Turkiston muxtoriyati hukumat rahbarlari faoliyati
Mavzu: Turkiston muxtoriyati hukumat rahbarlari faoliyati Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Tarix fakulteti 308-guruh talabasi Umirzaqova Zarina ning O ‘ zbekiston tarix fanidan taqdimoti
Turkiston muxtoriyati (ikkinchi nomi Qo'qon muxtoriyati) — Turkiston mintaqasidagi dastlabki demokratik hukumat hisoblanib u 1917-yil 27-noyabr dan — 1918- yil 19-fevral gacha mavjud bo ‘ lgan.
Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4- qurultoyi (1917-yil 26—28 noyabr)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston oʻlkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Shuningdek, taʼsis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb hisobladi. Markazi — Qoʻqon shahri.
Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi aʼzolaridan Turkiston muxtoriyati hukumati (8 kishidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilishi uchun ularga ham yana 4 oʻrin ajratildi. Hukumat tarkibiga Muhammadjon Tinishboyev (Bosh vazir va ichki ishlar vaziri), Islom Shoahmedov (Bosh vazir oʻrinbosari), Mustafo Choʻqay (tashqi ishlar vaziri), Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (harbiy vazir), Hidoyatbek Agayev (yer va suv boyliklari vaziri), Obidjon Mahmudov (oziq-ovqat vazi ri ), Abdurahmon Oʻrazayev (ichki ishlar vazirining oʻrinbosari), Solomon Gersfeld (moliya vaziri) kiritildi.
Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim oʻzgarishlar yuz berdi. M. Tinishboyev Alash oʻrda Muxtoriyati faoliyatida qatnashish uchun Orenburgga joʻnab ketgach (1917-yil), Mustafo Choʻqay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. Shoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld oʻrniga), Potelyaxov oziq-ovqat vaziri (O. Mahmudov oʻrniga), O. Mahmudov adliya vaziri, Nosirxon Toʻra maorif vaziri, Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinachisi lavozimlarini egallashdi. Savodsiz bolshevik komissarlardan farqli ravishda hukumat aʼzolari chuqur maʼlumotli taraqqiyparvar ziyolilar boʻlib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi. Turkiston Millat Majlisi 54 nafar (36 musulmon, 18 yevropalik) aʼzodan iborat boʻlishi kerakligi belgilandi. Qurultoy jarayonida 32 kishidan iborat Millat Majlisi saylandi.