logo

Geografik o‘rni va o‘rganilishi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

16398.688476562 KB
Geografi k  o‘rni v a o‘rganilishi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм        A sosiy  xususiy at lari. 
Afrika — kattaligiga ko‘ra 
Yevrosiyodan keyingi ikkinchi 
materik. Uning maydoni 29,2 mln 
km2, orollari bilan birga 30,3 mln 
km2. Eng katta oroli — Madagaskar.       “ Afrika” so‘zi materikning shimolida yashagan 
berberlarning  afrigilar qabilasi nomidan olingan. 
Keyinchalik bu nom butun materikka berilgan.    Har bir materik o‘z xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, 
Yevrosiyo — eng katta va tabiatiga ko‘ra eng xilma-xil, Janubiy 
Amerika — eng sernam, Avstraliya — eng kichik va eng quruq, 
Antarktida — eng sovuq materik.    Afrika — dunyodagi eng issiq materik. Sharqiy yarimsharning eng 
uzun daryosi, dunyodagi eng katta tropik cho‘l va savanna, 
quruqlikda eng ko‘p sut emizuvchi hayvonlar yashaydigan, 
qirg‘oqlari eng kam parchalangan,          quruqlikdagi eng katta Buyuk Afrika yer yorig‘i bor, har 
ikkala kengliklar bo‘yicha iqlim mintaqalari va tabiat 
zonalari takrorlanib joylashgan,      chuchuk suvli eng uzun (750 km) va chuqur  Tanganika (1 
470 m) ko‘li bor, olmos qazib  chiqarishda dunyoda birinchi 
o‘rinda turuvchi materikdir.     Geografik o‘rni, chekka nuqtalari.
Afrika boshqa materiklar 
orasida alohida  o‘rin 
tutadi. U hamma 
yarimsharlarda 
joylashgan yagona 
materik. Ekvator Afrikani 
deyarli qoq o‘rtasidan 
ikkiga bo‘lib turadi. Uning 
shimoldagi va janubdagi 
chekka nuqtalari 
ekvatordan deyarli bir xil 
uzoqlikda joylashgan.         Bosh meridian 
Afrikaning g‘arbiy 
qismidan o‘tadi. 
Materikning shimoliy 
yarmi g‘arbdan 
sharqqa bir necha 
ming kilometrga 
cho‘zilgan. Janubga 
tomon materik 
torayadi. Binobarin, 
materikning katta 
qismi ekvatordan 
shimolda joylashgan.   Afrikani Yevropadan sayoz va torgina Gibraltar bo‘g‘izi bilan O‘rta 
dengiz ajratib turadi. Shimoli-sharqda tor Suvaysh bo‘yni materikni 
Yevrosiyo bilan tutashtiradi.
Gibraltar
Suvaysh
1
2       Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik 
bo‘g‘izi bilan ajralgan  Madagaskar oroli joylashgan. 
G‘arbida yirik Gvineya qo‘ltig‘i bor.
Mozambik
Madagaskar Somali
Gvineya4
2 1
3        Afrika materigi shimoldan janubga 8 000 km, g‘arbdan sharqqa 
7500 km
ga cho‘zilgan.  Materikning chekka nuqtalari: shimoliy — Ben Sekka 
burni; janubiy — Igna  burni; g‘arbiy — Almadi burni; sharqiy — Ras 
Xafun burni.
1 4
3 2       Mat erik ning o‘rganilishi . 
Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Unda 3–4 mln yil avval 
odamlar yashagani arxeolog olimlar tomonidan aniqlangan. 6000 
yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor yerlarida ilk sivilizatsiya 
yuzaga kelgan (42-rasm).       Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo‘jaligini o‘rganishda 
mashhur marokashlik sayyoh Ibn Battutaning alohida o‘rni bor. U 
Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini, Sahroi 
Kabirning g‘arbiy qismini, Niger daryosining yuqori oqimidan o‘rta 
oqimigacha o‘rgangan.     XV asr yevropaliklarning Afrikani o‘rganishida muhim 
bosqich bo‘lsa-da, unga qora kunlarni — qullar savdosini 
keltirdi.
1500 – 1900-yillar oralig‘ida 
taxminan 15 million kishi qul 
sifatida olib ketildi.   1487- yilda Bartolomeu Dias Afrikaning janubidagi Yaxshi 
Umid burniga qadar Atlantika okeani sohillarini o‘rgandi.      Aynan portugallar Hindistonga boradigan yo‘lni yaqin 
orada ochilishini umid qilib Yaxshi Umid burni deb 
atadilar.     1498- yilda dengizchi sayyoh Vasko da Gama Hindistonga 
dengiz yo‘lini ochdi.      U Afrikaning janubiy qismini aylanib o‘tdi, materikning 
sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, yevropaliklardan birinchi 
bo‘lib Hindiston qirg‘oqlarigacha yetib bordi.     XIX asr o‘rtalarida taniqli ingliz tadqiqotchisi David 
Livingiston materik ichkarisiga bir necha sayohatlar 
uyushtirdi.     Bu sayyoh Janubiy Afrikani g‘arbdan sharqqa kesib o‘tdi. Zambezi 
daryosini tekshirdi, bu daryoda katta va go‘zal sharsharani topib, 
qirolicha Viktoriya nomi bilan atadi. Kongo daryosining  yuqori 
oqimini, Nyasa ko‘lini, Kalaxari cho‘lini o‘rgandi.      G. M. Stenli Zanzibar orolini, Viktoriya ko‘lini va Nil daryosining 
boshlanish
irmog‘i Kagera ekanligini aniqladi, Lualaba va Kongo daryolarini 
quyi oqimiga qadar o‘rgandi.    Livingston (to‘q ko‘k kiyimda) va Stenli (chapda) olib borgan 
ishlari (tuzgan xaritalari) geografiya fanini qiziqarli va 
qimmatli ma’lumotlar bilan boyitdi.       D. Livingstonni  « sher og‘zidan qutulib sayyoh »  ham deyishadi. 
Chunki hayvonlar podshosi qimirlamay qolgan sayyohni hidlab 
ko‘rgach, o‘lgan deb o‘ylab, chetlangan.  Afrika tabiati va xalqlari hayotini o‘rganishda V. V. Yunker, 
E. P. Kovalevskiy, A. V. Yeliseyev va N. I. Vavilovlarning 
xizmatlari katta. 
V. V. Yunk er E. P. Kov alev sk iy A. V. Yelisey ev   N . I . Vav ilov           Vasiliy Yunker XIX asr oxirida Markaziy va Sharqiy Afrikaga 
sayohat qildi, turli tadqiqotlar o‘tkazdi va qiziqarli 
ma’lumotlar to‘pladi.      1926–1927- yillarda materikning shimoli-sharqiy 
qismlariga madaniy o‘simliklarni o‘rganish uchun 
ekspeditsiya tashkil etildi. Unga Nikolay Vavilov rahbarlik 
qildi.      U 6000 dan ortiq madaniy o‘simlik namunasini to‘pladi. N. 
Vavilov Efiopiya qimmatli qattiq bug‘doy navining vatani 
ekanligini aniqladi.           ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T. HOJIYEVA ,  umumiy 
o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz
•
6-sinf Geografiya darsligi elektron varianti, 
     2017-yil/  www.eduportal.uz   (qora rang)
•
A. Soatov, A. AbulQosimov –  « Geografiya » , 
     6-sinf uchun darslik, Toshkent – 2005   (ko‘k rang)
•
K. Gadoyev, S. Berdiyeva –  « Sayyoramiz mo‘jizalari » , Toshkent – 2012   (yashil rang)
•
T. Salimov, S. Mahkamov –  « Jahon tarixi » , 7-sinf uchun darslik, Toshkent – 2002    (to‘q 
ko‘k rang)

Geografi k o‘rni v a o‘rganilishi Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

A sosiy xususiy at lari. Afrika — kattaligiga ko‘ra Yevrosiyodan keyingi ikkinchi materik. Uning maydoni 29,2 mln km2, orollari bilan birga 30,3 mln km2. Eng katta oroli — Madagaskar.

“ Afrika” so‘zi materikning shimolida yashagan berberlarning afrigilar qabilasi nomidan olingan. Keyinchalik bu nom butun materikka berilgan.

Har bir materik o‘z xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, Yevrosiyo — eng katta va tabiatiga ko‘ra eng xilma-xil, Janubiy Amerika — eng sernam, Avstraliya — eng kichik va eng quruq, Antarktida — eng sovuq materik.