Antarktida materigi hayvonot dunyosi
Antarktida materigi hayvonot dunyosi
A ntarktika quruqlikda yashaydigan hayvonlarga kambag’al. Quruqlikda yashovchi sutemizuvchilar u yerda yo’q, lekin ba’zi bir xil chuvalchanglar, tuban qisqichbaqalar va qanotsiz hasharotlar tarqalgan. Qanotlarining yo’qligiga sabab shuki, bu o’lkada doim qattiq shamol esib turadi va hasharotlar havoga ko’tarila olmaydilar. Antarktika orollarida qo’ng’izlar, o’rgimchaklar va chuchuk suv molyuskalarining bir necha turi, uchmaydigan kapalakning bir turi topilgan. Chuchuk suv baliqlari yo’q. Quruqlikda yashovchi qushlardan oq rjanka, so’fito’rg’ay, o’rdakning bir turi Janubiy Georgiya orolida yashaydi.
Antarktikaning quruqlikdagi hayvonot dunyosi kambag’al bo’lsa ham, dengizda va yarim quruqlikda yashovchi hayvonlarga boy. Umurtqasizlardan yirik qisqichbaqasimonlar sutemizuvchilar, qushlar va baliqlarga ozuqa bo’ladi. Yirik meduzalar (150 kg) juda ajoyib. Baliqlarning ko’pchiligi endemik nototeniylar va oq qonli cho’rtan baliqlar oilasiga mansub turlar, sutemizuvchilardan kurakoyoqlilar va kitlar ko’p miqdorni tashkil qiladi. Kurakoyoqlilar haqiqiy va uzunquloq tyulenlarning har xil turlaridan iborat. Haqiqiy tyulenlardan uzunligi 3 m ga yetadigan Ueddell tyuleni eng ko’p tarqalgan. Tyulenlarning boshqa turlari asosan suzuvchi muzlarda yashaydi. Bular qisqichbaqaxo’r tyulen va xoldor terili yirtqich tyulen tarqalgan. Uzunquloq tyulenlar vakillaridan Antarktikaning chekka qismlarida dengiz sheri uchraydi.
Haqiqiy tyulenlardan uzunligi 3 m ga yetadigan Ueddell tyuleni eng ko’p tarqalgan. Tyulenlarninboshqa turlari asosan suzuvchi muzlarda yashaydi. Bular qisqichbaqaxo’r tyulen va xoldor terili yirtqich tyulen tarqalgan. Uzunqultyulenlar vakillaridanAntarktikaning chekka qismlarida dengiz sheri uchraydi.
Dengiz sheri