Diniy extremizm tarixiy ildizlari ,oqimlari ,diniy ekstremizm va terrorizm tushunchasi
Diniy extremizm tarixiy ildizlari ,oqimlari ,dini y ekstremizm va terrorizm tushunchasi
Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo rquv uyg otishga qaratilgan siyosiy ʻ ʻ kurashning o ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi ʻ tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg otish maqsadida diniy shiorlardan ʻ niqob sifatida foydalanadilar. Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zo ravonlik davlatni qulatuvchi va ʻ hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan g oyaga asoslanib harakat qilishlaridir. ʻ
Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo lmayotgan, ʻ demokratik institutlar faoliyat ko rsatayotgan, tinchlik hukmron ʻ jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo rlik yo li bilan hal qilishga intilishda ko rinadi. ʻ ʻ ʻ O zbekiston mustaqilikka erishgach, mazkur hudud turli manfaatdor ʻ kuchlarning nishoniga aylandi. Siyosiy maqsadlarni din niqobi ostida amalga oshirishga intiluvchi diniy-ekstremistik va terrorchilik guruhlari mintaqaga suqilib kirishga harakat qildilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi.