logo

Geografik xaritalar

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

17425.7265625 KB
Geografi k  xarit alar Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   At amalar v a sav ollar   Globus
Globusda materiklar, okeanlar, orol hamda 
yarimorollar shakli ancha aniq, lekin juda 
kichraytirilgan
holda tasvirlanadi.  Sayyoramiz tabiati 
haqida umumiy 
tasavvurni 
shakllantirishda 
Yerning modeli — 
globus hamda 
xaritalarning 
ahamiyati beqiyos.        Globusda Shimoliy qutb doim yuqori tomonda, 
janubiy
qutb esa past tomonda ko‘rsatiladi. Yerning 
aylanish o‘qi esa aslida qanday bo‘lsa, shunday 
holatda, ya’ni bir tomonga og‘gan holatda 
tasvirlanadi.    Lekin materiklar, okeanlar, 
dengiz va ko‘llar, tog‘ va 
tekisliklar juda kichik 
o‘lchamda tasvirlangani 
uchun ularning aniq 
shakllari haqida 
mukammalroq tasavvur 
hosil qilib bo‘lmaydi.     Geografi k  xarit a da Yer yuzasi tekis yuzada juda 
kichraytirilgan holda  shartli belgilar bilan 
tasvirlanadi.    Xaritalarda butun Yer yuzini ham, uning ayrim 
qismlarini ham tasvirlash mumkin.     Yerning qabariq yuzasi tekis yuzada (qog‘ozda) 
tasvirlanganda ayrim xatoliklar bo‘ladi.    Bunda asosiy xatoliklar ikki xil bo‘ladi: maydon 
xatoligi va yo‘nalish xatoligi. 
Yo‘nalish xatoligi Maydon xatoligi     Masalan, Dunyo xaritasida shimoliy va janubiy 
qutblarga yaqin orollar, dengizlar aslidan 
kattaroq tasvirlanadi.   Xaritadan Avstraliya materigi va Grenlandiya orolini 
toping. Ularning  maydonlarini solishtiring. Xatoliklar 
farqini aniqlang va buning sababini do‘stlaringiz bilan 
muhokama qiling. Xaritalarda Yer yuzasidagi hamma 
narsani ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun xaritalar 
nimalarni aks ettirishiga qarab har xil bo‘ladi.    Geografik xaritalarni shartli ravishda 3 turga 
bo‘lish mumkin: tabiiy geografik, siyosiy-
ma’muriy va
ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar. 
1 2
3        Tabiiy  geografi k  xarit alar : relyef xaritasi, 
foydali
qazilmalar xaritasi, tuproqlar xaritasi, o‘simliklar 
xaritasi, hayvonot dunyosi xaritasi va boshqalar.   Masalan,  rely ef xarit alari da quruqlik 
yuzasidagi va dengiz ostidagi notekisliklar — 
tog‘lar, qirlar, tekisliklar tasvirlanadi.   O‘simlik lar xarit alari da turli hududlardagi 
o‘simliklar, ularning qanday tarqalgani 
ko‘rsatiladi.   Foy dali qazilmalar xarit alari da ko‘mir, neft, 
gaz, temir rudasi va Yerning boshqa mineral 
boyliklari qayerlarda joylashgani shartli belgilar 
bilan aks ettiriladi.   Iqlim x arit alari da Yer yuzining qayerida 
qancha yog‘in yog‘ishi, havo harorati qanday 
bo‘lishi, shamollar yo‘nalishi ko‘rsatiladi.   Tabiat  zonalari xarit alari da Yer yuzida tabiat 
zonalarining qanday
joylashganligi, bu zonalarda qanday turdagi o‘simliklar 
o‘sishi, qanday tuproqlar tarqalgani ko‘rsatiladi.   Siy osiy -ma’muriy  xarit alar da dunyodagi davlatlar, 
ularning ma’muriy qismlari (viloyatlari, tumanlari, 
shaharlari), asosiy transport yo‘llari va boshqalar 
tasvirlanadi.   Ijt imoiy -iqt isodiy  xarit alar da sanoat 
korxonalari va qishloq xo‘jaligi ekinlari, 
transport yo‘llari shartli belgilar bilan 
tasvirlanadi.   Yuqoridagi barcha xaritalarda ma’lum mavzuga 
oid geografik narsa (predmet) va hodisalar 
tasvirlangan bo‘ladi. Shuning uchun bunday 
xaritalar  mav zuli
xarit alar  deb ataladi.    Geografik xaritalar Dunyo xaritasi, materik va 
okeanlar
xaritasi hamda alohida o‘lkalar, davlatlar 
xaritalariga bo‘linadi.   Mavzuli xaritalardan tashqari  umumgeografi k  
xarit alar  ham mavjud.  Mavzuli xaritalardan tashqari  umumgeografi k  
xarit alar  ham mavjud. Ularda hududning umumiy 
ko‘rinishi, ya’ni relyef, daryolar, ko‘llar, dengizlar, 
shaharlar, okeanlardagi yirik oqimlar va boshqalar 
ko‘rsatiladi. Bunday xaritalar  t abiiy  xarit alar  deb 
ataladi.    Tabiiy xaritalar ham har xil bo‘ladi: Dunyo (Yarimsharlar) 
ning tabiiy xaritasi, alohida materiklarning tabiiy 
xaritalari, ayrim  davlat va o‘lkalarning tabiiy xaritalari (7-
rasm).  Hozirgi kunda zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanib  raqamli 
xarit alar  yaratilmoqda.    X arit alarning shart li belgilari . 
Xaritalarda turli 
predmet va 
hodisalarni 
tasvirlash 
uchun 
xaritaning 
o‘ziga xos tili 
hisoblangan 
shart li 
belgilardan 
foydalaniladi.      Yer yuzasining relyefi xaritalarda har xil ranglar bilan 
tasvirlanadi. Bunda 0 metrdan (dengiz sathidan) 200 
metrgacha bo‘lgan pasttekisliklar yashil rangga, 200 
dan 500 metrgacha baland bo‘lgan qirlar sariq rangga, 
undan baland yerlar jigarrangga bo‘yaladi.   Har bir rang qanday balandlikni bildirishi 
xaritaning shartli belgisida beriladi. Bunday 
belgilar  balandlik lar shk alasi  deb ataladi.    Chuqurlik lar shk alasi  ham shunday tuzilgan.      Ba’zi bir tog‘ cho‘qqilarining balandligi, ayrim 
okean botiqlarining chuqurligi xarita va 
globuslarda metr (raqam) bilan ko‘rsatib 
qo‘yiladi (atlasdagi xaritadan toping).    Foydali qazilmalar (neft, gaz, ko‘mir, temir, oltin, 
mis, olmos va boshqalar) xaritada maxsus 
belgilar bilan ko‘rsatiladi.   Xaritalarda turli obyekt va hodisalarning 
harakati, siljishi harakat yo‘nalishi belgisi — 
st relk a  bilan tasvirlanadi.    Masalan, dengiz 
oqimlari, shamol 
yo‘nalishi strelkalar 
yordamida ko‘rsatiladi.       ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. 
AVEZOV, M. T. HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Respublika 
ta’lim markazi.

Geografi k xarit alar Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

At amalar v a sav ollar

Globus Globusda materiklar, okeanlar, orol hamda yarimorollar shakli ancha aniq, lekin juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Sayyoramiz tabiati haqida umumiy tasavvurni shakllantirishda Yerning modeli — globus hamda xaritalarning ahamiyati beqiyos.

Globusda Shimoliy qutb doim yuqori tomonda, janubiy qutb esa past tomonda ko‘rsatiladi. Yerning aylanish o‘qi esa aslida qanday bo‘lsa, shunday holatda, ya’ni bir tomonga og‘gan holatda tasvirlanadi.

Lekin materiklar, okeanlar, dengiz va ko‘llar, tog‘ va tekisliklar juda kichik o‘lchamda tasvirlangani uchun ularning aniq shakllari haqida mukammalroq tasavvur hosil qilib bo‘lmaydi.