logo

ASALARI OILASI HAQIDA TUSHUNCHA

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2407.2001953125 KB
MAVZU   :ASALARI OILASI 
HAQIDA TUSHUNCHA                 Reja

1.Asalari oilasi bilan tanishish

2.Asalari oilasi tarkibi

3.Asalarilarning oila a’zolari hakida ma’lumot                 
Asalarichilik  qishloq  xo‘jaligining 
serdaromad  sohalaridan  biridir. 
Respublikamizning  tabiiy  sharoiti 
ham  asalari  oilalarni  tezkor 
texnologiya  asosida  boqish  uchun 
juda  qulaydir.  Shuning  uchun  asal 
yyetishtirish  Respublikada  salmokli 
o‘rinda  turishi  mumkin.  Asalarichilik 
mahsulotlarni  ko‘paytirishga 
karatilgan  tadbirning  ishlab  chiqish, 
asalarichilik  fermer  xo‘jaliklarida 
amalga  oshirilayotgan  jarayonlarga 
mahalliy  populyasiyadagi  asalarilar 
alohida ahamiyatga ega.                  
O‘zbekistonning  tabiiy  iklim  sharoiti 
qishloq  xo‘jaligi  ekinlarning 
hosildorligini  oshirishda  asalari 
oilalarni zamonoviy ilg‘or texnologiya 
asosida  ekinzorlarda  boqib, 
asalarchilik  mahsulotlar 
yyetishtirishni  ko‘paytirish  uchun 
qulay  imqoniyatga  ega .  Asalarilarning 
xayoti  nixoyatda  murakkab.  Oilani 
tashkil  etadigan  xar  bir  individ 
ma’lum  bir  vazifani  bajaradi.  Buning 
uchun  oilada  nasl  boradigan  ona  ari, 
naslsiz  urgochi  ari,  ya’ni  ishchi  ari  va 
erkak  arilar  (trutsnlar)  paydo  bo’lib, 
ular  tuzilishi  va  fiziologik 
xususiyatlariga  ko’ra  bir-biridan  fark 
qiladi. Bunga polimorfizm deyiladi.                 
Polimorfizm,  odatda,  xar  bir  individ 
oilada  ma’lumbir  vazifani  bajarishidan 
kelib  chiqadi,  ya’ni  bajariladigan  ishning 
taqsimlanishi  bevosita  ularning 
morfologik  farkiga  bog’lik.  Arixonalarda 
yetishtirilib  ko’paytiriladigan  ko’chibli 
asalari  oilasida  yoz  mavsumining 
o’rtalarida  60-70  ming,  duragay  zot  ari 
oilasida  80-90  mingtagacha  arisi  bo’ladi. 
Oilada ishchi arilarning soni ko’p bulishi  
va ular qisqa vaqt, ya’ni 20-30 kun ichida 
ksyingi  yilgi  sharbat  tashish  davrigacha 
stadigan oziq to’play oladilar. Ko’p

sonli  arilar  jamoa  bo’lib  yashashi 
natijasida  asalarilar  qishki  sovuq 
kunlarida  atroflarida  zarur  muxitni, 
kerakli issikni ushlab turadilar.                 
  Ona  asalari.  Asalari  uyasiga  bir  nazar 
tashlasangiz, uyaning markaziy  qismida, 
boshqa  asalarilarga  o‘xshamaydigan, 
ancha  yirikrok  hajmli  asalarini  ko‘rasiz. 
Bu  ona  asalari  hisoblanadi.  Uning  qorin 
qismi  uzunchok,  to‘la  gavdali,  qanotlari 
qorin  qismini  to‘lik  yopmagan  bo‘ladi. 
Uning  yagona  vazifasi  asalari  naslini 
kelajakda  davom  ettirishdan  iborat.  Ona 
asalari  o‘zi  stiladigan  onadonlardan  15-
16  kun  davomida  yetilib  chiqadi. 
Yetilgandan so‘ng birinchi parvozini 5-6 
kun  o‘tgach,  amalga  oshiradi  va  uyadan 
chiqib  tevarak-atrof  bilan  tanishib 
chiqadi.  Ikkinchi  parvozi  esa  jinsiy 
jihatdan  yetilgandan  so‘ng  10-12  kun 
o‘tgach, erkak asalarilar bilan juftlashish 
maksadida uyadan uchib chiqadi.                  
  Ishchi  asalari.  Jinsiy  a’zolari 
rivojlanmaganligi  sababli,  u  tuxum  qo‘ya 
olmaydi,  ayni  paytda  onalik  instinktini 
saqlab  qolgan  holda  uyadagi  yosh 
lichinkalarni  boqib,  ularga  g‘amxo‘rlik 
qiladi.  Ishchi  asalarilar  uyaga  asal, 
gulchangi  va  suv  olib  keladi,  shuningdek 
ular  ko‘plab  boshqa  zarur  vazifalarni  ham 
bajaradi.  Qorin  qismida  joylashgan  mum 
bezlaridan  mum  ishlab  chiqaradi  va  yangi 
mumkataklar  ko’radi.  Shuningdek,  uning 
bosh  qismida  joylashgan  so‘lak  bezlaridan 
sut  ishlab  chiqariladi.  Bundan  tashqari 
ishchi  asalarilar  uyani  isitish  maksadida, 
uyadagi barcha ortiqcha tirkish va yoriklarni 
berkitish uchun,  o‘zidan propolis moddasini 
ishlab  chiqaradi.  Bu  modda  uyani 
dezinfeksiya  qilishga  ham  xizmat  qiladi. 
Ishchi  asalarilar  uyada  turli  xil  vazifalarni 
bajaradi.                  
Ishchi  asalarilar  uyada  turli  xil 
vazifalarni  bajaradi.  Uyani  begona 
asalarilardan  himoya  qiladi  hamda  ona 
asalarilarni  boqib,  uni  parvarish  qiladi. 
Shuningdek,  asalari  oilasida  kuruvchi, 
razvedkachi, shira yig‘uvchi va uni qayta 
ishlovchi  asalarilar  bor.  Har  bir  asalari 
oilasi  o‘ziga  xos  betakror  hidga  ega,  shu 
hid  yordamida  ular  bir-birini  darrov 
tanib  oladi.  Bu  hid  ularni  uyaga  kirishi 
uchun  ruxsatnoma  vazifasini  o‘taydi. 
Ishchi  asalarilar  uyada  ishlaydigan  va 
uchadigan  dala  asalarilarga  bo‘linadi. 
Bahor  va  kuzda,  ya’ni  tabiatda  gulchang 
va  gulshira  ko‘prok  bo‘lganda,  ishchi 
asalarilar  40-45  kungacha  yashay  oladi. 
Kuz  va  kishlovdan  oldin  tuxumdan 
chiqqan  asalarilar  esa  besh  oygacha 
yashaydi.                  
Erkak  asalari.    Uni  truten,  debham  ataydilar.  Ularning  bunday         
nomlanishi  “tekinxo‘r”  ma’nosidan  olingan,  lekin  ularning  bunday 
nomlanishi  noto‘g‘ri.  Erkak  asalari  ayrim  issik  kunlarda  daladan  suv 
tashishi,  uyani  shamollatib  turishi  va  o‘zidan  issik  harorat  chiqarib, 
uyadagi  haroratni  mo‘‘tadillashtirib  turishi  aniqlangan.  Erkak  asalari 
oilada  zot  sofligini  ta’minlovchi  yagona  asalaridir.  Tashqi  ko‘rinishiga 
ko‘ra,  ular  ishchi  asalarilarga  nisbatan  ancha  uzunrok  va  semizrok 
bo‘lib,  unda  nish  a’zolari  va  mum  ajratuvchi  bezlar  bo‘lmaydi. 
Qanotlari qorin qismidan ham ancha uzun bo‘ladi.

Asalari  oilasida  yozda  yuzlab,  hatto  minglab  erkak  asalarilar  paydo 
bo‘ladi  va  ishchi  asalarilar  ularni  har  doim  oziqlantirib  turadi.  Erkak 
asalarini yyetishtirish uchun ishchi asalarilarga nisbatan 5-6 marta ko‘p 
asal sarflanadi.                 
         ETIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT

MAVZU :ASALARI OILASI HAQIDA TUSHUNCHA

Reja  1.Asalari oilasi bilan tanishish  2.Asalari oilasi tarkibi  3.Asalarilarning oila a’zolari hakida ma’lumot

 Asalarichilik qishloq xo‘jaligining serdaromad sohalaridan biridir. Respublikamizning tabiiy sharoiti ham asalari oilalarni tezkor texnologiya asosida boqish uchun juda qulaydir. Shuning uchun asal yyetishtirish Respublikada salmokli o‘rinda turishi mumkin. Asalarichilik mahsulotlarni ko‘paytirishga karatilgan tadbirning ishlab chiqish, asalarichilik fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan jarayonlarga mahalliy populyasiyadagi asalarilar alohida ahamiyatga ega.

 O‘zbekistonning tabiiy iklim sharoiti qishloq xo‘jaligi ekinlarning hosildorligini oshirishda asalari oilalarni zamonoviy ilg‘or texnologiya asosida ekinzorlarda boqib, asalarchilik mahsulotlar yyetishtirishni ko‘paytirish uchun qulay imqoniyatga ega . Asalarilarning xayoti nixoyatda murakkab. Oilani tashkil etadigan xar bir individ ma’lum bir vazifani bajaradi. Buning uchun oilada nasl boradigan ona ari, naslsiz urgochi ari, ya’ni ishchi ari va erkak arilar (trutsnlar) paydo bo’lib, ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlariga ko’ra bir-biridan fark qiladi. Bunga polimorfizm deyiladi.

 Polimorfizm, odatda, xar bir individ oilada ma’lumbir vazifani bajarishidan kelib chiqadi, ya’ni bajariladigan ishning taqsimlanishi bevosita ularning morfologik farkiga bog’lik. Arixonalarda yetishtirilib ko’paytiriladigan ko’chibli asalari oilasida yoz mavsumining o’rtalarida 60-70 ming, duragay zot ari oilasida 80-90 mingtagacha arisi bo’ladi. Oilada ishchi arilarning soni ko’p bulishi va ular qisqa vaqt, ya’ni 20-30 kun ichida ksyingi yilgi sharbat tashish davrigacha stadigan oziq to’play oladilar. Ko’p  sonli arilar jamoa bo’lib yashashi natijasida asalarilar qishki sovuq kunlarida atroflarida zarur muxitni, kerakli issikni ushlab turadilar.