Delphi da grafika bilan ishlash
Delphi da grafika bilan ishlash
Delphi dasturida grafika bilan ishlash uchun Canvas obyektidan foydalaniladi Canvas obyekti ko’plab obyektlarning xossasi sifatida ishlatilishi mumkin. Ilova oynasida to’g’ri to’rtburchak hamda aylana chizish uchun quyidagi operatorlardan foydalanamiz: Grafik holatda ekranning chap yuqori burchagi koordinata boshi hisoblanadi. Form1.Canvas.Rectangle(20,20,200,200); Form1.Canvas.Ellipse(220,20,400,200);
Delphi dasturining Image va Shape obyektlari rasmlar va shakllar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Ushbu obyektlarni quyidagi dastur oynasidan topishingiz mumkin. Ushbu obyektlarni ilova oynasidga quyidagicha joylashtirish mumkin mumkin
Yuqorida ko’rgan dastur ushbu obyektlar yordamida quyidagicha bo’ladi: Image1.Canvas.Rectangle(20,20,185,185); Form1.Canvas.ellipse(260,30,440,210);
Canvasning asosiy ish qurollaridan biri Pen bo’lib, u yordamida chiziqlar chiziladi. Pen quyidagi asosiy xossalarga ega: Xossa nomi Xususiyati Color (rang) Qalam rangini belgilaydi Style (usul) Qalamning chizish usulini belgilaydi Width (eni) Qalam chizig’i qalinligini belgilaydi