logo

Eksternallarning salbiy oqibatlarni bartaraf etish

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4955.1650390625 KB
Mavzu: Eksternallarning salbiy 
oqibatlarni bartaraf etish  Reja:
Kirish
I bob
II bob 
2.1. Metallurgiya korxonalaridan chiqayotgan 
chiqindilar
2.2. Og ir metallarning tabiat va inson salomatligiga ʻ
ta siri	
ʼ
2.3. Dunyo bo yicha chiqindi muammosi	
ʻ
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlari  •
Sanoat tabiatga katta ta’sir 
ko‘rsatuvchi, atrof-muhitni 
ifloslantiruvchi xo‘jalik tarmog‘i 
hisoblanadi. Chunki sanoat tabiiy 
xomashyoni olish va uni qayta 
ishlashdan to yakuniy mahsulotga ega 
bo‘lguncha bo‘lgan jarayonni o‘z 
ichiga oladi, shuningdek, ushbu 
jarayonga sanoat chiqindilarini atrof-
muhitga tashlanishi ham kiradi.  •
Sanoat tarmoqlarining atrof-muhitga ta’siri 
yo‘nalishiga ko‘ra farqlanadi: 
•
–  atmosferaning ifloslanishiga ta’sir qiluvchi 
tarmoqlar: issiqlik energetikasi, metallurgiya, neftni 
qayta ishlash, sement ishlab chiqarish; 
•
–  suv resurslarini ifloslanishiga ta’sir qiluvchi 
tarmoqlar: kimyo, neftkimyo sanoati, yog‘ochni 
qayta ishlash, ko‘mir, sut-go‘sht sanoati; 
•
–   yer  resurslarini  ifloslanishi  va  buzilishiga  ta’sir  
qiluvchi  tarmoqlar: tog‘-kon sanoati va qurilish 
mollarini ishlab chiqarish sanoati va boshqalar.  •
Bugungi  kunda  atrof-muhitni  asrab  qolishga  
qaratilgan  barcha  chora-tadbirlar sanoatning 
ekologizatsiyasi  deb atala boshlangan.
•
Sanoat korxonalarini joylashtirishda ekologik omillarni 
hisobga olish.  Odatda,  sanoat  korxonalarini  
joylashtirishda  xomashyo,  yoqilg‘i, transport,  
energetika,  suv  va  mehnat  resurslari  kabi  bir  qator  
an’anaviy omillar inobatga olinadi.  •
So‘nggi 10 yilliklarda esa ular qatoriga eng 
muhim omil sifatida ekologik  omil  ham  
qo‘shildi.  Mazkur  omil  talablari  
quyydagicha  bo‘ladi: qurilishi  
rejalashtirilayotgan  sanoat  korxonasi  o‘z  
faollyati  davomida  atmosfera  va  atrof-
muhitga  yetkazadigan  zarari  oldindan  
bashoratlanadi; suv  va  yer  resurslariga  
yetkaziladigan  zarar,  sanoat  korxonasi  
faoliyati davomida chiqaradigan chiqindilar 
miqdori, bunday chiqindilarning 
utilizatsiyasi  masalalari  va  utilizatsiya  
jarayonida  atmosfera,  suv,  yer  resurslariga 
yetkaziladigan zarar miqdori aniqlanadi.  •
Ekologik  omil  ma’lum  bir  hududda  ma’lum  
bir  sohadagi  sanoat  turini  ishga  tushirish  
yoki  tushirmaslikka  to‘laqonli  asos  bo‘la  
oladi.  Chunki iqtisodiy  nuqtayi  nazardan  
ma’lum  sanoat  korxonasi  hududni  
rivojlantirishi mumkin  bo‘lsa-da,  ekologik  
jihatdan  u keskin salbiy natija berishi mumkin.  •
Har  bir  sanoat  korxonasini  joylashtirishdan  
oldin  u  yerda  ekologik  ekspertiza  o‘tkazilishi  
shartdir.  Ekologik ekspertiza  natijalariga  ko‘ra,  
qurilishi rejalashtirilayotgan sanoat korxonasidan 
olinadigan  foyda  buzilgan  tabiatni  tiklash  va  
ushbu  korxona  faollyati  natijasida yuzaga kelgan 
muammolarnn bartaraf  etishga  ketadigan  sarf-
xarajatlardan yuqoriroq  bo‘lsagina,  bunday  
korxonaga faollyat yuritishiga ruxsat beriladi.  •
M е tallurgiyaning atrof-muhitga ta’siri . 
M е tallurgiya majmuasi mamlakatimizda t е z 
rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lishi bilan 
birgalikda atrof-muhitga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchilardan ham hisoblanadi. M е tallurgiya 
tabiiy majmualarning barcha tarkibiy qismlariga ta’sir 
etadi. Tog‘-kon sanoati tuproq qatlamini buzib, 
landshaftlarning «yo‘qolishiga» sabab bo‘ladi. 
Mazkur sanoat tufayli katta kary е rlar va y е r ostida 
g‘orlar paydo bo‘lmoqda. Ular bosib qolish va 
antropog е n y е r silkinishi  х avfini tug‘diradi. Ko‘p 
y е rlarni m е tallurgiya chiqindilari egallab yotibdi  •
Boyitish fabrikalarida  ishlatilgan suvni oqar suvlarga 
tashlash ushbu suvlarni yaroqsiz holga ollb k е lmoqda. 
M е tallurgiya zararli moddalarning ko‘p miqdorini 
atmosf е raga chiqaradi. Jumladan, gaz qoldiqlari 
(oltingugurt va boshqalar), tarkibida m е tall bo‘lgan chang 
va boshqa el е m е ntlar juda  х avflidir.
•
Bularning barchasi atrof-muhitda t е mir, qo‘rg‘oshin, mis, 
simob miqdorining ko‘payishiga olib k е ladi. Ular tuproq, 
o‘simlik va hayvonlar tanasida yig‘ilib, inson a’zosiga 
o‘tganidan k е yin asta-s е kin uni zaharlay boshlaydi.  •
Og‘ir m е tallar  kishilar organizmidagi 
immunit е tni pasaytirib, kasallanish 
darajasining yuqori bo‘lishiga ta’sir 
etadi, aholi va tabiat uchun katta  х avf-
х atar tug‘diradi.
•
Metallurgiya sanoati chiqindilari atrof-
muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishining 
oldini olish uchun bu chiqindilarga 
to‘liq ishlov berib, ularni foydali 
mahsulotlarga (masalan, shlakli 
qurilish materrallga) aylantirish, 
zararsizlantirish, atmosferaga va suv 
havzalariga chiqadigan chiqindilarni 
tozalash zarur.

Mavzu: Eksternallarning salbiy oqibatlarni bartaraf etish

Reja: Kirish I bob II bob 2.1. Metallurgiya korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar 2.2. Og ir metallarning tabiat va inson salomatligiga ʻ ta siri ʼ 2.3. Dunyo bo yicha chiqindi muammosi ʻ Xulosa Foydalanilgan adabiyotlari

• Sanoat tabiatga katta ta’sir ko‘rsatuvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi xo‘jalik tarmog‘i hisoblanadi. Chunki sanoat tabiiy xomashyoni olish va uni qayta ishlashdan to yakuniy mahsulotga ega bo‘lguncha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi, shuningdek, ushbu jarayonga sanoat chiqindilarini atrof- muhitga tashlanishi ham kiradi.

• Sanoat tarmoqlarining atrof-muhitga ta’siri yo‘nalishiga ko‘ra farqlanadi: • – atmosferaning ifloslanishiga ta’sir qiluvchi tarmoqlar: issiqlik energetikasi, metallurgiya, neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish; • – suv resurslarini ifloslanishiga ta’sir qiluvchi tarmoqlar: kimyo, neftkimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, ko‘mir, sut-go‘sht sanoati; • – yer resurslarini ifloslanishi va buzilishiga ta’sir qiluvchi tarmoqlar: tog‘-kon sanoati va qurilish mollarini ishlab chiqarish sanoati va boshqalar.