O‘zbek shevalarini tasnif qilish tamoyillari
Reja: 1. 0‘zbek shevalarini tasnif qilish tamoyillari. 2. K.K.Yu daxin, E.D.Polivanov tasniflari. 3. G‘ozi Olim Yu nusov va A.K.Borovkov tasniflari. 4. V. V. Reshetov tasnifi. 5. O‘zbek dialektologlari.
1 .O‘zbek shev alarini t asnif qilish t amoy illari. O'zbek shevalari asosan 20-30 yillardan boshlab, ilmiy asosda o‘rganila boshlandi va uning dastlabki tasniflari paydo bo‘la boshladi. Inqilobgacha bo‘lgan davrda V. Nalivkin, M.Nalivkina, A.Starchevskiy, A.Vishnegorskiy, Z.Alekseev, N.Ostroumov, T.Giyosbekovlar jonli til faktlari asosida o'zbek tili lug'ati, qisman fonetik va morfologik xususiyatlarini yoritgan ishlani amalga oshirganlar. Ularni sof dialektologik ishlar deb ham, adabiy til faktlari deb ham qarash qiyin, lekin inqilobdan keyingi yillarda o‘zbek adabiy tiliga asos bo‘ladigan sheva va dialektlami aniqlash, milliy tilning imkoniyatlarini belgilash shiori bilan o‘zbek shevalari keng miqyosda o‘rganila boshlandi. Shu jarayonda o‘zbek shevalari tasnif qilindi .
O ‘zbek shevalarini tasnif qilishda bir necha tamoyillardan foydalaniladi. Ular quyidagilar: -o‘zbek (turkiy) tiliga xos bo‘lgan unli va undosh tovushlaring mavjudligi yoki amalda bo‘lishi; - ma'lum fonetik qonuniyatlarga amal qilishi, jumladan singarmonizim va umlaut. -tarixiy qatlamga oid leksik birliklaming miqdori, o‘zlashgan qatlam so‘zlarining ishtiroki. -o‘zbek shevalariga qarindosh va qarindosh bo'lmagan til va shevalaming ta’siri. -shevaning asosiy xususiyatini belgilovchi xarakterga ega bo'lgan tovush yoki fonemaning tarqalish darajasi. -so'zning fonetik strukturasi va boshqalar.
O'zbek shevalarini tasnif qilishda bir qator olimlar qatnashgan. 0 ‘zbek shevalarini professor I.I.Zarubin tasnif qilishga harakat qilgan va uning Xiva, Farg‘ona, Toshkent va Samarqand-Buxoro kabi to'rt guruhga bo'linishini ta'kidlaydi, lekin ularga xos bo‘lgan asosiy tamoyillami bayon qilmaydi va hatto «j»lovchi va shimoliy o'zbek shevalari uning e'tiboridan chetda qoladi
2. 0‘zbek shevalari tasnifi. O‘zbek shevalarini dastlab professor K. K.Yu daxin tasnif qilishga musharraf bo‘ldi. U o‘zbek shevalarining tojik tili bilan munosabati va singarmonizmni saqlash darajasiga qo‘ra tasnif qilib, 4 ta guruhni belgilaydi: - asl turkiy tovush tizimi va singarmonizmn i saqlagan o‘zbek shevalari; - eron tili unlilar tizimini saqlagan o‘zbek shevalari; - o‘z tovush tarkibini qisman o'zgartirgan, singarmonizmn i yo'qotgan shevalar - o‘zbek va tojik tillarida so‘zlashadigan tojik shevalari .