logo

AFRIKA ICHKI SUVLARI narzullayeva

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1932.0361328125 KB
Mavzu: Afrikaning ichki 
suvlari.
Reja:
1.Afrika  materigining  geografik  o’rni.
2.Shakllanish  tarixi,  relyefi  va  foydali  
qazilmalari.
3.Materik  ichki  suvlarining  o’ziga  xos  
xususiyatlari.
4.Afrika  daryolariga  umumgeografik  
tavsif.
5.Ko’llari  haqida  umumiy  ma’lumot.                       GEOGRAFIK O’RNI
Afrika materigining maydoni atrofida joylashgan 
orollari bilan 30,3 mln.km.kv. Dengiz sathidan 
o’rtacha balandligi 750 metr.Afrika sharqiy 
yarimsharda joylashgan va maydoninig kattaligi 
bo’yicha sayyoramizda Yevrosiyodan keyin ikkinchi 
o’rinda turadigan yirik materik. Afrika kengligi 120 
km keladigan kambar Suyavsh bo’yni orqali Osiyo 
bilan tutashgan.Eng tor joyi 13 km bo’lgan Gibraltar 
bo’g’ozi Afrikani Yevropadan ajratib turadi. Afrika 
g’arbda va shimolda Atlantika okeani va uning O’rta 
dengizi bilan, sharqda va shimoli-sharqda Hind 
okeani va uning Qizil dengizi bilan 
chegaralanadi.Afrikani ekvator deyarli o’rtasidan 
kesib o’tadi. Uning shimolidagi va  janubidagi eng 
chekka nuqtalari ekvatordan qariyb bir xil uzoqlikda 
joylashgan.                         Afrika materigi                      Tekshirilish tarixi
Finikiyaliklar va qadimgi greklar 
Afrikaning shimoli va shimoli-sharqiy 
sohillarini yaxshi bilishgan.Rim 
imperiyasining dengizchilari miloddan 
100 yil oldin Afrikaning sharqiy 
qirg’oqlari bo’ylab suzib, Zanzibar 
oroligacha borgan.Ana shu 
ma’lumotlarni Ptolomey o’z tavsiflarda 
bergan.Taniqli arab sayyohi Ibn Battuta 
1352-1353 yillarda G’arbiy Sahroi 
Kabirni shimolidan janubiga kesib 
o’tadi.                                             Afrika materigi 
hududi
yer yuzasining 
tuzilishi va 
balandlik 
xususiyatlariga 
ko’ra ikki qismga 
bo’linadi:
1.Past Afrika
2.Baland Afrika                      Foydali qazilmalari
Afrika kontinenti turli xil qimmatbaho tabiiy 
boyliklarni o’z zaminida asrab yotgan ulkan 
xazinadir.Sharqiy va Janubiy Afrikadagi qazilma 
boyliklarning aksariyati ochiq usul bilan qazib 
olinadi, chunki bu yerdagi rudali qadimgi kristall 
jinslar yer yuzasiga yaqin yotadi.Kapitalistik 
dunyoda qazib chiqariladigan olmosning 98 % ga 
yaqini Afrika hududidan olinadi.Materikning 
shimoliy qismida Atlantika okeanidan Qizil 
dengizgacha bo’lgan keng maydonda katta zaxiraga 
ega bo’lgan fosforit konlari keng tarqalgan.Liviyada 
neft va gaz konlari, Marokashda marganes rudalari, 
Jazoir va Tunisda temir, qo’rg’oshin va rux konlari 
keng tarqalgan.                  Afrikadagi eng yirik daryolar
№ Nomi Uzunligi( km) Havzasining 
maydoni 
(ming kv.km)
1. Nil (Kagera bilan ) 6671 2870
2. Kongo ( Zair ) 4320 3820
3. Niger 4160 2092
4. Zambezi 2660 1330
5. Oranjevaya 1860 1036
6. Okovango ( Kubango ) 1800 785
7. Limpopo 1600 440
8. Volga 1600 394
9. Senegal 1430 441
10. Shari 1400 880
11. Rufiji 1400 178
12. Ruvuna 800 145                     Afrikaning 51 % maydoni Atlantika 
okeani havzasiga , 18 % I Hind okeani 
havzasiga va 31 %  ichki oqim 
havzasiga qaraydi. Materikning  
ekvatorial va subekvatorial iqlim 
mintaqalarida daryo va daryo 
shaxobchalari juda ko’p, aksincha 
tropik iqlim mintaqasi Sahroi Kabir va 
Kalaxari cho’llarida daryolar juda 
kam. Materik daryolari va ko’llari 
asosan yomg’ir suvlaridan to’yinadi.                     Afrika daryolarining to’yinishida qor va 
muzlarning roli nihoyat darajada oz .                      Afrika daryolarida sharshara va ostonalar 
ko’p uchraydi, shu sababli hatto yirik 
daryolarda ham kema qatnay olmaydi.Lekin 
ular juda katta gidroenergiya zaxirasiga ega.                       Afrikaning yirik 
daryo tizimlariga
Nil
Niger Zambezi Kongo
Oranj                                 NIL
Materikning eng uzun daryosi bo’lib shimoldan 
janubga 6671 km masofaga cho’zilgan, 
havzasining maydoni 2870 ming km.kv. ga teng.U 
dunyodagi eng uzun daryo hisoblanadi.Daryoning 
manbai Kagera daryosi hisoblanadi.Nil vodiysida 
Misrning 97% aholisi yashaydi.Daryo BAA, Sudan, 
Efiopiya, Uganda, Tanzaniya davlatlari 
hududidan oqib o’tib, ularning xo’jaligida katta 
ahamiyat kasb etadi.                      Kongo 
Afrikada uzunligi jihatidan Nildan keyin 
ikkinchi o’rinda turadi. Uning uzunligi 
Lualoba irmog’idan 4320 km ga teng. 
Daryoning suv sarfi Nil daryosi suv 
sarfidan 15 hissa ko’pdir. Bu daryo 
havzasining maydoni va sersuvligi 
jihatidan Afrikada birinchi, dunyoda esa 
Amazonkadan keyin ikkinchi o’rinda 
turadi. Kongo Zair Respublikasi hududida 
Zair daryosi deb ataladi. Daryo shimoliy va 
janubiy yarimsharlardan oqib, ekvatorni 
ikki joyda kesib o’tadi va yil davomida 
to’lib oqadi.                     Afrikadagi eng katta ko’llar
№ Nomi Maydoni 
( kv.km ) Eng chuqur 
joyi ( metr )
1. Viktoriya 69000 80
2. Tanganika  34000 1435
3. Nyasa 16600 706
4. Chad  30800 12
5. Rudolf 16600 73
6. Mabutu-Sese-Seko 8500 57
7. Mveru 5300 9-15
8. Bangaveulu 4920 5
9. Tana 3100-3600 70
10. Kivu 2370 496
11. Eduard 1874 73
12. Albert 1360 16
13. Koga 1124 72                                                 Afrika ko’llari                       Afrika ko’llari kelib chiqishiga ko’ra quyidagi tipga 
bo’linadi:
1.Materik ichkarisidagi 
keng botiqlarning uncha 
chuqur bo’lmagan 
cho’malarida hosil bo’lgan 
ko’llar tipi : Chad, Ngami, 
Etosha. 3.Tektonik botiqlarni va 
daryo vodiylarini lava 
oqimlari to’sib qolishi 
natijasida hosil bo’lgan 
ko’llar tipi : Tana
2.Materikning tektonik 
yoriqlarida, uzilmalarida 
va botiqlarida hosil 
bo’lgan ko’llar tipi : 
Tanganika, Nyasa, Rudolf, 
Viktoriya, Albert. 4.Shimoliy Afrika 
tekisliklarining pasrqam 
joylarida hosil bo’lgan sho’r 
ko’llar tipi : Shot-esh-
shergi, Shot-Melgir, Shot-
Jarid                         E’tiboringiz uchun rahmat

Mavzu: Afrikaning ichki suvlari. Reja: 1.Afrika materigining geografik o’rni. 2.Shakllanish tarixi, relyefi va foydali qazilmalari. 3.Materik ichki suvlarining o’ziga xos xususiyatlari. 4.Afrika daryolariga umumgeografik tavsif. 5.Ko’llari haqida umumiy ma’lumot.

GEOGRAFIK O’RNI Afrika materigining maydoni atrofida joylashgan orollari bilan 30,3 mln.km.kv. Dengiz sathidan o’rtacha balandligi 750 metr.Afrika sharqiy yarimsharda joylashgan va maydoninig kattaligi bo’yicha sayyoramizda Yevrosiyodan keyin ikkinchi o’rinda turadigan yirik materik. Afrika kengligi 120 km keladigan kambar Suyavsh bo’yni orqali Osiyo bilan tutashgan.Eng tor joyi 13 km bo’lgan Gibraltar bo’g’ozi Afrikani Yevropadan ajratib turadi. Afrika g’arbda va shimolda Atlantika okeani va uning O’rta dengizi bilan, sharqda va shimoli-sharqda Hind okeani va uning Qizil dengizi bilan chegaralanadi.Afrikani ekvator deyarli o’rtasidan kesib o’tadi. Uning shimolidagi va janubidagi eng chekka nuqtalari ekvatordan qariyb bir xil uzoqlikda joylashgan.

Afrika materigi

Tekshirilish tarixi Finikiyaliklar va qadimgi greklar Afrikaning shimoli va shimoli-sharqiy sohillarini yaxshi bilishgan.Rim imperiyasining dengizchilari miloddan 100 yil oldin Afrikaning sharqiy qirg’oqlari bo’ylab suzib, Zanzibar oroligacha borgan.Ana shu ma’lumotlarni Ptolomey o’z tavsiflarda bergan.Taniqli arab sayyohi Ibn Battuta 1352-1353 yillarda G’arbiy Sahroi Kabirni shimolidan janubiga kesib o’tadi.