logo

Afrika materigining geografik o‘rni va o‘rganilish tarixi

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

13403.884765625 KB
Afrika materigining geografik o‘rni 
va o‘rganilish tarixi Asosiy xususiyatlari.  Afrika ekvator o‘rtasidan va bosh 
meridian g‘arbidan kesib o‘tgan yagona materik, eng 
katta cho‘llar bor, eng issiq materik, eng yuqori harorat 
kuzatilgan,  sharqiy yarimsharning eng uzun va eng sersuv daryolari 
bor, eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar 
yashaydi,  qirg‘og‘i eng kam parchalangan, quruqlikdagi eng katta 
Buyuk Afrika yer yorig‘i bor, har ikkala kengliklar 
bo‘yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib 
joylashgan, har ikkala kengliklar bo‘yicha iqlim 
mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan,  chuchuk suvli eng uzun (750 km) va chuqur Tanganika (1 470 
m) ko‘li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda.  Ma’lumki, Yer sharida okeanlar va materiklar turlicha 
taqsimlangan. Jumladan, Shimoliy yarimsharning 
39 %i, Janubiy yarimsharning esa 19 % i quruqlikdan iborat.  Agar globusni ko‘proq materiklar hududiga to‘g‘rilansa, 
„Materiklar yarimshari“ hosil bo‘ladi. Ushbu 
yarimsharda quruqlik 53% maydonni egallaydi. 
Shularga asoslanib, keyingi paytda olimlar „Materiklar 
yarimshari“ni ajratishmoqda (11- rasm).  Geografik o‘rni.  Afrika — to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona 
materik. Ekvator Afrikani deyarli qoq o‘rtasidan ikkiga 
bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka 
nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan.  Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yevropa, Suvaysh kanali orqali 
Osiyo qit’alari bilan tutashib turadi.  Materikning shimoliy va g‘arbiy sohillarini Atlantika 
okeani suvlari, shimoli-sharqiy va sharqiy sohillarini 
esa Hind okeani suvlari yuvib turadi.  Afrikaning qirg‘oqlari kam parchalangan bo‘lib, 
uzunligi 30 500 km ga teng.  Maydoni orollar bilan birga 
30 300 000 km 2 Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy 
qismining eni ( Almadi va Ras-Xafun burunlari  oralig‘i) 
7 500 km bo‘lsa, janubining eni 3 000 km ga teng.  Materik sharqida yirik  Somali  yarimoroli va  Mozambik 
bo‘g‘izi bilan ajralgan  Madagaskar  oroli joylashgan. 
G‘arbida yirik  Gvineya  qo‘ltig‘i bor.  O‘rganish tarixi. Afrika materigi dastlab Liviya deb atalgan. Olimlarning 
fikricha,  Afrika  so‘zi eramizdan avvalgi II asrdan 
qo‘llanilgan.  Olimlarning fikriga ko‘ra, materik nomi uning shimoli-
g‘arbiy qismi (Tunis, Marokash yerlari)da yashagan 
qadimgi berberlarning afarik qabilasi nomidan olingan.  Afrika sivilizatsiyaning beshigi hisoblanadi. Taxminan 
6 000 yil avval Nil daryosi vodiysining hosildor 
yerlarida ilk sivilizatsiya tarkib topgan. Afrika tabiatini, aholisining urf-odatlarini, xo‘jaligini 
o‘rganishda mashhur marokashlik sayyoh  Ibn 
Battutaning  alohida o‘rni bor.  U Afrikaning shimoliy va sharqiy sohillarini, Nil havzasini 
(1325 —1349- y.), Sahroyi Kabirning g‘arbiy qismini, Niger 
daryosining yuqori oqimidan o‘rta oqimigacha o‘rgangan.  XV asr yevropaliklarning Afrikani o‘rganishida muhim 
bosqich bo‘lsa-da, unga qora kunlarni — qullar 
savdosini keltirdi.  1487- yilda  Bartolomeu Diash  Afrikaning janubidagi 
Yaxshi Umid  burniga qadar Atlantika okeani sohillarini 
o‘rgandi.  1497— 1498- yillarda portugaliyalik  Vasko da Gama 
Afrikani janubdan aylanib o‘tib, 1498- yil 20- mayda 
Hindistonning Kalkutta (Kolkata) portiga yetib keldi. U 
yevropaliklar uchun Hindistonga boradigan dengiz 
yo‘lini kashf etdi.   Afrikaning ichki qismi tabiatini o‘rganishda ingliz 
tadqiqotchisi  D. Livingstonning  xizmatlari katta bo‘ldi.  U Kalaxari cho‘lini, Zambezi daryosini, Kongo 
daryosining yuqori oqimlarini, Nyasa, Tanganika 
ko‘llarini o‘rgandi. Zambezi daryosidagi sharsharaga 
Viktoriya  nomini berdi.   Ingliz-Amerika ekspeditsiyasining boshlig‘i G. M. 
Stenli (1817 — 1877- y.)Zanzibar orolini, Viktoriya 
ko‘lini va Nil daryosining boshlanish irmog‘i Kagera 
ekanligini aniqladi, Lualaba va Kongo daryolarini quyi 
oqimiga qadar o‘rgandi.   Livingston va Stenli olib borgan ishlari (tuzgan 
xaritalari) geografiya fanini qiziqarli va qimmatli 
ma’lumotlar bilan boyitdi. Afrika tabiati va xalqlari hayotini rus olimlaridan 
V.V.Yunker, Y. P. Kovalevskiy, A. V. Yeliseyev, N. I. 
Vavilovlar  tekshirdilar.     N. I. Vavilov tashkil etgan ekspeditsiya (1926 — 1927- 
y.) 6000 dan ortiq madaniy o‘simliklardan namuna oldi. 
U Efiopiya qimmatli qattiq bug‘doy navi vatani 
ekanligini aniqladi.

Afrika materigining geografik o‘rni va o‘rganilish tarixi

Asosiy xususiyatlari. Afrika ekvator o‘rtasidan va bosh meridian g‘arbidan kesib o‘tgan yagona materik, eng katta cho‘llar bor, eng issiq materik, eng yuqori harorat kuzatilgan,

sharqiy yarimsharning eng uzun va eng sersuv daryolari bor, eng yirik maymunlar, eng yirik sutemizuvchilar yashaydi,

qirg‘og‘i eng kam parchalangan, quruqlikdagi eng katta Buyuk Afrika yer yorig‘i bor, har ikkala kengliklar bo‘yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan, har ikkala kengliklar bo‘yicha iqlim mintaqalari va tabiat zonalari takrorlanib joylashgan,

chuchuk suvli eng uzun (750 km) va chuqur Tanganika (1 470 m) ko‘li bor, olmos qazib chiqarishda dunyoda birinchi o‘rinda.