logo

AVTO MASHINA QANDAY YASALADI

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2015.404296875 KB
AVTO MASHINA 
QANDAY YASALADI
         Mashina (lot. machina — qurol, qurilma) — bir turdagi harakat energiyasini ikkinchi turdagi harakat 
energiyasiga aylantirish, materiallar yoki axborotlarni oʻzgartirish, aloqa oʻrnatish, yuk va odamlarni 
tashish uchun moʻljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui. Jamiyatdagi ishlab chiqarish 
kuchlarining eng muhim tarkibiy qismi, yirik mashinali ishlab chiqarishning moddiy negizi, aloqa va 
transportning asosiy vositasi hisoblanadi. M. — fantexnika inqilobining asosi. M. ayni paytda ham 
mehnat quroli, ham mehnat mahsuloti hisoblanadi. Inson kadimdan oʻz mehnatini yengillashtirish 
uchun turli-tuman qurol va qurilmalarni yaratishga urinib kelgan. Mola, omoch, charxpalak, urchuq, 
charh, dug, toʻquvchilik dastgohlari (doʻkonlari), choʻt, palaxmon, piltatoʻp, shamol tegirmoni va 
boshqa vositalar M. yaratish borasidagi urinishlar edi. Shuning uchun ilgari M. inson mehnatini 
osonlashtiradigan mexanik tizim deb tushunilgan. Bora-bora u insonning aqliy mehnatini va 
fiziologik vazifasini ham bajaradigan murakkab tizimga aylandi.
M.dan foydalanish mehnatning maz-muni va tarzini oʻzgartirish, xalq xujaligining barcha 
tarmoqlarida mehnatning darajasini bir-biriga yaqinlashtirish va rivojlantirish, ish unumdorligini 
oshirish va shu asosda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish, mehnatni mashaqqatli va zerikarli 
gomushdan ishtiyoq bilan bajariladigan ehtiyojga aylantirishning asosi hisoblanadi.
M. umuman ijro mexanizmi (ish M.si), qarakatlantirish mexanizmi, uzatish va nazorat-boshqarish 
qismlaridan iborat buladi. Mas, tikuv M.sining ijro mexanizmi uning ninasi, paxta terish M.siniki — shpindellari va h. k., velosipedning 
harakatlantiruvchi qismi uning pedali, yulduzcha va zanjirlari, avtomobilning nazorat-boshqarish qismi rullari 
va turli asboblari (tezlikni, bosimni va boshqalarni kursatadigan asboblar) dir. M.ning energetik, ish va ax-borot 
(informatsiya) xillari bor. Energetik M. istalgan turdagi energiyani mexanik energiyaga aylantirish uchun 
muljallangan (suv, shamol, bugʻ va elektr dvigatellar, gaz turbinalari, elektr generatorlari va boshqalar). Ish 
M.lari materiallarning holatini, xossalari va fazodagi vaziyatini uzgartirish uchun muljallanadi. Bunday M.lar 
texnologik va transport M.lariga bulinadi. Texnologik M. metallga ishlov berish (kesish, yunish, qirqish, 
sillikdash va h. k.) va yogʻochni qayta ishlash, toʻqimachilik, q. h., qurilish, matbaa va boshqalarda bajariladigan 
yumushlarni oʻz ichiga oladi. Transport M.si avtomobil yoʻllari, temir yoʻl, havo transporta, avtomobillar, 
aviatsiya, koʻtarish kranlari, teplovozlar, kemalar va boshqa vositalarni oʻz ichiga oladi. Energiyani bir turdan 
ikkinchi turga oʻzgartirish, materiallarga ishlov berish va h. k.ni inson ishtirokisiz bajarishda avtomat 
mashinalar, avtomat liniyalar va avtomatlashtirilgan korxonalar qoʻl keladi.
Axborot M.si (informatsiyey M.) maʼlumotlarni qayta ishlab uzgartirish, yaʼni mashina tilita oʻtkazish va 
standartlashtirish, uzatish, dasturlar tuzish va boshqa yumushlarni oʻz ichiga oladi (qarang Kibernetika). 
Buning uchun M.lar majmui, avtomatik, informatsion va kibernetik jihozlardan foydalaniladi (yana qarang 
Mashinasozlik, Mashinashunoslik, Mashina va mexanizmlar nazariyasi).[1]   Avtomobil (lotincha: mobilis – harakatchan) – dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz 
transport vositasi. Yoʻlovchilar va yuk tashishga moʻljallangan.1751 – 52 yillarda Nijniy Novgorod 
gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyogʻi bilan yurgi-ziladigan "oʻziyurar 
aravacha" qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizmlarni, mas, uzatmalar qutisini taklif qildi. 
Bugʻ mashinasi paydo boʻlgandan 131keyin ixtirochilar undan mexanik aravada foydalanishga 
harakat qildilar. 1769 – 70 yillarda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyuno artilleriya toʻplari uchun 3 
gʻildirakli bugʻ aravasi qurdi. Algliyada 1802-yilda Trevitnik bugʻ mashinasi oʻrnatilgan A. qurdi. 1830-
yilda rus ustasi K. Yankevich bugʻ A.lariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bugʻ qozoni 
oʻrnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan elektr dvigatelli A. lar bilan ham 
koʻpgina tajribalar oʻtkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin A. lar muntazam 
rivojlantirila boshlandi. A.larga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar oʻrnatish bo-rasida 
turli mamlakatlarning koʻpgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885 – 86 yillarda Germaniyada Daymler 
benzin bilan ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch gʻildirakli A.ga oʻrnatdi. Temir 
gʻildiraklar oʻrniga yaxlit rezina shinalar, 1890-yildan esa pnevmatik re-zina shinalar ishlatila boshladi. 
Avto-mobilsozlik dastlab Fransiyada, soʻngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlandi. Oʻzbekiston 
mustaqillikka erishga-nidan soʻng avtomobil sanoati rivoj-langan mamlakatlar qatoriga qoʻshildi Asaka shahri (Andijon viloyati)da Janu-biy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo 
etilgan "OʻzDEU avto" qoʻshma korxonasida 1996-yildan boshlab "Neksiya", "Damas" va "Tiko" yengil 
avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999-yilda Samarqandda ishga tushgan "SamKochAvto" 
oʻzbek-turk qoʻshma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 
85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (qarang Avtomobil sanoati).A. turlari. A.ning 
transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor. Transport A.lari yengil A., avtobus va yuk A. 
larga boʻlinadi. Maxsus A. ma’lum ishlar uchun moʻljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi. 
Oʻt oʻchirish, un tashish, sement gashish, sanitariya A.lari, axlat tashiydigan, avtokranlar, 
avtoyuklagichlar va boshqa maxsus A.lar shular jumlasidan. Poyga A. sportda ishla-tiladi. Yengil A. 2 
dan 8 tagacha oʻrinli boʻladi. Ular berk kuzovli (sedan va limuzin), ochiq kuzovli (faeton) va ochila-
digan kuzovli (kabriolet) boʻlishi mum-kin. Yuk A. 0,25 t dan 100 t gacha va undan ortiq yuklarni 
tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun muljallangan kuzovsiz boʻladi. 
Oʻtuvchanligi boʻyicha tekis va qiyin yoʻllarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi boʻyicha 
gʻildirakli, gʻildirak-gusenitsali, yarim gusenitsa-li, pnevmatik galtakli va boshqa xillarga boʻlinadi.A. 
tuzilishi. Avtomobil dvigatel, transmissiya, yurish qismi, boshqarish mexanizmi, elektr jihozlar, kuzov 
yoki kabinadan iborat. Karl Benz'ning Velo nomli avtomobili (1894); birinchi 
avtomobil poygalari qatashchisi. Birinchi oʻziyurar mexanik ulov yoki avtomobil 1769-yili Nicolas-Joseph Cugnot tomonidan ixtiro 
qilingan, deb hisoblansada, baʼzilar Cugnot'ning uch gʻildirakli mashinasi haqiqatdan ham ishlaganiga 
shubha bildirishadi, boshqalar esa ilk bugʻ mashinasini Xitoyda iezuit missioneri 1672-yilda yasagan, 
deb taʼkidlashadi[4][5]. Nima boʻlganda ham François Isaac de Rivaz, shveysariyalik ixtirochi, birinchi 
ichki yonuv dvigateli muallifi hisoblanadi; u yasagan dvigatel yoqilgʻi sifatida vodorod va kislorod 
aralashmasini ishlatib, dunyoda shu tipdagi eng birinchi dvigatel edi. Biroq u Samuel Brown, Samuel 
Morey va Etienne Lenoir'lar yasagan ichki yonuv dvigatelli ulovlar kabi qoʻpol va beoʻxshov edi[6].
1881-yilning noyabrida farang ixtirochisi Gustave Trouvé uch gʻildirakli, ishlaydigan avtomobilni 
namoyish etdi. Bu voqea Parijdagi Xalqaro Elektr Koʻrgazmasida sodir boʻlgandi[7].
1885-yili Olmoniyaning Manheim shahrida Karl Benz toʻrt qadamli dvigatelga ega avtomobil qurib, 
keyingi yili, yanvar oyida oʻzining Benz & Cie. shirkati (1883-yili asos solingan) yordamida shu ixtirosi 
uchun patent oldi. Karl Benz Ilk bor ommaviy avtomobillarni keng miqyosda ishlab chiqarish 1902-yili Ransom Olds'ning 
Oldsmobile zavodida yoʻlga qoʻyildi. Bu konseptni keyinchalik (1914-yildan) Henry Ford kengaytirdi.
Natijada Ford avtomobillarining har biri har oʻn besh daqiqada zavoddan chiqadigan boʻldi, 
avtomobilni yigʻish ancha tezlashdi (Ford'gacha bir avtomobil uchun 12,5 kishi-soat sarflanar edi, bu 
koʻrsatkich keyin 1,5 soatga tushdi), bunday surʼat oʻz davri uchun misli koʻrilmagan edi.[9] Avtomobil 
ishlab chiqarishda vaqt asosan uni boʻyashga ketadigan boʻldi. Eng tez quriydigan boʻyoq qora 
boʻlgani uchun, avtomobil zavodi rang-baranglikdan voz kechdi (bu 1926-yilgacha, tez quriydigan 
loklar ixtiro qilinguncha davom etdi).[9] 1914-yilga kelib avtomobil narxi shu qadar pasaydiki, oddiy 
zavod ishchisi toʻrt oylik maoshiga Model T sotib olishi mumkin edi.[9]
Henry Ford (1919)
Ford tomonidan joriy etilgan xavfsizlik choralari – ayniqsa har bir ishchiga oʻz ish joyi ajratilishi (bu 
ishchilarning korxona hududida sangʻib yurishining oldini oladi) – jarohatlar sonini keskin kamaytirdi. 
Yuqori samaradorlikka erishish uchun yuqori maoshlar tayinlash "Fordchilik" deb atalib, boshqa katta 
tashkilotlar tomonidan ham qoʻllanila boshlandi. Yigʻish liniyasi – konveyerning samaralari Amerika 
Qoʻshma Shtatlari iqtisodiyotiga katta yordam berdi. Konveyer ishchilarni muayyan bir xil ishlarni tez-
tez bajarishga koʻniktirib, yuksak samaradorlikka erishishni taʼminladi; boshqa mamlakatlarda esa 
nisbatan kam samarali usullardan foydalanilar edi.

AVTO MASHINA QANDAY YASALADI

Mashina (lot. machina — qurol, qurilma) — bir turdagi harakat energiyasini ikkinchi turdagi harakat energiyasiga aylantirish, materiallar yoki axborotlarni oʻzgartirish, aloqa oʻrnatish, yuk va odamlarni tashish uchun moʻljallangan mexanizm yoki mexanizmlar majmui. Jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlarining eng muhim tarkibiy qismi, yirik mashinali ishlab chiqarishning moddiy negizi, aloqa va transportning asosiy vositasi hisoblanadi. M. — fantexnika inqilobining asosi. M. ayni paytda ham mehnat quroli, ham mehnat mahsuloti hisoblanadi. Inson kadimdan oʻz mehnatini yengillashtirish uchun turli-tuman qurol va qurilmalarni yaratishga urinib kelgan. Mola, omoch, charxpalak, urchuq, charh, dug, toʻquvchilik dastgohlari (doʻkonlari), choʻt, palaxmon, piltatoʻp, shamol tegirmoni va boshqa vositalar M. yaratish borasidagi urinishlar edi. Shuning uchun ilgari M. inson mehnatini osonlashtiradigan mexanik tizim deb tushunilgan. Bora-bora u insonning aqliy mehnatini va fiziologik vazifasini ham bajaradigan murakkab tizimga aylandi. M.dan foydalanish mehnatning maz-muni va tarzini oʻzgartirish, xalq xujaligining barcha tarmoqlarida mehnatning darajasini bir-biriga yaqinlashtirish va rivojlantirish, ish unumdorligini oshirish va shu asosda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish, mehnatni mashaqqatli va zerikarli gomushdan ishtiyoq bilan bajariladigan ehtiyojga aylantirishning asosi hisoblanadi. M. umuman ijro mexanizmi (ish M.si), qarakatlantirish mexanizmi, uzatish va nazorat-boshqarish qismlaridan iborat buladi.

Mas, tikuv M.sining ijro mexanizmi uning ninasi, paxta terish M.siniki — shpindellari va h. k., velosipedning harakatlantiruvchi qismi uning pedali, yulduzcha va zanjirlari, avtomobilning nazorat-boshqarish qismi rullari va turli asboblari (tezlikni, bosimni va boshqalarni kursatadigan asboblar) dir. M.ning energetik, ish va ax-borot (informatsiya) xillari bor. Energetik M. istalgan turdagi energiyani mexanik energiyaga aylantirish uchun muljallangan (suv, shamol, bugʻ va elektr dvigatellar, gaz turbinalari, elektr generatorlari va boshqalar). Ish M.lari materiallarning holatini, xossalari va fazodagi vaziyatini uzgartirish uchun muljallanadi. Bunday M.lar texnologik va transport M.lariga bulinadi. Texnologik M. metallga ishlov berish (kesish, yunish, qirqish, sillikdash va h. k.) va yogʻochni qayta ishlash, toʻqimachilik, q. h., qurilish, matbaa va boshqalarda bajariladigan yumushlarni oʻz ichiga oladi. Transport M.si avtomobil yoʻllari, temir yoʻl, havo transporta, avtomobillar, aviatsiya, koʻtarish kranlari, teplovozlar, kemalar va boshqa vositalarni oʻz ichiga oladi. Energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, materiallarga ishlov berish va h. k.ni inson ishtirokisiz bajarishda avtomat mashinalar, avtomat liniyalar va avtomatlashtirilgan korxonalar qoʻl keladi. Axborot M.si (informatsiyey M.) maʼlumotlarni qayta ishlab uzgartirish, yaʼni mashina tilita oʻtkazish va standartlashtirish, uzatish, dasturlar tuzish va boshqa yumushlarni oʻz ichiga oladi (qarang Kibernetika). Buning uchun M.lar majmui, avtomatik, informatsion va kibernetik jihozlardan foydalaniladi (yana qarang Mashinasozlik, Mashinashunoslik, Mashina va mexanizmlar nazariyasi).[1]