logo

Amir Temur va Temuriylar davri olimlari

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

675.466796875 KB
M:Amir Temur va Temuriylar davri olimlari  Amir Temur Davrida ilm Fan
•
XIV asrning ikkinchi yarmi – XV  asrda Amir Temur va Temuriylar , 
Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va 
Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor 
ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. 
Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, 
aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, 
Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon 
olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, 
xattotlik oliy cho‘qqilarga ko‘tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq 
Samarqandiy, Mirxond Xondamir kabi mashxur adib, rassom, 
tarixchilarning nomlari boshqa o‘lkalarda ham tez ma’lum bo‘ldi. 
Fors tili o‘z mavqeini saqlagan xolda adabiyotda turkiy tilning roli 
kuchayib ketdi.  •
Bu davrda turkiy tildagi she’riyat sultoni 
Alisher Navoiy ijod etib, o‘zining dostonlari, 
ilmiy-tarixiy asarlari bilan madaniyat tarixida 
o‘chmas iz qoldirdi. Alisher Navoiy •
Temuriyzoda shahzodalardan biri Shohrux Mirzo davrida 
Xurosonda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha 
rivojlandi, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi.  Masjidlar , 
madrasalar, xonaqolar, rabotlar, sardobalar, qishloq va qo‘rg‘onlash 
qurilib, mazkur qurilishlar vaqf mulklari bilan ta’minlandi. 
Shohruh Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda 
tinchlikning barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, 
hunarmandchilik, dehqonchilik yuqori darajada ko‘tarila boshladi. 
XIV-XV asrlarda Xurosonda kulolchilik san’ati, sopol buyumlar 
bilan bir qatorda suv inshootlarida, o’lkan binolar qurilishida 
ishlatiladigan sopol quvurlar, xilma-xil shakl va ranglar bilan 
jilolangan sopol koshinlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi. •
XV asr boshlarida Movarounnahrda shuhrat 
qozongan ulkan matematik va astronomlardan 
biri Qozizodadir. Olimning to‘liq nomi 
Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn 
Mahmud. Uning otasi Muhammad “Xoja 
Afandi” laqabi bilan ma’lum bo‘lib, 
Salohiddinning bolalik yillarida vafot etgan. •
Ulug‘bek Jamshid Koshiydan “Ziji Elxoniy” haqida va 
Marog‘adagi kuzatishlar haqida ko‘p eshitib, o‘zi rasadxona 
barpo etish va yangidan astronomik kuzatishlarni boshlashga 
tashabbus ko‘rsatadi. Rasadxona qurilishini Qozizoda bilan 
birga Jamshid Koshiy boshqaradi. Qurilish tugatilib, 
kuzatishlar boshlaishi bilanoq Koshiy vafot etadi. Bundan 
so‘ng ishlarga ilmiy rahbarlik Qozizodaning zimmasiga 
yuklanadi. U ham kuzatishlar oxiriga yetkazilmasdan vafot 
etadi. Endi kuzatishlarni davom ettirish navbati Ali Qushchi 
keladi va bu ishda katta jonbozlik ko‘rsatib, ustozi Ulug‘bek 
bilan ishni nihoyasiga yetkazadi. •
Temuriylar saltanati hukmronligi davrida 
Movarounnahr va Xurosonda badiiy adabiyot 
ham yangi bosqichda ko‘tarildi. Shu davrda fors-
tojik adabiyoti o‘zining yangi rivojlanish 
pog‘onasiga yerishgan bo‘lsa, o‘zbek adabiyoti 
Alisher Navoiy, Mavlono Lutfiy, Durbek, Hofiz 
Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Sayyid 
Qosimiy, Yaqiniy ijodlari misolida o‘z 
taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko‘tarildi.  Etiboringiz uchun Rahmat 
•
Turdiyev Tulqinbek 211 guruh

M:Amir Temur va Temuriylar davri olimlari

Amir Temur Davrida ilm Fan • XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Amir Temur va Temuriylar , Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho‘qqilarga ko‘tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond Xondamir kabi mashxur adib, rassom, tarixchilarning nomlari boshqa o‘lkalarda ham tez ma’lum bo‘ldi. Fors tili o‘z mavqeini saqlagan xolda adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi.

• Bu davrda turkiy tildagi she’riyat sultoni Alisher Navoiy ijod etib, o‘zining dostonlari, ilmiy-tarixiy asarlari bilan madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Alisher Navoiy