ARAB XALIFALIGI MADANIYATI
ARAB XALIFALIGI MADANIYATI
VII asr boshida Arabiston yarim orollarida yirik Arab davlati tashkil topdi. Davlatning voha va shaharlar aholisi kam bo‘lgan va ularni bir- biridan Arabiston sahrosi ajratib turgan. U jug‘rofiy jihatdan qulay joylashgan bo‘lib qadimdan Sharq va G‘arbdagi turli mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatishga intilib kelgan. Atrofda bo‘layotgan barcha siyosiy voqyealar arab xalqlari taqdiriga ta'sir etmay qolmadi.
qadimdan qabila bo‘lib yashab kelayotgan arablar ittifoqi mustahkam emas edi. Ular goh birlashib , gohida esa parchalanib ketar edilaBu narsa arablar siyosati va diniy ta'limotida ham o‘z aksini topdi. Aholi orasida ko‘p xudolik – butparastlik urf edi (xususan Ka'bada 360-ta but haykali bo‘lib ularning eng yiriklari Xubal va Lut bo‘lgan). Shunday bir vaziyatda Islom to‘g‘ri va yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom – bu Alloh yagona deya itirof etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik hamda Alloh buyurgan diniy e'tiqodga iymon keltirmoqlik demakdiIslom «itoat», «bo‘ysunish» ma'nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (570-632) makkalik Abdulloh degan kishining o‘g‘li bo‘lgan.
Uning bobosi Abutolib quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lgan. «Payg‘ambari oxirzamon» ota-onadan juda erta yetim qolib, shu bobosining tarbiyasida ulg‘aydi. Muhammad payg‘ambar ta'limotiga ergashganlarni “muslim” ya'ni «itoatkorlar» deb yuritilgan. O‘z payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Ma'lumki, Makkada Ka'batulloh joylashgan bo‘lib diniy ta'limotga ko‘ra uni dastlab Odam Ato barpo etgandiKeyinchalik esa «Ollohning uyi» deya nom olgan bu muqaddas dargohni Ibrohim payg‘ambar o‘g‘li Ismoil bilan birga kayta qurgan va birinchi Haj safarini uyushtirgan. Ka'baning ichida muqaddas tosh «Hajar-ul-asvad» o‘rnatilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar.