logo

Geografik koordinatalar

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6990.8310546875 KB
2.2 . GЕОGRА FIK  
KООRDIN А TА LА R Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Geografi k  k oordinat alar      Yer yuzidagi biror joyni, uning o‘rnini xarita yoki 
globusdan qanday topish mumkin?     Siz shaxmat yoki shashka taxtasini bilasiz. 
Undagi har bir katakning  o‘rni harf va raqamlar 
bilan belgilab qo‘yilgan. Bu harf va raqamlar 
yordamida  kerakli katakni osongina topib olasiz.     Agar sizlar geografik xarita va globusga
e’tibor berib qarasangiz, ularning katakchalar 
bilan qoplanganini ko‘rasiz.    Ular meridian va parallel chiziqlarining 
kesishishidan hosil bo‘lgan. Xarita va 
globuslarni qoplagan katakchalar  daraja 
(gradus) t o‘ri  deyiladi (9-rasm).    Daraja to‘ri yordamida Yer yuzidagi har bir shahar, 
tog‘ cho‘qqisi, daryo boshlanadigan va quyiladigan 
joylarni, okean va dengizlardagi orollar o‘rnini, 
umuman, barcha geografik obyektlarning o‘rnini 
aniqlash mumkin.   Globus va xaritalardagi parallel chiziqlar 
geografik kenglikni bildiradi.    Geografi k  k englik   deb ekvatordan berilgan 
nuqtagacha bo‘lgan meridian yoyining daraja 
(gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi.    Ekvator chizig‘i 0° kenglik deb qabul qilingan. 
Qutblar kengligi esa 90° deb olingan.    Globus yoki xaritadagi istalgan nuqtaning 
geografik kengligini aniqlash uchun uning qaysi 
parallelda
joylashganini bilish zarur. Masalan, Toshkent 40° 
va 50° parallellar oralig‘ida, aniqrog‘i 41° 
parallelda, Qohira shahri 30°, Kiyev esa 50° 
parallelda joylashgan.
2 13 1. Toshkent
2. Qohira
3. Kiyev4050     Bu parallellarning 
hammasi 
ekvatordan 
shimolda 
joylashgani sababli 
ularning kengligi 
shimoliy  k englik  
deyiladi. 
Ekvatordan 
janubda 
joylashgan 
nuqtalar 
(joylar)ning 
kengligi esa 
janubiy  k englik  
deb belgilanadi 
(26-rasm).    Lekin har bir parallelda bitta nuqta emas, juda ko‘p 
nuqtalar bor. Shuning uchun globus va xaritalardagi 
kerakli nuqtaning o‘rnini aniqlashda geografik kenglikni 
bilishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun geografik 
uzunlikni aniqlash ham zarur.    Geografi k  uzunlik   Geografi k  uzunlik   deb Bosh meridiandan 
berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining 
daraja (gradus) hisobidagi uzunligiga aytiladi 
(27-rasm).    London shahri yaqinidagi Grinvich 
rasadxonasidan o‘tgan meridian Bosh meridian 
deb qabul qilingan.    Grinv ich rasadxonasi
Grinv ich rasadxonasi v a bosh 
meridianga o ‘rnat ilgan 
belgi.      Geografik uzunlik shu meridiandan parallellar 
bo‘ylab sharq va g‘arb tomonlarga daraja 
(gradus) birligida hisoblab boriladi. Geografik 
uzunlik 0° dan 180° gacha hisoblanadi.   0° li meridian 
(Bosh meridian) 
dan g‘arb 
tomondagi 
nuqtalar  g‘arbiy  
uzunlik , 
sharq 
tomondagilari 
sharqiy  uzunlik  
deyiladi (10- va 
11-rasmlar).    Geografik kengliklar globusda parallellarga 
Bosh meridian yoniga yozib qo‘yilgan darajalar 
yordamida aniqlanadi.     Geografik uzunliklar esa ekvator chizig‘i ustiga 
yozib qo‘yilgan darajalar yordamida bilib olinadi.    Geografik xaritalarda geografik kenglik darajalari 
xaritalarning chap va o‘ng chekkasidagi ramkasi 
(chiziqlar) yoniga, geografik uzunliklar darajalari 
xaritalarning yuqori va pastki chekkasidagi meridian 
chiziqlar yoniga yozib qo‘yiladi.   Yer yuzasidagi har bir nuqtaning kenglik va 
uzunligi uning  geografi k   k oordinat asi  deb 
ataladi.    Masalan, Toshkentning geografik koordinatasi 
41°
shimoliy kenglik va 69° sharqiy uzunlikni tashkil 
etadi.
4169        Hozirgi kunda geografik koordinatalar Yerning 
sun’iy yo‘ldoshlari yordamida ishlovchi 
zamonaviy asboblar, jumladan, GPS navigatorlar 
yordamida ham
aniqlanmoqda (12-rasm).     ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. 
AVEZOV, M. T. HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Respublika 
ta’lim markazi.

2.2 . GЕОGRА FIK KООRDIN А TА LА R Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм Geografi k k oordinat alar

Yer yuzidagi biror joyni, uning o‘rnini xarita yoki globusdan qanday topish mumkin?

Siz shaxmat yoki shashka taxtasini bilasiz. Undagi har bir katakning o‘rni harf va raqamlar bilan belgilab qo‘yilgan. Bu harf va raqamlar yordamida kerakli katakni osongina topib olasiz.

Agar sizlar geografik xarita va globusga e’tibor berib qarasangiz, ularning katakchalar bilan qoplanganini ko‘rasiz.