Qishloq xo`jaligi sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari
Mavzu:Qishloq xo`jaligi sohalarida ishlatiladigan dasturlar va axborot tizimlari “ Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari” fani qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi ta’lim sohasining bakalavrlar tayyorlash tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Fanni o‘rganish vaqtida zamonaviy axborot texnologiyani qishloq xo‘jaligiga qo‘llashning asosiy usul va tamoyillari, axborot va telekommunikatsiya tizimlari bilan ishlash texnologiyalari, axborotlarni izlash va qayta ishlashning tezkorligini oshirish mexanizmlari, axborotlarni uzatish va saqlash, axborot manbalarining joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmagan xolda ularga kirish masalalari qaraladi. Ushbu fan keyinchalik boshqa fanlarni o‘rganishda, kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlarida hamda o‘z kasbiy faoliyatida axborot texnologiyalardan foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi 1. Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanning maqsadi va vazifalari, axborotning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni.
Qishloq xo‘jaligi jarayonlarini axborotlashtirish. Sotsial-iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy jarayonlarning murakkablashuvi, insoniyat faoliyatining barcha sohalaridagi jarayonlar dinamikasining o‘zgarishi, jamiyat uchun muhim bo‘lgan axborotga ehtiyojni bilimlarni o‘stirish va yangi vositalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish orqali qondirishni shart qilib qo‘ydi. Agrosanoat majmuasi o‘zining murrakkabligi va echilayotgan vazifalarining qiyinligi bilan ajralib turadi O‘z navbatida axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, jamiyatning yanada rivojlanishiga turtki bo‘luvchi, axborot qiymatini oshiruvchi global axborot inqilobini o‘zida mujassam etadi. Bu esa ta’limni axborot texnologiyalarga, telekommunikatsiya tizimlariga, zamonaviy moddiy texnik bazaga asoslangan yagona axborot maydoniga olib keladi. Axborot eng muhim strategik va boshqaruv resurslaridan biri bo‘lib, uni yaratish va undan foydalanish ijtimoiy hayotning turli sohalarining samarali rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi 13 uchun zaruriy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga oid axborotlar rejalashtirish, oziqlantirish, sug‘orish va shunga o‘xshash agrotexnik tadbirlarda muhim rol o‘ynaydi. Sifatli axborotga ega bo‘lish uchun birinchi navbatda axborot manbalaridan boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish zarur bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish inson barkamolligi yo‘lidagi axborotlashtirish jarayonlari rivojlanishning asosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi. U insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirishga va o‘zining tuganmas qobiliyatini amalda sinab ko‘rishga katta imkoniyat tug‘diradi.
Qishloq xo‘jaligi ob’ektning axborot resurslari. Resurs - biror narsaning zahirasini, manbasini anglatadi. Mamlakat milliy iqtisodining har qanday tarmog‘i tahlil etilayotganida uning tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik resurslarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi. Moddiy resurslar jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat va xom-ashyolari majmuidir. Masalan, 22 xom-ashyo materiallar, yoqilg‘i-moylash materiallari, energiya, mineral o‘g‘itlar, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va xakozo. Tabiiy resurslar – insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan ob’ektlar, jarayonlar, er, suv, tabiat sharoitlari, jarayonlari, ob’ektlaridir. Mehnat resurslari – qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlash uchun kasbiy bilimga ega kishilar; Moliyaviy resurslar – davlat yoki xo‘jalik tarkibi ixtiyoridagi pul manbalaridir. Energetik resurslar – energiya omillari, masalan, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari, gaz, elektroenergiya va hokazo.
Axborot resurlari – axborot tizimidagi (kutubxonalar, arxiv, jamg‘armalar, ma’lumotlar banklari va hokazo) alohida hujjatlar va hujjatlarning butun bir majmuidir. Axborot resurslarini axborot tizimidagi barcha axborotlar hajmi deb tushunish mumkin. Boshqacha aytganda, axborot resurslari – moddiy tashuvchi vositalarda qayd etilgan va foydalanishi uchun mo‘ljallangan barcha bilimlar demakdir Axborot, axborot resurslari har doim mavjud bo‘lgan, ammo ularga o‘z xususiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya sifatida qaralmagan. 23 Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi natijasida, axborot hajmi shunchalik ko‘payib ketdiki, uni boshqaruv sohasida qayta ishlamaslikning iloji bo‘lmay qoldi.