logo

Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga quyilgan talablar

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

70.2529296875 KB
Ta’lim  natijalarini  tekshirish va baholashga  quyilgan talablar 
Reja:
1.  Ya . A .Komeniskiyning ta’limning  baholash haqidagi  fikrlari.
2.  Ta’lim   natijalari   tekshirish   .
3. Davlat  ta’lim   standarti                   Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy 
yondashuv hamda tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni 
sifatida qabul qilamiz.  Tashhis  – bu didaktik jarayon kechadigan barcha 
sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. 
Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshharish, mavjud sharoit 
uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim tashhisida 
oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi.  SHuningdek
, ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga 
oshirishda erishilgan daraja sifatida ham haraladi. Didaktik tashhisning 
maqsadi o’quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog’liq holda 
aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.                  O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat 
qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari 
sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy 
usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining 
doimiy hamrohi bo’lib kelgan. SHunga haramay, bugun ham 
baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg’in 
munozaralar davom etmoqda. Avval bo’lgani kabi pedagoglar 
baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar.                 Ularning fikrlaricha, bahoning: 
1 ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi 
– sifat ko’rsatkichi, yoki; 
2 u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini 
ko’rsatuvchi ko’rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur                 Ta’limni baholashda ziddiyatli harashlarning tug’ilishini buyuk 
pedagog YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o’tgan edi. U 
pedagoglarni o’zlari ega bo’lgan baholash huquqidan aql bilan 
foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan 
nazoratning ob’ektiv bo’lishiga erishish didaktik tizimlarning 
asosida yotadi. 
Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida 
yuzaki (formal) nazorat bo’lmasligi lozim, Didaktik nazorat 
ta’limning o’ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim 
beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo’lishi o’z-o’zini 
nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining 
o’zi uchun zarur va foydali bo’lishi lozim.                 Ta’lim jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - 
nazorat va hisobga olish dir. Bu tushunchalar o’ziga xos 
mohiyat va xususiyatlarga ega. O’qituvchi nazorat va 
hisobga olishni to’g’ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining 
samaradorligi ortadi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchining 
o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini aniqlab berishi 
lozim.  Nazorat  (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, 
ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va 
baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o’lchash 
tekshirish deb ham ataladi.                  Tekshirish  – nazoratning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy 
didaktik vazifasi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida teskari 
aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o’quv materialini 
o’zlashtirish haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi 
kamchilik va nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlashni 
ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining 
bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati 
hajmini ham aniqlashdan iborat.                  Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning 
bilim darajasini oldindan  aniqlash  hisoblanadi. Odatda, u 
o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida 
o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida 
o’tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o’quv yilining 
o’rtasida yangi bo’lim (kurs)ni o’rganishga kirishilganda ham 
o’tkazilishi mumkin va o’rinli.                 Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni 
o’zlashtirish jarayonidagi  joriy tekshirish dir. Joriy tekshirish 
ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim 
alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashhislash 
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi alohida 
olingan muayyan vaziyatni o’rganishdir. Bunday tekshirish 
shakl va metodlari turlicha bo’lib, ular o’quv materiali 
mazmuni, murakkabligi, o’quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, 
ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga 
muvofiq belgilanadi.                  Oraliq tekshirish  bilim, ko’nikma va malakalarni 
tekshirishning  uchinchi bosqichi  sanalib, o’quvchilarning 
o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha 
o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini 
aniqlash, baholash shakli. YAngi mavzuni o’rganish bilan birga 
o’quvchilar avval o’zlashtirilganlarni takrorlaydilar. Takroriy 
tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko’maklashadi, biroq 
o’quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning mustahkamlik 
darajasini tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning boshqa 
shakl va metodlari bilan birga qo’llanilsagina ushbu tekshirish 
kutilgan samarani beradi.                  Tizimning to’rtinchi bosqichi –o’quvchilarning bilim, ko’nikma va 
malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha 
davriy tekshirish  hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – 
kursning turli qismlarida o’rganilgan o’quv materialining 
strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’zlashtirish 
sifatini tashhislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi – 
tizimlashtirish va umumlashtirish.                 Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim 
oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida 
egallangan bilim, ko’nikma  va   malakalarini   yakuniy tekshirish va 
hisobga olish dir. O’zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va 
o’quv yili oxirida o’tkaziladi. U olingan baholarni qo’shib, 
o’rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiharishdangina iborat 
bo’lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan 
maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi (sifati)ni 
tashhislashdir.                 Tekshirishdan tashhari nazorat o’z ichiga baholash (jarayon sifatida) va 
baho (natija sifatida) ham oladi. O’zlashtirish tabellari, sinf, guruh 
jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, 
kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko’rinishida qayd 
etiladi. O’quvchining o’zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat 
yakunlari (natijalari) asos bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishining ham sifat, 
ham miqdor ko’rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko’rsatkichlari ko’proq 
ballar yoki foizlarda. Sifat ko’rsatkichlari esa a’lo, yaxshi, qoniharli va 
hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi 
fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball, ko’rsatkich 
(masalan, o’rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o’lchash 
va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga 
yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim. Baholovchi son sifatida 
qo’llashga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda 
baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.                  SHuningdek, tekshirish va baholash o’quvchining o’z bilimlari va 
qobiliyatlarini o’zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. 
O’zidagi kamchiliklarni ko’ra olishga va uni tugatish yo’llarini 
izlashga ko’maklashadi. Lekin o’quvchining bilimini baholashda 
o’qituvchi nohaqlikka yo’l qo’ysa, o’quvchi bilan o’qituvchi 
o’rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan 
ziyod ko’p bo’lishi ham o’quvchilarning yuzaki dars 
tayyorlashiga olib keladi.                  Eng asosiysi o’zlashtirishni hisobga olish shaxsning ijobiy fazilatlarini 
shakllantirish, yaxshi o’qishga xohish uyg’otish, o’quv ishlariga 
vijdonan yogdashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo’lish 
hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga yo’naltirilmog’i lozim.
Agar nazoratning o’qitish va tarbiyalash vazifalari to’g’ri  amalga  
oshirilsa , shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his-tuyg’ulari va 
axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug’iladi. Bu o’z-o’zidan 
nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. 
O’qituvchi mazkur vazifalardan xabardor bo’lish asosida 
o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini hisobga olishni to’g’ri tashkil 
etadi.

Ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga quyilgan talablar Reja: 1. Ya . A .Komeniskiyning ta’limning baholash haqidagi fikrlari. 2. Ta’lim natijalari tekshirish . 3. Davlat ta’lim standarti

Ta’lim tashhisi mohyaiti haqida gapirishdan oldin tashhisni umumiy yondashuv hamda tashhislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida qabul qilamiz. Tashhis – bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demak. Tashhissiz didaktik jarayonni samarali boshharish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta’lim tashhisida oqibatlar, erishilgan natijalar va ta’lim olganlik farqlanadi. SHuningdek , ta’lim olganlikni tashhislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirishda erishilgan daraja sifatida ham haraladi. Didaktik tashhisning maqsadi o’quv jarayonini uning samaradorligi bilan bog’liq holda aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat.

O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashhislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo’lib kelgan. SHunga haramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg’in munozaralar davom etmoqda. Avval bo’lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar.

Ularning fikrlaricha, bahoning: 1 ta’lim oluvchining o’zlashtirish darajasini qat’iy belgilovchi – sifat ko’rsatkichi, yoki; 2 u yoki bu ta’lim tizimining ustunligi, kamchiliklarini ko’rsatuvchi ko’rsatkich ekanligi aniq belgilanishi zarur

Ta’limni baholashda ziddiyatli harashlarning tug’ilishini buyuk pedagog YA.A.Komenskiy ham ta’kidlab o’tgan edi. U pedagoglarni o’zlari ega bo’lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta’lim oluvchilarga nisbatan nazoratning ob’ektiv bo’lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi. Olimlarning ta’kidlashicha, demokratlashgan ta’lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo’lmasligi lozim, Didaktik nazorat ta’limning o’ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo’lishi o’z-o’zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta’lim oluvchining o’zi uchun zarur va foydali bo’lishi lozim.