logo

Farg‘ona viloyati

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

17970.836914062 KB
Farg‘ona  viloyati  •
Viloyatga vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining 
tog‘oldilari kiradi. Isfayram, Shohimardon, So‘x, Isfara daryolarining 
dehqonchilikda ahamiyati katta. Norin bilan Qoradaryodan bir necha 
sug‘oruv kanallari chiqarilgan. Viloyat yalpi sanoat mahsulotiga ko‘ra 
faqat Toshkent viloyatidan keyinda turadi.   •
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari:  
donchilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, 
uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, 
parrandachilik, ipakchilik. 
•
Sanoatning asosiy tarmoqlari:  
elektroenergetika, kimyo, neftni qayta ishlash, 
qurilish materiallari, yengil sanoat va oziq-
ovqat sanoati. Qishloq xo‘jaligi
•
Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi paxta va g‘alla yetishtirish hamda 
pillachilikka ixtisoslashgan. Ekin maydonining asosiy qismiga paxta 
va g‘alla ekiladi. Bug‘doy va arpa bahorikor yerlarda, sholi esa 
zaxkash yerlarda yetishtiriladi. Makkajo‘xori, oq jo‘xori va beda 
hamma tumanlarda paxta bilan almashlab ekiladi. Bog‘dorchilik, 
uzumchilik uchun viloyatda sharoit qulay. Viloyat anori va anjiri bilan 
dong chiqargan. Farg‘ona viloyatida yaylovlar Andijon viloyatidagiga 
qaraganda ancha ko‘p. Chorva mollari, asosan, qo‘y va echkilardan 
iborat. Viloyat mamlakatda yetishtiriladigan pillaning 20 foizga 
yaqinini beradi.   Sanoati
•
Sanoati ko‘p tarmoqli bo‘lib, unda og‘ir sanoatning salmog‘i 
ancha katta. Neftni qayta ishlash, kimyo va energetika sanoati 
iqtisodiy  rayondagina emas, balki respublikada ham ajralib 
turadi. Neftni qayta ishlaydigan 2 ta zavod bo‘lib, biri 
Farg‘onada, ikkinchisi Oltiariqda joylashgan. Mashi nasozlik, 
metallsozlik va binokorlik materiallari ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlar ham muhim ahamiyatga ega. Yengil va oziq-ovqat 
sanoati qishloq xo‘ jalik tarmoqlari negizida vujudga kelgan. 
Sanoat kor xonalari Far g‘ona–Marg‘ilon sanoat rayoni va 
Qo‘qon, Quvasoy sanoat tugun larida to‘plangan.  Transporti
•
Transporti. Viloyat temiryo‘l va avtomobil yo‘llari bilan yaxshi 
ta’minlangan. Viloyatdan paxta tolasi va paxta moyi, shoyi, ip-
gazlama, trikotaj mollar, quritilgan me va, meva konservalari, mineral 
o‘g‘it va sement jo‘natiladi. Taxta-yog‘och, har xil uskunalar, trak 
torlar, paxtachilik uchun zarur mashinalar, g‘alla, un, qand, keng 
iste’mol buyumlari keltiriladi. Shaharlari
•
Viloyatda 9 ta shahar bor. Farg‘ona muhim sanoat, transport va 
madaniyat markazidir. Shahar suv bilan yaxshi ta’minlangan, yozi 
birmuncha salqin. Shaharda ikkita IEM ishlab turibdi. Iqtisodiy 
rayonning birlashgan energetika tizimi shu IEMlar asosida shakllangan. 
Shaharda Farg‘ona davlat universiteti, politexnika instituti, Toshkent 
axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi 
hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutlarining filiallari 
faoliyat ko‘rsatadi. Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti bor. Madaniyat va 
istirohat bog‘lari, favvoralar, xiyobonlar, soya-salqin maydonlar 
shaharga o‘zgacha tarovat beradi. Buyuk astronom, matematik va 
geograf Ahmad al-Farg‘oniy shu makonda tavallud topgan.  Marg‘ilon
•
Marg‘ilon  shoyi (atlas) ishlab chiqarishning markazi sifatida 
qadimdan dong chiqargan shahar. Shaharda paxta, ko‘n zavodi, ipak 
ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Marg‘ilonliklarning to‘qimachilik 
malakasi yuksak darajada takomillashdi va keng quloch yoydi. 
Marg‘ilon shoyi kombinati mamlakatdagi eng yirik to‘qimachilik 
korxonalaridan biridir. Kombinat ayni vaqtda yirik o‘quv markazi 
hamdir. Unda Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti ham faoliyat 
ko‘rsatmoqda. Mashhur fiqh olimi Burhoniddin Marg‘inoniy shu 
yerda tug‘ilgan.  Qo‘qon
•
Qo‘qon  Farg‘ona viloyatining g‘arbida, transport yo‘llari ustida joylashgan. 
Undan Toshkent, Namangan va Farg‘ona tomonlarga temiryo‘l va avtomobil 
yo‘llari o‘tadi. Mustaqillik yillarida Qo‘qonning sanoati rivojlanib, shahar 
muhim sanoat tuguniga aylandi. Shahardagi superfosfat zavodi hamda elektr 
mashinasozligi, to‘qimachilik mashinasozligi zavodlari respublikadagi yirik 
korxonalardandir. Shahar uzoq vaqt Qo‘qon xonligi poytaxti bo‘lgan. U 
viloyatdagi asosiy madaniyat markazlaridan biridir.  Quvasoy
•
Quvasoy  1954-yilda ishchi shaharchasi o‘rnida barpo etilgan. Shahar 
yaqinidagi ohak, mergel, gips va gil boyliklari negizida u qurilish 
materiallari ishlab chiqaradigan sanoat markaziga aylandi. Endilikda 
sement, shifer, ohak hamda g‘isht zavodlaridan iborat kombinat ishlab 
turibdi. Mazkur kombinat respublikada ishlab chiqariladigan 
sementning salmoqli qismini bermoqda. Quvasoy chinni zavodida 
kosa, piyola, choynak, lagan va boshqa idishlar ishlab chiqarish yildan 
yilga ortmoqda.  Rishton
•
Rishton  - kulolchilik buyumlari ishlab chiqaradigan markaz. Bundagi 
kulolchilik artellari birlashtirilib, kombinatga aylantirilgan. Hozir 
kombinatda 20 xildan ortiq buyum ishlab chiqarilmoqda.

Farg‘ona viloyati

• Viloyatga vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining tog‘oldilari kiradi. Isfayram, Shohimardon, So‘x, Isfara daryolarining dehqonchilikda ahamiyati katta. Norin bilan Qoradaryodan bir necha sug‘oruv kanallari chiqarilgan. Viloyat yalpi sanoat mahsulotiga ko‘ra faqat Toshkent viloyatidan keyinda turadi.

• Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, parrandachilik, ipakchilik. • Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, kimyo, neftni qayta ishlash, qurilish materiallari, yengil sanoat va oziq- ovqat sanoati.

Qishloq xo‘jaligi • Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi paxta va g‘alla yetishtirish hamda pillachilikka ixtisoslashgan. Ekin maydonining asosiy qismiga paxta va g‘alla ekiladi. Bug‘doy va arpa bahorikor yerlarda, sholi esa zaxkash yerlarda yetishtiriladi. Makkajo‘xori, oq jo‘xori va beda hamma tumanlarda paxta bilan almashlab ekiladi. Bog‘dorchilik, uzumchilik uchun viloyatda sharoit qulay. Viloyat anori va anjiri bilan dong chiqargan. Farg‘ona viloyatida yaylovlar Andijon viloyatidagiga qaraganda ancha ko‘p. Chorva mollari, asosan, qo‘y va echkilardan iborat. Viloyat mamlakatda yetishtiriladigan pillaning 20 foizga yaqinini beradi.