logo

FUQAROLARNING ASOSIY BURCHLARI

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7208.8671875 KB
FUQA ROLA RN IN G 
A SOSIY  BURCHLA RI              Reja:

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy 
asoslari

2. Inson  va  fuqaro huquqlari

3. O‘zbekistonda inson va fuqarolarning huquqlari, 
erkinliklari va burchlari tizimi tushunchasi              
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari.

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  21-moddasida  respublika 
fuqarolarining  huquqiy  asoslari  belgilangan.  Unda  ko‘rsatilishicha: 
“O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.

O‘zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi,  unga  qanday  asosda  ega 
bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.

Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  fuqarosi  ayni  vaqtda  O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

Fuqarolikka  ega  bo‘lish  va  uni  yo‘qotish  asoslari  hamda  tartibi  qonun  bilan 
belgilanadi[2]”.

  Fuqarolik  –  bu  shaxs  bilan  davlatning  barqaror  va  doimiy  siyosiy-huquqiy 
munosabati  bo‘lib,  ularning  o‘zaro  huquqlari,  burchlari  va  javobgarliklarini 
ifodalaydi.  Bunday  aloqalar  inson  va  fuqarolar  qadr  -  qimmati,  asosiy 
huquqlari  va  erkinliklarini  tan  olish  va  hurmatlashga  asoslanadi.  SHu  o‘rinda 
ta’kidlash  lozimki,  fuqaro  bilan  davlatning  o‘zaro  majburiyatga  egaligi  prinsipi 
respublika  konstitutsiyaviy  qonunchiligida  birinchi  marotaba  mustahkamlab 
qo‘yildi.  Bu  siyosiy  tizim  demokratligi  va  xalqchiligining  o‘ta  muhim 
ko‘rsatkichidir.                            
Demak,  fuqarolik  shaxsning  muayyan  davlat  bilan  barqaror,  doimiy 
siyosiy  -  huquqiy  aloqasidir.  Bu  aloqa  ularning  o‘zaro  huquqlari  va 
burchlarida ifodalanadi.

Davlat  bilan  alohida  shaxsning  huquqiy  aloqasi  shaxsning  shu 
davlatga  mansubligi  bilan,  ya’ni  shu  davlatning  hududidagi  chet  el 
fuqarosi  bo‘lib  yoxud  fuqaro  bo‘lmagan  holda  yashashi  bilan 
belgilanadi.

O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  fuqarolari  huquq  va  erkinliklarining 
himoyachisi  hisoblanib,  bu  huquq  va  erkinliklarni  amalga  oshirish 
uchun  sharoitlar  yaratadi,  kafolatlar  beradi,  agar  bunday  huquq  va 
erkinliklar  buzilsa,  aybdorlarni  tegishli  tartibda  javobgarlikka  tortadi.
[3]

Fuqarolik  –  shaxsning  muayyan  davlat  qaramog‘ida  bo‘lishi,  shu 
davlatga,  mamlakat  ichida  ham,  uning  tashqarisida  ham  mansub 
ekanligi,  shu  mansublikning  huquqiy  hujjatlar  yordamida 
tasdiqlanganligidir[4].

Fuqarolik  tushunchasi  jamiyatning  hozirgi  davr  demokratik,  huquqiy 
davlat tomon rivojlanishida katta yo‘lni bosib o‘tdi.                            
U  jamiyatning  demokratik  rivojlanishida  qo‘lga  kiritilgan  ulkan  yutuqlardan  biri  bo‘lib 
hisoblanadi.  Fuqarolikning  jamiyat  taraqqiyotidagi  ijobiy  tomoni  shundan  iboratki, 
mamlakatda  istiqomat  qilib  turgan  har  bir  kishining  muayyan,  aniq  sanab  o‘tilgan 
huquqlari,  jamiyatdagi  o‘rni  mamlakatning  Konstitutsiyasida,  qonunda  yoki  maxsus 
qarorda  yozib  qo‘yilgan  va  ularga  rioya  qilish,  ularni  bajarish  barcha  fuqarolardan  talab 
qilinadi. YA’ni jamiyatda boshboshdoqlik, o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik, qonunsizlikka o‘rin 
qolmaydi. CHunki, bunday xatti - harakatlar fuqarolik haqidagi qonunga xilofdir.

O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqil  taraqqiyot  yo‘liga  chiqib  olgach,  o‘z  oldiga  asrlar 
davomida  o‘zbek  xalqi  orzu  qilgan  adolatli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  va 
demokratik,  huquqiy  davlat  qurish  vazifasini  qo‘ydi,  qabul  qilingan  fuqarolik  to‘g‘risidagi 
huquqiy hujjatlarda esa o‘zining insonparvarlik ruhida ekanini namoyon qildi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi,  fuqarolik  to‘g‘risidagi  qonun,  boshqa  amaldagi 
qonunlar,  chet  el  davlatlari  bilan  tuzilgan  shartnomalar  va  bitimlarda  bu  qoidalar  e’tirof 
etildi, qonuniy jihatdan mustahkamlandi.

Hozirgi  davrda  fuqaro  maqomi,  demokratiyaning  shakllanishi  va  rivojlanishi  natijasida, 
takomillashib  inson  qadr  qimmatining  kafolatlari  kundan  kunga  yuksalib  bormoqda. 
Masalan,  siyosiy,  ijtimoiy  iqtisodiy  munosabatlarda  milliy,  diniy,  irqiy  mansublik  tan 
olinmaydi,  faqat  u  avvalo  inson  degan  g‘oya  eng  oliy  hisoblanib,  Konstitutsiya  va  qonun 
ustuvorligi ushbu g‘oya uchun xizmat qilmoqda.                            
Yurtboshimiz  ta’biri  bilan  aytganda:  “Bugun  Konstitutsiya  to‘g‘risida, 
uning  ma’no  mazmuni  va  ustuvor  tamoyillari haqida  gapirar  ekanmiz, 
shaxs  manfaatining  davlat  manfaatidan  ustun  etib  belgilangani, 
inson,  uning  huquq  va  erkinliklari  hamda  manfaatlari  eng  oliy 
qadriyat  sifatida  muhrlab  qo‘yilganini  yana  bir  marta  ta’kidlab  o‘tish 
o‘rinli, deb bilaman.»[5]

Har  bir  davlat  o‘z  suverenitetidan  kelib  chiqib,  mustaqil  ravishda 
fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish masalalarini tartibga soladi.

Fuqarolik  filiatsiya  yo‘li  bilan  (fuqarolikning  tug‘ilish  bo‘yicha  yuzaga 
kelishi),  naturalizatsiya  yo‘li  bilan  (fuqarolikka  qabul  qilish),  xalqaro 
shartnoma  asosida  va  ba’zi  hollarda  reintegratsiya  (qayta  tiklash)  va 
taqdim  etish  yo‘li  bilan  olinishi  mumkin.  Reintegratsiya  fuqarolikdan 
mahrum  qilish  to‘g‘risidagi  noqonuniy  qarorni  bekor  qilish  hollarida 
bo‘lishi  mumkin,  taqdim  etish  esa  davlat  oldidagi  maxsus  xizmatlar 
uchun fuqarolik berish holatidir.                            
O‘zbekistonda  fuqarolikni  olish  asoslari  qonunning  12-  moddasida  ifodalangan, 
unda ko‘rsatilishicha: «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:

1. tug‘ilganda;

2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida;

3.  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalarida  nazarda  tutilgan  asoslar 
bo‘yicha;

4. Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha”[6]

Fuqarolikni  olishning  asosiy  usuli  shaxs  tug‘ilishi  bilan  fuqarolikka  ega  bo‘lishidir. 
Boshqa  usullar  ancha  kam  uchraydi.  Buni  tushunish  mumkin:  odamlarning 
aksariyati fuqarolikni tug‘ilganda olib, o‘z hayotlari davomida almashtirmaydilar.

Tug‘ilish asosi bilan fuqarolikka ega bo‘lish xalqaro ommaviy huquqda “filiatsiya” deb 
yuritiladi.  Fuqarolikka  ega  bo‘lishning  eng  keng  tarqalgan  usuli  filiatsiya  yoki 
fuqarolarni  tug‘ilish  asosida  olishdir.  Xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan  norma 
va  prinsiplaridan  kelib  chiqsak,  har  bir  bola  fuqarolikni  olish  huquqiga  egadir.  Bola 
huquqlari to‘g‘risidagi 1959 yilgi Deklaratsiyaning 3-prinsipi mazmuniga, Fuqarolik va 
siyosiy  huquqlar  to‘g‘risidagi  1966  yilgi  Xalqaro  paktning  24-moddasi  3-bandi,  Bola 
huquqlari  to‘g‘risidagi  1989  yilgi  Konvensiyaning  7-  moddasi  1-bandiga  muvofiq, 
bola hech bir holda apatrid, ya’ni fuqaroligi yo‘q shaxs bo‘lib qolmasligi kerak.                            
Filiatsiya  ikki  prinsip  asosida:  “qon  huquqi”(jus  sanguinis)  va 
“tuproq(er)  huquqi”  (jus  soli)  asosida  olinishi  mumkin,  ba’zi  xollarda 
esa davlatlar qonunchiligi aralash tizimni ko‘zda tutadi.

O‘zbekistonda  fuqarolik  “qon  huquqi”    prinsipi  asosida  belgilanadi. 
Bunda  bolaning  fuqaroligi  uning  ota-onasining  fuqaroligi  bilan 
belgilanadi va tug‘ilgan joyiga bog‘liq bo‘lmaydi.

SHuningdek  qonunda  14-modda)  onasi  yoki  otasi  O‘zbekiston 
Respublikasi  fuqarosi  bo‘lgan  bolalarning  fuqaroligi  masalalariga   
ham  to‘xtalib  o‘tilgan,  ya’ni  :«Ota-onasining  fuqaroligi  har  xil  bo‘lib, 
ulardan  biri  bola  tug‘ilgan  paytida  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 
bo‘lgan  quyidagi  hollarda  bola  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarosi 
hisoblanadi:

- agar u - O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan bo‘lsa;

-  agar  u  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  tashqarida  tug‘ilgan 
bo‘lsayu,  ota-onasi  yoki  ularning  biri  shu  vaqtda  O‘zbekiston 
Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lsa.                            
Ota-onasining  fuqaroligi  har  xil  bo‘lib,  ulardan  biri  bola  tug‘ilgan  paytda  O‘zbekiston 
Respublikasining  fuqarosi  bo‘lgan  bo‘lsa,  agar  bu  vaqtda  ota-ona  O‘zbekistondan 
tashqarida  doimiy  istiqomat  joyiga  ega  bo‘lgan  bo‘lsalar,  O‘zbekiston  Respublikasidan 
tashqarida  tug‘ilgan  bolaning  fuqaroligi  ota  -  onaning  yozma  tarzda  ifodalangan 
kelishuvi bilan belgilanadi.

Ota-onasidan  biri  bola  tug‘ilgan  paytda  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo‘lgan, 
boshqasi  esa  -  fuqaroligi  yo‘q  shaxs  bo‘lgan  yohud  noma’lum  bo‘lgan  taqdirda,  bola 
qaerda  tug‘ilgan  bo‘lishidan  qat’iy  nazar  u  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 
hisoblanadi.

Onasining  fuqaroligi  bo‘lmagan  bolaning  otasi  belgilanib,  u  O‘zbekiston  Respublikasi 
fuqarosi  bo‘lsa,  14  yoshga  etmagan  bola  -  qaerda  tug‘ilgan  bo‘lishidan  qat’iy  nazar, 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.”

Qonunning  16-moddasida  ota-onasi  noma’lum  bo‘lgan  bolalarning  fuqaroligi 
masalalariga  to‘xtalib  o‘tilgan.  Unda  ko‘rsatilishicha:  “Ota-onasi  noma’lum  bo‘lgan  va 
O‘zbekiston  hududida  yashayotgan  bola  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi 
hisoblanadi.”

SHuningdek  qonunda  (15-modda)  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  bolalarining 
O‘zbekiston  Respublikasi  fuqaroligini  olishi  masalasiga  ham  to‘xtalib  o‘tilgan.  Unda 
qayd  etilishicha:  «Fuqaroligi  bo‘lmagan,  O‘zbekiston  Respublikasida  doimiy  istiqomat 
joyiga  ega  bo‘lgan  shaxslarning  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  tug‘ilgan  bolasi 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.”

FUQA ROLA RN IN G A SOSIY BURCHLA RI

Reja:  1. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari  2. Inson va fuqaro huquqlari  3. O‘zbekistonda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari tizimi tushunchasi

 O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari.  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida respublika fuqarolarining huquqiy asoslari belgilangan. Unda ko‘rsatilishicha: “O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.  O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asosda ega bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.  Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.  Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi[2]”.  Fuqarolik – bu shaxs bilan davlatning barqaror va doimiy siyosiy-huquqiy munosabati bo‘lib, ularning o‘zaro huquqlari, burchlari va javobgarliklarini ifodalaydi. Bunday aloqalar inson va fuqarolar qadr - qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini tan olish va hurmatlashga asoslanadi. SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, fuqaro bilan davlatning o‘zaro majburiyatga egaligi prinsipi respublika konstitutsiyaviy qonunchiligida birinchi marotaba mustahkamlab qo‘yildi. Bu siyosiy tizim demokratligi va xalqchiligining o‘ta muhim ko‘rsatkichidir.

 Demak, fuqarolik shaxsning muayyan davlat bilan barqaror, doimiy siyosiy - huquqiy aloqasidir. Bu aloqa ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi.  Davlat bilan alohida shaxsning huquqiy aloqasi shaxsning shu davlatga mansubligi bilan, ya’ni shu davlatning hududidagi chet el fuqarosi bo‘lib yoxud fuqaro bo‘lmagan holda yashashi bilan belgilanadi.  O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolari huquq va erkinliklarining himoyachisi hisoblanib, bu huquq va erkinliklarni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi, kafolatlar beradi, agar bunday huquq va erkinliklar buzilsa, aybdorlarni tegishli tartibda javobgarlikka tortadi. [3]  Fuqarolik – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bo‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligidir[4].  Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik, huquqiy davlat tomon rivojlanishida katta yo‘lni bosib o‘tdi.