logo

AXBOROT VA QAROR QILISH TIZIMLARI.

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

997.07421875 KB
AXBOROT VA QAROR QILISH 
TIZIMLARI.  INTELLEKTUAL PROGRAMMALAR VA SISTEMALAR 
HAQIDA TUSHUNCHA.
Qanday qilib insonning ko`p yillik tajribasini va bilimlarini kompyuterga kiritish va 
undan  unumli  ravishda  foydalanish  mumkin?  Umuman  bu  ishni  xal  qilib  bo`ladimi 
yoki  yo`qmi?  Bilimlarni  ifodalashning  qanday  usullarini  taklif  qila  olasiz?  Sun’iy 
intellekt deganda nimani tushunasiz? Nima qilsa kompyuter xam insonlarga o`xshab 
fikrlashi va ma’lum bir xolatlarda bizga yordam berishi mumkin? Ushbu muammoli 
savollarga  javob  berishga  harakat  qiling  va  ularni  guruxdoshlaringiz  hamda 
ustozingiz  bilan  o`rtoqlashing.Sun’iy  intellekt-bu  dasturiy  sistema  bo`lib, 
kompyuterda  inson  kabi  fikrlashni  amalga  oshiradi.  Bunday  sistemani  yaratish 
uchun  ma’lum  bir  masalalarni  yechib,  ma’lum  sohada  qaror  qabul  qiluvchi 
insonning  fikrlashi  jarayonini  o`rganish  zarur.  Undan  so`ng  bu  jarayonning  asosiy 
bosqichlarini  ajratib,  ularni  kompyuterda  amalga  oshiruvchi programma  vositalarini 
yaratish  mumkin.  Demak,  sun’iy  intellekt  metodlari  qaror  qabul  qilish  bo`yicha 
murakkab dasturiy sistemalar yaratish usullaridan biridir.   Kompyuter  programmalari  aniq  qo`yilgan  masalalarni  yechishga  mo`ljallangan.  Bu 
programmalarni  yangi  masalalarni  yechishga  moslashtirish  uchun  unga  o`zgartishlar 
kiritish  kerak.  Buning  uchun  programmani  boshdan  oyoq  qayta  ko`rib  chiqish  kerak. 
Bunday  qayta  ko`rib  chiqish  juda  ko`p  vaqt  talab  etadi  va  qo`shimcha  o`zgartishlar 
yana  yangi  xatolarga  olib  kelishi  mumkin.  Sun’iy  intellekt  o`z  nomi  bilan 
kompyuterning  ong  belgilarini  egallashini  nazarda  tutadi.  Sun’iy  intellekt  metodlari 
programmalarni  birlashtirishni  soddalashtiradi  va  sun’iy  intellekt  sistemasiga  mustaqil 
o`rganish  va  yangi  foydali  ma’lumotlarni  yig`ish  qobiliyatini  nazarda  tutadi.  Inson  o`z 
bilimlarini  oshirgani  sari  o`z  fikrlash  usullarini  o`zgartirmasligi  va  o`ziga  ma’lum 
ma’lumotlarni  esdan  chiqarmasligi  mumkin.  Sun’iy  intellekt  sistemasi  ham  xuddi 
shunday ishlashi kerak.   Sun’iy  intellekt  metodlari  programmalar  qismlarining  yuqori  darajadagi  mustaqilligini  nazarda 
tutadi.Programma  qismlari  bir  yoki  bir  necha  masalalarning  ma’lum  bosqichini  amalga 
oshiradi.Programmaning  mustaqil  qismlarini  inson  miyasidagi  ma’lumotlarning  alohida  blokiga 
qiyoslash  mumkin.  Kerakli  ma’lumotni  tanlashda  inson  miyasi  miyadagi  barcha  bilimlarni  qarab 
chiqmay,  avtomatik  tarzda  faqat  shu  ishga  ta’lluqli  ma’lumotlarni  ajratadi.  Bir  masalani  yechish 
uchun  an’anaviy  usullardan  va  sun’iy  intellekt  usullaridan  foydalanib,  programma  tuzish  mumkin. 
Sun’iy  intellekt  usullaridan  foydalanish  programma  yaratishni  soddalashtiradi  va  tezlashtiradi. 
Ikkala  turdagi  programmalarda  ham  uning  alohida  qismlari  qat’iy  belgilangan  amallarni  bajaradi. 
Lekin  sun’iy  intellekt  programmalari  maxsus,  inson  intellektiga  xos  xususiyatlarga  o`xshash 
xususiyatga  ega  bo`lib,  ma’lumotlarning  istalgancha  o`zgarishi  programmaning  butun  tuzilishiga 
jiddiy  ta’sir  etmaydi.  Bunday  xususiyat  programmalashtirish  jarayoniga  katta  samaradorlik  baxsh 
etib, “tushunuvchi”, ya’ni ong xossalariga ega bo`lgan programmalar yaratish imkonini beradi.      Sun’iy intellekt metodlari asosida yaratilgan sistemalar intellektual sistemalar deb yuritiladi. Ular turli 
sohalarda ishlatiladi. Ma’lum maqsadlarga erishish uchun intellektual sistemalar ma’lum qoida, faktlar, 
xulosa chiqarish mexanizmi va soddalashtirishlardan foydalanadi. Intellektual sistemalar qo`llanadigan 
inson faoliyatining ma’lum sohalari predmet sohasi deb ataladi. Predmet sohasiga misol bo`lib o`qitish 
samaradorligini  baholash  va  avtobus  marshrutini  tanlash  kabilar  xizmat  qilishi  mumkin.  Bir  qarashda 
barcha  predmet  sohalarni  qamrab  oluvchi  intellektual  sistema  yaratish  mumkinday  tuyuladi.  Lekin  bu 
mumkin  emas.  Chunki,  barcha  predmet  sohalarda  tug`ilishi  mumkin  bo`lgan  barcha  masalalarni 
yechish uchun cheksiz ma’lumotlar va qoidalar zarur. Agar shunday sistema yaratilganida uni bilimlar 
bilan to`lg`azishga juda ko`p vaqt talab etilardi. Shuning uchun hozircha ma’lum predmet sohasi bilan 
cheklanish  maqsadga  muvofiqdir.  Intellektual  sistemalar  ishlashi  uchun  zarur  bo`lgan  ma’lumotlar  va 
qaror qabul qilishda ishlatiladigan qoidalar kompyuterda yig`iladi va u bilimlar bazasi deb yuritiladi.   Informatikada  «tizim»  tushunchasi  ko‘proq  t е xnik  vositalar,  asosan,  kompyut е rlar  va 
murakkab  ob' е ktlarni  boshqarishga  nisbatan  ishlatiladi.  «Tizim»  tushunchasiga  «axborot» 
so‘zining ko‘shilishi uning b е lgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. 
Axborot  tizimlari  jamiyat  paydo  bo‘lgan  paytdan  boshlab  mavjud  bo‘lgan,  chunki 
rivojlanishining  turli  bosqichida  jamiyat  o‘z  boshqaruvi  uchun  tizimlashtirilgan,  oldindan 
tayyorlangan  axborotni  talab  etgan.  Bu,  ayniqsa,  ishlab  chiqarish  jarayonlari  —  moddiy  va 
nomoddiy  n е' matlarni  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  jarayonlarga  t е gishlidir.  Chunki  ular 
jamiyat  rivoji  uchun  xayotiy  muhim  ahamiyatga  ega.  Aynan  ishlab  chiqarish  jarayonlari 
t е zkor  takomillashadi.    Boshqaruv  ob' е kti  vazifasiga  esa  boshqaruv  apparati  ishlab  chiqqan 
r е jalarni  bajarish  kiradi,  ya'ni  boshqaruv  tizimining  o‘zi  muhim  aynan  mana  shu  ishlarni 
amalga oshirish uchun to‘zilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala kompon е nti to‘g‘ri (T) va aks 
(A) aloqalar bilan bog‘langan.  Avtomatlashtirilgan  axborotlar  tizimida  boshqarish  yoki  ma'lumotlarni  qayta  ishlash 
funksiyalarining  bir  qismi  avtomatik  ravishda,  qolgani  esa  inson  tomonidan  bajariladi. 
Avtomatik  axborotlar  tizimida  boshqarish  va  ma'lumotlarni  qayta  ishlashning  barcha 
funksiyalari t е xnik  vositalarda,  inson  ishtirokisiz  amalga  oshiriladi  (masalan,  t е xnologik 
jarayonlarni  avtomatik  boshqarish).  Qo‘llanish  soxasiga  qarab  axborot  tizimlarini  quyidagi 
sinflarga  ajratish  mumkin:  ilmiy  tadqiqotlarni  avtomatlashtirish  va  boshqarish; 
loyihalashtirishni  avtomatlashtirish;  tashkiliy  jarayonlarni  boshqarish;  t е xnologik  jarayonlarni 
boshqarish.  Ilmiy  tadqiqotlarni  avtomatlashtirish  va  boshqarishda  axborot  tizimlari  ilmiy 
xodimlar  faoliyatini  avtomatlashtirish,  statistik  axborotni  tahlil  etish,  tajribalarni  boshqarish 
uchun  mo‘ljallangan.  Loyihalashtirishni  avtomatlashtirishda  axborot  tizimlari  yangi  t е xnika 
(t е xnologiya)  ishlab  chiqaruvchilar  va  muxandis  loyihachilar  mehnatini  avtomatlashtirish 
uchun  mo‘ljallangan.  Tashkiliy  boshqaruvda  axborot  tizimlari  —  shaxslar  funksiyalarini 
avtomatlashtirish  uchun  mo‘ljallangan.  Bu  sinfga  ham  sanoat  (korxonalar),  ham  nosanoat 
ob' е ktlari (bank, birja, sug‘urta kompaniyalari, m е xmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar 
(ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.	
     T е xnologik  jarayonlarni  boshqarishda  axborot  tizimi  turli  t е xnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish  uchun 
mo‘ljallangan  (moslashuvchan  ishlab  chiqarish  jarayonlari,  m е tallurgiya,  en е rg е tika  va  xokazolar). 
Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo‘ldi. Bu yillarda ular maosh hisob-kitoblarini qayta ishlash 
uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,  el е ktromexanik  buxgalt е rlik  hisoblash  mashinalarida  amalga  oshirilgan.  Bu 
qog‘oz  hujjatlarni  tayyorlashda  mehnat  va  vaqtni  bir  qadar  qisqartirishga  olib  k е lgan.  60-yillarda  axborot 
tizimlariga  munosabat  butunlay  o‘zgardi.  Bu  tizimlardan  olingan  axborot  davriy  hisobot  uchun  ko‘pgina 
param е trlar  bo‘yicha  qo‘llana  boshlandi.  Buning  uchun  tashkilotlarga  ko‘pgina  funksiyalarga  ega  bo‘lgan 
EHM  lar  talab  etila  boshlandi.  70—80-yillarda  axborot  tizimlari  qarorlarni  qo‘llab-quvvatlovchi  va 
t е zlashtiruvchi jarayonga ega bo‘lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida k е ng foydalanila boshlandi. 80-
yillar  oxiridan  boshlab,  axborot  tizimlaridan  foydalanish  konts е ptsiyasi  yanada  o‘zgarib  bormoqda.  Ular 
axborotning  strat е gik  manbai  bo‘lib  qolmoqda  va  istalgan  soxada  tashkil  etishning  barcha  darajalarida 
foydalanilmoqda.  Bu  davrning  axborot  tizimlari  axborotni  o‘z  vaqtida  b е rib,  tashkilot  faoliyatida 
muvaffaqiyatga  erishishga  yordam  b е rmoqda  Istalgan  vazifalardagi  axborot  tizimi  ishini  ta'minlovchi 
jarayonlarni umumiy holda  й uyidagicha tasavvur etish mumkin.                                                     FOY DALANI LGAN  ADABI YOTLAR
1.Ahmedov  A.,Taylaqov  N.  Informatika.  Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlar  uchun 
darslik. — T.: O‘zbekiston, 2002. 
2. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» T.X.Holmatov, N.I.Tayloqov. “O‘zbekiston 
Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashryoti 2001 y.
  3. «Informatika va axborot texnologiyalar» A.Sattorov.  Т oshkent “O‘qituvchi” – 2002. 
4.  “Kompyuter  bilan  muloqotni  o‘rganamiz”  Sh.Narimov,  M.Najmiddinov.  Toshkent 
“Moliya” – 2002 y. 
5.  Raxmonqulova S.I. IBM shaxsiy kompyuterlarida ishlash.Т., UUI, 1994
Internet resurslari
1.Wikipedia.org
2.ziyonet.uz  E’ TIBORIN GIZ UCHUN  RAHMAT

AXBOROT VA QAROR QILISH TIZIMLARI.

INTELLEKTUAL PROGRAMMALAR VA SISTEMALAR HAQIDA TUSHUNCHA. Qanday qilib insonning ko`p yillik tajribasini va bilimlarini kompyuterga kiritish va undan unumli ravishda foydalanish mumkin? Umuman bu ishni xal qilib bo`ladimi yoki yo`qmi? Bilimlarni ifodalashning qanday usullarini taklif qila olasiz? Sun’iy intellekt deganda nimani tushunasiz? Nima qilsa kompyuter xam insonlarga o`xshab fikrlashi va ma’lum bir xolatlarda bizga yordam berishi mumkin? Ushbu muammoli savollarga javob berishga harakat qiling va ularni guruxdoshlaringiz hamda ustozingiz bilan o`rtoqlashing.Sun’iy intellekt-bu dasturiy sistema bo`lib, kompyuterda inson kabi fikrlashni amalga oshiradi. Bunday sistemani yaratish uchun ma’lum bir masalalarni yechib, ma’lum sohada qaror qabul qiluvchi insonning fikrlashi jarayonini o`rganish zarur. Undan so`ng bu jarayonning asosiy bosqichlarini ajratib, ularni kompyuterda amalga oshiruvchi programma vositalarini yaratish mumkin. Demak, sun’iy intellekt metodlari qaror qabul qilish bo`yicha murakkab dasturiy sistemalar yaratish usullaridan biridir.

Kompyuter programmalari aniq qo`yilgan masalalarni yechishga mo`ljallangan. Bu programmalarni yangi masalalarni yechishga moslashtirish uchun unga o`zgartishlar kiritish kerak. Buning uchun programmani boshdan oyoq qayta ko`rib chiqish kerak. Bunday qayta ko`rib chiqish juda ko`p vaqt talab etadi va qo`shimcha o`zgartishlar yana yangi xatolarga olib kelishi mumkin. Sun’iy intellekt o`z nomi bilan kompyuterning ong belgilarini egallashini nazarda tutadi. Sun’iy intellekt metodlari programmalarni birlashtirishni soddalashtiradi va sun’iy intellekt sistemasiga mustaqil o`rganish va yangi foydali ma’lumotlarni yig`ish qobiliyatini nazarda tutadi. Inson o`z bilimlarini oshirgani sari o`z fikrlash usullarini o`zgartirmasligi va o`ziga ma’lum ma’lumotlarni esdan chiqarmasligi mumkin. Sun’iy intellekt sistemasi ham xuddi shunday ishlashi kerak.

Sun’iy intellekt metodlari programmalar qismlarining yuqori darajadagi mustaqilligini nazarda tutadi.Programma qismlari bir yoki bir necha masalalarning ma’lum bosqichini amalga oshiradi.Programmaning mustaqil qismlarini inson miyasidagi ma’lumotlarning alohida blokiga qiyoslash mumkin. Kerakli ma’lumotni tanlashda inson miyasi miyadagi barcha bilimlarni qarab chiqmay, avtomatik tarzda faqat shu ishga ta’lluqli ma’lumotlarni ajratadi. Bir masalani yechish uchun an’anaviy usullardan va sun’iy intellekt usullaridan foydalanib, programma tuzish mumkin. Sun’iy intellekt usullaridan foydalanish programma yaratishni soddalashtiradi va tezlashtiradi. Ikkala turdagi programmalarda ham uning alohida qismlari qat’iy belgilangan amallarni bajaradi. Lekin sun’iy intellekt programmalari maxsus, inson intellektiga xos xususiyatlarga o`xshash xususiyatga ega bo`lib, ma’lumotlarning istalgancha o`zgarishi programmaning butun tuzilishiga jiddiy ta’sir etmaydi. Bunday xususiyat programmalashtirish jarayoniga katta samaradorlik baxsh etib, “tushunuvchi”, ya’ni ong xossalariga ega bo`lgan programmalar yaratish imkonini beradi.