logo

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MURAKKAB MASALALARNI O’RGANISH METODIKASI

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

448.2099609375 KB
BOSHLANG'ICH 
SINFLARDA MURAKKAB 
MASALALARNI 
O’RGANISH 
METODIKASI Reja:
1.Boshlang’ich  sinflarda  murakkab  masalalarni  o’rganish  metodikasi
2.Murakkab masalalarni yechish usullari
3.Murakkab   masala   yechishning   eng   ratsional   usulini   tanlash
4.Uchinchi  sinfda  murakkab  masala  turlari  va  ular  ustida  ishlash
XULOSA
FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR Boshlang’ich    sinflarda    murakkab    masalalarni    o’rganish   
metodikasi
Boshlang'ich  sinf  o'quvchilari  sodda  masalalarni  o'zlashtirib 
olganlaridan  keyin,  ya'ni  ular  shart  va  natijani  ajratib 
olganlaridan  keyin  ma'lum  va  noma'lumlarni  qiynalmay 
ajratadigan  bo'ladilar,  masala  yechishning  dastlabki 
ko'nikmalarini oladilar, shundan keyin darsga tarkibli masalalar 
kiritila  boshlaydi.  Murakkab  masalalarni  yechishga  tayyorlash 
sodda masalalarni yechishdanoq boshlanadi. Eng oldin berilgan 
masala  shartiga  savol  qo'yish  bilan  bog'liq  bo'lgan  topshiriqni 
aytish kerak  Murakkab masalalarni yechish usullari
Masala  yechimining  yozilishining  har  bir  shakli  va  yechishning  har  bir 
yangi  usuli  masalaga  yangicha  qarash,  yechish  jarayonini  oydinroq  tushunish, 
berilganlar  bilan  izlanayotganlar  orasidagi  bog'lanish  va  munosabatlarni 
chuqurroq  tushunish  imkonini  beradi.  Bu  esa  murakkab  masalaning  ham 
didaktik,  ham  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  funksiyalarini  to'laroq  amalga 
oshirishga  yordam  beradi.  Shu  sababali  darsning  aniq  maqsadlariga  mos 
ravishda  va  matematika  darslarida  matnli  masalalardan  foydalanish 
maqsadlariga  mos  ravishda  yechishning  har  xil  usullaridan  va  masalalar 
yechilishining  o'quvchilar  daftarlarida  har  xil  shaklda  yozilishlaridan 
omilkorona foydalanish kerak. 
Murakkab  masalalarni  yechishga  o'tishda  tahlilning 
roli ancha ortadi. U murakkabroq va har tomonlama bo'lib 
qoladi.  Bu  vaqtda  o'qituvchi  bolalarga  mantiqiy  tafakkur 
qobiliyatlarini  rivojlantirish  zaruratini  va  uni  xususiydan 
umumiyga olib borishni unutmasligi kerak.

Masalalarni  yechishda  shunday  taxlash  tavsiya 
etiladiki, oson masala murakkab masaladan oldin yechilsin, 
ammo  shu  bilan  birga  murakkab  masalani  yechishning 
biror kalitini o'z ichiga olsin www.arxiv.uz
Murakkab  masala  yechishning  eng  ratsional usulini  tanlash

Masalalarni  har  xil  usullar  bilan  yechishda  masalalar 
yechimlarini  taqqoslash  usulidan  ham  foydalanish  kerak.  Bu  usul 
ushbu  savollarga  javob  berish  imkonini  beradi:  qaysi  usul  ratsional? 
Bir usulning ikkinchi usuldan afzalligi nima?

O'quvchilar  tafakkurining  rivojlanishida  va  ularda  masala 
yechish  malakasini  shakllanishida  masalaning  yechilishiga  har  xil 
yaqinlashish  imkoniyatlarini  tushunib  yetish  va  bu  yaqinlashishlardan 
eng ratsionalini tanlashning ahamiyati katta. www.arxiv.uz
Masalalarni  har  xil  usullar  bilan  yechishga  intilish  ham 
kursning  amaliy  yo'nalganligini  xarakterlaydi,  chunki  bolalar 
turmushda uchratishlari  mumkin  bo'lgan  amaliy  masalalar  har  
xil    yechilish    usullariga  ega,  matematika    darsligida    berilgan   
masalalardan  foydalanib, ularni  shunga tayyorlash  kerak.

Amalda  o'qituvchilar  tekshirishning  natijani  chamalash  yoki 
uning chegaralarini aniqlash, masalani boshqa usul bilan yechish, 
yechish  natijasining  masala  shartiga  to'g'ri  kelishini  aniqlash, 
masala sharti bo'yicha tuzilgan amallarning ma'nosini aniqlash va 
hisoblashlarning  to'g'riligini  tekshirib  ko'rish  kabi  har  xil 
usullaridan foydalanadilar       FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. :Bolalar ensikliopediyasi” II qism.
2. “ Boshlang‘ich ta’lim” jurnali.
3. “ Boshlang‘ich sinflarda ona tilini 
o‘qitish metodikasi”.
4. “ Matematika” o‘qituvchi kitobi.
     Mualliflari: M. Ahmedov, M. A. 
Mirzaahmedov.
5. O‘z tajribamdan.

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MURAKKAB MASALALARNI O’RGANISH METODIKASI

Reja: 1.Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni o’rganish metodikasi 2.Murakkab masalalarni yechish usullari 3.Murakkab masala yechishning eng ratsional usulini tanlash 4.Uchinchi sinfda murakkab masala turlari va ular ustida ishlash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Boshlang’ich sinflarda murakkab masalalarni o’rganish metodikasi Boshlang'ich sinf o'quvchilari sodda masalalarni o'zlashtirib olganlaridan keyin, ya'ni ular shart va natijani ajratib olganlaridan keyin ma'lum va noma'lumlarni qiynalmay ajratadigan bo'ladilar, masala yechishning dastlabki ko'nikmalarini oladilar, shundan keyin darsga tarkibli masalalar kiritila boshlaydi. Murakkab masalalarni yechishga tayyorlash sodda masalalarni yechishdanoq boshlanadi. Eng oldin berilgan masala shartiga savol qo'yish bilan bog'liq bo'lgan topshiriqni aytish kerak

Murakkab masalalarni yechish usullari Masala yechimining yozilishining har bir shakli va yechishning har bir yangi usuli masalaga yangicha qarash, yechish jarayonini oydinroq tushunish, berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog'lanish va munosabatlarni chuqurroq tushunish imkonini beradi. Bu esa murakkab masalaning ham didaktik, ham tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarini to'laroq amalga oshirishga yordam beradi. Shu sababali darsning aniq maqsadlariga mos ravishda va matematika darslarida matnli masalalardan foydalanish maqsadlariga mos ravishda yechishning har xil usullaridan va masalalar yechilishining o'quvchilar daftarlarida har xil shaklda yozilishlaridan omilkorona foydalanish kerak.