logo

Geografik xarita

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3593.5 KB
Geografik  xarita  •
Geografik xaritada Yer yuzasi 
tekis yuzada kichraytirilgan 
holda tasvirlanadi (Atlas 
xaritalarini, devorga osiladigan 
xaritalarni ko‘ring). Xaritalar har 
xil bo‘ladi.  •
Masalan, relyef xaritalarida quruqlik yuzidagi 
va dengiz ostidagi tog‘lar, qirlar, tekisliklar 
tasvirlanadi.  •
O‘simliklar xaritalarida turli hududlardagi 
o‘simliklar, ularning qanday tarqalganligi 
ko‘rsatiladi.  •
Foydali qazilmalar xaritalarida ko‘mir, neft, gaz, 
temir rudasi va Yerning boshqa mineral boyliklari 
qayerlarda joylashganligi shartli belgilar bilan aks 
ettiriladi.  •
Iqlim xaritalarida Yer yuzining qaysi nuqtasida 
qancha yog‘in yog‘ishi, havo haroratining qanday 
bo‘lishi, shamollar yo‘nalishi tasvirlanadi. •
Bu sanab o‘tilgan barcha xaritalarda 
ma'lum mavzuga oid geografik 
predmet va hodisalar tasvirlangan 
bo‘ladi. Shuning uchun bunday 
xaritalar mavzuli xaritalar deb 
ataladi. 
    Geografik xaritalar Dunyo xaritasi, 
materik va okeanlar xaritasi hamda 
alohida o‘lkalar, davlatlar 
xaritalariga bo‘linadi.   •
Mavzuli xaritalardan tashqari umumiy 
geografik xaritalar ham bo‘ladi. Ularda 
hududning umumiy ko‘rinishi, ya'ni relyef, 
daryolar, ko‘llar, dengizlar, shaharlar, 
okeanlardagi yirik oqimlar va boshqalar 
ko‘rsatiladi. Bunday xaritalar tabiiy xaritalar 
deb ataladi. Tabiiy xaritalar ham har xil 
bo‘ladi: Dunyo (Yarimsharlar) tabiiy xaritalari, 
alohida materiklarning tabiiy xaritalari, ayrim 
davlat va o‘lkalarning tabiiy xaritalari.  •
Shunday qilib, geografik xaritalar Yer yuzining 
umumiy yoki ayrim jihatlarini tasvirlovchi 
xaritalar bo‘lishi mumkin. Mazmuniga ko‘ra 
esa umumiy geografik va mavzuli xaritalar 
bo‘ladi. Tasvirlangan hududining kattaligiga 
ko‘ra Dunyo xaritasi, alohida materiklar, 
alohida davlat yoki o‘lkalar xaritalari bo‘ladi. •
Xaritalarning shartli belgilari. Xaritalarda turli predmet 
va hodisalarni tasvirlash uchun xaritaning o‘ziga xos tili 
hisoblangan shartli belgilardan foydalaniladi.  
•
Yer yuzining relyefi masalan, ustma-ust rang berish 
bilan tasvirlanadi. Bunda, 0 m dan 200 m gacha baland 
bo‘lgan pasttekisliklar yashil rangga, 200 dan 500 m 
gacha baland bo‘lgan qirlar och jigarrangga bo‘yaladi. 
Har bir rang qanday balandlikni bildirishi xaritaning 
pastki qismidagi jadvalda beriladi. Bunday jadval 
balandliklar shkalasi deb ataladi.       Balandliklar shkalasidan foydalanib, 
hududning har bir nuqtasining 
balandligini aniqlasa bo‘ladi. 
Chuqurliklar shkalasi ham shunday 
tuzilgan. 
     Ba'zi bir tog‘ cho‘qqilarining 
balandligi, ayrim okean 
botiqlarining chuqurligi xarita va 
globuslarda metr (raqam) bilan 
ko‘rsatib qo‘yiladi.   
•
Yer bag‘ridagi foydali 
qazilmalar (neft, gaz, 
ko‘mir, temir, oltin, mis, 
olmos va boshqalar 
xaritada maxsus belgilar 
bilan ko‘rsatiladi. Bular 
xalqaro miqyosda qabul 
qilingan belgilardir. Agar 
yodingizdan chiqib qolsa, 
xaritadagi «Shartli 
belgilar»dan ko‘rib oling.  •
Geografik xaritalardagi izochiziqlar (yunoncha isos - 
teng) deb ataluvchi chiziqlar biror bir xil bo‘lgan 
nuqtalarni tutashtiradi. Masalan, havo bosimi bir xil 
bo‘lgan nuqtalarni tutashtiradigan chiziqlar izobara , 
havo harorati o‘xshash nuqtalarni tutashtirgani 
izoterma deb ataladi. 
     Xaritalarda turli ob'yekt va hodisalarning harakati, 
siljishi harakat belgilari strelka bilan tasvirlanadi. 
Masalan, dengiz oqimlari, shamol yo‘nalishi strelkalar 
yordamida ko‘rsatiladi.  
    Aholining irqiy va diniy tarkiblari, issiqlik mintaqalari, 
tabiat zonalari turli ranglar bilan aks ettirilgan bo‘ladi.   •
Geografik ob'yektlar va hodisalar sodda 
hamda yaxshi ko‘rinadigan qilib tasvirlangan, 
daraja to‘ri berilmagan xaritalar ham bo‘ladi. 
Ular oddiy (sxematik) xaritalar deyiladi. 
Bunday xaritalarda sayyohlarning bosib o‘tgan 
yo‘llari, davlatlarning savdo aloqalari va 
boshqalar tasvirlanadi.    Topshiriqlar to`plami
•
1. Mavuzni o`qish
•
2. tayanch so`z va atanlarga 
ta’rif berish
•
3. Kitobdan 4-topshirqilarni 
bajarib kelsih
•
4. 24-rasmni chizib kelish

Geografik xarita

• Geografik xaritada Yer yuzasi tekis yuzada kichraytirilgan holda tasvirlanadi (Atlas xaritalarini, devorga osiladigan xaritalarni ko‘ring). Xaritalar har xil bo‘ladi.

• Masalan, relyef xaritalarida quruqlik yuzidagi va dengiz ostidagi tog‘lar, qirlar, tekisliklar tasvirlanadi.

• O‘simliklar xaritalarida turli hududlardagi o‘simliklar, ularning qanday tarqalganligi ko‘rsatiladi.