logo

Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3642.1240234375 KB
Fuqarolik sud ishlarini yuritish 
ishtirokchilari              Reja 

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar  tushunchasi , tarkibi  h amda ularning huquq va 
majburiyatlari

Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar, ularning protsessual 
huquqiy  h olati  

Fuqarolik protsessida taraflar tushunchasi  va turlari

Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar tushunchasi    va ularning turlari              Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi/Toshkent.2023.

O`zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksi.

Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik

Xabibullayev D.Yu. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar) . – Toshkent: TDYuI, 201 8.  – 300 b.

M.M.Mamasiddiqov, Z.N.Esanova, D.Y.Xabibullayev.  Fuqarolik protsessual huquqi.. -Toshkent,   nashriyoti, 
2019. – 252 b.
                             
Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining asosiy guruhini ishda 
ishtirok etuvchi shaxslar tashkil qiladi. Xususan, Fuqarolik protsessual 
kodeksining “Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari” deb 
nomlangan 6-bobida ishda ishtirok etuvchi shaxslar alohida 
(39-modda) bayon etilgan. Bu esa protsess ishtirokchilarining doirasi 
ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasidan birmuncha keng ekanligini 
ko‘rsatadi.               Ishda	 ishtirok	 etuvchi	 shaxslarning	 huquqlari	 	
 	
Ishda	 ishtirok	 etuvchi	 shaxslarning	 	
majburiyatlari	 	
Ishda	 	ishtirok	 	etuvchi	 	shaxslar	 	ish	 	materiallari	 	bilan	 	
tanishish	, ulardan	 ko‘chirmalar	 olish	, nusxalar	 ko‘chirish	, rad	 	
etish	 to‘g‘risida	 arz	 qilish	, 	dalillar	 taqdim	 etish	, 	dalillarni	 	
tekshirishda	 	ishtirok	 	etish	, 	ishda	 	ishtirok	 	etuvchi	 	boshqa	 	
shaxslarga	 	va	 	odil	 	sudlovni	 	amalga	 	oshirishga	 	
ko‘maklashayotgan	 	shaxslarga	 	savollar	 	berish	, 	arz	 	qilish	, 	
iltimosnomalar	 	taqdim	 	etish	, 	sudga	 	og‘zaki	 	va	 	yozma	 	
tushuntirishlar	 	berish	, 	sud	 	muhokamasi	 	davomida	 	yuzaga	 	
keladigan	 	barcha	 	masalalar	 	bo‘yicha	 	o‘zlarining	 	vajlarini	 	
bayon	 qilish	, 	boshqa	 shaxslarning	 arzlari	, 	iltimosnomalari	, 	
vajlariga	 	qarshi	 	e’tirozlar	 	bildirish	, 	sud	 	hujjatlari	 	ustidan	 	
shikoyat	 	qilish	, 	sud	 	hujjatlarining	 	majburi	y 	ijrosini	 	talab	 	
qilish	, 	davlat	 ijrochisi	 tomonidan	 harakatlar	 sodir	 etilishida	 	
hozir	 bo‘lish	 va	 o‘z	 huquqlarini	 amalga	 oshirish	 huquqiga	 	
egadir	. 	
Ishda	 ishtirok	 etuvchi	 shaxslar	 FPKda	 nazarda	 tutilgan	 	
boshqa	 protsessual	 huquqlardan	 ham	 foydalanadi	. 	
Sudga	 	o‘z	 	vaqtida	 	kelish	 	va	 	sud	 	
majlisida	 tartibga	 rioya	 qilish	; 	
har	 	bir	 	taraf	 	o‘zining	 	talablari	 	va	 	
e’tirozlariga	 	asos	 	qilib	 	ko‘rsatgan	 	
holatlarni	 isbotlashi	 shart	; 	
davlat	 bojini	 to‘lash	; 	
dalillarni	 taqdim	 etish	 va	 boshqalar	;  	
ishda	 ishtirok	 etuvchi	 shaxslar	 o‘zlariga	 	
berilgan	 	barcha	 	protsessual	 	huquqlardan	 	
insofli	 	ravishda	 	foydalanishi	 	va	 	o‘z	 	
zimmasiga	 	yuklatilgan	 	majburiyatlarni	 	
bajarishi	 shart	. 	
 	
 	
               Fuqarolik  protsessual  huquqiy  munosabat  subyektlarining  keyingi 
guruhini  odil  sudlovni  amalga  oshirishga  ko‘maklashuvchi 
shaxslar  tashkil  etadi.  Guvohlar,  ekspertlar,  mutaxas-sislar, 
tarjimonlar,  yozma  va  ashyoviy  dalillarni  saqlovchilar,  ijro  ishi 
yuritish  xolislari  va  saqlovchilari  odil  sudlovni  amalga  oshirishga 
ko‘maklashuvchi shaxslardir (FPKning  54-moddasi).              Odil  sudlovni  amalga  oshirishga  ko‘maklashuvchi 
shaxslarning  huquq va majburiyatlari  haqida shuni aytish 
kerakki,  ushbu  shaxslar  ishda  ishtirok  etuvchi 
shaxslardan  farqli  ravishda  FPKda  ko‘rsatilgan  ishda 
ishtirok  etuvchi  shaxslarning  protsessual  huquqlaridan 
foydalana  olmaydilar.  Aynan  ular  ishning  hal  etilishidan 
moddiy  manfaatdor  bo‘lmaganliklari  tufayli  ham, 
masalan,  taraflarning  protsessual  huquqlaridan 
(da’vogarning  o‘z  arzida  bayon  qilingan  talablarning 
asosini  yoki  predmetini  o‘zgartirishi,  da’vo  talablarining 
miqdorini  oshirishi  yoki  kamaytirishi,  ulardan  butunlay 
yoki qisman voz kechishi, javobgarning da’vogar talabini 
to‘liq  yoki  qisman  tan  olishi,  har  ikkala  tarafning 
protsessning  istalgan  bosqichida  kelishuv  bitimi  tuzish 
orqali  ishni  yakunlash  huquqi  shular  jumlasidandir) 
foydalana  olmaydilar.  Odil  sudlovni  amalga  oshirishga 
ko‘maklashuvchi  shaxslar  o‘z  tushuntirishlarini  og‘zaki 
yoki  yozma  ravishda  bayon  qilishga,  yozuvlardan 
foydalanishga haqlidirlar.               Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar o‘z 
zimmalariga yuklatilgan protsessual majburiyatlarni bajarishlari lozim. 
Masalan, guvoh, ekspert yoki mutaxassisning sud majlisiga kelish 
majburiyati shular jumlasidandir. Agar ushbu shaxslar sud majlisiga sud 
uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra kelmasa, sud ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning ishni guvoh, ekspert yoki mutaxassis kelmasa ham ko‘rish 
mumkinligi haqidagi fikrini eshitib, ishni sudda ko‘rishni davom ettirish 
yoki ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.               Agar  chaqirilgan  guvoh  sud  uzrsiz  deb  topgan  sabablarga  ko‘ra  sud 
majlisiga  kelmasa,  u  sudga  hurmatsizlik  qilganligi  uchun  O‘zbekiston 
Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksi  180-
moddasiga  asosan  javobgarlikka  tortilishi  mumkin.  Agar  chaqirilgan 
guvoh ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham sud majlisiga kelmasa, u sudning 
ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.
Ekspert yoki mutaxassisning sud majlisiga kelmaganligi  FPK ning  60 
va 62-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘ladi.
               Da’vo  tartibida  ko‘riladigan  fuqarolik  ishlarida  taraflar  protsess 
ishtirokchilari ichida markaziy va asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan taraflar 
fuqarolik  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 
kelishmovchiliklarning  manbai  hisoblanadi,  ularning  tashabbusi  bilan 
fuqarolik  sud  ishlarini  yuritish  qo‘zg‘atiladi,  aynan  ular  o‘rtasida 
kelishuv  bitimining  tuzilishi  ish  yuritishni  tugatishga  olib  keladi  va 
hokazo.               FPKning 43-moddasi birinchi qismiga binoan da’vogar va javobgar 
fuqarolik protsessining taraflaridir.  Demak, fuqarolik protsessida ikki taraf: 
da’vogar va javobgar  ishtirok etadi. Bu o‘rinda har ikki tomonda necha 
shaxs ishtirok etishi ahamiyat ga ega emas. Masalan, ishga tiklash, majburiy 
bekor yurgan vaqti uchun ish haqi undirish to‘g‘risida bir necha shaxs 
sudga da’vo taqdim etgan taqdirda ham ularning barchasi bir taraf, ya’ni 
da’vogar hisoblanadi. Qonunga muvofiq fuqarolik protsessida taraflar 
fuqaro va tashkilotlar bo‘lishi mumkin.               Da’vogar deganda,  o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan 
huquqlari yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya 
qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko‘zlab ish 
qo‘zg‘atilgan shaxsga aytiladi.
Mazkur  ta’rif  da’vogarning  fuqarolik  protsessidagi 
ishtirokining  ikki  shakli  mavjudligini  ko‘rsatadi: 
birinchidan,   da’vogar  deganda,  o‘zining  buzilgan  yoki 
nizolashilayotgan  huquqlari  yoxud  qonun  bilan 
qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida 
sudga  murojaat  etgan  shaxs  tushunilsa,  ikkinchidan,  
da’vogar  deb  boshqa  shaxslarning  huquqlarini  himoya 
qilish  maqsadida  sudga  murojaat  qiluvchi    shaxslarning 
arizasiga  ko‘ra  ish  qo‘zg‘atilgan  shaxs  tushuniladi. 
Birinchi  holatda  da’vogar  protsessni  boshlab  beradi, 
ikkinchisida  esa,  sud  protsessi  boshlanganligi  haqida 
xabardor qilingan holda sud tomonidan jalb etiladi.               Javobgar  da’vogar talabiga muvofiq sud tomonidan da’vogarning 
buzilgan huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari 
yuzasidan javob berish uchun jalb etilgan shaxsdir.               Taraflarning  protsessual  huquqlari  umumiy   va  maxsus  huquqlarga 
ajratiladi.
FPKning 40-moddasida hamda boshqa moddalarda nazarda tutilgan hamda 
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan 
huquqlar taraflarning  umumiy huquqlar i hisoblanadi. FPKning 44-moddasi 
hamda boshqa moddalarda nazarda tutilgan hamda faqat taraflargina 
foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqlar  maxsus huquqlar  sanaladi.               Taraflarning maxsus huquqlari sifatida da’vogarning da’vo asosini yoki 
predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo 
talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki 
qisman vos kechishga haqli.  Javobgar da’voning talabini to‘liq yoki qisman 
tan olishga, qarshi da’vo taqdim etishga haqli. Undan tashqari, da’vo ishini 
yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida kelishuv bitimi 
tuzish orqali ishni yakunlashga haqlidirlar (FPKning 44-moddasi).               Sud  da’vogarning  da’vodan  voz  kechishini, 
javobgarning  da’voga  iqrorligini  basharti,  bu 
harakatlar  qonunga  xilof  bo‘lsa  yoki  kimning 
bo‘lmasin  huquqini  va  qonun  bilan  qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini  buzsa,  qabul  qilmaydi  va  taraflarning 
kelishuv  bitimini  tasdiqlamaydi.  Shuningdek,  agar 
da’vodan  voz  kechish,  da’voga  iqror  bo‘lish, 
kelishuv  bitimi  taraflarning  erkiga,  qonunga,  davlat 
manfaatlariga  xilof  bo‘lsa,  taraflardan  birining  yoki 
boshqa shaxslarning manfaatlariga zarar keltiradigan 
bo‘lsa,  sud  ish  yuzasidan  to‘plangan  dalillarni 
tekshirishni  davom  ettiradi  va  mazkur  ishning 
holatlariga muvofiq tarzda qaror chiqaradi.              Fuqarolik  protsessida  taraflar  teng  protsessual 
huquqlardan  foydalanadilar.  Taraflar  o‘zlariga 
berilgan  barcha  protsessual  huquqlardan  vijdonan, 
insofli  ravishda  foydalanishga  majburlar.  Jarayonni 
cho‘zish  yoki  buzish  maqsadida  har  qanday 
g‘ayriqonuniy  harakatlar  qilinishiga  sud  yo‘l 
qo‘ymaydi.
Taraflarning  protsessual  huquqlari  ularning 
protsessual  majburiyatlari  bilan  bog‘liq.  Taraflar 
protsessual  majburiyatlarini  sidqidildan  bajarishlari 
lozim. Har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga 
asos  qilib  ko‘rsatgan  holatlarni  isbotlashi  shart 
(FPKning 71-moddasi).              Taraflar ish yuritilayotgan vaqtda familiyasini, ismini, otasining 
ismini o‘zgartirganligi, manzili o‘zgarganligi haqida sudga xabar 
qilishi shart (FPKning 163-moddasi), ular qonunda nazarda tutilgan 
sud xarajatlari va qonunda nazarda tutilgan boshqa bir qator 
majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar              Fuqarolik  protsessual  huquqiy  munosabatlar 
sudda  o‘zining  huquqi  yoki  qonun  bilan 
qo‘riqlanadigan  manfaatini  himoya  qilishni  so‘rab 
murojaat  qilgan  shaxsning,  prokurorning  hamda 
agar  davlat  boshqaruvi  organlari,  tashkilotlar  va 
ayrim  fuqarolar  qonunga  muvofiq  boshqa 
shaxslarning  huquqlari  va  qonun  bilan 
qo‘riqlanadigan  manfaatlarini  himoya  qilish  uchun 
sudga  murojaat  etishga  haqli  bo‘lsalar,  ularning 
bergan  arizalari  bo‘yicha  qo‘zg‘atilgan  ishlar 
natijasida  yuzaga  keladi.  Protsessda  yana  shunday 
shaxslar  ham  borki,  ular  boshqa  shaxslar  tomonidan 
boshlangan  jarayonga  kirib  keladilar  va  fuqarolik 
huquqiy  nizolarning  hal  etilishidan  taraflar  kabi 
manfaatdor  bo‘ladilar.  Da’vogar  va  javobgarga 
nisbatan  ushbu  shaxslar  (hisob  bo‘yicha)  uchinchi 
shaxslar  deb  e’tirof  etiladi  va  shuning  uchun  ham 
ushbu  shaxslar  fuqarolik  protsessida  uchinchi 
shaxslar deb nomlanadi.               FPKning  39-moddasiga  muvofiq,  uchinchi  shaxslar  ishda  ishtirok  etuvchi 
shaxslar  tarkibiga  kiradi.  Uchinchi  shaxslar  fuqarolik  protsessida  taraflarga 
tenglashtiriladi. 
Fuqarolik  protsessida  ishtirok  etuvchi  uchinchi  shaxslar  ishning  hal 
etilishidan  qanday  mazmunda  manfaatdor  ekanliklari  hamda  ish  yuzasidan 
chiqariladigan hal qiluv qarori bilan qanday oqibatlar yuzaga kelishiga qarab, 
quyidagi ikki turga ajratiladi:
nizo  predmetiga  nisbatan  m ustaqil  talab  bilan  arz  qiluvchi  uchinchi 
shaxslar;
nizo  predmetiga  nisbatan  mustaqil  talab  bilan  arz  qilmaydigan 
uchinchi shaxslar.              FPKning  48-moddasiga  asosan  nizoning 
predmetiga  nisbatan  mustaqil  talablar  bilan  arz 
qiluvchi  uchinchi  shaxslar  sud  hal  qiluv  qarorini 
chiqarguniga qadar ishga kirishishlari mumkin. Ular 
da’vogarning  hamma  huquqlaridan  foydalanadilar 
va  uning  hamma  majburiyatlarini  o‘z  zimmalariga 
oladilar.  Xususan,  uchinchi  shaxs-lar  o‘z  arzida 
bayon  qilingan  talablarning  asosini  yoki  predmetini 
o‘zgartirishga,  da’vo  talablarining  miqdorini 
oshirishga  yoki  kamaytirishga,  ulardan  butunlay 
yoki  qisman  voz  kechishga  haqli.  Undan  tashqari, 
protsessning  istalgan  bosqichida  kelishuv  bitimi 
tuzish  orqali  ishni  yakunlashga  haqlidirlar.  Mazkur 
shaxslarning  da’vogarlardan  birgina  farqi  mavjud 
bo‘lib,  u  ham  bo‘lsa,  protsessga  kirishish  vaqtida 
namoyon bo‘ladi.              Elektronni adabiyotlar

http//www,lex.uz

http//www.edu.uz

http//www.ziyo.uz 

http//www.tsul.uz

Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari

Reja  Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi , tarkibi h amda ularning huquq va majburiyatlari  Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar, ularning protsessual huquqiy h olati  Fuqarolik protsessida taraflar tushunchasi va turlari  Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar tushunchasi va ularning turlari

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi/Toshkent.2023.  O`zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksi.  Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik  Xabibullayev D.Yu. Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar) . – Toshkent: TDYuI, 201 8. – 300 b.  M.M.Mamasiddiqov, Z.N.Esanova, D.Y.Xabibullayev. Fuqarolik protsessual huquqi.. -Toshkent, nashriyoti, 2019. – 252 b.

 Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilarining asosiy guruhini ishda ishtirok etuvchi shaxslar tashkil qiladi. Xususan, Fuqarolik protsessual kodeksining “Fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari” deb nomlangan 6-bobida ishda ishtirok etuvchi shaxslar alohida (39-modda) bayon etilgan. Bu esa protsess ishtirokchilarining doirasi ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasidan birmuncha keng ekanligini ko‘rsatadi.