Demokrati jamiyatda o’qituvchilik kasbi va unga quyilgan talablari.
Demokrati jamiyatda o’qituvchilik kasbi va unga quyilgan talablari. Reja: 1. O’qituvchilarga kuratilayotgan e’tibor. 2. Hozirgi kunda o’qituvchilarga quyilgan talablar 3. O’qituvchilik kasbining xususiyatlari
O`zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo`shayotgan ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga tanilmoqda. Har yili eng yaxshi o`qituvchini aniqlash uchun o`tkazilayotgan maktab ko`riklari, tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu yutuqlarga omil bo`lmoqda. Maktablarda «metodist o`qituvchi», «katta o`qituvchi»,
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan o`qituvchi» unvonlariga sazovor bo`lgan o`qituvchilar soni tobora ko`paymoqda. Xalqimizning kelajagi, mustaqil o`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan o`qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog`liq. So`nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitetlarda, pedagogika bilim yurtlarida o`qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko`pgina ishlar amalga oshirildi.
O`qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o`qituvchi bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o`qitish va tarbiyalash umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy G`oyalar bayon etildi. O`quvchilarning yosh, individual xususiyatlarini e`tiborga olish ta`kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o`qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Shuning uchun ham Mustaqil O`zbekiston Davlatining umumiy ta`lim maktabida ishlaydigan o`qituvchi: -pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; -milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, mahnaviy barkamol; -O`zbekistonning Mustaqil Davlat sifatida taraqqiy etilishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to`g`ri anglagan, e`tiqodli fuqaro;