Elektromagnit maydon va Nurlanishning biosferaga tasiri
Elek t romagnit may don v a N urlanishning biosferaga t asiri
Maksvell elektromagnit maydon nazariyasini ishlab chiqdi, bu nazariyaga muvofiq, o‘zgaruvchan elektr maydoni o‘zgaruvchan magnit maydonini, o‘zgaruvchan magnit maydoni esa, o‘zgaruvchan elektr maydonini vujudga keltiradi. Bu ikkilamchi o‘zgaruvchan maydonlar uyurma harakterida bo‘ladi: vujudga keltirayotgan maydonning kuch chiziqlari vujudga kelayotgan maydonning kuch chiziqlari bilan konsentrik o‘rab olingan. Natijada o‘zaro o‘ralgan elektr va magnit maydonlar sistemasi hosil bo‘ladi (1-rasm).
Rasmda E 0 to‘g‘ri chiziq birlamchi o‘zgaruvchan elektr maydonini, H gorizontal aylanalar ikkilamchi o‘zgaruvchan magnit madoynini, vertikal E aylanalar esa – ikkilamchi o‘zgaruvchan elektr maydonini tasvirlaydi. O‘zgarmas elektr va magnit maydonlar yagona elektromagnit maydonning xususiy holatidir. Dastlab zaryadlar va toklar bilan bog‘langan o‘zgaruvchan elektr va magnit maydonlar so‘ngra zaryadlar va toklardan mustaqil holda mavjud bo‘lishi va bir-birini hosil qilib fazoda qo‘yidagi tezlik bilan harakatlanishi mumkin:
Maksvell siljish toki tushunchasini kiritdi. Faraz qilaylik, yassi kondensator qoplamlariga o‘zgaruvchan e.yu.k. berligan bo‘lsin (2-rasm). U holda tok keltiruvchi simlarda elektronlarning harakatidan yuzaga kelgan o‘tkazuvchanlik toki oqadi, ya’ni: