FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLAR.KO’PYOQLAR
Mavzu : FAZ OVIY G EOMETRIK SHAKLLAR.KO’PYOQLAR
BILIB OLING Fazoning chegaralangan qismi fazoviy jism deb ataladi. Fazoviy jismning chegarasiga (qobig‘iga) uning sirti deyiladi. Masalan, fazoviy shakl - kubning sirti 6 ta kvadratdan, sharning sirti sferadan iborat bo‘ladi. Ikki sirtning kesishmasidan chiziq hosil bo‘ladi. Masalan, kub va piramida qirralari shunday tekisliklarning kesishishidan hosil bo‘lgan. Sfera va tekislikning kesishishidan esa aylana hosil bo‘ladi.
KUB VA SILINDR
BILIB OLING Ikki chiziqning kesishishidan nuqta hosil bo‘ladi. Masalan, kub va piramidaning qirralari keshishidan nuqtalar, ya’ni ularning uchlari hosil bo‘ladi. Ko‘pyoq deb yassi ko‘pburchaklar bilan chegaralangan jismga aytiladi. Yassi ko‘pburchaklar bu ko‘pyoqning yoqlari , ko‘pburchaklarning uchlari ko‘pyoqning uchlari , tomonlari esa ko‘pyoqning qirralari deb ataladi. Bitta yoqqa tegishli bo‘lmagan uchlarni birlashtiruvchi kesma ko‘pyoqning diagonali deb ataladi
BILIB OLING Prizma deb ikki yog‘i teng ko‘pburchakdan, qolgan yoqlari esa parallelogrammlardan iborat ko‘pyoqqa aytiladi (3- rasm). Teng yoqlar prizmaning asoslari , parallelogrammlar esa uning yon yoqlari deb ataladi.