logo

Afrika materigining ichki suvlari

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

14945.413085938 KB
A frik a mat erigining ichk i suv lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм        Afrikaning ichki suvlariga daryolari, ko‘llari, muzliklari, 
botqoqliklari va yerosti suvlari kiradi.    Dary olari. 
Materikda yirik daryolar 
ko‘p. Lekin ular materik 
hududida notekis 
taqsimlangan. Bu relyef 
va iqlim sharoitiga 
bog‘liq. Ular uchta 
havzaga — Atlantika 
okeani havzasiga, Hind 
okeani havzasiga va 
berk havzaga tegishli.   Dunyodagi eng uzun daryolardan biri Nil (6671 km) daryosi bo‘lib, 
u
Sharqiy Afrika yassitog‘ligidan boshlanadi.    Daryo yuqori oqimida ostonalar va sharsharalar hosil qiladi va 
Viktoriya ko‘li orqali oqib o‘tadi. Oq Nil va Ko‘k Nil daryolari 
qo‘shilgandan keyin u ikki barobar kengayadi va bu yerda Nil 
nomini oladi (53-rasm). 
Viktoriya ko ‘lidan Nilning oqib chiqishi Oq NilKo‘k NilViktoriya Ko‘k Nil
Oq Nil   Nil O‘rta dengizga quyiladigan joyda katta delta hosil 
qiladi.     Daryo suvidan juda qadim zamonlardan boshlab hosildor yerlarni 
sug‘orishda foydalanib kelingan. Vatandoshimiz Ahmad Farg‘oniy 
birinchi bo‘lib Nil daryosi  misolida suv sarfini o‘lchaydigan nilometr 
qurilmasini bunyod etgan.   Afrikaning eng sersuv va uzunligiga ko‘ra ikkinchi daryosi — 
Kongo (Zair),
uning uzunligi — 4320 km. Sersuvligi va havzasining maydoniga 
ko‘ra u faqat Amazonkadan keyin turadi.     Daryo ekvatorni ikki marta kesib o‘tadi va yil bo‘yi sersuv bo‘ladi. 
Kongo quyi va yuqori oqimida ko‘plab ostonalar va sharsharalar 
hosil qilgan. U Nil daryosidan farq qilib, delta hosil qilmaydi (54-
rasm).      Kongo daryosining quyi oqimida 32 ta zinadan iborat sharsharalar 
guruhi mavjud bo‘lib, uni David Livingston kashf etgan. Shu 
sababli u Livingston
sharsharalari deb ataladi.   Afrikaning uzunligi va havzasining maydoniga ko‘ra uchinchi daryosi —
Niger (4160 km).     Bu daryo o‘rta oqimida tekislik daryosi, lekin yuqori va o‘rta 
oqimlarida ostonalar, sharsharalar ko‘p. Daryoning kattagina qismi 
qurg‘oqchil yerlardan oqib o‘tadi.    Shuning uchun daryo suvi yerlarni sug‘orishdagi ahamiyati katta. 
Shu maqsadda daryoga to‘g‘onlar qurilgan, kanallar qazib, suv 
chiqarilgan. Daryo Atlantika okeani havzasiga tegishli.    Senegal, Oranj daryolari ham Atlantika okeaniga quyiladi.Сенегал
Senegal
Oranj  Zambezi — Afrikaning Hind okeaniga quyiladigan eng katta 
daryosi (uzunligi 2 660 km).     Daryo o‘rta oqimida ko‘p ostona va sharsharalar hosil qiladi. Bu
daryoda mashhur sharsharalardan biri — Viktoriya sharsharasi 
bor
 (55-rasm).   Viktoriya sharsharasining kengligi 1800 m, balandligi 120 metr. Bu 
sharshara mahalliy aholi tilida Mozi-oatunya, ya’ni “gumburlovchi 
tutun” deb ataladi.  Bundan tashqari, Afrikaning Limpopo, Rufiji, Tana, Jubba, Uebi 
Shebelle va
boshqa ko‘plab kichik daryolari Hind okeani havzasiga tegishli.Тана	
Руф	идж	и	
Уеби Ш	ебелле
Limpopo Rufiji
TanaJubba
Uebi Shebelle	
Ж	убба	
Л	им	попо    Berk havzadagi Shari daryosi Chad ko‘liga quyiladi.Ш	ари
Shari    Ko‘llari
Afrikdagi ko‘llarning katta 
qismi Sharqiy Afrika 
yassitog‘ligidagi yoriqlar 
zonasida joylashgan. Shu 
sababli ko‘l suvi to‘ldirilgan 
chuqurliklar uzunasiga 
cho‘zilgan. Ko‘llar juda 
chuqur va uzun.      Tanganika ko‘lining uzunligi 650 km, eni 50–80 km. Tanganika ko‘li 
chuqurligiga (1435 m) ko‘ra dunyoda Baykal ko‘lidan keyin ikkinchi 
o‘rinda turadi. Ko‘lning atrofini 2000 m gacha  balandlikdagi tog‘lar 
o‘rab turadi
 (56-, 57-rasmlar).     Nyasa ko‘lining uzunligi 560 km, chuqurligi 706 m. Bu ko‘l ham 
Buyuk Afrika
yorig‘ida joylashgan. Ko‘lni Malavi ko‘li ham deyishadi.     Viktoriya ko‘li — maydoniga ko‘ra Afrikadagi eng katta ko‘l. U 
platformaning yassi bukilmasida joylashgan. Shu sababli ko‘l 
sayoz, o‘rtacha chuqurligi 40 metr.   Chad ko‘li — sayoz, chuqurligi 4–7 metr. Uning maydoni yog‘in 
miqdori va
Shari daryosining toshishiga qarab o‘zgarib turadi. Ba’zan 
yomg‘irlar davrida ko‘l maydoni ikki barobar kengayadi. 
Qurg‘oqchil davrda qirg‘oqlari kichrayadi.     ©  Foydalanilgan adabiyotlar:
•
M. T. MIRAKMALOV, SH. M. SHARIPOV, M. M. AVEZOV, M. T. 
HOJIYEVA ,  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik, 
Respublika ta’lim markazi.
•
@ edutrm_uz

A frik a mat erigining ichk i suv lari Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Afrikaning ichki suvlariga daryolari, ko‘llari, muzliklari, botqoqliklari va yerosti suvlari kiradi.

Dary olari. Materikda yirik daryolar ko‘p. Lekin ular materik hududida notekis taqsimlangan. Bu relyef va iqlim sharoitiga bog‘liq. Ular uchta havzaga — Atlantika okeani havzasiga, Hind okeani havzasiga va berk havzaga tegishli.

Dunyodagi eng uzun daryolardan biri Nil (6671 km) daryosi bo‘lib, u Sharqiy Afrika yassitog‘ligidan boshlanadi.