logo

Ergashgan qo’shma gap

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1070.3076171875 KB
Ergashgan 
qo’shma gap .                      Reja
 
1.  Ergashgan   qo’shma  gap  haqida  
ma’lumot .
2.  Ergash  gap  bilan  bosh  gapning   birikish  
usullari .
3.  Ergash   gapning   turlari .                                      1. Ergashgan qoshma gap.
     Ergashgan qo’shma gap sostavidagi soda gaplarning biri 
ikkinchisiga mazmunan va gramatik jihatdan tobe bo’lib, uni 
aniqlash, to ’ldirish kabi vazifalarni bajaradi.
Masalan: Nargiz olislardagi yorining yo’liga ko’z tikib kuylarkan, uning 
kuyi boshqa barcha sevuvchilar quyidagi nafisroq, so’limroq, 
yoqimliroq yangraydi. (Sh.R.)
Bu qo’shma gap ikki soda gapning birikuvidan hosil bo’ladi.
          Ergashgan qo’shma gap tarkibidagi soda gaplar ikki xil bo’ladi. 
Biri boshqasiga bo’ysunib, tobe holatda keladi. Bu gap ergash gap 
deb ataladi. Ikkinchisiga esa ergash gapni o’ziga qaratib, bo’ysundirib 
keladi. Bunday gap bosh gap deb aytiladi. 2. Ergash gap bilan bosh gapni qo’llanishi.
 
          Ergash gap bosh gapdan yozuv vergul bilan ajratiladi. Bunda vergul 
quyidagicha qo’yiladi:
          1. Ergash gap bosh gapga chunki, shuning uchun, go’yo kabi 
yordamchilar bilan birikkan bo’lsa, vergul shu yordamchilardan oldin 
qo’yiladi.
Masalan: Ona uni anchadan beri kormagan edi, shuning uchun birinchi 
qarashdayoq ko’ziga tashlangan narsa qizginaning g’ayri tabiy to’laligi bo’ldi.
          Ba’zan gap tugallangan ohang bilan aytilib, vergul o’rniga nuqta 
qo’yiladi va ergash gap bosh harf bilan boshlanadi.
Masalan: Sayramov iljayib qo’ydi. Chunki u raisning bu odatini oldindan 
bilardi.
2. Bosh gap kesimiga – ki bog’lovchisi qo’shilib kelganda, vergul shu 
bog’lovchidan keyin qo’yiladi.
3. Ergash gap bosh gapga fe’lning ravishdosh formasi, shart mayli formasi, 
sifatdosh formasi va kelishik affiksi yordami bilan birikkanda, vergul bu 
vositadan keyin qo’yiladi.                     3. Ergash gapning turlari
 
     Ergash gaplar anglayotgan mazmuni, shakillanishi va 
bosh gapga bog’lanish usuliga ko’ra quyidagi turlarga 
bo’linadi: ega ergash gap. Kesim ergash gap, to’ldiruvchi 
ergash gap, aniqlovchi ergash gap, payt ergash gap, 
o’rin ergash gap, sabab ergash gap, maqsad ergash gap, 
shart ergash gap, to’liqsiz ergash gap, natija ergash gap, 
o’xshatish ergash gap, miqdor-daraja ergash gap, ravish 
ergash gap. 1. Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani 
izohlab, kim? Nima? Degan so’roqlardan biriga javob bo’ladi.
1. Ergash gapning kesimi shart mayli formasida bo’ladi. Bunda bosh 
gapning egasi u, o’sha, o’zi kabi olmoshlar bilan ifodalanadi.
         1 Ergash gapning kesimi aniqlik maylida formasida bo’ladi.
Masalan: Kim o’qishda ko’proq jonkuyarlik ko’rsatar ekan, u mehnatda 
qiynalmaydi.
2Ergash gapning kesimi ot kesim bo’lsa, bosh gapga ekan, bo’lsa
yordamida bog’lanadi: masalan: Kim talaba ekan, u doimo shu ulug’ 
nomga yarasha ish qilsin.
3.Ega ergash gap bosh gapdan keyin kelib, bosh gapga – ki
bog’lovchi yordamida bog’lanadi.
Bosh gapning kesimi bor so’zi bilan yoki sifat bilan ifodalanadi, 
tarkibida shu olmosh qatnashadi
2.  Kesim ergash gap  bosh gapning olmosh bilan ifodalangan kesimini 
izohlaydi. Kesim ergash gap bosh gapga quyidagicha birikadi:
1. Bosh gapning kesimi shu, shunda, shunday kabi so’zlar
bilan birikadi. Ergash gap bosh gpga-ki bog’lovchisi yordamida birikadi. 
Masalan: Yutuqlarimizni butun omili (shundaki) shuki, butun xalqimiz 
mustaqillik uchunkurashni o’zini bevosita burchi deb biladi. 
2. Bosh gapning kesimi “Chiqish kelishigidgi olmoshdan
iborat” shaklida ifodalanishi mumkin. Bunda –ki bog’lovchisi keyingi 
ko’chadi.
Masalan: Botirning yutug’i shundan iborat ediki, u uztoz Michurin 
ko’rsatmasiga amal qilib, changlanuvchi navlardan eng yaxshi 
changlanuvchi navlarni topdi.
3. To’ldiruvchi ergash gap bosh gapning olmosh bilan ifodalangan 
to’ldiruvchisining izohlaydi yoki bosh gapning kesimidan anglashilgan 
ma’noni to’ldiradi.                              To`ldiruvchi ergash gap bosh gapga birikishi:
1. Ergash gapning kesimi, odatda, shart mayli formasida bo’ladi:
ergash gap tarkibida kim, kimki, nima olmoshi bo’lib, bu olmoshlar 
bosh gapga to’ldiruvchi vazifasida kelgan, u, shu, o’sha olmoshlariga 
mos keladi. Masalan: Sportda kim ilg’or bolsa, uni hamma hurmat 
qiladi
2. Ergash gap bosh gapga –ki bog’lovchisi yordamida birikadi. Bosh
gap tarkibida ko’pincha shu olmoshi bo’lib, ergash gap o’sha 
olmoshining ma’nosini oladi. Masalan: Shunga erishaylikki, 
kursimizda birorta ulgurmovchi talaba bo’lmasin.
          Ko’pincha bosh gap tarkibidagi olmosh ishlatilmaydi. Masalan: 
Kishilar istaydayki, hamisha ravshan bo’lsin kuni-kuni ertalar, kuni-
kuni istiqbol.
          4. Aniqlovchi ergasg gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan 
biror bo’lakning belgi, xususiyatni aniqlaydi. Ba’zan ergash ga’p tarkibidagi bunday so’zi  o’z aniqlashi bilan
birgalikda tushirilgan bo’lishi ham mumkin. Masalan: Ular 
shunday shaxs bo’lsinki, har tomonlama etuk va xalqiga sodiq 
bo’lib xizmat qilsinlar qilsinlar.
          Ayrim paytda esa ergash gapdagi aniqlovchi va aniqlanmish 
o’rnida u, bu, ular kabi olmosh keladi. Masalan: Ish jarayonida 
shunday masalalar ham chiqardiki, bu Oyqiz uchun uchun hal 
qilib bo’lmaydigan darajada murakkab va mas’uliyatli tuyulida.
          Ba’zan bosh gap tarkibidagi shunday so’zi o’rnida shu 
qadar, shuncha (lik), shu xil kabi so’zlar ishlatiladi. Masalan: 
Anvar Munisxonga shu qadar nzar tashladiki, buni payqagach 
Munis uyalib, sekin erga qaradi.
          Ayrim hollarda olmoshlar ergash gapda ham, bosh gapda 
ham tushirilgan bo’ladi. Lekin bunda –ki  bog’lovchisi saqlanadi. E’tiboringiz 
uchun 
rahmat  !!! .

Ergashgan qo’shma gap .

Reja   1. Ergashgan qo’shma gap haqida ma’lumot . 2. Ergash gap bilan bosh gapning birikish usullari . 3. Ergash gapning turlari .    

1. Ergashgan qoshma gap.      Ergashgan qo’shma gap sostavidagi soda gaplarning biri ikkinchisiga mazmunan va gramatik jihatdan tobe bo’lib, uni aniqlash, to ’ldirish kabi vazifalarni bajaradi. Masalan: Nargiz olislardagi yorining yo’liga ko’z tikib kuylarkan, uning kuyi boshqa barcha sevuvchilar quyidagi nafisroq, so’limroq, yoqimliroq yangraydi. (Sh.R.) Bu qo’shma gap ikki soda gapning birikuvidan hosil bo’ladi.          Ergashgan qo’shma gap tarkibidagi soda gaplar ikki xil bo’ladi. Biri boshqasiga bo’ysunib, tobe holatda keladi. Bu gap ergash gap deb ataladi. Ikkinchisiga esa ergash gapni o’ziga qaratib, bo’ysundirib keladi. Bunday gap bosh gap deb aytiladi.

2. Ergash gap bilan bosh gapni qo’llanishi.            Ergash gap bosh gapdan yozuv vergul bilan ajratiladi. Bunda vergul quyidagicha qo’yiladi:          1. Ergash gap bosh gapga chunki, shuning uchun, go’yo kabi yordamchilar bilan birikkan bo’lsa, vergul shu yordamchilardan oldin qo’yiladi. Masalan: Ona uni anchadan beri kormagan edi, shuning uchun birinchi qarashdayoq ko’ziga tashlangan narsa qizginaning g’ayri tabiy to’laligi bo’ldi.          Ba’zan gap tugallangan ohang bilan aytilib, vergul o’rniga nuqta qo’yiladi va ergash gap bosh harf bilan boshlanadi. Masalan: Sayramov iljayib qo’ydi. Chunki u raisning bu odatini oldindan bilardi. 2. Bosh gap kesimiga – ki bog’lovchisi qo’shilib kelganda, vergul shu bog’lovchidan keyin qo’yiladi. 3. Ergash gap bosh gapga fe’lning ravishdosh formasi, shart mayli formasi, sifatdosh formasi va kelishik affiksi yordami bilan birikkanda, vergul bu vositadan keyin qo’yiladi.

3. Ergash gapning turlari       Ergash gaplar anglayotgan mazmuni, shakillanishi va bosh gapga bog’lanish usuliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: ega ergash gap. Kesim ergash gap, to’ldiruvchi ergash gap, aniqlovchi ergash gap, payt ergash gap, o’rin ergash gap, sabab ergash gap, maqsad ergash gap, shart ergash gap, to’liqsiz ergash gap, natija ergash gap, o’xshatish ergash gap, miqdor-daraja ergash gap, ravish ergash gap.