logo

Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari, oqimlari, diniy ekstremizm va terrorizm tushunchasi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

10465.78515625 KB
Mavzu: Diniy ekstremizmning 
tarixiy ildizlari, oqimlari, diniy 
ekstremizm va terrorizm 
tushunchasi   Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan 
ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos 
kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm 
koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz 
oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining 
aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon 
musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va 
„Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday 
yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini 
keskin tanqid qilish uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar 
hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni 
o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari 
lozim.  Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy 
ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, „yahvechilar“, 
„pyatidesyatniklar“, „tashabbuskor baptistlar“ umuman qonuniy 
hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, 
goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari 
esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga 
zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan 
yashashga daʼvat etadilar.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda 
namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi „ultra“ protestantlar, 
Yaqin va Oʻrta Sharqdagi „musulmon-birodarlar“, Markaziy Osiyo 
va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va 
boshqa. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi 
kurash olib boradilar.  2000-yilning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli 
hujum uyushtirgani ularning Afgʻonistonda in qurib olgan 
xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib 
ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident 
Islom Karimov: "Bugun dinimizni asrash kerak, moʻmin-
musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi 
galda, oʻzini „chin musulmon“ deb daʼvo qilayotgan ana shu 
yovuz kuchlardan, har qadamda „jihod“ deb ogʻiz koʻpirtirib, 
din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan 
asrash kerak", — degan edi. Faqat 2001-yil 11-sentabr kuni 
Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik 
hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH 
boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda 
kurashga bel bogʻladi. Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy 
raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi 
oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish 
maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, 
buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va 
boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli 
terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning 
harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. 
Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham 
qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning 
repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab 
barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan.                                       Oʻzbek ist onda
   Oʻzbeki ston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" 
maxsus qonun qabul qilindi (2000-yil 15 dekabr). Ushbu qonunda 
terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish 
uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va 
boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib 
chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik 
shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga 
majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, 
davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga 
putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar 
qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda 
javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki 
boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi.                                             J ahonda
    Ero ndagi Sistan, Belujiston va Gʻarbiy Ozarbayjon 
viloyatlarida uchta terroristik guruh yoʻq qilindi va 21-mart 
kuni Saravondagi teraktni sodir etganlar hibsga olindi. Sistan 
va Belujistondagi guruh aʼzolari boshqa mamlakatda harbiy 
tayyorgarlikdan oʻtgan va guruh rahbarligida jinoyat sodir 
etgan „Jaysh al-Adl“ terroristik guruhiga aloqador boʻlgan. 
Guruh yetakchisidan ikkita avtomat, shuningdek, bomba 
tayyorlash uchun baʼzi qurol va materiallar topilgan. 
Bayonotda uning avval giyohvand moddalar savdosi va 
qotillik bilan shugʻullangani keltirilgan E ʼ tiboringiz 
uchun rahmat

Mavzu: Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari, oqimlari, diniy ekstremizm va terrorizm tushunchasi

Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim.

Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, „yahvechilar“, „pyatidesyatniklar“, „tashabbuskor baptistlar“ umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar. Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi „ultra“ protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi „musulmon-birodarlar“, Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va boshqa. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.