logo

Elektron hukumat 

Yuklangan vaqt:

15.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

943.5 KB
Elektron hukumat    Elektron hukumat  — Barcha ham „ichki“, ham 
„tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi tegishli 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan 
quvvatlanib va ta`minlanib turadigan hukumat.	
 
Kommunikatsiya  	
tarmoqlari (shu jumladan Internet) 
orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va 
tarqatishni	
  elektron  	vositalari asosida davlat 
boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati 
organlarini barcha bo`g`inlari tomonidan fuqarolarning 
barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar 
ko`rsatish, o`sha vositalar yordamida fuqarolarga 
davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish.  Elektron Hukumat „ Elektron hukumat“ 
tushunchasi 
•
„ Elektron  hukumat“  tushunchasi	
  1990-yillarning  	boshida 
paydo bo`lgan, lekin amaliyotga so`nggi yilardan boshlab 
tatbiq  qilina  boshladi.  Elektron  hukumatni  ishlab  chiqish 
bilan  birinchi  galda	
 AQSh	 va	 Angliya, 
hamda	
 Italiya,	 Norvegiya,	 Singapur,	 Avstraliya	 va  ayrim 
boshqa  davlatlar  (Fransiya,  Germaniya,  Katar,  BAA  va 
h.k.)  shug`ullandilar.  Elektron  hukumatning  uch  asosiy 
rivojlanishi  tizimi  ajratiladi:-  hukumat-  aholi  (G2C);- 
hukumat	
 —  biznes  (G2B);-  hukumat	 —  hukumat  (G2 
G).O`zbekistonda  ham  elektron  hukumat  barpo  qilish 
ishlari boshlab yuborilgan.   •
Jahon  tajribasiga  mavjud  amaliyotga  ko`ra,  u  ikki 
o`zaro  bog`langan,  lekin  funksional  jihatdan 
mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi 
infratuzilmadan  tarkib  topgan.  Hukumat  Intraneti 
axborot  tizimining  ichki  infratuzilmasini  qamrab 
oladi,  u  davlat  tuzilmalari  tomonidan  davlat 
korporativ  vazifalarini  amalga  oshirishdagi  o`zaro 
munosabatlarda  foydalaniladi.  Tashqi  infratuzilma, 
davlatni  fuqarolar  (G2C)  va  tashkilotlar  (G2B)  bilan 
o`zaro  ishlashini  ta`minlaydigan  ommaviy  axborot 
infratuzilmasini qamrab oladi. Elektron  hukumat  (ingl.  e-Government)  –  bu  fuqarolar, 
biznes,  davlat  hokimiyati  boshqa  tarmoqlari  va  davlat 
amaldorlariga  axborot  taqdim  etish  hamda  avvaldan  shakllangan 
davlat  xizmatlarini  ko‘rsatish  bo‘lib,  bunda  davlat  va  fuqaro 
o‘rtasidagi  shaxsiy  aloqa  minimallashtirilgan  bo‘ladi  va  axborot 
texnologiyalaridan  maksimal  darajada  foydalaniladi.  Dunyoning 
taraqqiy  topgan  mamlakatlarida  «Elektron  hukumat»  milliy  tizimini 
faol  tatbiq  qilinmoqda.  Bu  tizim  davlat  tuzilmalarini  boshqarishni, 
davlat  va  tadbirkorlar  o‘rtasidagi  aloqani  mustahkamlash  orqali 
biznes-jarayonlarni  samarali  rivojlantirishni  ta'minlabgina  qolmay, 
fuqarolarga  davlat  xizmatlarini  internet  orqali  hammabop  interaktiv 
shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi. •
     Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli 
ravishda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga 
davlat organlari veb-saytlari va O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. 2007 yildayoq, 
49ta Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri (BIDXR) 
tasdiqlangandi. 2009 yilda u 94taga kengaytirilgan bo‘lib, 
hozirda esa BIDXR 195dan ziyod ko‘rinishni qamrab oladi.
•
O‘zbekiston matbuot markazida “Elektron hukumat tizimi va 
interaktiv davlat xizmatlarining rivojlanishi” mavzusida matbuot 
anjumani o‘tkazildi. •
     O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi 
o‘rinbosari Sherzod Shermatov OAV vakillariga Elektron 
hukumat tushunchasi, uning mazmun mohiyati, amalga 
oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida ma'lumot 
berdi.  Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda Korea 
Respublikasi ekspertlari bilan hamkorlikda ish olib 
borilayotganiga to‘xtaldi. •
    Qo‘mitaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Umarov mavzu bo‘yicha 
batafsil ma'ruza qildi. Ma'ruzachi Elektron hukumat 
tizimining ustuvor vazifalari haqida to‘xtalar ekan, davlat 
data-markazini, interaktiv davlat xizmatlarining yagona 
portali hamda davlat organlari axborot tizimi majmuasini 
tashkil etish kabi masalalar ustida olib borilayotgan ishlar 
haqida ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, shu yilning 1 
iyulidan interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali ishga 
tushiriladi. •
Mamlakatning 2012 yildagi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013 yilgi 
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 2013 yil 18 
yanvardagi Hukumat majlisida 
Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda 
«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish 
Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab 
chiqish muhimligini qayd etib o‘tgandi. •
Davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tuzilgan maxsus 
ishchi guruhi tomonidan mazkur yo‘nalishda dunyo yetakchisi 
bo‘lmish Korea Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning 
«elektron hukumat» borasidagi ilg‘or tajribalarini inobatga olinib, 
«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo‘yicha Konsepsiya va 
Kompleks dasturni, shuningdek, 2013-2017 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish 
Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda.

Elektron hukumat

Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va ta`minlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha bo`g`inlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar ko`rsatish, o`sha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. Elektron Hukumat

„ Elektron hukumat“ tushunchasi • „ Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo bo`lgan, lekin amaliyotga so`nggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shug`ullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).O`zbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan.

• Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga ko`ra, u ikki o`zaro bog`langan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi o`zaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan o`zaro ishlashini ta`minlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi. Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida «Elektron hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.