logo

O‘ZBEKISTONNING GEOGRAFIK O‘RNI

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4951.5556640625 KB
O‘ZBEKISTON N IN G 
GEOGRAFIK O‘RN I Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм   Muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, 
mahalla va, hatto, hovlining o‘ziga xosliklaridan biri 
ularning Yer yuzidagi betakror o‘rnidir. Bular geografik 
o‘rin deb ataladi. Geografik o‘rin mohiyatan  t abiiy  
ge ografi k  o‘rin, iqt isodiy  ge ografi k  o‘rin va siy osiy  
ge ografi k  o‘rin  tarzida guruhlanadi.    Tabiiy  ge ografi k  o‘rin , asosan, okean, dengiz, 
daryo, tog‘, cho‘l, o‘rmon, adir singari yirik tabiiy 
obyektlarga nisbatan joylashgan o‘rniga ko‘ra 
belgilansa,    iqt isodiy  ge ografi k  o‘rin  jahonning erkin iqtisodiy
mintaqalari, jahon savdo yo‘llari, yirik savdo- sanoat 
markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish 
imkoniyatlari bilan belgilanadi.    Siy osiy  ge ografi k  o‘rin  esa muayyan davrda alohida 
davlatning harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki ro‘y 
berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga
nisbatan qanchalik aloqa dorligiga ko‘ra baholanadi.   Geografik obyektlar o‘zaro aloqador bo‘ladi. Ana shu 
aloqadorlik ko‘lamiga muvofiq geografik o‘rin mikro, 
mezo, makro miqyosda namoyon bo‘ladi. Endi Vata-
nimiz O‘zbekistonning geografik o‘rnidagi o‘ziga xos 
jihatlar, uni belgilovchi omillarni ko‘rib chiqaylik.   Tabiiy  ge ografi k  o‘rni.  O‘lkamiz ob-havosi yilning talay 
qismida ochiq va quruq bo‘ladi. E’tibor qilinsa, 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
«Serqu yosh hur o‘lkam...» deya boshlanadi.   Tabiiy geografik o‘rin sharofati ila serquyosh va issiq 
kunlarning uzoq davom etishi mamlakatimiz qishloq
xo‘jaligi, transport va maishiy hayotda mehnat va 
moliyaviy sarf-xarajatlarning tejalishiga imkon beradi.    Bulutsiz osmonimiz astronomik tadqiqotlarda ham
qo‘l keladi. Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, 
Mirzo Ulug‘bekdek koinot bilimdonlari bizning yurtdan 
chiqqani bejiz emas.   I qt isodiy ge ografi k  o‘rni.  Har qanday davlat-
ning rivojlanishini tashqi iqtisodiy aloqalarsiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi.    Tashqi iqtisodiy aloqalar miqyosi esa xalqaro mehnat 
taqsimoti, qolaversa, iqtisodiy geografik o‘rin 
imkoniyatlariga bog‘liq. Insoniyat taraqqiyotining 
muayyan bosqichlarida yirik xalqaro savdo yo‘llari 
muhim omil bo‘lgan.   Iqtisodiy geografik o‘rin imkoniyatlari davr o‘tishi bilan 
o‘zgarishi mumkin. Bunga siyosiy voqealar, yirik tabiiy boylik 
zaxiralarining topilishi va ishlab chiqarilishi, transport 
vositalarining takomillashuvi kabilar sabab bo‘ladi. Buni 
yurtimiz iqtisodiy geografik o‘rnida ro‘y bergan o‘zgarishlar 
misolida ko‘rib chiqamiz.   Ma’lumki, miloddan avvalgi II asrdan to milodiy XVI 
asrgacha Sharqni (Hindiston, Xitoy) G‘arb (Yevropa 
mamlakatlari) bilan bog‘lab turgan asosiy savdo yo‘li – 
«Buyuk Ipak yo‘li» O‘rta Osiyo orqali o‘tgan.    Natijada O‘rta Osiyo bozorlarida mol ayirboshlash avj 
olib, u hunarmandchilik va dehqonchilikning 
taraqqiyoti, shaharlar, fan, madaniyat ravnaqiga jiddiy 
turtki bo‘lgan.   Keyinchalik Sharq bilan G‘arb o‘rtasidagi savdo yo‘llari 
quruqlikdan dengiz okeanlarga ko‘chgach, O‘rta Osiyo 
iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulaylik barham topgan.  XIX asr oxirlarida O‘rta Osiyoda temir yo‘l qurildi. 
Natijada Samarqand, Toshkent ka bi yirik shaharlar 
temiryo‘l orqali Rossiya ning markaziy rayonlari
bilan bog‘lanib, O‘zbekiston hududining iqti sodiy 
geografik o‘rni yana qulaylik kasb eta boshladi.    Ammo sho‘ro davrida iqtisodiy geografik o‘rin 
qulayliklaridan asosan sobiq Ittifoq manfaatdor 
edi.   Must aqillik  t uf ayli  O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan erkin 
aloqa o‘rnatish huquqini qo‘lga kiritdi. Tarixan qisqa vaqtda 
uni azaliy janubiy qo‘shnilari Afg‘oniston, Pokiston, Eron 
hamda g‘arbdan Turkiya, sharqdan Xitoy va boshqa davlatlar 
bilan bog‘lovchi quruqlik va havo yo‘llari ochilib, O‘zbekiston 
iqtisodiy geografik o‘rnini yaxshilab oldi.  X orij bilan har 
t omonlama aloqalar k uchaydi.   Ba’zan qo‘shni davlatlar hududidagi ayrim imko-niyatlar 
ham mamlakat iqtisodiy geografik o‘rniga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Turkmaniston bilan Eronni 
bog‘lovchi temiryo‘l qurilgach, undan O‘zbekiston tashqi 
aloqalarda foydalana boshladi.    Demak, har qanday hududning iqtisodiy geografik 
o‘rnini baholashda uning yirik transport tugunlariga, 
shu jumladan, dengiz yo‘llariga nisbatan qanday
joylashganligi e’tiborga olinar ekan. Shu jihatdan 
O‘zbekistonning iqtisodiy geografik o‘rni tobora 
qulaylashib bor moqda.   Iqtisodiy va ijtimoiy hayotda davlatning  siyosiy 
ge ografi k  o‘rni  ham muhum omil sanaladi.    O‘zbekiston suverenitetini jahon hamjamiyati e’tirof 
etib, u bilan 130 dan ortiq davlat diplomatik aloqalar 
o‘rnatgan, elchixonalar ochgan. O‘z navbatida ko‘plab 
davlatlarda O‘zbekiston elchixonalari faoliyat 
ko‘rsatmoqda.   O‘zbekistonninturli xalqaro tashkilotlarga, 
xususan, Yevr о pada  х avfsizlik va hamk о rlik 
tashkil о ti, Shan х ay hamk о rlik tashkil о tiga 
a’z о ligi, 
Yevr о pada  х avfsizlik va 
hamk о rlik tashkil о ti Shan х ay hamk о rlik tashkil о ti     O‘zbekiston bilan chegaradosh, tarixida umumiylik 
rishtalari ustuvor bo‘lgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va 
Tojikistonning ham aynan ushbu xalqaro tashkilotlarga 
a’zo ekanliklari mamlakatimizning siyosiy geografi k 
o‘rnini belgilaydigan ijobiy omillardir.      
•
  1.  Sizningcha, mamlakatimiz viloyatlaridan qaysi 
            birining iqtisodiy geografik o‘rni eng qulay? 
         Javobingizni asoslang.
•
2.  Maktabingiz joylashgan tumanning iqtisodiy geografi k 
          o‘rnini quyidagi reja asosida ta’rifl ab yozing:
•
a) tuman chegarasining xususiyatlari;
•
b) qo‘shni tumandagi qanday omillar tumaningiz xo‘jaligi   
          yuksalishiga hissa qo‘shayotganligi;
•
d) tumaningiz transportning qaysi turi vositasida boshqa 
          tumanlar bilan aloqada  bo‘layotganligi.
•
3.  Mamlakatimiz okeanlardan qancha olisdaligini 8-sinf 
         o‘quv atlasidan aniqlang. ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
P. Musayev, J. Musayev – Geogragfiya (O‘zbekiston 
ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi) – umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 8-sinfi uchun darslik – “Sharq” 
nashriyoti – Toshkent – 2019 /  www.eduportal.uz

O‘ZBEKISTON N IN G GEOGRAFIK O‘RN I Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va, hatto, hovlining o‘ziga xosliklaridan biri ularning Yer yuzidagi betakror o‘rnidir. Bular geografik o‘rin deb ataladi. Geografik o‘rin mohiyatan t abiiy ge ografi k o‘rin, iqt isodiy ge ografi k o‘rin va siy osiy ge ografi k o‘rin tarzida guruhlanadi.

Tabiiy ge ografi k o‘rin , asosan, okean, dengiz, daryo, tog‘, cho‘l, o‘rmon, adir singari yirik tabiiy obyektlarga nisbatan joylashgan o‘rniga ko‘ra belgilansa,

iqt isodiy ge ografi k o‘rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo yo‘llari, yirik savdo- sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi.

Siy osiy ge ografi k o‘rin esa muayyan davrda alohida davlatning harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqa dorligiga ko‘ra baholanadi.