Oʻzbek shevalarini oʻrganish masalasi
Reja: 1. Oʻzbek shevalarini oʻrganish masalasi. 2. O‘zbek shevalarini tasniflashda yetakchi tamoyillar. 3. Professor. I.I.Zarubin va Prof. K.K. Yudaxin tasnifi. 4. Professor E.D. Polivanov va G'ozi Olim tasniflari. 5. Professor A.K. Borovkov va V.V. Rshetov tasniflari
O‘zbek shevalarini o‘rganish masalasi. Bu masala “O‘zbek dialektologiyasi”ning doimiy tadqiq obyekti sanaladi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘zbek shevalarini ilmiy asoslarda o‘rganish masalasining o‘zi ham bir necha jihatdan bahsli holda: 1) rus olimlari (Y. D. Polivanov, K. K. Yudaxin va boshqalar) XX asrning 20-yillaridan to 30- yillarning ikkinchi yarmigacha o‘zbek tilini boshqa millat vakillariga ham o‘rgatish uchun shevalarimizni tadqiq etishgan bo‘lsa-da, sheva vakillaridan yozib olingan matnlarga amaliy asoslanishgani uchun ularning ilmiy tadqiqotlari nazariy va amaliy jihatlardan to‘g‘ri bo‘lgani sababli shevalarni qanday va qay tarzda tadqiq etish lozimligini ko‘rsata olishgan. Biroq bu olimlarning tasniflari shevalarning fonetikasiga asoslanganligi uchun mazmun-mohiyati bilan fonetik tahlil bo‘lib, o‘zbek tili shevalarini boshqa turkiy tillardan farqlab ko‘rsatishga qaratilgan; 2) XX asrning 30-yillaridan to 70-yillargacha bo‘lgan davrda (G‘ozi Olim Yunusov, A.Borovkov, V.V.Reshetov, F.Abdullayev, A.Ishayev, X.Doniyorov, A.Shermatov, N.Rajabov, A.Aliyev, K.Nazarov va boshqalar) shevalardan to‘plangan va yozib olingan matnlarga asoslanishgani uchun ularning tadqiqotlari ilmiy hamda amaliy jihatlardan to‘g‘ri yo‘naltirilgani sababli mamlakatimiz hududidagi shevalarning yuzdan yigirma foiziga yaqinini tadqiq etishga kirishishgan. Ammo ularning tasnif va tahlillarida dialektal morfologiya va dialektal leksika to‘g‘risida fikrlar bildirilsa-da, turkiy tillarga oid fonetik qonuniyatlar asosida tasniflash yetakchilik qilgan;
4) o‘zbek xalq shevalarining mukammal tasnifini amalga oshirish vaqti keldi. Bunda hozirda dialektologik ekspeditsiyalarni tashkil etib, sheva vakillaridan yozib olingan dialektal matnlarni ham fonetik, ham leksik, ham morfologik, ham sintaktik jihatlardan o‘rganilgan holdaularni qayta tasniflanishi maqsadga muvofiq. Bu tarzdagi shevalarni tasniflash, so‘zsiz, ularning mukammal tasniflashiga qarab boshlangan harakatdir.3) XX asrning 70-yillari oxiri va to bugungacha o‘zbek shevalari bo‘yicha qilingan tadqiqotlar jiddiy nazorat bo‘lmagani uchun sheva vakillaridan yozib olingan matnlarsiz tarzda amalga oshirilgan. Natijada bu sohadagi ishlarning asossizligi sezilib, tadqiqotchilarning mazkur sohadan ilmiy ish mavzularini olishlari keskin kamayib ketgan. Biroq T.Nafasov, S.Rahimov, B.To‘ychiboyev kabi olimlarning alohida shevalardan tuzgan lugatlari nashr etilgan. Bu davrda tasniflash masalasi, umuman, tilga olinmagan, ya’ni kun tartibiga qoʻyilmagan;
O‘zbek shevalarini tasniflashda yetakchi tamoyillar. Adabiy til hamma shevalar uchun umumiy bo‘lgan tildir. U ma’lum va mezonga - maromga ega bo‘ladi, shuningdek, jonli tildagi holatlarni yozuv orqali ham bera oladi (jonli til esa yozuvga ega emas). Adabiy tilda shevalardagi har xilliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, u til qoidalari asosida tartibga solinadi. Hozirgi adabiy til kelib chiqishi jihatidan eski o‘zbek tili bilan chambarchas bog‘liq, shunga ko‘ra ular bir-biridan keskin farq qilmaydi. Shuni ham hisobga olish kerakki, har bir davrning o‘ziga xos grammatik qoidalari, so‘z ishlatish me’yorlari mavjud. Bunday o‘zgarishlar, birinchi navbatda, tilning leksikasida yaqqol sezilib turadi. Jamiyatdagi ijtimoiy hayotning o‘zgarishi, fan-texnikaning taraqqiyoti va boshqa omillar natijasida tilda juda ko‘p yangi tushunchani bildiruvchi so‘zlar paydo bo‘ladi - shunga ehtiyoj tug‘iladi: mashina, traktor, bint.
Prof. I. I. Zarubinning o‘zbek shevalari yuzasidan qilgan tasnifi shevalarning joylashishiga ko‘ra tasnifi hisoblanadi. U o‘zbek shеvalarini to‘rtta shеvalar guruhiga bo‘lgan. Olimnning bu tasnifida qipchoq (j-lovchi) va shimoliy o‘zbek shеvalari hisobga olinmagan. Bu hol ushbu tasnifning kamchiligidir. 4) Samarqand- Buxoro guruhi. 1) Xiva guruhi 2) Farg‘ona guruhi; 3)Toshkеnt guruhi;