logo

Antarktidaning Geografik o‘rni, o‘rganilishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

23904.723632812 KB
Ant ark t idaning  Geografi k  o‘rni, 
o‘rganilishi, geologik   t uzilishi, foy dali 
qazilmalari, rely efi      Ant ark t idaning asosiy  xususiy at lari.
Antarktida tabiatining 
betakrorligi jihatdan yagona 
va o‘ziga xos materikdir.    Bu materik turli tadqiqotchilar tomonidan muz materigi, zim-ziyo 
materik, qor cho‘llari materigi, sirli materik, oq materik deb turli 
nomlar bilan atalgan.    Antarktida — eng sovuq (“Vostok”  stansiyasi, –89,2 °C), eng baland (2 
040 m), doimiy aholisi yo‘q, sayyoramizning  80% chuchuk suvi 
to‘plangan, eng kuchli shamollar esadigan, Janubiy qutbda Quyoshning 
chiqishi va botishini faqat bir marta kuzatish mumkin bo‘lgan,        bironta mamlakatga tegishli bo‘lmagan va tinchlik hamda ilmiy 
maqsadlarda foydalaniladigan yagona materikdir (79-rasm).
Antarktida bayrog‘i    Geografi k  o‘rni. 
“ Arktika”  so‘zining 
ma’nosi  “shimol” 
demakdir, 
Antarktika 
nomidagi  “anti”  esa 
yunonchada — 
qarama-qarshi  
degan ma‘noni 
bildiradi.  Ya’ni 
Shimoliy qutbiy 
o‘lkaning qarama-
qarshi tomoni 
degan ma’noni 
anglatadi.   Antarktika — Antarktida materigi, unga yaqin joylashgan orollar, 
okeanlarning  50–60°  janubiy kenglikdan narigi tomondagi janubiy 
qismlarini o‘z ichiga olgan qutbiy o‘lka. Uning maydoni 52,5 mln 
km2. Antarktida — yaxlit muzli materik  bo‘lib, maydoni 14 mln 
km2.      Materikning  goegrafik o‘rni,  atrofini o‘rab turgan okean (3 ta) va 
dengizlar (13 ta). chekka nuqtasi (Sifre burni) , yarim oroli 
(Antarktida) va oqimlar (G‘arbiy Shamollar ).   O‘rganilishi.  
Antarktida boshqa materiklardan ancha kech kashf qilingan. Ingliz 
dengizchisi J. Kuk Janubiy qutbiy doiradan bir necha bor kesib o‘tgan. 
Lekin muzlardan o‘tib, materikka bora olmagan.     Uning  “janubda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yerlar hech qachon tadqiq 
qilinmaydi, ... bu o‘lkani tabiat doimiy sovuqqa mahkum etgan”  
degan fikrlari materik ancha kech kashf etilishiga sabab bo‘lgan.    1820- yili rus dengizchilari F. Bellinsgauzen va M. Lazarev 
rahbarligidagi
ekspeditsiya “Mirniy” va “Vostok” kemalarida materikni birinchi 
bo‘lib kashf etdi. 
Faddey Bellinsgauzen
Mixail Lazarev
“ Mirniy” va “Vostok” kemalari     1911- yil 14-dekabrda norvegiyalik R. Amundsen, undan bir oy 
keyin 1912- yil  18- yanvarda ingliz R. Skott Janubiy qutbni zabt 
etishga muvaffaq bo‘ldi (80-rasm).
`
Rual Amundsen
Robert Skott    J anubiy  qut bni zabt  et gan. R. Amundsen v a R.Sk ot t  
ek pedit siy alari.    Hozir Janubiy qutbda Amundsen–Skott nomi bilan ataladigan ilmiy 
stansiya
(AQSH) ishlab turibdi (81-rasm).    Antarktidani keng ko‘lamda mukammal o‘rganish Xalqaro 
geofizika yili
dasturini joriy qilish (1957–1958) munosabati bilan boshlandi.      1959- yilda 11 ta mamlakat o‘rtasida “Antarktida to‘g‘risida 
shartnoma” qabul qilindi.     Unga ko‘ra, materikdan faqat ilmiy va turistik maqsadlarda 
foydalanishga kelishib olindi.     Ayni paytda rivojlangan mamlakatlar olimlari materik tabiatini 
o‘rganishmoqda va ilmiy stansiyalar ishlab turibdi (82-rasm).    Mat erik ning pay do bo‘lishi, geologik  t uzilishi, foy dali 
qazilmalari.
Antarktida qadimgi Pangeya, keyinchalik Gondvana 
materiklarining bir qismi bo‘lgan, deb hisoblanadi.    Alp tog‘ burmalanishi davrida Transantarktida tog‘ tizmasi 
ko‘tarilib, materikni ikkiga, ya’ni Sharqiy Antarktida va G‘arbiy 
Antarktidaga ajratib qo‘ygan.
Sharqiy 
Antarktida
G‘arbiy 
Antarktida    Olimlarning o‘rganishicha , Antarktidaning qadimgi geologik 
tarixida issiq, mo‘tadil iqlimlar va qalin daraxtlar o‘sgan davrlar 
bo‘lgan (masalan, toshko‘mir davrida).     Muz bosish 360 mln yil avval boshlangan. Hozirgi muzliklar 20 mln 
yil muqaddam hosil bo‘lgan.     Antarktidaning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan. 
Muzliklar
materikning markaziy qismidan atrofiga siljib, dengizga tushib 
boradi va
ko‘pincha sinib  aysberglar — muztog‘ lar hosil qiladi.      Antarktidada toshko‘mir, slanets, qo‘rg‘oshin, temir
1
2
43       mis, marganes, oltin, uran borligi aniqlangan. 
1 2
3 4         Hozircha, Antarktidaning hech bir joyidan foydali qazilmalar qazib 
chiqarilayotgani yo‘q.    Rely efi . 
Antarktida o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland hisoblanadi. 
Muz
qoplamining o‘rtacha qalinligi 2 000 m atrofida.      Muzning eng qalin joyi 4 500 m ga boradi.     Lekin muz tagi relyefining deyarli 70% i dengiz sathidan pastda
joylashgan.     Berd tekisligidagi Bentli cho‘kmasining muzsiz mutlaq chuqurligi
–2 555 m, 
Berd tekisligi
Bentli cho‘kmasi, -2555 metr   muz tagi relyefining o‘rtacha balandligi esa 110 m (83-rasm).    Materikning eng baland qismi Elsuert tog‘idagi Vinson (5140 m) 
massividir.
Elsuert tog‘iVinson (5140) massivi    Materikning muz osti relyef shakllari va  muz usti landshafti    Shelf muzligi – materikka tutash dengiz va orollarni qoplaydigan 
muzlik. Eng katta shelf muzliklari – Ross va Ronne    Materikda uchta harakatdagi Erebus, Desepshen, Berlin vulqonlari 
bor.
ErebusDesepshen Berlin12
3      Shulardan eng balandi — Erebus vulqoni (3794 m).     Erebus vulqoni     Tog‘larning muzlardan chiqib turgan cho‘qqilarini fanda  nunataklar 
deb atashadi (84-rasm).      ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T. 
HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz
•
A. Soatov, A. Abulqosimov, M. Mirakmalov. – Geografiya (Materiklar va 
okeanlar tabiiy geografiyasi), umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi 
uchun darslik – Toshkent: „O‘qituvchi“, 2017/  www.eduportal.uz   ©  Internet manbalari:
•
www.wikipedia.org
•
www.yaklass.ru
•
www . coolantarctica . com
•
www .сезоны- года.рф
•
www . climate . nasa . gov
•
www . journal - shkolniku . ru
•
www . portal . azertag . az
•
www . vk . com
•
www . pulse . mail . ru
•
www . meteorf . gov . ru
•
www . pinterest . com
•
www . shutterstock . com
•
www . russian . rt . com
•
www.animalworld.com.ua
•
www.swisseduc.ch ©  Internet manbalari:
•
www.scientificrussia.ru
•
www.antarctica.gov.au
•
www.sciencephoto.com
•
www.studarium.ru
•
www.howtofindgoldnuggets.com
•
www.phys.org
•
www.theconservation.com
•
www.hi-news.ru
•
www.earthobservatory.nasa.gov
•
www.pikabu.ru
•
www.mir-znaniy.com
•
 
•
 
•
 
•
 
•
 
•
 
•
   
         ©  Qambarov Alimbek
   Xatolari bo‘lishi mumkin, tekshirib ko‘ring.
•
Telegram manzil:
•
  География методика
     @ geography_method

Ant ark t idaning Geografi k o‘rni, o‘rganilishi, geologik t uzilishi, foy dali qazilmalari, rely efi

Ant ark t idaning asosiy xususiy at lari. Antarktida tabiatining betakrorligi jihatdan yagona va o‘ziga xos materikdir.

Bu materik turli tadqiqotchilar tomonidan muz materigi, zim-ziyo materik, qor cho‘llari materigi, sirli materik, oq materik deb turli nomlar bilan atalgan.

Antarktida — eng sovuq (“Vostok” stansiyasi, –89,2 °C), eng baland (2 040 m), doimiy aholisi yo‘q, sayyoramizning 80% chuchuk suvi to‘plangan, eng kuchli shamollar esadigan, Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishini faqat bir marta kuzatish mumkin bo‘lgan,