 
hamda ilmiy, ilmiy-ommabop xarakterdagi har xil darslik va o‘quv qo‘llanmalari, maqolalar 
to‘plamlarining nashr etilishi ana shular jumlasidandir.   
            Qadimgi Hindistonda nutq madaniyati rivoji “Mahobhorat”, “Ramayana” kabi afsonaviy 
dostonlar bilan bog‘liqdir. Bu dostonlarda nutq madaniyatiga oid fikrlar mavjud. Hindistonda qadimgi 
vedalar davr o‘tishi bilan tushunilishi qiyinlasha borgan. Natijada ularning tilini sodda tarzda 
tushunish va tushuntirish uchun lug‘atlar tuzishgan, qiyin so‘zlar izohini berishga, shuningdek, 
vedalar tili va uslubini tadqiq etishga ehtiyoj kuchaygan. Bu esa o‘z navbatida hind notiqlik san’ati 
rivojiga yo‘l ochgan.  Natijada hind tilshunosligida bir qator asarlar yaratilgan.
 
  Demosfen   (mil. av. 384–322) – yunon notig‘i, siyosiy arbobi. Afinadagi demokratik 
kayfiyatdagi guruhning yo‘lboshchisi. Notiqlik san’atidan  dars  	bergan,	  sud  	mahkamalarida, 
yig‘ilishlarda	
  nutq  	so‘zlagan (61 nutqi, 56 ma’ruzasi saqlanib qolgan). Butun umri davomida 
Afinaning mustaqilligi va	
  Yunoniston  	polislarining Makedoniyaga	  qarshi  	birlashishi uchun 
kurashgan.	
  Makedoniya  	podshosi Filippga qarshi qaratilgan bir qancha nutq so‘zlagan (bu nutklar 
«filippik» nomi bilan mashhur). Hayotining so‘nggida, dushmanlari ta’qibiga uch-rab, Afinadan 
qochgan va zahar ichib o‘lgan 6
1.2.§.   Qadimgi Sharqda nutq odobiga doir qarashlar . ALISHER  NAVOIYNING  NUTQ MADANIYATI RIVOJIGA 
QO‘SHGAN HISSASI II   BOB 6                         Alisher  Navoiyning  notiqlar  haqida  yozib  qoldirgan  ma’lumotlari  shoirning  nima  sababdan  voizlar  bilan 
qiziqqanligi,  ular  faoliyatini  o‘rganishga  nima  sabab  degan  savollarni  o‘rtaga  tashlaydi. Alisher  Navoiyning  o‘zi  ham 
davrining  mohir  so‘zamoli,  zabardast  shoiri,  yetuk  suhandonlaridan  biridir.  Notiqlik  masalasi  bilan  qiziqishi  uning 
nixoyatda  chuqur  bilim  egasi  ekanligini,  o‘z  bilimini  turli  dunyoviy  ilmlarni  o‘rganib  oshirib  borganligidan  dalolat 
beradi. Darhaqiqat,  biror  masalani  o‘rganishdan  oldin,  shu  masala  yuzasidan nazariy bilimlarga ega  bo‘lish uni to‘g‘ri 
hal  qila  olishni  bildiradi.  Alisher  Navoiy  ham  voizlikni  nazariy  tomondan  tahlil  qilgan.  Shoir  badiiy  so‘z  bilan 
shug‘ullanuvchilarni  nadimlar,  qissago‘ylar,  masalgo‘ylar,  badihago‘ylar,  qiroatxonlar,  muammogo‘ylar,  voizlar, 
go‘yandalar,  maddohlar,  qasidaxonlarga  ajratadi.  Navoiyning  fikricha,  ular  kuchli,  yoqimtoy  va  jozibali  ovozga  ega 
bo‘lishlari  kerak.  Ko‘pchilik  oldida  ehtirosli  nutq  so‘zlay  olish  usullarini  yaxshi  bilishlari,  o‘z  so‘zlariga,  nutqlariga 
e’tiborni  qarata  olishlari  kerak.  Alisher  Navoiyning  nutq  madaniyati  va  notiqlikka  oid  mulohazalari  uning  til,  nutq, 
badiiy  so‘z,  nutq  madaniyati,  nutqiy  odob,  nutqiy  nafosat  haqidagi  teran  fikrlarida  o‘z  ifodasini  topgan.  Prof.  Ernst 
Begmatov  fikricha,  shoirning  nutq  odobiga  oid  talqinlarida:  1)  nutq,  uning  og‘zaki  va  bitilgan  (yozma)  shakli;  2) 
nutqiy  faoliyatning  mohir  ustalari;  3)  nutqning  yuzaga  chiqish  usullari;  4)  nutqiy  uslublar;  5)  nutqda  ma’no  va  shakl, 
ularning uyg‘unligi; 6) nutqiy ohang; uning ko‘rinishlari; 7) nutq odobi; 8) nutq nafosati (estetikasi), kabi muammolar 
tilga olingan .2 .1.§ .  Sharq notiqlik san’atida Navoiyning o‘rni . 6  
  Umumiy o‘rta ta’lim maktabi 5-11-sinflarida Alisher Navoiyning xayoti va ijodini 
izchillikda o‘rgatish davom ettiriladi. Buning uchun o‘quv rejasida quyidagicha dars 
soatlari ajratilgan: 5-sinfda “Hayratul-abror” dostonidan olingan “egrilik va to‘g‘rilik” 
xikoyasi - 3 soat, 6-sinfda “Maxbubul kulub” dan parcha - 4 soat, 7-sinfda “Sab’ai 
sayyor” dostonidan beshinchi iklim yulidan keltirilgan musofir xikoyasi - 3 soat, 8-sinfda 
ruboiy, tuyuk, gazallaridan namunalar - 4 soat, 9-sinfda “Farxod va Shirin” dostoni - 10 
soat, 10-sinfda shoir zamondoshlari xotirasida, lirikasi: gazal, ruboiy. kit’alari taxlili - 6 
soat, 11-sinfda xayoti va ijodi, “Saddi Iskandariy” dostoni - 4 soat. Akademik litsey 
birinchi va ikkinchi semestrlarida: shoir xayoti va ijodi - 2 soat, lirikasi - 2 soat, epik 
asarlari - 2 soat, “Xayratul-abror” dostoni - 2 soat, “Farxod va Shirin” dostoni - 2 soat, 
“Layli va Majnun” dostoni - 2 soat, “Sab’ai sayyor” dostoni - 2 soat, “Saddi Iskandariy” 
dostoni - 2 soat. 2.2.§.  Umumta’lim maktablarida Navoiyning  uslubshunoslik 
rivojida tutgan o‘rnini o‘rganish . 6  
ALISHYER  NAVOIY  IJODIDA NUTQ  MADANIYATI VA ODOBINI   
SHAKLLANTIRUVCHI  MANBALARNING  PEDAGOGIK 
AHAMIYATI III BOB 6 Alisher  Navoiy  namunali  nutq  oldiga  qo‘yiluvchi,  ya’ni  nutqiy  madaniyatni  ta’minlovchi 
omillar  haqida  o‘z  asarlarining  turli  sahifalarida  o‘zining  mulohazalarini  bayon  qilgan.  Albatta, 
Navoiy  davrida  hozirgi  ma’nodagi  nutq  madaniyatining  terminlari,  undan  talab  qilinuvchi  tamoyillar 
haqidagi  ilmiy  ma’nodagi  tushunchalar  shakllanmagan  edi.  Ammo  shunga  qaramasdan,  nutq  oldiga 
Navoiy  qo‘yayotgan  talablar  insonning  yaxshi  inson  ekanini,  tarbiyali,  madaniyatli  odam  ekanini, 
kishining  tilga  munosabatidan  uning  axloqiy  fazilatlarini    bilish  mumkinligini  ifodalaydi.  Hatto 
Navoiy  ba’zi  o‘rinlarda  tilga  bepisandlik    bu  elga,  Vatanga  bepisandlik,  bunday  odam  musulmon 
emas,  undaylarni  jamiyatdan  surib  chiqarish    kerak,  degan  fikrlarni  aytadi.  Mana  shu  fikrlarda 
Navoiyning  tilning  taqdiriga  kuyunchakligi  yorqin  ifodalangan.  Navoiy  o‘z  asarlarida  shaxsda  nutq 
madaniyatini,  tilga  munosabat  odobini  tarbiyalash  lozimligini  qayta-qayta  ta’kidlaydi.  Buning  uchun 
tilni,  so‘zni  ko‘klarga  ko‘tarib  maqtaydi,  unga  insonni  hayvonot  olamidan  farqlashga,  undan  ustun 
turishga imkon bergan bir vosita deb qaraydi. Shu sababli u o‘z asarlarida tilni, uning imkoniyatlarini  
ko‘klarga  ko‘tarib  madh  qiladi,  so‘z  va  gapni,  nutqni  gavhar,  dur,  javohir,  ganj,  ganjina  deb  ataydi. 
Navoiyning yuqoridagi qarashlariga bir qator olimlarimiz o‘zlarining qimmatli fikrlarini o‘z asarlarida 
bayon etishgan 3.1.§.   Alisher Navoiy  ijodida nutq madaniyati va odobining talablari.  Rost so‘zlash haqida .  to‘g‘rilik yo‘ l ini bilmoqchi bo‘lsa, bilsinki, bu ikki xil bo‘ladi. Biri 
shuki, kishining so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, uning so‘zi bilan birga o‘zi ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Yana biri 
shuki, yolg‘on gapni ba’zilar taassuf bilan, uyalganidan «to‘g‘ri!» deydi. Oldingisi, hech shubhasiz, 
yaxshi, lekin ikkinchisi ham yomon emas. Kishi yolg‘onni gapirsa ham kam gapirsa! Qani endi 
shunday odam bizning zamonda ham topilsa. Biz shunday qiziq zamon odamlariga mubtalo 
bo‘lganmizki, ularning oldida rostgo‘ylikdan yomon narsayo‘q. Ulardan to‘g‘rilikni qidirgan kishi 
qoshlaridagi nomi-«Chin», o zi nochin jingalak mo‘yni topadi, xolos. «Chin» kofirlar mamlakati 
bo‘lsa ham, nomi «Chin», ya’ni «to‘g‘ri» boigani uchun, qara, hatto jannatning o‘zi ham unga rashk 
qiladi. Lekin odamlarga Xudoning o‘zi ato qilgan bu to‘g‘rilik, qara, ularning oldida xato bo‘lib 
ko‘rinadi. So‘zlashda xato gapirishga o‘rgangan odam noto‘g‘ri fikrni to‘g‘ri deb gumon qiladi. 
Kimki bu davrda to‘g‘ri gapirishga odatlangan bo‘lsa, u kambag‘allik, yetishmovchilikdan boshqa 
narsani bilmaydi. Bu davr istagi egrilik bo‘lgani uchun, sen haqiqatni talab qilsang, unga yoqmaysan. 3. 2 .§.   Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyatini o‘rganishning pedagogik asoslari.
Alisher Navoiy ijodida nutq madaniyatiga oid fikrlarni, shoirning nutq 
madaniyati va notiqlikka qo‘shgan hissasini o‘rganish ta’lim tizimi rivojiga, 
o‘quvchilarning ajdodlar ma’naviy merosidan bahramand bo‘lishiga yordam 
berishi shubhasiz. Navoiyning nutq madaniyatiga oid asarlarini ta’lim 
jarayonida o‘rganish o‘quvchilarni Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga 
hurmat ruhida tarbiyalashga, ularning nutq madaniyatini egallashiga xizmat 
qilishi shubhasiz. Bugungi kunda yurtimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi 
sharofati bilan milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimiz 
va ma’naviy merosimizni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yanada 
ortdi. Respublikamizda umumta’lim maktablarida ajdodlarimiz 
ma’naviy merosini, xususan, Alisher Navoiy merosini o‘qitishda 
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish barobarida 
shoir asarlarini o‘rganishda  ma’lum muammolar ham mavjudligi 
ko‘zga tashlanmoqda. 
Alisher Navoiy ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha 
mamlakatimizda  salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Navoiy ijodini 
tadqiq etishga bag‘ishlangan asarlar, maqolalar yozilgan, qator 
doktorlik dissertasiyalari himoya qilingan.   Xulosa Bularning barchasida yagona maqsad – yosh avlodni  ajodlarimiz merosi bilan yaqindan tanishtirish, ta’limda 
samaradorlikka erishish uchun Alisher Navoiy qarashlari, asarlarida bayon qilingan fikrlarga amal qilish orqali 
ta’limni isloh qilish, o‘qitishning zamonaviy usullari biln uyg‘unlashtirish.  
Bugungi kunda yurtimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi, dunyodagi eng rivojlangan axborot 
texnologiyalari mamlakatimiz ta’lim tizimiga kirib keldi va ilg‘or yutuqlar  amaliyotga joriy etilmoqda. Dunyo tan 
olgan yutuqlar ijtimoiy hayotimizdan mustahkam o‘rin egallamoqda,  boshqa ajdodlarimiz qatori Alisher Navoiy 
asarlari  ham qayta-qayta nashr etilmoqda,  ta’lim tizimi bo‘g‘inlarida o‘qitilmoqda. Darhaqiqat, bugungi yosh 
avlodni tarbiyalashda Navoiy ma’naviy merosini o‘rganish muhim o‘rin tutadi. Zero, Alisher Navoiy ijodidan  yosh 
bola tarbiyasidan tortib  insonning yetukligiga qadar bo‘lgan jarayon o‘rin olgan. Yoshlar ongiga chetdan tahdidlar 
kuchayib borayotgan bugungi kunda milliy o‘zlikni, milliy-ma’naviy qadriyayatlarimizga hurmat ruhini saqlab 
qolishda ta’lim jarayonida Alisher Navoiy ijodini, uning nutq madaniyati, odobi va notiqlikka oid fikrlarini 
o‘rganish, kundalik hayotimizda, o‘qish va o‘qitishda unga amal qilish  hayotiy ehtiyojga aylani bormoqda. 
Xususan,  davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, 
madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va 
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib 
qoladi”, degan fikrlari zamirida ham ana shu ezgu maqsad  o‘z ifodasini topgan. Hozirda mamlakatimizda Alisher 
Navoiy asarlari umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflaridan torib yuqori sinflarigacha o‘rganiladi.    
E’tiboringiz uchun 
tashakkur!

Alisher Navoiyning nutq odobiga oid qarashlarining pedagigik ahamiyati TAQDIMOTI

O‘RTA ASRLAR NOTIQLIK SAN’ATI VA UNDA NAVOIYNING O‘RNII BOB 6

1.1. § . Nutq madaniyatining xalqimiz ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni. Keyingi yillarda o‘zbek tilini har tomonlama puxta o‘rganish, uning fonetik, leksik, grammatik qurilishini, fanning boshqa turlari bilan bog‘liq jihatlarini chuqur tadqiq etish bo‘yicha darsliklar, qo‘llanmalar va yuzlab maqolalar yaratildi. Xuddi shuningdek, nutq madaniyatini o‘rganish bo‘yicha ham ancha ishlar amalga oshirildi. Ta’lim dargohlarida nutqni o‘stirish, notiqlik san’ati va nutq madaniyati masalalari bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘limlarning ochilishi, nutq madaniyatiga oid masalalarning oliy o‘quv yurtlarida maxsus kurs sifatida o‘qitilishi, matbuot, radio va televideniye orqali tushuntirish ishlarining olib borilishi, xalq orasida turli xil davra suhbatlarining o‘tkazilishi hamda ilmiy, ilmiy-ommabop xarakterdagi har xil darslik va o‘quv qo‘llanmalari, maqolalar to‘plamlarining nashr etilishi ana shular jumlasidandir.

Qadimgi Hindistonda nutq madaniyati rivoji “Mahobhorat”, “Ramayana” kabi afsonaviy dostonlar bilan bog‘liqdir. Bu dostonlarda nutq madaniyatiga oid fikrlar mavjud. Hindistonda qadimgi vedalar davr o‘tishi bilan tushunilishi qiyinlasha borgan. Natijada ularning tilini sodda tarzda tushunish va tushuntirish uchun lug‘atlar tuzishgan, qiyin so‘zlar izohini berishga, shuningdek, vedalar tili va uslubini tadqiq etishga ehtiyoj kuchaygan. Bu esa o‘z navbatida hind notiqlik san’ati rivojiga yo‘l ochgan. Natijada hind tilshunosligida bir qator asarlar yaratilgan. Demosfen (mil. av. 384–322) – yunon notig‘i, siyosiy arbobi. Afinadagi demokratik kayfiyatdagi guruhning yo‘lboshchisi. Notiqlik san’atidan dars bergan, sud mahkamalarida, yig‘ilishlarda nutq so‘zlagan (61 nutqi, 56 ma’ruzasi saqlanib qolgan). Butun umri davomida Afinaning mustaqilligi va Yunoniston polislarining Makedoniyaga qarshi birlashishi uchun kurashgan. Makedoniya podshosi Filippga qarshi qaratilgan bir qancha nutq so‘zlagan (bu nutklar «filippik» nomi bilan mashhur). Hayotining so‘nggida, dushmanlari ta’qibiga uch-rab, Afinadan qochgan va zahar ichib o‘lgan 6 1.2.§. Qadimgi Sharqda nutq odobiga doir qarashlar .

ALISHER NAVOIYNING NUTQ MADANIYATI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI II BOB 6