logo

Afrika geografik o‘rni va siyosiy xaritasi.

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

13539.9453125 KB
Afrikaning  geografik  o‘rni  va  
siyosiy  xaritasi   •
Afrika qit'asi shu nomdagi materik va unga tutash orollardan iborat. 
Qadimgi finikiyaliklar «afarik» so'zi bilan Karfagendan g'arbda 
yashovchi qabilalarni ataganlar («afar» so'zi finikiyaliklar tilida «chang» 
ma'nosini anglatgan). Rimliklar Karfagen va uning atroflarini bosib 
olganlaridan so'ng bu hududga Afrika nomini berdilar. Keyinchalik esa 
bu nom butun materik va qit'aga nisbatan qo'llana boshlagan.   \\\ •
Afrikaning orollar bilan birgalikdagi 
maydoni 30,3 mln. km2 ni tashkil etadi. 
Afrikaning o'rtasidan ekvator chizig'i, 
g'arbidan esa bosh meridian o'tgan. Shu 
tufayli Afrika ham Shimoliy, ham 
Janubiy, ham Sharqiy, ham G'arbiy 
yarim sharlarda joylashgan.
•
Afrika qirg'oqlari shimolda O'rta 
dengiz, shimoli-sharqda Qizil dengiz, 
sharqda Hind okeani, g'arbda Atlantika 
okeani suvlari bilan yuviladi. Qizil 
dengiz, Suvaysh kanali va Bob-al-
Mandob bo'g'izi Afrikani Osiyodan, 
O'rta dengiz va Gibraltar bo'g'izi esa 
Yevropa qit'asidan ajratadi.     •
Afrika qit'asi orol va 
yarimorollar ozligi bilan ajralib 
turadi. Uning tarkibiga Hind 
okeanidagi Madagaskar 
(sayyoramizdagi orollar orasida 
maydoni jihatidan 4-o'rinda 
turadi), Maskaren, Komor, 
Seyshel orollari, Atlantika 
okeanidagi Yashil burun, Kanar, 
San-Tome va Prinsipi, Avliyo 
Yelena va boshqa orollar kiradi. 
Yagona yirik yarimoroli Somali 
hisoblanadi.  •
Afrikaning hozirgi siyosiy xaritasida 54 ta mustaqil davlat mavjud. 
Qit'a siyosiy xaritasining shakllanish tarixi o'ziga xos xususiyatlarga 
ega. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab Afrikaning 
aksariyat hududlari Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylandi. 
XX asrning boshiga kelib Afrikada faqatgina 2 ta mustaqil davlat 
qolgan edi: bir necha ming yillik davlatchilik tarixiga ega. Efiopiya 
hamda 1847-yil AQSHning yordamida barpo etilgan G'arbiy 
Afrikadagi Liberiya davlati. Qit'aning qolgan hududi esa Buyuk 
Britaniya, Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Germaniya, Italiya va 
Ispaniya tomonidan o'zaro bo'lib olingan edi.  •
Afrika davlatlari 1950-yillarda mustaqillikka erishisha 
boshladi. 1960-yil BMT tomonidan «Afrika yili» deb 
e'lon qilinib, shu yil qit'adagi 17 ta mamlakat 
mustaqillikka erishdi va jahon hamjamiyati tomonidan 
tan olindi. Ko'plab mamlakatlari 1960-1980-yillar 
mobaynida davlat mustaqil- ligini qo'lga kiritdi. Qit'adagi 
eng yosh davlatlar - 1990-yilda mustaqillikka erishgan 
Namibiya, 1993-yilda Efiopiyadan ajralib chiqqan 
Eritreya va 2011-yilda mustaqilligini e'lon qilgan Janubiy 
Sudan hisoblanadi.  •
Afrikadagi ko'plab davlatlarning chegaralari mustamlakachilik 
davrida shakllangan bo'lib, aksariyat hollarda tabiiy va etnik 
chegaralarga mos kelmaydigan sun'iy ko'rinishga ega. Buning 
ta'sirida haligacha qit'ada turli harbiy mojarolar va davlat 
to'ntarishlari tez-tez sodir bo'lib turadi.
•
Afrika siyosiy xaritasining o'ziga xos jihatlaridan biri yirik 
maydonli davlatlarning ko'pligidir. Jahondagi hududi 1 mln. 
km2 dan katta bo'lgan 29 ta davlatdan 12 tasi Afrikada 
joylashgan (Jazoir, KDR, Sudan, Liviya, Chad, Niger, Angola, 
Mali, JAR, Efiopiya, Mavritaniya, Misr). Jahon bo'yicha 
mavjud bo'lgan maydoni 1 ming km2 dan oshmaydigan 24 ta 
davlatdan atigi 1 ta - Seyshel orollari - Afrikaga tegishli. •
Afikada jami 6 ta orol mamlakatlari joylashgan. Ular 
Madagaskar, Kabo-Verde, Komor orollari, Mavrikiy, 
San-Tome va Prinsipi hamda Seyshel orollaridir. 
Dengizlarga chiqish imkoniyati yo'q davlatlar soni 
bo'yicha Afrika qit'alar orasida yetakchilik qiladi. 
Afrikada quruqlik ichkarisida joylashgan jami 16 ta 
davlat mavjud. Ularning qatorida Chad, Ni-ger, Mali, 
Efiopiya, Zambiya, Botsvana, Janubiy Sudan kabi yirik 
davlatlar bor. Efiopiya jahonning quruqlik ichkarisida 
joylashgan 44 ta davlatlar orasida aholi soni bo'yicha 
yetakchisi hisoblanadi .  •
Afrika davlatlaridan 51 tasi 
respublika, 3 tasi (Marokash, 
Svazilend (Esvatini), Lesoto) 
monarxiya boshqaruv shakliga ega. 
Ma'muriy-hududiy jihatdan 
Afrikadagi 6 ta davlat - Nigeriya, 
Efiopiya, Sudan, Janubiy Sudan, 
Somali, Komor orollari - federativ 
tuzilishga ega.  •
Afrika davlatlari boy va xilma-xil tabiiy 
resurslari, ayniqsa, mineral boyliklari bilan 
ajralib turadi. Neft va tabiiy gaz zaxiralariga 
Nigeriya, Jazoir, Liviya, Angola, Gabon, 
Kongo davlatlari boy. Qit'ada eng katta ko'mir 
zaxiralari bilan JAR ajralib turadi. JAR, 
Namibiya, Botsvana, Zambiya, KDR, Niger 
va boshqa ko'plab Afrika davlatlari rangli, 
qimmatbaho va radioaktiv metallar, 
olmosning yirik konlari bilan mashhur.  •
Afrikada keng tarqalgan tabiat zonalari savanna, chalacho‘, cho‘l 
hamda nam ekvatorial o‘rmonlar hisoblanadi. Shimoliy Afrikada 
sayyoramizdagi  eng  yirik  cho‘l  –  Sahroyi  Kabir  joylashgan.  
Uning  janubiy  chegarasi  bo‘ylab  cho‘zilgan  Saxel  deb  
ataluvchi  chalacho‘l  xususiyatli  tabiiy geografik  o‘lka  jahon  
bo‘yicha  aholisi  va  qishloq  xo‘jaligi  cho‘llashish jarayonidan  
eng  jiddiy  zarar  ko‘rayotgan  hudud  hisoblanadi.  Saxel  Sudan, 
Chad, Niger, Mali, Mavritaniya kabi davlatlar hududini qamrab 
oladi.

Afrikaning geografik o‘rni va siyosiy xaritasi

• Afrika qit'asi shu nomdagi materik va unga tutash orollardan iborat. Qadimgi finikiyaliklar «afarik» so'zi bilan Karfagendan g'arbda yashovchi qabilalarni ataganlar («afar» so'zi finikiyaliklar tilida «chang» ma'nosini anglatgan). Rimliklar Karfagen va uning atroflarini bosib olganlaridan so'ng bu hududga Afrika nomini berdilar. Keyinchalik esa bu nom butun materik va qit'aga nisbatan qo'llana boshlagan.

\\\

• Afrikaning orollar bilan birgalikdagi maydoni 30,3 mln. km2 ni tashkil etadi. Afrikaning o'rtasidan ekvator chizig'i, g'arbidan esa bosh meridian o'tgan. Shu tufayli Afrika ham Shimoliy, ham Janubiy, ham Sharqiy, ham G'arbiy yarim sharlarda joylashgan. • Afrika qirg'oqlari shimolda O'rta dengiz, shimoli-sharqda Qizil dengiz, sharqda Hind okeani, g'arbda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. Qizil dengiz, Suvaysh kanali va Bob-al- Mandob bo'g'izi Afrikani Osiyodan, O'rta dengiz va Gibraltar bo'g'izi esa Yevropa qit'asidan ajratadi.